TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 92-guruh: Musiqa asboblari

Guruhga izohlar, 9201–9209 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Musiqa asboblari; ularning qismlari va jihozlari.

XVIII bo'lim. Optik, fotografik, kinematografik, o'lchov, nazorat, aniqlik, tibbiy yoki jarrohlik asboblari va apparatlari; barcha turdagi soatlar; musiqa asboblari; ularning qismlari va kerakli jihozlari

92-guruhga izohlar

Izohlar:

1. Mazkur guruhga kiritilmaydi:

(a) XV bo'lim izohlarining 2-bandida ko'rsatilgan noqimmatbaho metallardan tayyorlangan umumiy maqsad uchun qismlar (XV bo'lim), yoki plastmassadan tayyorlangan shu kabi tovarlar (39-guruh);

(b) 85 yoki 90-guruhlarning mazkur guruhga kiritiladigan asboblari bilan birga ishlatish uchun mo'ljallangan, lekin ular bilan birlashtirilmagan yoki bu asboblar bilan bitta korpusga o'rnatilmagan apparatura va uskunalar, mikrofonlar, ovoz kuchaytirgichlar, radiokarnaylar, asosiy telefonlar, elektr toki yo'nalishini o'zgartiruvchilar, stroboskoplar va boshqa yordamchi qurilmalar;

(v) o'yinchoq musiqa asboblari va qurilmalari (9503 tovar pozitsiyasi);

(g) musiqa asboblarini tozalash uchun cho'tkalar (9603 tovar pozitsiyasi) yoki mono-tirgaklar, ikki oyoq, uch oyoq va o'xshash buyumlar (9620 tovar pozitsiyasi); yoki

(d) kolleksiya yoki antikvariat predmetlari (9705 yoki 9706 tovar pozitsiyasi).

2. 9202 yoki 9206 tovar pozitsiyasining musiqa asboblaridagi o'yinlar uchun ishlatiladigan kamoncha va tayoqchalar, bunday musiqa asboblari bilan zarur bo'lgan miqdorda taqdim etiladigan va chamasi ular bilan ishlatishga mo'ljallangan kamoncha va tayoqchalar tegishli musiqa asboblari kiritilgan tovar pozitsiyasiga kiritiladi. 9209 tovar pozitsiyasining musiqa asboblari bilan taqlim etilgan kartalar, disklar va valiklar ko'rsatilgan musiqa asboblarining tarkibiy qismi bo'lmagan mustaqil buyumlar hisoblanadi. cha

Pozitsiyalar

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.