TIF TN nomenklaturasi

XVI bo'lim. Mashina, uskuna va mexanizmlar; elektrotexnik uskuna; ularning qismlari; ovozni yozib oluvchi va ovozni qayta tiklovchi apparatura, televizion tasvirni va ovozni yozib olish va qayta tiklash uchun apparatura, ularning qismlari va jihozlari

84–85 guruhlar. Tovar pozitsiyalarini ko'rish uchun guruhni tanlang yoki tovarni nomi bo'yicha toping.

XVI bo'limga izohlar

Izohlar:

1. Mazkur bo'limga quyidagilar kiritilmaydi:

(a) 39-guruh plastmassasidan yoki vulkanizatsiyalangan rezinadan konveyer lentalari yoki aylantiruvchi kamarlar yoki belting (4010 tovar pozitsiyasi), mashinalarda yoki mexanik yoxud elektrik qurilmalarda yoki boshqa texnik maqsadlar uchun ishlatiladigan, vulkanizatsiyalangan rezinadan tayyorlangan, qattiq rezinadan tashqari, qurilmalar yoki boshqa buyumlar (4016tovar pozitsiyasi);

(b) mashinalarda yoki mexanik qurilmalarda yoxud boshqa texnik maqsadlarda foydalaniladigan, tabiiy teridan yoki kompozitsion teridan buyumlar (4205 tovar pozitsiyasi) yoxud tabiiy mo'ynadan buyumlar (4303 tovar pozitsiyasi);

(v) bobinalar, g'altaklar, shpullar, konuslar, o'zaklar, gilzalar yoki har qanday materiallardan shu kabi tashuvchilar (masalan, 39, 40, 44 yoki 48-guruh yoxud XV bo'lim);

(g) jakkard mashinalari yoki shu kabi mashinalar uchun perfokartalar (masalan, 39 yoki 48-guruh yoxud XV bo'lim);

(d) to'qimachilik materiallaridan konveyer lentalari yoki aylantiruvchi kamarlar yoki belting (5910 tovar pozitsiyasi) yoki texnik maqsadlar uchun to'qimachilik materiallaridan boshqa buyumlar (5911tovar pozitsiyasi);

(ye) 7102 – 7104 tovar pozitsiyalarining qimmatbaho yoki yarim qimmatbaho toshlari (tabiiy, sun'iy yoki rekonstruksiya qilingan) yoki to'liq yuqorida ko'rsatilgan toshlardan tayyorlangan 7116 tovar pozitsiyasining buyumlari, tovush oluvchi ignalar uchun mo'ljallangan va ularga mahkamlanmagan, ishlov berilgan sapfir va olmoslardan tashqari (8522 tovar pozitsiyasi);

(j) noqimmatbaho metalldan tayyorlangan, XV bo'lim izohlarining 2-bandida tavsiflangan umumiy maqsad uchun qismlar (XV bo'lim), yoki plastmassadan tayyorlangan shu kabi tovarlar (39-guruh);

(z) odatiy burg'ilash quvurlari (7304tovar pozitsiyasi);

(i) metall sim yoki polosadan cheksiz lentalar (XV bo'lim);

(k) 82 yoki 83-guruh buyumlari;

(l) XVII bo'lim buyumlari;

(m) 90-guruh buyumlari;

(n) barcha turdagi soatlar yoki 91-guruhning boshqa buyumlari;

(o) 8207 tovar pozitsiyasining almashinadigan ishchi asboblari yoki mashinalarning qismlari hisoblanuvchi chetkalar (9603 tovar pozitsiyasi); ishchi qismi tayyorlangan material bilan muvofiqlikda tasniflanadigan shu kabi almashinadigan asboblar (masalan, 40, 42, 43, 45 yoki 59-guruhlarda yoxud 6804 yoki 6909 tovar pozitsiyalarida);

(p) 95-guruh buyumlari; yoki

(r) yozuv mashinkalari uchun lentalar yoki g'altaklarda yoki kassetalarda yoki ularsiz shu kabi lentalar (tayyorlangan materiali bilan muvofiqlikda tasniflanadi yoki agar ular siyoh bilan shimdirilgan bo'lsa yoki izlarni olish uchun boshqa usulda ishlov berilgan bo'lsa, 9612 tovar pozitsiyasida tasniflanadi), yoki yakka tirgaklar, ikki oyoqlik tirgaklar, uch oyoqlik tirgaklar va 9620 tovar pozitsiyasining shu kabi buyumlari.

2. Ushbu bo'lim izohlarining 1-bandi, 84-guruh izohlarining 1-bandi va 85-guruh izohlarining 1-bandi talablariga rioya qilish sharti bilan, mashinalarning qismlari (8484, 8544, 8545, 8546 yoki 8547 tovar pozitsiyalari buyumlarining qismlaridan tashqari) quyidagi qoidalarga muvofiq tasniflanishi kerak:

(a) 84 yoki 85-guruhlarning birorta tovar pozitsiyasiga (8409, 8431, 8448, 8466, 8473, 8487, 8503, 8522, 8529, 8538 va 8548 tovar pozitsiyalaridan tashqari) kiritilgan tovarlar hisoblanuvchi qismlar barcha holatlarda ular uchun ko'zda tutilgan tovar pozitsiyalarida tasniflanishi kerak.

(b) faqat yoki asosan mashinalarning bir tipi bilan yoki xuddi shu tovar pozitsiyasining bir qancha mashinalarida (shu jumladan 8479 yoki 8543 tovar pozitsiyalarining mashinalari) ishlatish uchun uchun mo'ljallangan boshqa qismlar shu mashinalar bilan birga yoki mos ravishda 8409, 8431, 8448, 8466, 8473, 8503, 8522, 8529 yoki 8538 tovar pozitsiyasida tasniflanishi kerak. Biroq, asosan, 8517 va 8525 – 8528 tovar pozitsiyalarining tovarlari bilan ishlatish uchun teng yaroqli bo'lgan qismlar 8517 tovar pozitsiyasida tasniflanadi, faqat yoki asosan 8524 tovar pozitsiyasining tovarlari bilan ishlatish uchun yaroqli bo'lgan qismlar esa 8529 tovar pozitsiyasida tasniflanishi kerak;

(v) qolgan barcha boshqa qismlar mos ravishda 8409, 8431, 8448, 8466, 8473, 8503, 8522, 8529 yoki 8538 tovar pozitsiyasida yoxud bundan tashqari 8487 yoki 8548 tovar pozitsiyasida tavsiflanadi.

3. Ikki yoki undan ortiq o'zaro bir-birini to'ldiruvchi yoki bir-biri bilan bog'liq bo'lmagan funksiyalarni bajarishga mo'ljallangan, bir yaxlitlikni xosil qilish uchun birga bog'langan ikki yoki undan ortiq mashinalardan tashkil topgan kombinatsiyalangan mashinalar, va boshqa mashinalar, agar kontekstda boshqa narsa belgilangan bo'lmasa, faqat asosiy funksiyani bajaruvchi komponentdan iborat yoki shunday mashina sifatida tasniflanishi kerak.

4. Agar mashina (shu jumladan kombinatsiyalangan mashina) 84 yoki 85-guruh tovar pozitsiyalaridan biri bilan qamrab olingan, aniq belgilangan funksiyani birgalikda bajarish uchun mo'ljallangan alohida komponentlardan tashkil topgan bo'lsa (ular alohida joylashganligi yoki o'tkazuvchi quvurlar, transmission qurilmalar, elektr kabellar yoxud boshqa qurilmalar orqali bog'langanligidan qat'iy nazar), bunday mashina belgilangan funksiyaga muvofiq bo'lgan tovar pozitsiyasida tasniflanadi.

5. Mazkur izohlarda “mashina” atamasi 84 yoki 85-guruh tovar pozitsiyalariga kiruvchi istalgan mashina, uskuna, mexanizm, agregat, qurilma, apparat yoki moslamani anglatadi.

6. (A) Butun Nomenklatura bo'yicha “elektrotexnik yoki elektron buyumlarning chiqindilari va lomi” ifodasi elektrik yoki elektron yig'malar, bosma platalar, shuningdek, elektrotexnik yoki elektron buyumlarni anglatadiki, ular:

(i) buzilish, kesilish yoki boshqa sabablar oqibatida boshlang'ich vazifasini bajarishi uchun ishlatishga yaroqsiz bo'lib qolgan yoki ularni ta'mirlash, tiklash yoki boshlang'ich vazifasiga muvofiq bo'lishi uchun modernizatsiya qilish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas; va

(ii) tashish, yuklash va tushirishdagi shikastlanishdan alohida buyumlarning himoyasini ta'minlay olmaydigan uslub bilan qadoqlangan va yuklangan. (B) “Elektrotexnik yoki elektron buyumlarning chiqindilari va lomi” hamda boshqa chiqindilar va lomning aralashmasidan iborat partiyalar 8549 tovar pozitsiyasida tasniflanishi kerak. (V) Mazkur bo'limga 38-guruh izohlarining 4-bandida ta'rifi keltirilgan shahar xo'jaligi chiqindilari kiritilmaydi.

Qo'shimcha izohlar:

1. Mashinalarni yig'ish yoki ularga xizmat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan asboblar shu mashinalar bilan birga tasniflanishi kerak, agar ular bilan birga import qilinsa. Mashinalar bilan birga import qilinadigan almashtiriladigan asboblari, agar bu asboblar odatdagi mashinaning qismini tashkil etsa va odatda mashina bilan birga sotiladigan bo'lsa, ular birga tasniflanishi kerak.

2. Bojxona organlarining talablari bo'yicha deklarant deklaratsiyada ma'lum qilingan ma'lumotlarni tasdiqlash uchun mashinaning tavsifi, uning ishlatilish maqsadi va asosiy xarakteristikalari, yig'ilmagan yoki qismlarga ajratilgan mashina holatida esa – yig'ish sxemasi va turli yuk o'rinlaridagilarning tarkibi ro'yxatini ifodalovchi illyustratsiyalangan hujjatlarni (masalan, yo'riqnomalar, prospektlar, katalogning varag'i, fotosurat) taqdim etishi kerak.

3. Deklarantning murojaati bo'yicha va mas'ul idoralar tomonidan o'rnatilgan shartlarga rioya qilingan taqdirda, Nomenklaturani Talqin etishning asosiy qoidalarining 2(a) qoidasi bojxona chegarasi orqali alohida partiyalarda o'tkaziladigan mashinalarga ham qo'llaniladi.

Bo'lim guruhlari

Barcha TIF TN bo'limlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.