O'zbekiston TIF TN: nomenklatura, kodlar va boj stavkalari
PQ-181-son qaror bo'yicha barcha bo'limlar, guruhlar va 10 xonali kodlar izohlari bilan, boj stavkalari — PQ-3818 bo'yicha. Guruhni tanlang yoki kodni kiriting.
O'zbekiston TIF TN · 21 bo'lim · 96 guruh
TIF TN kodi qanday tuzilgan
TIF TN kodi — tovarning Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasidagi 10 xonali raqami. Dastlabki ikki raqam — guruh, to'rt raqam — tovar pozitsiyasi, olti raqam — subpozitsiya, o'n raqam — boj stavkasi belgilanadigan kichik subpozitsiya. Nomenklatura 21 bo'lim va 96 guruhdan iborat; bo'lim va guruhlarga izohlar tovarni tasniflashda majburiydir.
Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.
Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.
Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz
Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.