Guruhning nomenklaturadagi nomi: Mebel; to'shak buyumlari, matraslar, matras mag'zlari, divan yostiqlari va mebellarning o'xshash tiqma jihozlari; boshqa joyda ko'rsatilmagan yoki qo'shilmagan chiroqlar va yoritish uskunalari; chiroqli peshlavhalar, nomli yoki manzilli chiroqli taxtachalar va o'xshash buyumlar; yig'ma qurilish konstruksiyalari.
XX bo'lim. Turli sanoat tovarlari
94-guruhga izohlar
Izohlar:
1. Mazkur guruhga kiritilmaydi:
(a) havoga to'ldirilgan matraslar yoki suvli matraslar, 39, 40 yoki 63 guruhlardagi yostiq yoki divan yostiqlari;
(b) 7009 tovar pozitsiyasidagi polga yoki yerga o'rnatish uchun mo'ljallangan ko'zgular (masalan, harakatlanuvchan romga o'rnatilgan ko'zgular (psishe – aylanuvchan ko'zgular));
(v) 71-guruh buyumlari;
(g) XV bo'lim izohlarining 2-bandida ko'rsatilgan noqimmatbaho metallardan tayyorlangan umumiy maqsad uchun qismlar (XV bo'lim), yoki plastmassadan tayyorlangan shu kabi qismlar (39-guruh), yoki 8303 tovar pozitsiyasidagi seyflar;
(d) 8418 tovar pozitsiyasida sovutish yoki muzlatish uskunalari qismi sifatida maxsus loyiha asosida ishlab chiqarilgan mebel; tikuv mashinalari uchun maxsus loyiha asosida ishlab chiqarilgan mebel (8452 tovar pozitsiyasi);
(ye) 85-guruhdagi chiroqlar yoki yoritish manbalari va ularning qismlari;
(j) 8518 tovar pozitsiyasidagi (8518 tovar pozitsiyasi), 8519 yoki 8521 tovar pozitsiyasidagi (8522 tovar pozitsiyasi) yoki 8525 – 8528 tovar pozitsiyalaridagi (8529 tovar pozitsiyasi) uskunalarning qismi sifatida maxsus loyiha asosida ishlab chiqarilgan mebel;
(z) 8714 tovar pozitsiyasidagi buyumlar;
(i) 9018 tovar pozitsiyasidagi stomatologik uskunalar yoki stomatologik tupdonlar bilan jihozlangan stomatologik kreslolar (9018 tovar pozitsiyasi);
(k) 91-guruh buyumlari (masalan, soatlar va soat qismlari);
(l) o'yinchoq mebel yoki o'yinchoq lampalar va o'yinchoq yoritish uskunalari (9503 tovar pozitsiyasi), billyard stollari yoki o'yin uchun maxsus mo'ljallangan boshqa mebellar (9504 tovar pozitsiyasi), fokuslar uchun yoki bezatish uchun buyumlar (yorug'lik girlyandlaridan tashqari) masalan Xitoy fonariklari kabi (9505 tovar pozitsiyasi); yoki
(m) bir tayanch oyoqli, juft oyoqli, uch oyoqli va shunga o'xshash buyumlar (9620 tovar pozitsiyasi).
2. 9401 – 9403 tovar pozitsiyalaridagi tovarlar (ularning qismlaridan tashqari) faqat agar ular polga yoki yerga o'rnatishga mo'ljallangan bo'lsagina ushbu tovar pozitsiyalariga kiritiladi.
(a) idish shkaflari va kitob javonlari, javonli boshqa mebellar (devorga mahkamlash uchun mahkamlagichlar bilan jihozlanadigan alohida mebellar) va maxsus bo'lmali mebellar;
(b) o'tirish uchun mebellar va karavotlar.
3. (A) 9401 – 9403 tovar pozitsiyalarida tovarlar qismlariga havolalar shisha (shu jumladan ko'zgu), marmar yoki boshqa toshlar yoki 68 yoki 69-guruhlarda ko'rsatilgan boshqa materiallar (shakl bo'yicha kesilgan yoki kesilmagan biroq boshqa qismlar bilan birlashtirilmagan) bo'laklari yoki plastinalariga havolalarni o'z ichiga olmaydi. (B) 9404 tovar pozitsiyasining alohida ko'rsatilgan buyumlari 9401, 9402 yoki 9403 tovar pozitsiyalariga tovar qismlari sifatida kiritilmasligi kerak.
4. 9406 tovar pozitsiyasida “yig'ma qurilish konstruksiyalari” atamasi korxonada to'liq tayyorlangan yoki joyida yig'iladigan qismlar to'plami sifatida yetkazib beriladigan qurilmalar, masalan turar joy yoki ishlab chiqarish binolari, idoralar, maktablar, do'konlar, ayvonlar, garajlar yoki o'xshash qurilmalarni ifodalaydi. “Yig'ma qurilish konstruksiyalari” tarkibiga odatda standart transport konteyneri o'lchami va shakliga ega bo'lgan, ichki uskunalari bilan oldindan asosan yoki to'liq jihozlangan po'lat “modulli qurilish bloklari” kiradi. Bunday modulli qurilish bloklari odatda bir-biri bilan yig'ishga mo'ljallangan bo'lib, natijada statsionar qurilmalar vujudga keladi. + 9405 99 000 1 – – – tibbiy maqsadlar uchun – + 9405 99 000 8 – – – boshqalar –
Pozitsiyalar
Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.
Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.