Guruhning nomenklaturadagi nomi: San'at asarlari, kolleksiyalash buyumlari va antikvariat.
XXI bo'lim. San'at asarlari, kolleksiyalash buyumlari va antikvariat
97-guruhga izohlar
Izohlar:
1. Ushbu guruhga quyidagilar kirmaydi:
(a) pochta markalari yoki bekor qilinmagan davlat boji markalari, pochta kanselyariya jixozlari (gerbli qog'oz) yoki 4907 pozitsiyadagi shu kabi tovarlar;
(b) teatr dekoratsiyalari, badiiy studiya to'ri dekaratsiyalari yoki matoga chizilgan shu kabi buyumlar (5907 tovar pozitsiyasi), 9706 tovar pozitsiyasiga kiritilishi mumkin bo'lganlardan tashqari; yoki
(v) marvaridlar, tabiiy yoki madaniylashtirilgan, yoki qimmatbaho yoki yarim qimmatbaho toshlar (7101 – 7103 tovar pozitsiyalari).
2. 9701 tovar pozitsiyasiga katta seriyada ishlab chiqarilgan mozaikalar, quyma buyumlar yoki tijorat xarakteridagi hunarmandlik buyumlari kiritilmaydi, garchi ushbu tovarlar rassomlar tomonidan ishlab chiqilgan yoki yaratilgan bo'lsa ham.
3. 9702 tovar pozitsiyasida “gravyuralarning, estamplarning va toshbosma rasmlarning asllari” atamasi bir yoki bir nechta doskadan muallif qo'lda qilgan qora-oq yoki rangli ottisklarni anglatadi, muallif tomonidan qo'llanilgan texnika yoki materialdan qat'i nazar, mexanik yoki fotomexanika vositalar bundan mustasno.
4. 9703 tovar pozitsiyasiga katta seriyada ishlab chiqarilgan reproduksiyalar yoki tijorat xarakteridagi hunarmandlik buyumlari kiritilmaydi, garchi ushbu tovarlar rassomlar tomonidan ishlab chiqilgan yoki yaratilgan bo'lsa ham.
5. (A) Yuqoridagi izohlarning 1-4-bandlari talablariga amal qilgan holda, ushbu guruhning buyumlari aynan shu guruhga kiritiladi, boshqa guruhga emas. (B) 9706 tovar pozitsiyasi ushbu guruhining oldingi tovar pozitsiyalariga kiritiladigan tovarlarni qamrab olmaydi.
6. Kartinalar, rasmlar, pastellar, kollajlar yoki boshqa dekorativ tasvirlar, gravyuralar,
estamplar yoki litografiyalar uchun ramkalar, agar ramkalarning tabiati va qiymati ushbu
asarlarga mos keladigan bo'lsa, san'at asarlari qaysi tovar pozitsiyasiga kiritilsa ular ham shu
tovar pozitsiyasiga kiritilishi lozim. Ushbu izohda keltirilgan san'at asarlariga tabiati
va qiymati mos kelmaydigan ramkalar alohida tasniflanishi kerak.
Pozitsiyalar
Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.
Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.