Guruhning nomenklaturadagi nomi: O'yinchoqlar, o'yinlar va sport inventari; ularning qismlari va jihozlari.
XX bo'lim. Turli sanoat tovarlari
95-guruhga izohlar
Izohlar:
1. Ushbu guruhga quyidagilar kiritilmaydi:
(a) shamlar (3406 tovar pozitsiyasi);
(b) 3604 tovar pozitsiyasidagi mushakbozlik yoki boshqa pirotexnik buyumlari;
(v) yigirilgan iplar, monoiplar, shnurlar yoki torlar (struna) yoki baliq ovi uchun ma'lum uzunlikka ega bo'lgan, biroq 39-guruh, 4206 tovar pozitsiyasi yoki XI bo'limga kiruvchi baliq ovi uchun chilvir shaklida tayyorlanmagan shunga o'xshash buyumlar;
(g) sport sumkalari yoki 4202, 4303 yoki 4304 tovar pozitsiyalarining boshqa buyumlari;
(d) to'qimachilik materiallaridan tayyorlangan maskarad liboslari (61 yoki 62-guruh), sport kiyimlari va to'qimachilik materiallaridan tayyorlangan maxsus kiyimlar (61 yoki 62-guruhlar) xususan, tirsak soxasida to'ldirilgan qatlamli yamoqlar kabi ximoya qismlariga ega bo'lgan yoki bo'lmagan, tizzalar yoki chov qismida himoya komponentlariga ega bo'lgan yoki ega bo'lmagan maxsus predmetlari (masalan, qilichbozlik kiyimlari yoki futbol darvozabonlarining sviterlari);
(ye) to'qimachilik materiallaridan tayyorlangan bayroqlar yoki matolar yoki qayiqlar uchun yelkanlar, taxtalarga o'rnatilgan vindserfing yoki quruqlik transport vositalariga 63-guruh;
(j) sport poyabzali (muz yoki rolik konkilar o'rnatilgan konkida uchish botinkalaridan tashqari) 64-guruhda yoki sport bosh kiyimlari 65-guruhda;
(z) otda yurish uchun tayoq, xivich va qamchilar yoki o'xshash buyumlar(6602 tovar pozitsiyasi) yoki ularning qismlari (6603 tovar pozitsiyasi);
(i) qo'g'irchoq yoki 7018 tovar pozitsiyasining boshqa o'yinchoqlari uchun o'rnatilmagan shisha ko'zlar;
(k) XV bo'lim izohlarining 2-bandida ko'rsatilgan noqimmatbaho metallardan tayyorlangan umumiy maqsad uchun qismlari (XV bo'lim), yoki plastmassadan tayyorlangan shu kabi qismlar (39-guruh);
(l) 8306 tovar pozitsiyasidagi qo'ng'iroqlar, bonglar yoki shu kabi buyumlar;
(m) suyuqlik nasoslari (8413 tovar pozitsiyasi), suyuqlik yoki gazlarni filtrlash yoki tozalash uchun uskuna va qurilmalar (8421 tovar pozitsiyasi), elektr motorlari (8501 tovar pozitsiyasi), elektr transformatorlari (8504 tovar pozitsiyasi), ma'lumotlarni saqlash disklari, tasmalari, qattiq jismli energiyaga bog'liq bo'lmagan qurilmalari, “intellektual kartochkalar” va ovozni yoki boshqa hodisalarni yozib olish uchun mo'ljallangan boshqa tashuvchilar, yozilgan yoki yozilmagan (8523 tovar pozitsiyasi), masofadan boshqarish radioapparati (8526 tovar pozitsiyasi) yoki masofadan boshqarish uchun simsiz infraqizil qurilmalar (8543 tovar pozitsiyasi);
(n) XVII bo'limdagi sport transport vositalari (bobsley chanalari, tobogganlar va shunga o'xshash buyumlardan tashqari);
(o) ikki g'ildirakli bolalar velosipedlari (8712 tovar pozitsiyasi);
(p) uchuvchisiz uchish apparatlari (8806 tovar pozitsiyasi);
(r) kanoe va skiflar kabi sport qayiqlari (89-guruh) yoki ularni harakatga keltirish vositalari (yog'ochdan tayyorlanganlari 44-guruhga kiritiladi);
(s) ko'zoynaklar, himoya ko'zoynaklari yoki sport yoki ochiq havodagi o'yinlar uchun shu kabi buyumlar (9004 tovar pozitsiyasi);
(t) manoklar yoki hushtaklar (9208 tovar pozitsiyasi);
(u) 93-guruhdagi qurol yoki boshqa buyumlar;
(f) barcha turdagi chiroq girlyandlari ( 9405 tovar pozitsiyasi);
(x) yakka tayanchlar, ikki oyoqlar, uch oyoqlar va shu kabi buyumlar (9620 tovar pozitsiyasi)
(s) raketka simlari, chodirlar (palatka) yoki kemping uchun boshqa jihozlar, yoki barmoqlari ajratilgan qo'lqoplar, boshmaldoqdan boshqa barmoqlari ajratilmagan qo'lqoplar va mitenkalar (tayyorlangan materialiga qarab tasniflanadiganlar); yoki
(ch) ovqatlanish xonasi va oshxona idishlari, ovqatlanish va oshxona anjomlari, pardoz-andoz buyumlari, gilamlar va boshqa to'qimachilik pol qoplamalari, kiyim-kechaklar, amaliyotda foydalanish uchun mo'ljallangan ko'rpa-to'shak, ovqatlanish xonasi, pardoz-andoz, oshxona belyolari va shu kabi buyumlar (tayyorlangan materialiga qarab tasniflanadi).
2. Ushbu guruhga tarkibidagi tabiiy yoki o'stirilgan marvarid, qimatbaho yoki yarimqimmatbaho toshlar (tabiiy, suniy yoki tiklangan), qimmatbaho metallar yoki qimmatbaho metallar bilan qoplangan noqimmatbaho metallar ahamiyatsiz qismni tashkil qiladigan buyumlar kiritiladi.
3. Ushbu guruh izohlarining 1-bandi talablari rioya qilgan holda, faqat yoki asosan ushbu guruhning tovarlari bilan birgalikda foydalanish uchun mo'ljallangan qismlar va jixozlar ushbu tovarlar bilan birgalikda tasniflanishi kerak.
4. Yuqoridagi 1-izohning talablari rioya qilgan holda, 9503 tovar pozitsiyasiga, inter alia, ushbu tovar pozitsiyasi buyumlarining talqin etishning asosiy qoidalarining 3(b) qoidasiga muvofiq to'plamlar sifatida qaralishi mumkin bo'lmagan va agar alohida taqdim etilsa, boshqa tovar pozitsiyalarida tasniflanishi mumkin bo'lgan bitta yoki bir nechta predmetlar bilan birga qo'shilgani kiritiladi, shu shart bilanki buyumlar birga chakana savdoda sotish uchun qadoqlangan va ularning qo'shilganligi o'yinchoqlarning asosiy xususiyatiga ega.
5. 9503 tovar pozitsiyasiga vazifasi, shakli yoki ular tayyorlangan materialiga muvofiq faqat hayvonlar uchun mo'ljallanganligini aniqlash mumkin bo'lgan tovarlar kiritilmaydi, masalan “uy hayvonlari uchun o'yinchoqlar” (ular o'zlariga tegishli mos pozitsiyalarda tasniflanadi).
6. 9508 tovar pozitsiyasida:
(a) “tomosha bog' attraksionlar” iborasi o'yin kulgi yoki ko'ngilochar maqsadlarda, odamlarning ko'nglini chog' qilish, ovuntirish maqsadida ularni belgilangan yoki chegaralangan yo'nalish bo'ylab, shu jumladan suv oqimlari bo'ylab olib yuradigan, tashiydigan yoki boshqaradigan qurilma yoki qurilmalar kombinatsiyasi va uskunalarni anglatadi. Bunday attraksionlar tomosha bog'larda, mavzumiy bog'da, suvli bog'da yoki yarmarka maydonchasida joylashgan bo'lishi mumkin. Ushbu tomosha bog' attraksionlarda odatda turar joy binolari yoki o'yin maydonchalarida o'rnatiladigan uskunalarni o'z ichiga olmaydi;
(b) “akvapark attraksionlar” iborasi tartibga solinadigan marshrutga ega bo'lmagan ma'lum bir suv mintaqasi hududiga o'rnatiladigan qurilma yoki qurilmalar va uskunalarning jamlanmasini anglatadi. Akvapark attraksionlar faqat maxsus akvaparklar uchun mo'ljallangan uskunalarni o'z ichiga oladi; va
(v) “yarmarka attraksionlar” iborasi odatda operator yoki xizmat ko'rsatuvchi shaxs ishtirok etadigan, statsionar binolar yoki savdo pavilonlarida tashkil etilishi mumkin bo'lgan tasodifiy holatlar, kuch yoki maxorat namoyon bo'lishi bilan bog'liq o'yin kulgularni va tomoshalarni anglatadi. Yarmarka attraksionlariga 9504 tovar pozitsiyasidagi uskunalar kirmaydi. Ushbu tovar pozitsiyasiga Nomenklaturaning boshqa joyida tavsifi aniqroq berilgan uskunalar kiritilmaydi.
Subpozitsiyalarga izoh:
1. 9504 50 subpozitsiyasiga qo'yidagilar kiradi:
(a) televizion qabul qiluvchi, monitor yoki boshqa tashqi ekran yoki sirt yordamida tasvir qayta tiklanadigan konsollar; yoki
(b) ekran o'rnatilgan video o'yinlar uchun uskunalar, portativ yoki portativ bo'lmagan. Ushbu subpozitsiyaga tangalar, banknotalar, bank kartochkalari, jetonlar yoki har qanday boshqa to'lov vositalari bilan ishga tushiriladigan video o'yinlar uchun konsollar va uskunalar kiritilmaydi (9504 30 subpozitsiya). cha
Pozitsiyalar
Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.
Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.