TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 85-guruh: Elektr mashinalar va uskunalar, ularning qismlari

Guruhga izohlar, 8501–8549 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Elektr mashinalar va uskunalar, ularning qismlari; ovoz yozib oluvchi va ovozni qayta eshittiruvchi apparatura, televizion tasvir va tovushni yozib oluvchi va qayta tiklovchi apparatura, ularning qismlari va jihozlari.

XVI bo'lim. Mashina, uskuna va mexanizmlar; elektrotexnik uskuna; ularning qismlari; ovozni yozib oluvchi va ovozni qayta tiklovchi apparatura, televizion tasvirni va ovozni yozib olish va qayta tiklash uchun apparatura, ularning qismlari va jihozlari

XVI bo'limga izohlar

Izohlar:

1. Mazkur bo'limga quyidagilar kiritilmaydi:

(a) 39-guruh plastmassasidan yoki vulkanizatsiyalangan rezinadan konveyer lentalari yoki aylantiruvchi kamarlar yoki belting (4010 tovar pozitsiyasi), mashinalarda yoki mexanik yoxud elektrik qurilmalarda yoki boshqa texnik maqsadlar uchun ishlatiladigan, vulkanizatsiyalangan rezinadan tayyorlangan, qattiq rezinadan tashqari, qurilmalar yoki boshqa buyumlar (4016tovar pozitsiyasi);

(b) mashinalarda yoki mexanik qurilmalarda yoxud boshqa texnik maqsadlarda foydalaniladigan, tabiiy teridan yoki kompozitsion teridan buyumlar (4205 tovar pozitsiyasi) yoxud tabiiy mo'ynadan buyumlar (4303 tovar pozitsiyasi);

(v) bobinalar, g'altaklar, shpullar, konuslar, o'zaklar, gilzalar yoki har qanday materiallardan shu kabi tashuvchilar (masalan, 39, 40, 44 yoki 48-guruh yoxud XV bo'lim);

(g) jakkard mashinalari yoki shu kabi mashinalar uchun perfokartalar (masalan, 39 yoki 48-guruh yoxud XV bo'lim);

(d) to'qimachilik materiallaridan konveyer lentalari yoki aylantiruvchi kamarlar yoki belting (5910 tovar pozitsiyasi) yoki texnik maqsadlar uchun to'qimachilik materiallaridan boshqa buyumlar (5911tovar pozitsiyasi);

(ye) 7102 – 7104 tovar pozitsiyalarining qimmatbaho yoki yarim qimmatbaho toshlari (tabiiy, sun'iy yoki rekonstruksiya qilingan) yoki to'liq yuqorida ko'rsatilgan toshlardan tayyorlangan 7116 tovar pozitsiyasining buyumlari, tovush oluvchi ignalar uchun mo'ljallangan va ularga mahkamlanmagan, ishlov berilgan sapfir va olmoslardan tashqari (8522 tovar pozitsiyasi);

(j) noqimmatbaho metalldan tayyorlangan, XV bo'lim izohlarining 2-bandida tavsiflangan umumiy maqsad uchun qismlar (XV bo'lim), yoki plastmassadan tayyorlangan shu kabi tovarlar (39-guruh);

(z) odatiy burg'ilash quvurlari (7304tovar pozitsiyasi);

(i) metall sim yoki polosadan cheksiz lentalar (XV bo'lim);

(k) 82 yoki 83-guruh buyumlari;

(l) XVII bo'lim buyumlari;

(m) 90-guruh buyumlari;

(n) barcha turdagi soatlar yoki 91-guruhning boshqa buyumlari;

(o) 8207 tovar pozitsiyasining almashinadigan ishchi asboblari yoki mashinalarning qismlari hisoblanuvchi chetkalar (9603 tovar pozitsiyasi); ishchi qismi tayyorlangan material bilan muvofiqlikda tasniflanadigan shu kabi almashinadigan asboblar (masalan, 40, 42, 43, 45 yoki 59-guruhlarda yoxud 6804 yoki 6909 tovar pozitsiyalarida);

(p) 95-guruh buyumlari; yoki

(r) yozuv mashinkalari uchun lentalar yoki g'altaklarda yoki kassetalarda yoki ularsiz shu kabi lentalar (tayyorlangan materiali bilan muvofiqlikda tasniflanadi yoki agar ular siyoh bilan shimdirilgan bo'lsa yoki izlarni olish uchun boshqa usulda ishlov berilgan bo'lsa, 9612 tovar pozitsiyasida tasniflanadi), yoki yakka tirgaklar, ikki oyoqlik tirgaklar, uch oyoqlik tirgaklar va 9620 tovar pozitsiyasining shu kabi buyumlari.

2. Ushbu bo'lim izohlarining 1-bandi, 84-guruh izohlarining 1-bandi va 85-guruh izohlarining 1-bandi talablariga rioya qilish sharti bilan, mashinalarning qismlari (8484, 8544, 8545, 8546 yoki 8547 tovar pozitsiyalari buyumlarining qismlaridan tashqari) quyidagi qoidalarga muvofiq tasniflanishi kerak:

(a) 84 yoki 85-guruhlarning birorta tovar pozitsiyasiga (8409, 8431, 8448, 8466, 8473, 8487, 8503, 8522, 8529, 8538 va 8548 tovar pozitsiyalaridan tashqari) kiritilgan tovarlar hisoblanuvchi qismlar barcha holatlarda ular uchun ko'zda tutilgan tovar pozitsiyalarida tasniflanishi kerak.

(b) faqat yoki asosan mashinalarning bir tipi bilan yoki xuddi shu tovar pozitsiyasining bir qancha mashinalarida (shu jumladan 8479 yoki 8543 tovar pozitsiyalarining mashinalari) ishlatish uchun uchun mo'ljallangan boshqa qismlar shu mashinalar bilan birga yoki mos ravishda 8409, 8431, 8448, 8466, 8473, 8503, 8522, 8529 yoki 8538 tovar pozitsiyasida tasniflanishi kerak. Biroq, asosan, 8517 va 8525 – 8528 tovar pozitsiyalarining tovarlari bilan ishlatish uchun teng yaroqli bo'lgan qismlar 8517 tovar pozitsiyasida tasniflanadi, faqat yoki asosan 8524 tovar pozitsiyasining tovarlari bilan ishlatish uchun yaroqli bo'lgan qismlar esa 8529 tovar pozitsiyasida tasniflanishi kerak;

(v) qolgan barcha boshqa qismlar mos ravishda 8409, 8431, 8448, 8466, 8473, 8503, 8522, 8529 yoki 8538 tovar pozitsiyasida yoxud bundan tashqari 8487 yoki 8548 tovar pozitsiyasida tavsiflanadi.

3. Ikki yoki undan ortiq o'zaro bir-birini to'ldiruvchi yoki bir-biri bilan bog'liq bo'lmagan funksiyalarni bajarishga mo'ljallangan, bir yaxlitlikni xosil qilish uchun birga bog'langan ikki yoki undan ortiq mashinalardan tashkil topgan kombinatsiyalangan mashinalar, va boshqa mashinalar, agar kontekstda boshqa narsa belgilangan bo'lmasa, faqat asosiy funksiyani bajaruvchi komponentdan iborat yoki shunday mashina sifatida tasniflanishi kerak.

4. Agar mashina (shu jumladan kombinatsiyalangan mashina) 84 yoki 85-guruh tovar pozitsiyalaridan biri bilan qamrab olingan, aniq belgilangan funksiyani birgalikda bajarish uchun mo'ljallangan alohida komponentlardan tashkil topgan bo'lsa (ular alohida joylashganligi yoki o'tkazuvchi quvurlar, transmission qurilmalar, elektr kabellar yoxud boshqa qurilmalar orqali bog'langanligidan qat'iy nazar), bunday mashina belgilangan funksiyaga muvofiq bo'lgan tovar pozitsiyasida tasniflanadi.

5. Mazkur izohlarda “mashina” atamasi 84 yoki 85-guruh tovar pozitsiyalariga kiruvchi istalgan mashina, uskuna, mexanizm, agregat, qurilma, apparat yoki moslamani anglatadi.

6. (A) Butun Nomenklatura bo'yicha “elektrotexnik yoki elektron buyumlarning chiqindilari va lomi” ifodasi elektrik yoki elektron yig'malar, bosma platalar, shuningdek, elektrotexnik yoki elektron buyumlarni anglatadiki, ular:

(i) buzilish, kesilish yoki boshqa sabablar oqibatida boshlang'ich vazifasini bajarishi uchun ishlatishga yaroqsiz bo'lib qolgan yoki ularni ta'mirlash, tiklash yoki boshlang'ich vazifasiga muvofiq bo'lishi uchun modernizatsiya qilish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas; va

(ii) tashish, yuklash va tushirishdagi shikastlanishdan alohida buyumlarning himoyasini ta'minlay olmaydigan uslub bilan qadoqlangan va yuklangan. (B) “Elektrotexnik yoki elektron buyumlarning chiqindilari va lomi” hamda boshqa chiqindilar va lomning aralashmasidan iborat partiyalar 8549 tovar pozitsiyasida tasniflanishi kerak. (V) Mazkur bo'limga 38-guruh izohlarining 4-bandida ta'rifi keltirilgan shahar xo'jaligi chiqindilari kiritilmaydi.

Qo'shimcha izohlar:

1. Mashinalarni yig'ish yoki ularga xizmat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan asboblar shu mashinalar bilan birga tasniflanishi kerak, agar ular bilan birga import qilinsa. Mashinalar bilan birga import qilinadigan almashtiriladigan asboblari, agar bu asboblar odatdagi mashinaning qismini tashkil etsa va odatda mashina bilan birga sotiladigan bo'lsa, ular birga tasniflanishi kerak.

2. Bojxona organlarining talablari bo'yicha deklarant deklaratsiyada ma'lum qilingan ma'lumotlarni tasdiqlash uchun mashinaning tavsifi, uning ishlatilish maqsadi va asosiy xarakteristikalari, yig'ilmagan yoki qismlarga ajratilgan mashina holatida esa – yig'ish sxemasi va turli yuk o'rinlaridagilarning tarkibi ro'yxatini ifodalovchi illyustratsiyalangan hujjatlarni (masalan, yo'riqnomalar, prospektlar, katalogning varag'i, fotosurat) taqdim etishi kerak.

3. Deklarantning murojaati bo'yicha va mas'ul idoralar tomonidan o'rnatilgan shartlarga rioya qilingan taqdirda, Nomenklaturani Talqin etishning asosiy qoidalarining 2(a) qoidasi bojxona chegarasi orqali alohida partiyalarda o'tkaziladigan mashinalarga ham qo'llaniladi.

85-guruhga izohlar

Izohlar:

1. Mazkur guruhga quyidagilar kirmaydi:

(a) adyol, matratslar, yostiqlar, oyoq isitish grelkasi, elektrda isitiladigan yoki o'xshash mahsulotlar; kiyim, poyabzal yoki naushniklar yoki inson tomonidan ishlatiladigan boshqa elektrda isitiladigan predmetlar;

(b) 7011 tovar pozitsiyasidagi shisha idishlar;

(v) 8486 tovar pozitsiyasidagi mashinalar va apparatlar;

(g) tibbiyot, jarrohlik, stomatologiya yoki veterinariya tadqiqotlarida foydalaniladigan vakuumli apparatlar (9018 tovar pozitsiyasi);

(d) 94-guruhning elektrda isitiladigan mebellari.

2. 8501 – 8504 tovar pozitsiyasidagi tovarlar 8511, 8512, 8540, 8541 yoki 8542 tovar pozitsiyalaridagi tovarlarni o'z ichiga olmaydi. Biroq, metal sig'imli simob-elektr yoyidan fondalanishga asoslangan to'g'rilagichlarni 8504 tovar pozitsiyasiga kiradi.

3. 8507 tovar pozitsiyasidagi “elektrli akkumulyatorlar” atamasi elektr ajratkichlar, termoregulyatorlar (masalan, termorezistorlar) va himoya qurilmalari kabi energiyani saqlash va ta'minlash bo'yicha akkumulyator funksiyasining bajarilishiga yordam beradigan yoki uni shikastlanishdan himoyalaydigan qo'shimcha komponentlar bilan taqdim etilgan elektr akkumulyatorlarga tegishlidir. Ular, shuningdek, foydalaniladigan tovarlarning himoya g'ilofining qismini ham o'z ichiga olishi mumkin.

4. 8509 tovar pozitsiyasiga faqat maishiy maqsadlarda ishlatiladigan elektromexanik mashinalarning quyidagi turlari kiradi:

(a) poloterlar, oziq-ovqat maydalagichlari, mikserlar va meva yoki sabzavotlar uchun sharbat chiqargichlar‚ har qanday vaznga ega;

(b) og'irligi 20 kg dan ko'p bo'lmagan boshqa mashinalar. Biroq, bu tovar pozitsiyasiga ventilyatorlar yoki ventilyatsiya yoki tortuvchi retsirkulyatsiya kolpaklari yoki ventilyatorli shkaflar, filtrli yoki filtrsiz (8414 tovar pozitsiyasi), markazdan qochuvchi kiyim quritkichlar (8421 tovar pozitsiyasi), idishlarni yuvish mashinalari (8422 tovar pozitsiyasi), maishiy kir yuvish mashinalari (8450 tovar pozitsiyasi), rolikli yoki boshqa dazmollash mashinalari (8420 yoki 8451 tovar pozitsiyasi), tikuv mashinalari (8452 tovar pozitsiyasi), elektr qaychilar (8467 tovar pozitsiyasi) yoki elektr isitkich priborlari (8516 tovar pozitsiyasi) kiritilmaydi

5. 8517 tovar pozitsiyasidagi “smartfonlar” atamasi hisoblash mashinasining bir nechta ilovalarni yuklab olish va ularning bir vaqtda ishlashi, shu jumladan, ichiga raqamli kameralar va navigatsiya tizimlari kabi boshqa komponentlar o'rnatilganligi yoki o'rnatilmaganligidan qat'iy nazar tashqi ilovalar kabi funksiyalarini bajarish uchun mo'ljallangan mobil operatsion tizim bilan ta'minlangan aloqa tarmoqlari uchun mo'ljallangan telefonlarni anglatadi.

6. 8523 tovar pozitsiyasida:

(a) “qattiq jismli energiya ta'minoti mustaqil bo'lgan ma'lumotlarni saqlash qurilmalari” (masalan, “flesh-xotira kartalari” yoki “elektron flesh-xotira kartalari”) bosma plataga o'rnatilgan bitta korpusdagi integral sxemalar ko'rinishidagi bir yoki bir nechta flesh-xotira qurilmalari bo'lgan ulovchi ajratkichga ega ma'lumotlarni saqlash qurilmalarini anglatadi (masalan, “flesh-ES PPZU”). Ular tarkibiga integral sxema ko'rinishidagi kontrollyor hamda kondensatorlar va rezistorlar kabi diskret passiv komponentlar bo'lishi mumkin;

(b) “intellektual kartochkalar” atamasi kristallar ko'rinishidagi bir yoki bir nechta elektron integral sxemalar (mikroprotsessor, ixtiyoriy tanlab oladigan doimiy xotirlash qurilmasi (ITXQ) yoki doimiy xotirlash qurilmasi (DXQ)ga ega kartochkalarni bildiradi. Bu kartochkalar kontaktlar, magnit chiziq yoki ichiga o'rnatilgan antennaga ega bo'lishi mumkin, ammo ularda boshqa hech qanday aktiv yoki passiv elementlar mavjud emas.

7. 8524 tovar pozitsiyasida “yassi displey panelli modullar” ifodasi foydalanishdan avval boshqa tovar pozitsiyalaridagi mahsulotlarga o'rnatish uchun konstruksiyalangan kamida displey ekrani bilan jihozlangan axborotni aks ettiruvchi qurilmalar yoki apparatlarga tegishli. Shakliga ko'ra bunday modullarning displey ekranlari yassi, buklangan, egiluvchan, taxlanadigan, cho'ziladigan yoki boshqa shakllarda bo'lishi mumkin. Yassi displey panelli modullar o'z ichiga qo'shimcha komponentlarni, shu jumladan, videosignallarni qabul qilish va ularni ekran piksellari bo'ylab taqsimlash uchun zarur bo'lgan komponentlarni olishi mumkin. Ammo 8524 tovar pozitsiyasiga videosignallarni qayta o'zgartirish uchun mo'ljallangan komponentlar (masalan, videoformatni o'zgartiruvchi integral sxema, dekoder integral sxemasi yoki ilovalar protsessori) bilan jihozlangan yoki boshqa usul bilan tovar pozitsiyalaridagi mahsulotlar xususiyatini qabul qilgan displey modullari kiritilmaydi. Ushbu izohda ko'rsatilgan yassi displey paneli bo'lgan modullarni tasniflashda 8524 tovar pozitsiyasi nomenklaturadagi har qanday boshqa tovar pozitsiyasidan ustuvor bo'ladi.

8. 8534 tovar pozitsiyasida “bosma sxemalar” atamasi har qanday bosib chiqarish jarayoni (masalan, galvanizatsiya, o'yma) yordamida yoki alohida yoki ma'lum bir tartibda birlashtirilgan o'tkazgichlar, kontaktlar yoki boshqa bosma elementlar (masalan, induktivlik, rezistorlar, sig'imlar)ning “plyonkali” texnologiyasi yordamida izolyatsiyalovchi taglikda shakllantirish yo'li orqali bajarilgan sxemalarni bildiradi, elektr signalni yaratish, to'g'rilash, modulyatsiyalash yoki kuchaytirish qobiliyatiga ega elementlar (masalan, yarim o'tkazgichli elementlar) bundan mustasno. “Bosma sxemalar” atamasi bosib chiqarish jarayonida olingan elementlardan farqli elementlar bilan birlashgan sxemalarni, shuningdek alohida diskret rezistorlar, kondensatorlar yoki induktivlik sxemalarini o'z ichiga olmaydi. Ammo bosma sxemalar bosma texnologiyadan farqli bo'lgan boshqa texnologiya bo'yicha tayyorlangan bog'lovchi elementlar bilan jihozlanishi mumkin. Aynan o'sha texnologik jarayon davomida olingan passiv va aktiv elementlardan foydalanilgan ingichka yoki qalin plyonkali sxemalar 8542 tovar pozitsiyasiga kiritiladi.

9. 8536 tovar pozitsiyasida “optik, optik-tolali jgutlar yoki kabellar tolalari uchun ulagichlar” atamasi raqamli aloqa liniyasi tizimidagi optik tolalarning uchlarini mexanik birlashtiruvchi ulagichlarni bildiradi. Ular signalni kuchaytirish, tiklash yoki o'zgartirish kabi boshqa hech qanday funksiyalarni bajarmaydi.

10. 8537 tovar pozitsiyasiga televizion qabul qilgichlar yoki boshqa elektr uskunalarini masofadan boshqarish uchun mo'ljallangan simsiz infraqizil qurilmalar kiritilmaydi (8543 tovar pozitsiyasi).

11. 8539 tovar pozitsiyasida “yorug'lik diodi yorug'lik manbalari (LED)” ifodasi quyidagilarni qamrab oladi:

(a) “yorug'lik diodi modullari (LED)”, elektr zanjirlariga birlashtirilgan va elektr, mexanik, termik yoki optik elementlar kabi qo'shimcha elementlarni o'z ichiga olgan yorug'lik diodlari asosidagi elektr yorug'lik manbalari (LED). Ta'minotni uzatish yoki nazorat qilish uchun bu modullar diskret aktiv elementlar, diskret passiv elementlar yoki 8536 yoki 8542 tovar pozitsiyasidagi mahsulotlarni o'z ichiga oladi. Yorug'lik diodi modullari (LED) yoritkichda o'rnatilishi yoki almashtirilishini osonlashtiruvchi hamda mexanik va elektr kontaktni ta'minlovchi sokol bilan jihozlanmagan.

(b) Elektr, mexanik, termik yoki optik elementlar kabi qo'shimcha komponentlarni o'z ichiga olgan bir yoki bir nechta yorug'lik diodli modullari (LED)ga ega yorug'likning elektr manbalaridan iborat “yorug'lik diodli lampalar (LED)”. Yorug'lik diodli modullar (LED)ning yorug'lik diodli lampalar (LED) dan farqi shundan iboratki, yorug'lik diodli lampalar yoritkichga o'rnatilishi yoki almashtirilishini osonlashtiruvchi hamda mexanik va elektr kontaktni ta'minlovchi sokolga ega.

12. 8541 va 8542 tovar pozitsiyalarida:

(a) (i) “yarim o'tkazgichli asboblar” ularning ishlashi elektr maydonining ta'siri ostida ular qarshiligining o'zgarishiga asoslangan yoki yarim o'tkazgichlar asosidagi o'zgartirgichlarni bildiradi. Yarim o'tkazgichli asboblar ular aktiv va passiv yordamchi funksiyalar bilan ta'minlanganligi yoki ta'minlanmaganligidan qat'i nazar ko'plab elementlardan yig'ilgan bo'lishi ham mumkin. Ushbu ta'rif maqsadi uchun “yarim o'tkazgichlar asosidagi o'zgartirgichlar” ular belgilangan funksiyani bajaruvchi va har qanday fizik yoki kimyoviy hodisalarni yoki elektr signalga ta'sirlarni yoki elektr signalni qandaydir fizik hodisaga yoki xatti-harakatga o'zgartirish qobiliyatiga ega yarim o'tkazgichlar asosidagi datchiklar, yarim o'tkazgichlar asosidagi privodlar, yarim o'tkazgichlar asosidagi rezonatorlar va yarim o'tkazgichlar asosidagi generatorlardan tashkil topgan. Yarim o'tkazgichlar asosidagi o'zgartirgichlarning barcha elementlari uzviy ravishda o'zaro bog'langan, shuningdek ularning tuzilishi yoki ishlashi uchun zarur bo'lgan ularga o'zaro uzviy bog'langan materiallarni o'z ichiga olishi mumkin. Quyida ko'rsatilgan ifodalar quyidagi ma'nolarga ega: (1) “yarim o'tkazgich asosida” yarim o'tkazgichli taglikda yaratilgan yoki tayyorlangan yoki yarim o'tkazgichli texnologiya bo'yicha yarim o'tkazgichli materiallardan tayyorlangan, bu texnologiyaga ko'ra yarim o'tkazgichli taglik yoki material o'zgartirgich o'z funksiyasini bajarishida eng muhim va hech kim bajara olmaydigan vazifani bajaradi, o'zgartirgich ishlashi yarim o'tkazgichning xususiyatlariga, shu jumladan, fizik, elektr, kimyoviy va optik xossalariga asoslanadi. (2) “fizik yoki kimyoviy hodisalar” bosim, akustik to'lqinlar, tezlanish, tebranish, harakatlanish, oriyentatsiya, kuchlanganlik, magnit maydoning kuchlanishi, elektr maydonining kuchlanishi, radioaktivlik, namlik, sarflash, kimyoviy elementlar konsentratsiyasi va shu kabi hodisalarga tegishli. (3) “yarim o'tkazgich asosidagi datchik” yarim o'tkazgich massasida yoki yuzasida yaratiladigan mikroelektron yoki mexanik strukturalardan iborat va fizik yoki kimyoviy ta'sir kattaliklarini aniqlash hamda elektr xossalarining o'zgarishi yoki mexanik strukturaning siljishi sabab bo'lgan ularning elektr signallariga o'zgartirish funksiyasiga ega yarim o'tkazgichli asbob tipidan tashkil topgan. (4) “yarim o'tkazgich asosidagi privod” yarim o'tkazgich massasida yoki yuzasida yaratiladigan va elektr signallarini fizik harakatga o'zgartirish funksiyasiga ega mikroelektron yoki mexanik strukturalardan iborat yarim o'tkazgichli asbob tipidan tashkil topgan. (5) “yarim o'tkazgich asosidagi rezonator” yarim o'tkazgich massasida yoki yuzasida yaratiladigan va tashqi kirish signaliga javob qaytaruvchi mikroelektron yoki mexanik strukturalarning fizik geometriyasiga bog'liq bo'lgan belgilangan chastotadagi mexanik yoki elektr tebranishlarni generatsiyalash funksiyasiga ega ushbu mikroelektron yoki mexanik strukturalardan iborat yarim o'tkazgichli asbobning tipidan tashkil topgan. (6) “yarim o'tkazgich asosidagi generator” yarim o'tkazgich massasida yoki yuzasida yaratiladigan va tashqi kirish signaliga javob qaytaruvchi mikroelektron yoki mexanik strukturalarning fizik geometriyasiga bog'liq bo'lgan belgilangan chastotadagi mexanik yoki elektr tebranishlarni generatsiyalash funksiyasiga ega ushbu mikroelektron yoki mexanik strukturalardan iborat yarim o'tkazgichli asbobning tipidan tashkil topgan.

(ii) “yorug'lik diodlari (LED)” elektr energiyasini ko'zga ko'rinadigan, infraqizil yoki ultrabinafsha nurlanishga o'zgartiradigan yarim o'tkazgichli materiallardan tashkil topgan, bu materiallar o'zaro elektr bog'langan yoki bog'lanmaganligidan qat'i nazar, shuningdek himoya diodlari bilan birlashgan yoki birlashmagan. 8541 tovar pozitsiyasidagi yorug'lik diodlari (LED)da elektr ta'minoti bilan ta'minlash yoki elektr ta'minotini nazorat qilish uchun mo'ljallangan komponentlar mavjud emas;

(b) “elektron integral sxemalar”:

(i) monolit integral sxemalar, ulardagi sxema elementlari (diodlar, tranzistorlar, rezistorlar, kondensatorlar, induktivlik va h.) yarim o'tkazgich yoki murakkab yarim o'tkazgichli material (masalan, boyitilgan kremniy, galliy arsenid, silikonli germaniy, indiy fosfidi) massasi (asosan) yuzasida bajariladi;

(ii) gibrid integral sxemalar, ulardagi ingichka yoki qalin plyonkali texnologiya jarayonlari yordamida bajarilgan passiv elementlar (rezistorlar, kondensatorlar, induktivlik va h.), va yarim o'tkazgichli texnologiya jarayonlari yordamida olingan aktiv elementlar (diodlar, tranzistorlar, monolit integral sxemalar va h.) bitta izolyatsiyalovchi podlojka (shisha, keramika va h.)dagi elementlararo birikmalar yoki ulovchi kabellar orqali yagona ajralmas bir butunga birlashadi. Bunday sxemalar tarkibida diskret komponentlar bo'lishi mumkin;

(iii) bir yoki bir nechta izolyatsiyalovchi tagliklarda joylashgan yoki joylashmagan, chiqarish ramkalariga ega bo'lgan yoki ega bo'lmagan, ammo boshqa hech qanday aktiv yoki passiv elementlarni o'z ichiga olmagan, ajralmas ravishda yagona bir butunga birlashtirilgan o'zaro biriktirilgan ikki yoki undan ortiq yaxlit integral sxemalardan tashkil topgan ko'p kristalli integral sxemalar;

(iv) hech bo'lmaganda quyidagi komponentlardan biri: kremniy asosidagi datchiklar, kremniy asosidagi privodlar, kremniy asosidagi generatorlar, kremniy asosidagi rezonatorlar yoki ularning kombinatsiyalari yoki 8532, 8533, 8541 tovar pozitsiyalarida tasniflanadigan mahsulotlar funksiyalarini bajaruvchi komponentlar bilan, yoki 8504 tovar pozitsiyasida tasniflanadigan induktorlar birlashtirilgan, kontaktlar, o'tkazgichlar, sharikli quloqlar, yerga ulanuvchilar, quloqlar yoki kontakt maydonchalariga ulanish yo'li orqali bosma platada yoki boshqa tashuvchiga o'rnatiladigan komponentdan iborat yagona bir butun integral sxema sifatida ajralmas ravishda birlashtirilgan bir yoki birdan ortiq yaxlit, gibrid yoki ko'p kristalli integral sxemalar tashkil topgan ko'p komponentli integral sxemalar. Ushbu ta'rifda: (1) “komponentlar” mustaqil ishlab chiqilgan, keyingi ko'p komponentli integral sxemaning qolgan qismiga o'rnatilgan yoki boshqa komponentlarga integratsiyalashgan diskret bo'lishi mumkin. (2) “kremniy asosida” kremniy asosida ishlanganligini yoki kremniydan ishlanganligini yoki integral sxema kristalli asosida tayyorlanganligini bildiradi. (3) (a) “kremniy asosidagi datchiklar” yarim o'tkazgich massasida yoki yuzasida yaratiladigan va fizik yoki kimyoviy hodisalarni aniqlash hamda ularni elektr xususiyatlarning o'zgarishi yoki mexanik strukturaning siljishi sabab bo'lgan ularni elektr signallarga o'zgartirish funksiyasiga ega mikroelektron yoki mexanik strukturalardan iborat. “Fizik yoki kimyoviy hodisalar” bosim, akustik to'lqinlar, tezlanish, tebranish, harakatlanish, oriyentatsiya, kuchlanish, magnit maydon kuchlanganligi, elektron maydon kuchlanganligi, yorug'lik, radioaktivlik, namlik, kimyoviy moddalarning sarflanishi, konsentratsiyasi va h.

(b) “kremniy asosidagi haydovchilar” yarim o'tkazgich massasida yoki yuzasida yaratiladigan va elektr signallarini fizik harakatga o'zgartirish funksiyasiga ega mikroelektron va mexanik strukturalardan iborat.

(v) “kremniy asosidagi rezonatorlar” yarim o'tkazgich massasida yoki yuzasida yaratiladigan va tashqi kirish signaliga javob qaytaruvchi mikroelektron yoki mexanik strukturalarning fizik geometriyasiga bog'liq bo'lgan berilgan chastotali mexanik yoki elektr tebranishlarni generatsiyalash funksiyasiga ega ushbu mikroelektron yoki mexanik strukturalardan tashkil topgan.

(g) “kremniy asosidagi generatorlar” yarim o'tkazgich massasida yoki yuzasida yaratiladigan va mikroelektron yoki mexanik strukturalarning fizik geometriyasiga bog'liq bo'lgan berilgan chastotada mexanik yoki elektr tebranishlarni generatsiyalash funksiyasiga ega ushbu mikroelektron yoki mexanik strukturalardan tashkil topgan. Ushbu izohda ko'rsatilgan mahsulotlarni tasniflashda 8541 va 8542 tovar pozitsiyalari Nomenklaturadagi har qanday tovar pozitsiyadan ustuvorlikka ega, bu Nomenklatura ushbu mahsulotlarni ularning funksiyasiga muvofiq o'z ichiga olishi mumkin, 8523 tovar pozitsiyasi bundan mustasno.

Subpozitsiyalarga izohlar:

1. 8525 81 subpozitsiyaga faqat bir yoki bir nechta quyidagi xarakteristikalarga ega yuqori tezlikdagi televizion kameralar, raqamli kameralar va yozib oluvchi videokameralar kiritiladi: - yozib olish tezligi mikrosekundiga 0,5 mm; - vaqt bo'yicha ajratish 50 nanosekund yoki undan kam; - kadrlar chastotasi sekundiga 225 000 kadr.

2. 8525 82 subpozitsiyasida radiatsiya darajasi yuqori bo'lgan muhitda ishlash imkoniyati uchun ishlab chiqilgan yoki ekranlangan radiatsion-barqaror yoki radiatsion-himoyalangan televizion kameralar, raqamli kameralar va yozib oluvchi videokameralar. Bunday kameralarning konstruksiyasi radiatsiyaning umumiy dozasi kamida 50 x 103 Gr (kremniy) (5 x 106 rad (kremniy) bo'lganda ishchi xarakteristikalari kamaymagan holda qarshi turish imkonini beradi.

3. 8525 83 subpozitsiyasiga yorug'lik ko'rinadigan tasvirni olish uchun kuchaytirilishi va o'zgartirilishi mumkin bo'lgan elektronlarga o'zgartirish uchun fotokatoddan foydalanuvchi televizion kameralar, raqamli kameralar va yozib oluvchi tungi ko'rish videokameralari kiritiladi. Ushbu subpozitsiyaga teplovizion kameralar kiritilmaydi (qoidaga ko'ra 8525 89 subpozitsiya).

4. 8527 12 subpozitsiya faqat ichiga kuchaytirgich o'rnatilgan, ichiga ovoz kuchaytirgich o'rnatilmagan, tashqi elektr ta'minot manbaidan ishlay oladigan, o'lchami 170 x 100 x 45 mm dan oshmaydigan kassetali pleyerlarni o'z ichiga oladi.

5. 8549 11 – 8549 19 subpozitsiyalarida “ishlatilgan birlamchi elementlar, ishlatilgan birlamchi batareyalar va ishlatilgan elektr akkumulyatorlar” sinishi, kesilishi, eskirishi yoki boshqa sabablar oqibatida yoki qayta zaryadlash imkoni bo'lmaganda ular mo'ljallangan sifatda foydalanish uchun yaroqli bo'lmagan qurilmalarni bildiradi.

Qo'shimcha izohlar:

1. 8519 20 100 0, 8519 30 000 0 va 8519 89 110 0 podsubpozitsiyalari lazerli o'qish tizimiga ega ovozni qayta eshittiruvchi apparaturani o'z ichiga olmaydi.

2. Subpozitsiyalarga izohlarning 4-bandi tegishli o'zgartirishlar kiritilganida 8519 81 150 va 8519 81 650 podsubpozitsiyalarga qo'llaniladi.

3. Faqat 8528 71 150 0 va 8528 71 910 0 podsubpozitsiyalarida “modem” atamasi WLAN, ISDN va Ethernet orqali Internetga kira olish uchun analog texnologiyalardan foydalaniladigan V.90 yoki kabelli modemlar va boshqa qurilmalar kabi kiruvchi signallarni modullashtiradigan va demodullashtiradigan qurilmalar yoki uskunalarni anglatadi. Internet tarmog'iga kira olish darajasi xizmatlarni yetkazib beruvchi tomonidan cheklanishi mumkin. Ushbu podsubpozitsiyalardagi apparatlar axborot bilan interaktiv almashinuvni ta'minlash maqsadida ikki yo'nalishli kommunikatsiya jarayonini va ikki yo'nalishli axborot oqimini ta'minlashi kerak.

4. 8542 31 100 1 podsubpozitsiyasida “32 nanometrdan ko'p bo'lmagan texnologik jarayon” elektron integral sxemalarni ishlab chiqarish jarayonini anglatadi, uning texnologik normalariga muvofiq mikroprotsessor mantiqiy tranzistorlari zatvorlarining o'lchami 32 nanometrdan oshmaydi. Mantiqiy tranzistorlar barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni amalga oshiradigan mikroprotsessorning asosiy hisoblash elementlari hisoblanadi. Zatvor tranzistorning boshqaruvchi elementi hisoblanadi. Mikroprotsessorlarni tayyorlash texnologik jarayoni to'g'risidagi ma'lumotlar ishlab chiqaruvchining texnik hujjatlarida beriladi, ushbu hujjatlar uning O'zbekiston Respublikasidagi vakolatli vakili tomonidan taqdim etilishi mumkin.

5. 8535 90 000 1 podsubpozitsiyasidagi “o'tish izolyatorlari” atamasi to'liq gaz izolyatsiyalangan o'tkazgichning (GIS) bir qismi bo'lgan modullar bo'linmalarining gardishlariga biriktirilgan va ushbu bo'linmalar orasidagi gaz hajmlarini ajratish yoki turli GISni birlashtirish uchun mo'ljallangan qurilmalarni anglatadi. Modullarni bitta gaz hajmiga, shuningdek, kommutatsiya jihozlarini yig'ish paytida o'zaro kommutator modullarining o'tkazgichlari elektrodlari orqali ulanish. Nazorat izolyatorlari gaz o'tkazadigan va gaz o'tkazmaydigan turlarga bo'linadi. Gaz o'tkazadigan izolyatorlar yordamida kommutatorning gaz hajmlari ajratiladi. Gaz o'tkazmaydigan izolyatorlar yordamida turli GIS modullari bir gaz hajmiga birlashtiriladi. O'rtadagi izolyator gardish halqasidan, quyma izolyatordan va izolyatorga quyilgan elektrodlardan iborat. + 8501 31 000 – – nominal chiqish quvvati 750 Vt dan oshmaydi: + 8501 34 000 – – nominal chiqish quvvati 375 kVt dan ortiq: + 8501 62 000 – – nominal chiqish quvvati 75 kVA dan ko'p, lekin 375 kVA dan ko'p + 8501 63 000 – – nominal chiqish quvvati 375 kVA dan ko'p, lekin 750 kVA dan ko'p + 8501 64 000 0 – – nominal chiqish quvvati 750 kVA dan ortiq dona + 8509 90 000 0 – qismlar – + 8510 90 000 0 – qismlari – + 8514 90 000 – qismlar: + 8516 90 000 0 – qismlar – + 8522 10 000 0 – tovush adapterlari – + 8530 90 000 0 – qismlar – + 8535 21 000 0 – – 72,5 kV dan kam kuchlanish uchun – + 8535 29 000 0 – – boshqalar – + 8543 20 000 0 – signal generatorlari dona + 8543 90 000 0 – qismlar –

Pozitsiyalar

8501Elektr dvigatellar va generatorlar5% 8502Elektrogenerator qurilmalar va aylanadigan elektr konvertorlari5% 8503Qismlari, faqat yoki asosan 8501 yoki 8502 tovar pozitsiyalaridagi mashinalar uchun mo'ljallangan5% 8504Elektr transformatorlari, statik elektr o'zgartiruvchilari5% 8505Elektromagnitlar5% 8506Birlamchi elementlar va birlamchi batareyalar5% 8507Elektr akkumulyatorlar5% 8508Changso'rgichlar20%, lekin 1 dona uchun $15 dan kam emas 8509Maishiy elektromexanik mashinalar, elektr dvigatel o'rnatilgan, 8508 tovar pozitsiyasidagi changso'rgichlardan tashqari20%, lekin 1 dona uchun $3 dan kam emas 8510Elektroustaralar, soch olish mashinkalari va elektr dvigatel o'rnatilgan soch kesish moslamalari10% 8511Elektr jihozlari ichki yonish dvigatellarini yoqish yoki ishga tushirish uchun yoki olovli yoki siqishli yonish dvigatellari bilan5% 8512Velosipedlar yoki motorli transport vositalarida qo'llaniladigan elektr yoritish yoki signalizatsiya uskunalari5% 8513Portativ elektr fonarlar, o'z energiya manbalaridan quvvatlanadigan10% 8514Elektr pechlar va kameralar sanoat miqyosida yoki laboratoriyada0% 8515Mashinalar va asboblar elektrli0% 8516Elektr suv isitkichlari oqimli yoki to'plagichli10% 8517Telefon apparatlari, jumladan smartfonlar va boshqa uyali aloqa tarmoqlari yoki boshqa simsiz aloqa tarmoqlari uchun apparatlar10% 8518Mikrofonlar va ular uchun podstavkalar10% 8519Ovozni yozish yoki ovozni chiqarish apparaturalari10%
8520pozitsiya chiqarilgan
8521Videoni yozib oluvchi yoki videoni qayta tiklovchi apparatura, video tyuner bilan birlashtirilgan yoki birlashtirilmagan10% 8522Qismlar va jihozlar, faqatgina yoki asosan 8519 yoki 8521 tovar pozitsiyasidagi asboblar bilan foydalanish uchun5% 8523Disklar, lentalar, qattiq holatda o'zgarmas ma'lumotlarni saqlash qurilmalari, “smart–kartalar” va ovoz yoki boshqa hodisalarni yozib olish…10% 8524Yassi displey panelli modullar5% 8525Radioeshittirish yoki televideniye uchun uzatish apparaturalari, tarkibiga qabul qilish, ovoz yozish yoki ovozni qayta tiklash…5% 8526Radiolokatsiya, radionavigatsiya apparaturalari va masofadan boshqarish radioapparaturalari0% 8527Radioeshittirish uchun qabul qiluvchi apparaturalar, ovoz yozish yoki ovozni qayta tiklash apparaturalari yoki soatlar bilan bitta korpusda…10% 8528Monitorlar va proyektorlar, qabul qilish uskunalari televizion uskunalarini o'z tarkibiga olmaydigan10% 8529Qismlar, 8524 – 8528 tovar pozitsiyasida bo'lgan apparaturalar uchun faqat yoki asosan mo'ljallangan5% 8530Elektrli signalizatsiya qurilmalari, signalizatsiya, xavfsizlik yoki harakatni boshqarish moslamalari, temir yo'llar, tramvay yo'llari…0% 8531Elektr qurilmalari ovozli yoki vizual signalizatsiyali xavfsizlikni ta'minlash yoki5% 8532Kondensatorlar elektr doimiyligi, o'zgaruvchan yoki sozlanadigan0% 8533Elektr rezistorlar0% 8534Bosma sxemalar0% 8535Elektr zanjirlarini kommutatsiyasi yoki himoya qilish yoki elektr zanjirlariga yoki elektr zanjirlarda ulanish uchun5% 8536Elektr zanjirlarini kommutatsiyasi yoki himoya qilish yoki elektr zanjirlariga yoki elektr zanjirlarida ulanish uchun5% 8537Pultlar, panellar, konsollar, stollar, taqsimlovchi shitlar va elektr tokini boshqarish yoki taqsimlash uchun, 8535 yoki 8536 tovar…10% 8538Qismlar, faqatgina yoki asosan 8535, 8536 yoki 8537 tovar pozitsiyalaridagi asboblar uchun mo'ljallangan5% 8539Cho'g'lanma lampalar yoki gazorazryadli lampalar, elektr lampalar5% 8540Lampalar va elektron trubkalar termokatodli, sovuq katodli yoki fotokatodli5% 8541Yarim o'tkazgichli asboblar0% 8542Elektron integral mikrosxemalar5% 8543Elektr mashinalari va apparatlari, individual funksiyalarga ega bo'lgan, ushbu guruhning boshqa qismida ko'rsatilmagan yoki kiritilmagan5% 8544Simlar izolyatsiya qilingan10% 8545Ko'mir elektrodlar, ko'mir cho'tkalari, lampalar yoki batareykalar uchun ko'mirlar va elektrotexnikada qo'llaniladigan grafit yoki boshqa…5% 8546Har qanday materiallardan elektrli izolyatorlar5% 8547Armatura izolyatsiyalangan elektr mashinalar uchun, apparatlari yoki jihozlar, to'liq izolyatsion materiallardan tayyorlangan elektr…5% 8548Elektr jihozlari yoki apparatlarining qismlari, ushbu guruhning boshqa qismida ko'rsatilmagan yoki kiritilmagan5% 8549Chiqindilar va lom, elektron va elektrotexnika mahsulotlarining5%

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.