Guruhning nomenklaturadagi nomi: Turli tayyor buyumlar.
XX bo'lim. Turli sanoat tovarlari
96-guruhga izohlar
Izohlar:
1. Ushbu guruhga kiritilmaydi:
(a) kosmetika yoki gigiyena maqsadlari uchun qalamlar (33-guruh);
(b) 66-guruh buyumlari (masalan, soyabonlarning yoki trostlarning qismlari);
(v) bijuteriya (7117 tovar pozitsiyasi);
(g) XV bo'lim izohlarining 2-bandida ko'rsatilgan noqimmatbaho metallardan tayyorlangan umumiy maqsad uchun qismlar (XV bo'lim), yoki plastmassadan tayyorlangan shu kabi qismlar (39-guruh);
(d) 82-guruhning soplari yoki boshqa qismlari o'ymakorlik yoki quyma materiallardan bo'lgan pichoq va boshqa buyumlari; biroq bu buyumlarning alohida taqdim etilgan soplari yoki boshqa qismlari 9601 yoki 9602 tovar pozitsiyasiga kiritiladi;
(ye) 90-guruh buyumlari (masalan, ko'zoynak uchun opravalar (9003 tovar pozitsiyasi), reysfederlar (9017 tovar pozitsiyasi), stomatologiyada yoki terapevtik, jarrohlik yoki veterinariya maqsadlari uchun ishlatishga mo'ljallangan cho'tkalar (9018 tovar pozitsiyasi));
(j) 91-guruh buyumlari (masalan, barcha turdagi soatlar korpuslari);
(z) musiqa asboblari yoki ularning qism va jixozlari (92-guruh);
(i) 93-guruh buyumlari (qurol va uning qismlari);
(k) 94-guruh buyumlari (masalan, mebel, yoritgichlar va yoritish uskunalari);
(l) 95-guruh buyumlari (o'yinchoqlar, o'yinlar, sport anjomlari); yoki
(m) san'at asarlari, kolleksiyalash predmetlari yoki antikvariat (97-guruh).
2. 9602 tovar pozitsiyasida “o'ymakorlik uchun yaroqli o'simlik yoki minerallardan tayyorlangan materiallar” atamasi quyidagilarni ifodalaydi:
(a) qattiq urug'lar, donlar, yong'oqlar, yong'oq po'choqlari va o'ymakorlik uchun foydalaniladigan o'simlik materiallari (masalan, korozo va dum);
(b) qahrabo va sepiolit, tabiiy va yirik agromeratsiyalangan, gagatu va gagatuga o'xshash minerallar.
3. 9603 tovar pozitsiyasida “supurgi yoki cho'tkali buyumlar tayyorlash uchun hozirlangan tugun va bog'lamlar” atamasi hayvonlar juni, o'simlik tolalari yoki boshqa materiallardan supurgi yoki cho'tkalarni tayyorlashga qayta bog'lamasdan tayyor bo'lgan yoki ularni yig'ishga tayyorlash uchun sirtini tekislash va ma'lum shaklda kesish kabi arzimas ishlov talab qiladigan tartiblanmagan tugun va bog'lamlarni anglatadi.
4. Ushbu guruhga quyidagi buyumlar (9601 – 9606 yoki 9615 tovar pozitsiyalarida ko'rsatilganlaridan tashqari) to'liq yoki qisman qimmatbaho metallardan, tabiiy yoki o'stirilgan marvarid, qimmatbaho yoki yarimqimmatbaho (tabiiy, suniy yoki tiklangan) toshlardan iborat bo'lishi yoki qimmatbaho metallar bilan qoplanganligidan qatiy nazar kiritiladi. Biroq 9601 – 9606 yoki 9615 tovar pozitsiyalariga tarkibidagi tabiiy yoki o'stirilgan marvarid, qimatbaho yoki yarimqimmatbaho toshlar (tabiiy, suniy yoki tiklangan), qimmatbaho metallar yoki qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallar faqat ahamiyatsiz qismni tashkil qiladigan buyumlar kiritiladi.
Qo'shimcha izohlar:
1. 9619 00 710 – 9619 00 890 podsubpozitsiyalarga qog'oz massasi, qog'oz, sellyuloza vatalaridan tayyorlangan tovarlar yoki sellyuloza tolalaridan tayyorlangan matolar kiritiladi. Ushbu podsubpozitsiyalarga quyidagilardan iborat bo'lgan ko'p komponentli buyumlar ham kiritiladi:
(a) teridan namlikni yutib olish va shu bilan tirnash xususiyatini oldini olishga mo'ljallangan ichki qatlam (masalan, noto'qima materiallardan);
(b) mahsulot chiqarilgunga qadar namlikni yig'ish va saqlab turish uchun absorbsiyalovchi asos; va
(v) absorbsiyalovchi asosdan suyuqlikni oqib chiqishiga to'sqinlik qiladigan tashqi qatlam (masalan, plastmassalardan).
2. 9602 00 000 1 podsubpozitsiyada keltirilgan atamalar quyidagilarni bildiradi:
(a) “ishlov berilgan qahrabo, gagatu (qora qahrabo)” – quyidagi operatsiyalardan biri yoki bir nechtasi bilan ishlov berilgan bo'laklar, listlar, plastinkalar, silindrlar yoki shu kabi shakllardagi yantar va gagat (qora qahrabo): barcha sirtni polirovkalash, barcha sirtni shlifovkalash, barcha sirtni charxlash yoki yuqorida ko'rsatib o'tilgan operatsiyalardan biri yoki bir nechtasi bilan birga parmalash;
(b) “aglomeratsiyalangan ishlov berilgan qahrabo” – plastinkalar, silindr yoki shu kabi shakllardagi, quyilgandan keyin quyidagi operatsiyalardan biri yoki bir nechtasi bilan ishlov berilgan aglomeratsiyalangan qahrabo: barcha sirtni sayqallash, barcha sirtni pardozlash, barcha sirtni charxlash yoki yuqorida ko'rsatib o'tilgan operatsiyalardan biri yoki bir nechtasi bilan birga parmalash. Ushbu podsubpozitsiyaga boshqa tovar pozitsiyalari buyumlarining qismi sifatida qaraladigan qahrabo, aglomeratsiyalangan qahrabo gagatu (qora qahrabo) kiritilmaydi.
Pozitsiyalar
Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.
Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.