Guruhning nomenklaturadagi nomi: Barcha turdagi soatlar va ularning qismlari.
91-guruhga izohlar
Izohlar:
1. Ushbu guruhga quyidagilar kirmaydi:
(a) barcha turdagi soat oynaklari yoki giri (ishlab chiqarilgan materialiga qarab tasniflanadiganlar);
(b) soat zanjirlari (aniq holatga bog'liq holda 7113 yoki 7117 tovar pozitsiyalarida);
(v) noqimmatbaho metallardan (XV bo'lim) yoki plastmassadan tayyorlangan (39–guruh) yohud
qimmatbaho metallardan yoki sirti qimmatbaho metall bilan qoplangan boshqa metallardan tayyorlangan (odatda 7115–tovar pozitsiyasi), XV bo'lim izohlarining 2–bandida ko'rsatilgan umumiy maqsadlar uchun qismlar; biroq, soat prujinalari barcha turdagi soatlarning bir qismi sifatida tasniflanadi (9114 tovar pozitsiyasi);
(g) sharikli podshipniklar uchun shariklar (materialiga qarab 7326 yoki 8482 tovar pozitsiyasi);
(d) langar mexanizmisiz ishlashga mo'ljallangan 8412 tovar pozitsiyadagi buyumlar;
(ye) sharikli podshipniklar (8482 tovar pozitsiyasi); yoki
(j) 85–guruhning buyumlari, hali birga yoki boshqa komponentlar bilan soat mexanizmlariga yoxud faqat yoki asosan bunday mexanizmlarning qismlari sifatida foydalanishga mo'ljallangan buyumlarga yig'ilmagan (85–gurux).
2. 9101 tovar pozitsiyasiga faqat o'ziga taqib yurish yoki o'zida olib yurish uchun mo'ljallangan, korpusi qimmatbaho metalldan yasalgan yoki qimmatbaho metallar bilan qoplangan metalldan yoki 7101 – 7104 tovar pozitsiyalaridagi tabiiy, madaniy marvaridlar, qimmatbaho yoki yarim qimmatbaho toshlar (tabiiy, sun'iy yoki rekonstruksiya qilingan) bilan tayyorlangan soatlar kiritiladi. O'ziga taqib yurish yoki o'zida olib yurish uchun mo'ljallangan, korpusi noqimmatbaho metalldan tayyorlangan, qimmatbaho metallar bilan inkrustatsiyalangan soatlar 9102 tovar pozitsiyasiga kiritiladi.
3. Ushbu guruhda “o'ziga taqib yurish yoki o'zida olib yurish uchun mo'ljallangan soatlar uchun soat mexanizmlari” atamasi ishlashi balans–spiral tizimi, kvars ossilyatori yoxud indikatorli yoki mexanik indikator o'rnatish mumkin bo'lgan tizimli vaqt oralig'ini belgilovchi boshqa tizim bilan tartibga solinadigan qurilmalarni anglatadi. Bunday soat mexanizmlarining qalinligi 12 mm dan, kengligi, uzunligi yoki diametri esa 50 mm dan ortiq bo'lmasligi kerak.
4. Ham barcha turdagi soatlarda ham boshqa buyumlarda (masalan, pretsizion asboblarda) foydalanish uchun mo'ljallangan soatlar mexanizmlari va boshqa qismlar ushbu guruhga kiritiladi, 1–izohda ko'rsatilgan hollar mustasno.
Pozitsiyalar
Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.
Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.