TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 93-guruh: Qurol va o'q-dorilar

Guruhga izohlar, 9301–9307 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Qurol va o'q-dorilar; ularning qism va jihozlari.

XIX bo'lim. Qurol va o'q-dorilar; ularning qism va jihozlari

93-guruhga izohlar

Izohlar:

1. Mazkur guruhga quyidagilar kirmaydi:

(a) 36-bo'limning tovarlari (misol uchun zarbdor kapsulalar, detonatorlar, signal raketalari);

(b) XV bo'limning 2 izoh qismida ko'rsatilgan qimmatbaho bo'lmagan metalldan umumiy foydalanish uchun ishlatiladigan qismlar yoki plastmassadan tayyorlangan shunga o'xshash qismlar (guruh 39);

(v) jangovar o'ziyurar zirhli transport vositalari (tovar pozitsiya 8710);

(g) teleskopik nishongich yoki qurol bilan ishlatish uchun mos bo'lgan boshqa optik uskunalar, agar ular o'qotar qurolga o'rnatilmagan bo'lsa yoki ular o'rnatilishi kerak bo'lgan o'qotar qurol bilan birga taqdim etilmagan bo'lsa (guruh 90);

(d) kamon, kamon o'qlari, qilichbozlik rapiralari yoki o'yinchoq qurollar (guruh 95); yoki

(ye) kolleksiya buyumlari yoki antikvar buyumlar (tovar pozitsiya 9705 yoki 9706).

2. 9306-tovar pozitsiyasida “qismlarga” qilingan havola 8526-tovar pozitsiyasining radio yoki radiolokatsion uskunalarga taalluqli emas.

Qo'shimcha izohlar:

1. 9305 20 000 1-podsubpozitsiyasida qo'shimcha o'lchov birligida stvollar sonini aniqlashda quyidagilar inobatga olinishi lozim:

(a) otish uchun bitta kanalga ega bo'lgan stvol, bitta stvol hisoblanadi;

(b) ajratilmaydigan stvollar, masalan, payvandlangan yoki butun quyma bo'lib, otish uchun bir necha kanallarga ega stvollar, bitta stvol hisoblanadi + 9305 91 000 0 – – 9301-tovar pozitsiyadagi harbiy darajadagi qurollar – + 9306 90 900 0 – – boshqalar –

Pozitsiyalar

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.