TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 84-guruh: Yadroviy reaktorlar

Guruhga izohlar, 8401–8487 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Yadroviy reaktorlar; qozonlar, uskunalar va mexanik qurilmalar; ularning qismlari.

XVI bo'lim. Mashina, uskuna va mexanizmlar; elektrotexnik uskuna; ularning qismlari; ovozni yozib oluvchi va ovozni qayta tiklovchi apparatura, televizion tasvirni va ovozni yozib olish va qayta tiklash uchun apparatura, ularning qismlari va jihozlari

XVI bo'limga izohlar

Izohlar:

1. Mazkur bo'limga quyidagilar kiritilmaydi:

(a) 39-guruh plastmassasidan yoki vulkanizatsiyalangan rezinadan konveyer lentalari yoki aylantiruvchi kamarlar yoki belting (4010 tovar pozitsiyasi), mashinalarda yoki mexanik yoxud elektrik qurilmalarda yoki boshqa texnik maqsadlar uchun ishlatiladigan, vulkanizatsiyalangan rezinadan tayyorlangan, qattiq rezinadan tashqari, qurilmalar yoki boshqa buyumlar (4016tovar pozitsiyasi);

(b) mashinalarda yoki mexanik qurilmalarda yoxud boshqa texnik maqsadlarda foydalaniladigan, tabiiy teridan yoki kompozitsion teridan buyumlar (4205 tovar pozitsiyasi) yoxud tabiiy mo'ynadan buyumlar (4303 tovar pozitsiyasi);

(v) bobinalar, g'altaklar, shpullar, konuslar, o'zaklar, gilzalar yoki har qanday materiallardan shu kabi tashuvchilar (masalan, 39, 40, 44 yoki 48-guruh yoxud XV bo'lim);

(g) jakkard mashinalari yoki shu kabi mashinalar uchun perfokartalar (masalan, 39 yoki 48-guruh yoxud XV bo'lim);

(d) to'qimachilik materiallaridan konveyer lentalari yoki aylantiruvchi kamarlar yoki belting (5910 tovar pozitsiyasi) yoki texnik maqsadlar uchun to'qimachilik materiallaridan boshqa buyumlar (5911tovar pozitsiyasi);

(ye) 7102 – 7104 tovar pozitsiyalarining qimmatbaho yoki yarim qimmatbaho toshlari (tabiiy, sun'iy yoki rekonstruksiya qilingan) yoki to'liq yuqorida ko'rsatilgan toshlardan tayyorlangan 7116 tovar pozitsiyasining buyumlari, tovush oluvchi ignalar uchun mo'ljallangan va ularga mahkamlanmagan, ishlov berilgan sapfir va olmoslardan tashqari (8522 tovar pozitsiyasi);

(j) noqimmatbaho metalldan tayyorlangan, XV bo'lim izohlarining 2-bandida tavsiflangan umumiy maqsad uchun qismlar (XV bo'lim), yoki plastmassadan tayyorlangan shu kabi tovarlar (39-guruh);

(z) odatiy burg'ilash quvurlari (7304tovar pozitsiyasi);

(i) metall sim yoki polosadan cheksiz lentalar (XV bo'lim);

(k) 82 yoki 83-guruh buyumlari;

(l) XVII bo'lim buyumlari;

(m) 90-guruh buyumlari;

(n) barcha turdagi soatlar yoki 91-guruhning boshqa buyumlari;

(o) 8207 tovar pozitsiyasining almashinadigan ishchi asboblari yoki mashinalarning qismlari hisoblanuvchi chetkalar (9603 tovar pozitsiyasi); ishchi qismi tayyorlangan material bilan muvofiqlikda tasniflanadigan shu kabi almashinadigan asboblar (masalan, 40, 42, 43, 45 yoki 59-guruhlarda yoxud 6804 yoki 6909 tovar pozitsiyalarida);

(p) 95-guruh buyumlari; yoki

(r) yozuv mashinkalari uchun lentalar yoki g'altaklarda yoki kassetalarda yoki ularsiz shu kabi lentalar (tayyorlangan materiali bilan muvofiqlikda tasniflanadi yoki agar ular siyoh bilan shimdirilgan bo'lsa yoki izlarni olish uchun boshqa usulda ishlov berilgan bo'lsa, 9612 tovar pozitsiyasida tasniflanadi), yoki yakka tirgaklar, ikki oyoqlik tirgaklar, uch oyoqlik tirgaklar va 9620 tovar pozitsiyasining shu kabi buyumlari.

2. Ushbu bo'lim izohlarining 1-bandi, 84-guruh izohlarining 1-bandi va 85-guruh izohlarining 1-bandi talablariga rioya qilish sharti bilan, mashinalarning qismlari (8484, 8544, 8545, 8546 yoki 8547 tovar pozitsiyalari buyumlarining qismlaridan tashqari) quyidagi qoidalarga muvofiq tasniflanishi kerak:

(a) 84 yoki 85-guruhlarning birorta tovar pozitsiyasiga (8409, 8431, 8448, 8466, 8473, 8487, 8503, 8522, 8529, 8538 va 8548 tovar pozitsiyalaridan tashqari) kiritilgan tovarlar hisoblanuvchi qismlar barcha holatlarda ular uchun ko'zda tutilgan tovar pozitsiyalarida tasniflanishi kerak.

(b) faqat yoki asosan mashinalarning bir tipi bilan yoki xuddi shu tovar pozitsiyasining bir qancha mashinalarida (shu jumladan 8479 yoki 8543 tovar pozitsiyalarining mashinalari) ishlatish uchun uchun mo'ljallangan boshqa qismlar shu mashinalar bilan birga yoki mos ravishda 8409, 8431, 8448, 8466, 8473, 8503, 8522, 8529 yoki 8538 tovar pozitsiyasida tasniflanishi kerak. Biroq, asosan, 8517 va 8525 – 8528 tovar pozitsiyalarining tovarlari bilan ishlatish uchun teng yaroqli bo'lgan qismlar 8517 tovar pozitsiyasida tasniflanadi, faqat yoki asosan 8524 tovar pozitsiyasining tovarlari bilan ishlatish uchun yaroqli bo'lgan qismlar esa 8529 tovar pozitsiyasida tasniflanishi kerak;

(v) qolgan barcha boshqa qismlar mos ravishda 8409, 8431, 8448, 8466, 8473, 8503, 8522, 8529 yoki 8538 tovar pozitsiyasida yoxud bundan tashqari 8487 yoki 8548 tovar pozitsiyasida tavsiflanadi.

3. Ikki yoki undan ortiq o'zaro bir-birini to'ldiruvchi yoki bir-biri bilan bog'liq bo'lmagan funksiyalarni bajarishga mo'ljallangan, bir yaxlitlikni xosil qilish uchun birga bog'langan ikki yoki undan ortiq mashinalardan tashkil topgan kombinatsiyalangan mashinalar, va boshqa mashinalar, agar kontekstda boshqa narsa belgilangan bo'lmasa, faqat asosiy funksiyani bajaruvchi komponentdan iborat yoki shunday mashina sifatida tasniflanishi kerak.

4. Agar mashina (shu jumladan kombinatsiyalangan mashina) 84 yoki 85-guruh tovar pozitsiyalaridan biri bilan qamrab olingan, aniq belgilangan funksiyani birgalikda bajarish uchun mo'ljallangan alohida komponentlardan tashkil topgan bo'lsa (ular alohida joylashganligi yoki o'tkazuvchi quvurlar, transmission qurilmalar, elektr kabellar yoxud boshqa qurilmalar orqali bog'langanligidan qat'iy nazar), bunday mashina belgilangan funksiyaga muvofiq bo'lgan tovar pozitsiyasida tasniflanadi.

5. Mazkur izohlarda “mashina” atamasi 84 yoki 85-guruh tovar pozitsiyalariga kiruvchi istalgan mashina, uskuna, mexanizm, agregat, qurilma, apparat yoki moslamani anglatadi.

6. (A) Butun Nomenklatura bo'yicha “elektrotexnik yoki elektron buyumlarning chiqindilari va lomi” ifodasi elektrik yoki elektron yig'malar, bosma platalar, shuningdek, elektrotexnik yoki elektron buyumlarni anglatadiki, ular:

(i) buzilish, kesilish yoki boshqa sabablar oqibatida boshlang'ich vazifasini bajarishi uchun ishlatishga yaroqsiz bo'lib qolgan yoki ularni ta'mirlash, tiklash yoki boshlang'ich vazifasiga muvofiq bo'lishi uchun modernizatsiya qilish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas; va

(ii) tashish, yuklash va tushirishdagi shikastlanishdan alohida buyumlarning himoyasini ta'minlay olmaydigan uslub bilan qadoqlangan va yuklangan. (B) “Elektrotexnik yoki elektron buyumlarning chiqindilari va lomi” hamda boshqa chiqindilar va lomning aralashmasidan iborat partiyalar 8549 tovar pozitsiyasida tasniflanishi kerak. (V) Mazkur bo'limga 38-guruh izohlarining 4-bandida ta'rifi keltirilgan shahar xo'jaligi chiqindilari kiritilmaydi.

Qo'shimcha izohlar:

1. Mashinalarni yig'ish yoki ularga xizmat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan asboblar shu mashinalar bilan birga tasniflanishi kerak, agar ular bilan birga import qilinsa. Mashinalar bilan birga import qilinadigan almashtiriladigan asboblari, agar bu asboblar odatdagi mashinaning qismini tashkil etsa va odatda mashina bilan birga sotiladigan bo'lsa, ular birga tasniflanishi kerak.

2. Bojxona organlarining talablari bo'yicha deklarant deklaratsiyada ma'lum qilingan ma'lumotlarni tasdiqlash uchun mashinaning tavsifi, uning ishlatilish maqsadi va asosiy xarakteristikalari, yig'ilmagan yoki qismlarga ajratilgan mashina holatida esa – yig'ish sxemasi va turli yuk o'rinlaridagilarning tarkibi ro'yxatini ifodalovchi illyustratsiyalangan hujjatlarni (masalan, yo'riqnomalar, prospektlar, katalogning varag'i, fotosurat) taqdim etishi kerak.

3. Deklarantning murojaati bo'yicha va mas'ul idoralar tomonidan o'rnatilgan shartlarga rioya qilingan taqdirda, Nomenklaturani Talqin etishning asosiy qoidalarining 2(a) qoidasi bojxona chegarasi orqali alohida partiyalarda o'tkaziladigan mashinalarga ham qo'llaniladi.

84-guruhga izohlar

Izohlar:

1. Quyidagilar mazkur guruhga kiritilmaydi:

(a) tegirmon toshi, charxlash toshlari yoki 68-guruhning boshqa buyumlari;

(b) keramika materiallaridan uskunalar va qurilmalar (masalan, nasoslar) va har qanday materialdan tayyorlangan mashina yoki qurilmalarning keramika qismlari (69-guruh);

(v) laboratoriya shisha idishlari (7017 tovar pozitsiyasi); texnik maqsadlar uchun shishadan uskuna, qurilma yoki boshqa buyumlar yoxud ularning qismlari (7019 yoki 7020 tovar pozitsiyasi);

(g) 7321 yoki 7322 tovar pozitsiyasiga kiritiladigan buyumlar yoki boshqa noqimmatbaho metallardan shu kabi buyumlar (74 – 76 yoki 78 – 81-guruhlar);

(d) 8508 tovar pozitsiyasining changyutkichlari;

(ye) 8509 tovar pozitsiyasining elektromexanik maishiy mashinalari; 8525 tovar pozitsiyasining raqamli kameralari;

(j) XVII bo'lim buyumlari uchun radiatorlar; yoki

(z) pollarni tozalash uchun mexanik qo'l cho'tkalari, dvigatelsiz (9603 tovar pozitsiyasi).

2. XVI bo'lim izohlarining 3-bandi va mazkur guruh izohlarining 11-bandi qoidalariga rioya qilingan taqdirda, 8401 – 8424 tovar pozitsiyalari yoki 8486 tovar pozitsiyasining biri yoki ko'prog'idagi tavsifga va shu vaqtning o'zida 8425 – 8480 tovar pozitsiyalarining biri yoki ko'prog'idagi tavsifga mos keladigan mashina va qurilmalar, aniq holatga bog'liq holda, birinchi qayd etilgan tovar pozitsiyalari qatoridagi mos tovar pozitsiyasiga yoki 8486 tovar pozitsiyasiga kiritiladi, ikkinchi qayd etilgan tovar pozitsiyalari qatoriga emas. (A) Biroq, 8419 tovar pozitsiyasiga kiritilmaydi:

(i) urug'larni undirish uchun uskunalar, inkubatorlar yoki bruderlar (8436 tovar pozitsiyasi);

(ii) donni namlash uchun mashinalar (8437 tovar pozitsiyasi);

(iii) tarkibida saxaroza saqlagan sharbatni ajratib olish uchun diffuzion apparatlar (8438 tovar pozitsiyasi);

(iv) yigirilgan to'qimachilik iplariga, to'qimachilik materiallariga yoki tayyor to'qimachilik buyumlariga termik ishlov berish uskunalari (8451 tovar pozitsiyasi); yoki

(v) ishlov berishda harorat o'zgarishi zarur bo'lganda ham, u yordamchi jarayon bo'ladigan mexanik ishlov berish uskunalari, agregatlar yoki laboratoriya uskunalari. (B) 8422 tovar pozitsiyasiga kiritilmaydi:

(i) qopni yoki shu kabi taralarning og'zini tikish uchun tikuv mashinalari (8452 tovar pozitsiyasi); yoki

(ii) 8472 tovar pozitsiyasining idora uskunalari. (V) 8424 tovar pozitsiyasiga kiritilmaydi:

(i) bo'yoq purkovchi bosma mashinalar (8443 tovar pozitsiyasi); yoki

(ii) suv purkovchi kesish mashinalari (8456 tovar pozitsiyasi).

3. 8456 tovar pozitsiyasining tavsifiga javob beradigan va bir vaqtning o'zida 8457 – 8461, 8464 yoki 8465 tovar pozitsiyasining tavsifiga javob beradigan, istalgan materialga ishlov berish uchun stanok 8456 tovar pozitsiyasiga kiritiladi.

4. 8457 tovar pozitsiyasiga turli tipdagi ishlov berish operatsiyalarini bajarishi mumkin bo'lgan tokarlik stanoklaridan (shu jumladan ko'p maqsadli tokarlik stanoklaridan) boshqa, ishlov berishning turli operatsiyalarini quyidagi yo'l bilan bajaruvchi, faqat metallga ishlov beruvchi stanoklar kiritiladi:

(a) instrumentni uning magazinidan yoki o'xshash qurilmadan avtomatik tarzda ishlov berish dasturiga muvofiq almashtirish (ishlov berish markazlari);

(b) harakatlanmaydigan zagotovkada ishlaydigan, turlicha ishlov beradigan golovkalarni bir vaqtda yoki ketma-ketlikda avtomatik qo'llash (bir pozitsiyali agregat stanoklari); yoki

(v) zagotovkani turlicha ishlov beradigan golovkalarga avtomatik ko'chirish (ko'p pozitsiyali agregat stanoklari).

5. 8462 tovar pozitsiyasida yassi buyumlar uchun “bo'ylama kesish liniyasi” atamasi chuvatib yechuvchi, to'g'rilash qurilmasi, bo'ylama kesish qurilmasi va o'rash qurilmasidan tashkil topgan texnologik liniyani anglatadi. Yassi buyumlar uchun “ko'ndalang kesish liniyasi” atamasi chuvatib yechuvchi, to'g'rilash qurilmasi va kesish qurilmasidan tashkil topgan texnologik liniyani anglatadi.

6. (A) 8471 tovar pozitsiyasida “hisoblash mashinalari” atamasi quyidagilarni bajara oladigan mashinalarni bildiradi:

(i) dasturni yoki qayta ishlash dasturlarini va hech bo'lmaganda, dasturni bajarish uchun aynan shu paytda zarur bo'lgan ma'lumotni saqlay oladi;

(ii) foydalanuvchi talablariga muvofiq erkin qayta dasturlanadi;

(iii) foydalanuvchi tomonidan belgilanadigan arifmetik hisoblashlarni bajara oladi; va

(iv) qayta ishlash jarayonida hisoblash mashinasidan mantiqiy qarorlarni qabul qilish yo'li orqali harakatlarni o'zgartirishni talab qiluvchi, inson aralashuvisiz qayta ishlash dasturlarini bajaradi. (B) Hisoblash mashinalari turli sondagi alohida bloklardan iborat tizimlar ko'rinishida bajarilishi mumkin. (V) Quyida bayon qilingan (G) va (D) izohlarning talablariga rioya qilish sharti bilan, agar blok quyidagi barcha shartlarga mos kelsa, u hisoblash tizimining qismi sifatida qaralishi kerak:

(i) faqat yoki asosan hisoblash tizimida foydalaniladi;

(ii) ma'lumotlarni qayta ishlash markaziy blokiga bevosita yoki bir yoxud bir nechta boshqa bloklar orqali ulanish imkoniyatiga ega; va

(iii) ma'lumotni tizim foydalanishi mumkin bo'lgan shaklda (kodlar yoki signallar) qabul qila oladi yoki taqdim eta oladi. Alohida taqdim etilgan hisoblash mashinasining bloklari 8471 tovar pozitsiyasiga kiritiladi. Biroq, yuqoridagi (V) (ii) va (V) (iii) izohlarda bayon qilingan shartlarga javob beradigan klaviatura, X–Y-koordinatali kiritish qurilmalari va ma'lumotlarni disklarda saqlovchi bloklar barcha holatlarda 8471 tovar pozitsiyasidagi bloklar sifatida qaralishi kerak. (G) Alohida taqdim etilgan quyidagi qurilmalar 8471 tovar pozitsiyasiga kiritilmaydi, xatto ular yuqorida bayon qilingan 6 (V) izohidagi barcha shartlarga javob berganda ham:

(i) printerlar, nusxa ko'chirish apparatlari, faks apparatlari, birlashtirilgan yoki birlashtirilmagan;

(ii) tovush, tasvirlar yoki boshqa ma'lumotlarni qabul qilish yoki uzatish uchun apparatura, shu jumladan simli yoki simsiz aloqa tarmog'ida kommunikatsiyalarni ta'minlash apparaturasi (masalan, lokal yoki global tarmoqda);

(iii) radiokarnaylar va mikrofonlar;

(iv) televizion kameralar, raqamli kameralar va yozib oluvchi videokameralar;

(v) qabul qilish televizion apparaturasi bilan birlashtirilmagan monitorlar va proyektorlar. (D) O'z tarkibida hisoblash mashinasi bo'lgan yoki hisoblash mashinasi bilan birgalikda ishlaydigan va axborotni qayta ishlashdan farqli maxsus funksiyalarni bajaruvchi mashinalar ularning maxsus funksiyalariga muvofiq tovar pozitsiyalariga kiritiladi yoki buning imkoni bo'lmasa – qoldiq tovar pozitsiyalariga kiritiladi.

7. 8482 tovar pozitsiyasiga, inter alia, qaysi biri kichikroq bo'lishiga bog'liq holda, maksimal va minimal diametrlari nominal diametridan 1 % dan ko'proqqa yoki 0,05 mm dan ko'proqqa farq qilmaydigan polirovkalangan po'lat sharchalar kiritiladi. Boshqa po'lat sharchalar 7326 tovar pozitsiyasiga kiritiladi.

8. Bir maqsaddan ko'proq bo'lgan vazifalar uchun ishlatiladigan mashina tasniflanganda uning asosiy maqsadi yagona vazifa sifatida qaralishi kerak. Ushbu bo'lim izohlarining 2-bandi va XVI bo'lim izohlarining 3-bandi talablariga rioya qilish sharti bilan, asosiy ishlatish maqsadi hech bir tovar pozitsiyasida tavsiflanmagan mashina, yoki ishlatish maqsadlarining birortasi ham asosiy hisoblanmaydigan mashina 8479 tovar pozitsiyasida tasniflanadi, agar kontekstda boshqa narsa qayd etilmagan bo'lsa. 8479 tovar pozitsiyasiga metall simdan, yigirilgan tekstil ipdan yoki boshqa materiallardan yoxud shunday materiallarning kombinatsiyasidan arqonlar yoki troslar tayyorlash uchun mashinalar (masalan, to'qish-eshish uchun mashinalar) ham kiritiladi.

9. 8470 tovar pozitsiyasida “cho'ntak qurilmalari” atamasi o'lchamlari 170 x 100 x 45 mm dan oshmaydigan qurilmalarga nisbatan qo'llaniladi.

10. 8485 tovar pozitsiyasida “additiv ishlab chiqarish” atamasi (3D bosib chiqarish deb ham ataladi) fizik ob'yektlarni raqamli model asosida, materialni ketma-ketlikda qo'shish hamda qatlamlash, zichlash va qotirish yo'li bilan shakllantirishni bildiradi. XVI bo'lim izohlarining 1-bandi va 84-guruh izohlarining 1-bandi talablariga rioya qilish sharti bilan, 8485 tovar pozitsiyasidagi tavsifga javob beradigan stanoklar ushbu tovar pozitsiyasida tasniflanadi va Nomenklaturaning boshqa hech qanday tovar pozitsiyasida tavsiflanmaydi.

11. (A) 85-guruhdagi izohlarning 12(a) va 12(b) bandlari mazkur izohda va 8486 tovar pozitsiyasida foydalaniladigan, mos ravishda, “yarim o'tkazgichli asboblar” va “elektron integral sxemalar” atamalariga ham qo'llaniladi. Biroq, mazkur izohda va 8486 tovar pozitsiyasida “yarim o'tkazgichli asboblar” atamasi fotosezuvchan yarim o'tkazgichli asboblarga va svetodiodlarga (LED) ham tegishlidir. (B) Ushbu izohda va 8486 tovar pozitsiyasida “yassi displeyli panellarni ishlab chiqarish” atamasi podlojkalardan yassi panelni tayyorlashga tegishlidir. Bu atama shishani ishlab chiqarish yoki bosma platalarni yoki yassi panellardagi boshqa elektron komponentlarni montaj qilishga tegishli emas. “Yassi displeyli panel” atamasi elektron-nurli trubkalar texnologiyasiga tegishli emas. (V) 8486 tovar pozitsiyasiga faqat yoki asosan quyidagilar uchun foydalaniladigan mashinalar va apparatura ham kiritiladi:

(i) maskalar va shablonlarni ishlab chiqarish yoki ulardagi nuqsonlarni bartaraf etish;

(ii) Yarim o'tkazgichli asboblar yoki elektron integral sxemalarni yig'ish;

(iii) bullarni, plastinalar, yarim o'tkazgichli asboblar, elektron integral sxemalar va yassi panelli displeylarni ko'tarish, manipulyatsiya qilish, yuklash yoki tushirish uchun. (G) XVI bo'lim izohlarining 1-bandi va 84-guruh izohlarining 1-bandi talablariga rioya qilish sharti bilan, 8485 tovar pozitsiyasidagi tavsifga javob beradigan mashinalar va apparatura ushbu tovar pozitsiyasiga kiritiladi va Nomenklaturaning boshqa hech qanday tovar pozitsiyasiga kiritilmaydi.

Subpozitsiyalarga izohlar:

1. 8465 20 subpozitsiyasidagi “ishlov berish markazlari” atamasi faqat ishlov berish dasturiga muvofiq instrumentni ularning magazinidan yoki shu kabi qurilmani avtomatik almashtirish yo'li orqali ishlov berishning turli xil operatsiyalarini bajara oladigan, yog'och, probka, suyak, qattiq rezina, qattiq plastmassa yoki shu kabi qattiq materiallarga ishlov berish uchun mo'ljallangan stanoklarga qo'llaniladi.

2. 8471 49 subpozitsiyasida “tizimlar” atamasi bloklari 84-guruh izohlarining 6 (V) bandida bayon qilingan talablarga javob beradigan va o'z ichiga kamida ma'lumotlarni qayta ishlash markaziy blokini, bitta kiritish blokini (masalan, klaviatura yoki skaner) va bitta chiqarish blokini (masalan, displey yoki printer) oladigan hisoblash mashinalarini bildiradi.

3. 8481 20 subpozitsiyasidagi “moy-gidravlik yoki pnevmatik transmissiyalar uchun klapanlar” iborasi energiya manbai bosim ostidagi oquvchan muhit (suyuqlik yoki gaz) bo'lgan gidravlik yoki pnevmatik tizimda “oquvchan muhit energiyasi”ni ko'chirishda bevosita qo'llaniladigan klapanlarni bildiradi. Bu klapanlar istalgan turda bo'lishi mumkin (masalan, reduksion, qarama-qarshi tomonga yo'nalgan). 8481 20 subpozitsiyasi 8481 tovar pozitsiyasida birinchi darajali ahamiyatga ega.

4. 8482 40 subpozitsiyasiga faqat diametri 5 mm dan oshmaydigan, uzunligi esa kamida uch diametrdan iborat silindr rolikli podshipniklar kiritiladi. Roliklarning uchlari yumaloqlangan bo'lishi mumkin.

Qo'shimcha izohlar:

1. 8407 10 va 8409 10 subpozitsiyalarda “aviatsiya dvigatellari” atamasi faqat havo va ko'taruvchi vintlar bilan yig'iladigan dvigatellarga qo'llanishi lozim.

2. 847170 300 0 podsubpozitsiyasiga CD-ROM, audiokompakt-disklar va fotokompakt-disklardan signallarni o'qish uchun mo'ljallangan va quloqchin uchun raz'yem, tovush balandligi regulyatori yoki pusk/stop tugmasi bilan ta'minlangan hisoblash mashinalarining xotirlash qurilmalari hisoblanuvchi kompakt-disklarni o'qish qurilmalari ham kiritiladi.

3. 8415 81 001 0 podsubpozitsiyasida “maxsus ishlab chiqarish xonalari” atamasi shunday xonalarni anglatadiki, ulardagi haroratni va namlikni aniq qiymatlarda saqlanishini ularga o'rnatilgan stanoklar, hisoblash mashinalari, kommutatsiya uskunasi, jarrohlik operatsiyalarini o'tkazish uskunalari va shu kabi uskunalarni ekspluatatsiya qilish talablari yoki ular tomonidan bajariladigan operatsiyalar talablari taqazo etadi.

4. 8427 20 190 1, 8427 90 000 1 va 8436 80 100 1 podsubpozitsiyalarda tayyorlangan sana texnikani ishlab chiqaruvchisining texnik hujjatlari (texnik pasport, ekspluatatsiya qilish yo'riqnomasi) va texnikaning ko'zga ko'rinadigan, foydalanish qulay bo'lgan joyiga ishlab chiqaruvchi tomonidan mahkamlab qo'yiladigan hamda ekspluatatsiya qilish jarayoni davomida almashtirish mumkin bo'lmagan tablichka asosida aniqlanadi. Agar ishlab chiqaruvchining texnik hujjatlarida va ishlab chiqaruvchining tablichkasida ishlab chiqarilgan sana to'g'risida bir-biriga mos kelmaydigan ma'lumot bo'lsa yoki texnikani ishlab chiqaruvchisining ishlab chiqarish sanasi to'g'risida ma'lumoti bo'lmasa, u holda ushbu texnika ishlab chiqarilgan paytidan boshlab 3 yildan ko'p vaqt o'tgan texnika deb hisoblanadi. Agar ishlab chiqaruvchining ma'lumotida faqat ishlab chiqarilgan yil ko'rsatilgan bo'lsa, texnika ishlab chiqilgan sana sifatida ishlab chiqarilgan yilning 1 iyuli deb hisoblanadi; agar ishlab chiqarilgan oy va yil ko'rsatilgan bo'lsa, ishlab chiqaruvchi ma'lumotida ko'rsatilgan oyning 15-sanasi ishlab chiqarilgan sana deb hisoblanadi.

5. 8407 10 000 3 podsubpozitsiyasida “uchib ko'tarilish quvvati” (“take-off power”) atamasi aviatsiya porshenli dvigatelining erishadigan maksimal quvvatini bildiradi. “Uchib ko'tarilish quvvati” (“take-off power”) texnik hujjatlarda va (yoki) qo'shib yuboriladigan hujjatlarda ko'rsatiladi, kilovatt yoki ot kuchida o'lchanadi (1 kVt 1,35962 ot kuchiga mos keladi).

Pozitsiyalar

8401Yadro reaktorlari0% 8402Bug' qozonlari yoki boshqa bug' ishlab chiqaruvchi qozonlar0% 8403Markaziy isitish qozonlari, 8402 tovar pozitsiyasidagi qozonlardan tashqari0% 84048402 yoki 8403 tovar pozitsiyasidagi qozonlar bilan foydalanish uchun yordamchi uskunalar0% 8405Gaz generatorlari yoki suv gazi generatorlari tozalash qurilmalari bilan yoki ularsiz0% 8406Suv bug'i turbinalari va boshqa bug' turbinalari0% 8407Uchqundan alangalanuvchi ichki yonuv dvigatellari, porsheni aylanuvchan yoki qaytma-ilgarilanma harakatli0% 8408Siqilishdan alangalanuvchi porshenli ichki yonuv dvigatellari0% 8409Faqatgina yoki asosan 8407 yoki 8408 tovar pozitsiyadagi dvigatellar uchun mo'ljallangan qismlar0% 8410Gidravlik turbinalar, suv g'ildiraklari va ular uchun regulyatorlar0% 8411Turboreaktiv va turbovintli dvigatellar, boshqa gaz turbinalari0% 8412Boshqa dvigatellar va harakatga keltiruvchi uskunalar0% 8413Suyuqlik nasoslari rasxodomerli yoki usiz0% 8414Havo yoki vakuum nasoslari, havo yoki gaz kompressorlari va ventilyatorlar0% 8415Dvigatelli ventilyator hamda havo harorati va namligini o'zgartirish uchun asboblar bilan jihozlangan havoni konditsionirovaniya qilish…0% 8416Suyuq yoqilg'i, kukunlashtirilgan qattiq yoqilg'i yoki gaz uchun yoqish gorelkalari0% 8417Sanoat yoki laboratoriya gornlari va pechlari0% 8418Elektrli yoki boshqa turdagi sovitkichlar, muzlatkichlar va boshqa sovutish yoki muzlatish uskunalari20% 8419Haroratning o'zgarishi bo'ladigan jarayonlarda, masalan isitish, qaynatish, qovurish, distillyatsiya, rektifikatsiya, sterilizatsiya…0% 8420Kalandrlar yoki boshqa jo'valash0% 8421Sentrifugalar0% 8422Idish-tovoqlarni yuvish mashinalari0% 8423Tarozi uskunalari0% 8424Suyuqliklarni yoki kukunlarni otish, sachratish yoki purkash uchun mexanik qurilmalar5% 8425Ko'tarish uchun tallar va ko'targichlar, skip ko'targichlaridan tashqari5% 8426Kema derrik-kranlari0% 8427Sanchqisimon ushlab oluvchili avtoyuklagichlar0% 8428Ko'tarish, ko'chirish, yuklash yoki tushirish uchun boshqa mashinalar va qurilmalar0% 8429Buldozerlar buriladigan yoki burilmaydigan otvali bilan, greyderlar, yer tekislagichlar, skreperlar, mexanik lopatalar, ekskavatorlar, bir…0% 8430Ko'chirish, tekislash, profillash, qazib olish, shibbalash, zichlash, qazib chiqarish yoki yerni, foydali qazilmalarni yoki rudalarni…0% 8431Faqat yoki asosan 8425 – 8430 tovar pozitsiyalaridagi uskunalar uchun mo'ljallangan qismlar0% 8432Yerni tayyorlash va qayta ishlov berish qishloq xo'jaligi, bog'dorchilik yoki o'rmon xo'jaligi mashinalari15% 8433Qishloq xo'jaligi ekin mahsulotlarini yig'ish yoki yanchish uchun mashinalar yoki mexanizmlar5% 8434Sut sog'ish qurilmalari va apparatlari, sutni ishlash va qayta ishlash uchun uskunalar0% 8435Vinochilik, sidr, meva sharbatlari yoki shu kabi ichimliklarni ishlab chiqarish uchun presslar, maydalagichlar va shu kabi uskunalar0% 8436Qishloq xo'jaligi, bog'dorchilik, o'rmon xo'jaligi, parrandachilik yoki asalarichilik uchun uskunalar0% 8437Urug'larni, g'allani yoki dukkakli sabzavotlarni tozalash, saralash yoki kalibrovkalash uchun mashinalar0% 8438Oziq-ovqatlarni yoki ichimliklarni sanoatda tayyorlash yoki ishlab chiqarish uchun uskunalar, ushbu guruhning boshqa qismida ko'rsatilmagan…0% 8439Tolali sellyuloza materiallardan iborat massani ishlab chiqarish yoxud qog'oz yoki kartonni ishlab chiqarish yoki ishlov berish uchun…0% 8440Muqovalovchi uskunalar0% 8441Qog'oz massasidan buyumlar, qog'oz yoki karton ishlab chiqarish uchun uskunalar0% 8442Bosish plastinalari, silindrlari yoki boshqa bosish formalarini tayyorlash yoki ishlab chiqarish uchun mashinalar, apparatlar va…0% 84438442 tovar pozitsiyasidagi plastinalar, silindrlar va boshqa bosish formalari yordamida nashr qilish uchun ishlatiladigan bosma mashinalar0% 8444Kimyoviy to'qimachilik materiallarini ekstrudirlash, tortish-cho'zish, teksturalash yoki kesish uchun mashinalar0% 8445To'qimachilik tolalariga ishlov berish uchun mashinalar0% 8446Gazlama to'quv stanoklari0% 8447Trikotaj, to'qish-tikish mashinalari, pozument iplarni, to'r pardalarni, to'rlarni, krujevalarni ishlab chiqish mashinalari, gul tikib…0% 84488444, 8445, 8446 yoki 8447 tovar pozitsiyasidagi mashinalar bilan ishlash uchun yordamchi uskunalar0% 8449Kigiz yoki kigiz bo'lagi yoki kesimdagi to'qilmagan matolarni ishlab chiqarish yoki pardozlash uchun uskunalar0% 8450Kir yuvish mashinalari, maishiy yoki kir yuvish xonalari uchun mashinalar20%, lekin 1 dona uchun $20 dan kam emas 8451Uskunalar0% 8452Tikuv mashinalari, 8440 tovar pozitsiyasidagi kitob bloklarini tikish uchun ishlatiladigan mashinalardan tashqari0% 8453Uskunalar teri yoki terini tayyorlash, ko'nlash yoki ishlov berish, shuningdek, tikuv mashinalaridan tashqari, poyabzal yoki boshqa teri…0% 8454Konverterlar, quyuv cho'michlari, metallurgiya va quyuv ishlab chiqarishda ishlatiladigan qoliplar va quyuv mashinalari0% 8455Metalloprokat stanlari va ular uchun valkalar0% 8456Stanoklar materialni olib tashlash orqali har qanday materiallarni qayta ishlash uchun lazer yoki boshqa yorug'lik yoki foton nurlari…0% 8457Qayta ishlash markazlari, stanoklar metallga ishlov berish uchun modulli, bir va ko'p stansiyali0% 8458Tokarlik stanoklari, metall kesish uchun0% 8459Metall kesish stanoklari0% 8460Silliqlash, charxlash, silliqlash, sayqallash va silliqlash toshlari, abraziv moddalar yoki silliqlash vositalaridan foydalangan holda…0% 8461Stanoklar ko'ndalang randalovchi, bo'ylama randalash, bolg'alash, tortish, tish kesish, tish silliqlash yoki tishlarga ishlov berish…0% 8462Stanoklar0% 8463Materiallarni olib tashlamasdan metallarga yoki metallokeramikalarga qayta ishlov berish uchun boshqa stanoklar0% 8464Toshlarga ishlov berish uchun, keramika, beton, asbest-sement yoki shunga o'xshash mineral materiallarni qayta ishlash yoki shishaga sovuq…0% 8465Stanoklar0% 8466Qismlar va jihozlar, faqatgina yoki asosan 8456 – 8465 tovar pozitsiyalaridagi tovarlarni jihozlash uchun mo'ljallangan qismlar va jihozlar0% 8467Pnevmatik qo'l instrumentlari, gidravlik yoki o'rnatilgan elektrli yoki elektri bo'lmagan dvigateli bilan0% 8468Mashina va apparatlar past temperaturali payvandlash, yuqori temperaturali payvandlash va kavsharlash, kesish uchun yaroqli yoki yaroqsiz…0%
8469pozitsiya chiqarilgan
8470Hisoblash mashinalari va cho'ntak mashinalari yozish uchun, hisoblash funksiyalari bilan ma'lumotlarni yozib olish, ko'paytirish va…5% 8471Hisoblash mashinalari va ularning bloklari0% 8472Boshqa ofis uskunalari5% 8473Qismlar va jihozlar0% 8474Saralash uchun uskunalar, g'alvirlash, ajratish, yuvish, maydalash, yanchish, aralashtirish yoki tuproqni aralashtirish, tosh, rudalar yoki…0% 8475Mashinalar elektr yoki elektron lampalarni yig'ish uchun, trubkalar yoki elektron-katod nurlari yoki gazrazryadli lampalar, shisha yoki…0% 8476Savdo avtomatlari5% 8477Uskunalar rezina, kauchuk yoki plastmassaga ishlov berish yoki ushbu materiallardan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun, ushbu guruhning…0% 8478Tamaki tayyorgarligi yoki tayyor holatga keltirilishi uchun uskunalar, ushbu guruhning boshqa qismida ko'rsatilmagan yoki kiritilmagan5% 8479Mashinalar va mexanik qurilmalar, individual funksiyalarga ega bo'lgan, ushbu guruhning boshqa qismida ko'rsatilmagan yoki kiritilmagan0% 8480Metall quyish orqali ishlab chiqarish uchun qoliplar0% 8481Kranlar, klapanlar, ventillar va shunga o'xshash armatura truboprovodlar uchun, qozonlar, rezervuarlar, sisternalar, baklar yoki shunga…5% 8482Podshipniklar, sharikli yoki rolikli0% 8483Transmissiya vallari0% 8484Prokladkalar va shunga o'xshash birlashtiruvchi elementlarning metall listlari boshqa materiallar bilan birlashtirilgan yoki ikki yoki…0% 8485Additiv ishlab chiqarish uchun mashinalar0% 8486Faqat yoki asosan yarim o'tkazgich bulyalari yoki plastinalari, yarim o'tkazgichli asboblar, elektron integral sxemalar yoki yassi…0% 8487Uskunalar qismlari, elektr aloqalariga ega emas, izolyatorlari, kontaktlari, katushkalar yoki boshqa elektr qismlari bo'lmagan, ushbu…0%

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.