Guruhning nomenklaturadagi nomi: Optik, fotografik, kinematografik, o'lchov, nazorat, aniqlik, tibbiy yoki jarrohlik asboblari va apparatlari; ularning qismlari va kerakli jihozlari.
90-guruhga izohlar
Izohlar:
1. Ushbu guruhga quyidagilar kiritilmaydi:
(a) mashinalarda, moslamalarda yoki boshqa texnik maqsadlar uchun ishlatiladigan, vulkanizatsiyalangan rezinadan, qattiq rezinadan tashqari (4016 tovar pozitsiyasi), tabiiy yoki kompozit teridan (4205 tovar pozitsiyasi) yoki to'qimachilik materiallaridan (5911 tovar pozitsiyasi) tayyorlangan buyumlar;
(b) tutib turiladigan yoki qo'zg'almas holatdagi organga maqsadli ta'siri faqat o'zining elastikligi tufayli amalga oshiriladigan, to'qimachlik materiallaridan tayyorlangan tutib turuvchi kamarlar yoki boshqa tayanch buyumlar (masalan, homilador ayollar uchun bandajlar, ko'krak bandajlari, qorin uchun bandajlar, bo'g'im yoki mushaklar fiksatorlari) (XI bo'lim);
(v) 6903 tovar pozitsiyadagi o'tga chidamli mahsulotlar; 6909 tovar pozitsiyadagi laboratoriya, kimyoviy yoki boshqa texnik maqsadlar uchun keramika buyumlari;
(g) 7009 tovar pozitsiyadagi optik ishlov berilmagan shisha oynalar yoki optik elementlardan tashqari asosiy yoki qimmatbaho metallardan yasalgan nometallar (8306 tovar pozitsiya yoki 71–guruh);
(d) 7007, 7008, 7011, 7014, 7015 yoki 7017 tovar pozitsiyalaridagi tovarlar;
(ye) XV bo'limdagi izohlarning 2–bandida ko'rsatilgan, noqimmatbaho metallardan (XV bo'lim) yoki plastmassadan tayyorlangan (39–guruh) umumiy foydalanish qismlari; biroq, faqat tibbiyot, jarrohlik, stomatologiya yoki veterinariyada qo'llash uchun mo'ljallangan implantlarda foydalanish uchun maxsus mo'ljallangan buyumlar 9021 tovar pozitsiyasida tasniflanishi kerak;
(j) 8413 tovar pozitsiyadagi o'lchov asboblari bo'lgan nasoslar; tortilishi kerak bo'lgan yukning og'irligi bilan ishlaydigan hisoblash yoki nazorat qilish uskunalari yoki alohida yetkazib beriladigan tarozi toshlari (8423 tovar pozitsiyasi); ko'tarish yoki yuklash–tushirish uskunalari (8425 – 8428 tovar pozitsiyalari); qog'oz yoki kartonni kesish uchun barcha turdagi mashinalar (8441 tovar pozitsiyasi); 8466 tovar pozitsiyasidagi stanoklarda yoki suv oqimi bilan kesish dastgohlarida ishlov beriladigan qismlar yoki asboblarning holatini sozlash uchun moslamalar, shu jumladan asboblarning ko'rsatkichlarini o'qish uchun optik elementlari bo'lgan moslamalar (masalan, “optik” bo'linish boshlari), lekin o'zlari sof optik qurilma bo'lgan moslamalar bundan mustasno (masalan, sozlash teleskoplari); hisoblash mashinalari (8470 tovar pozitsiyasi); 8481 tovar pozitsiyasidagi klapanlar va boshqa armatura; 8486 tovar pozitsiyasining mashinalari va apparatlari (shu jumladan, sezgir yarim o'tkazgichli materiallarga niqoblarni chizish yoki naqshlash uchun asboblar);
(z) velosipedlar yoki avtotransport vositalarida ishlatiladigan projektorlar yoki lampalar (8512 tovar pozitsiyasi); 8513 tovar pozitsiyasidagi portativ elektr lampalar; tovushni yozish, takrorlash yoki qayta yozish uchun kinematografik apparatlar (8519 tovar pozitsiyasi); tovush boshlari (8522 tovar pozitsiyasi); telekameralar, raqamli kameralar va videoregistratorlar (8525 tovar pozitsiyasi); radar uskunalari, radionavigatsiya uskunalari yoki masofadan boshqariladigan radio jihozlari (8526 tovar pozitsiyasi); optik tolalar, optik tolali to'plamlar yoki kabellar uchun ulagichlar (8536 tovar pozitsiyasi); 8537 tovar pozitsiyasidagi raqamli boshqaruv apparati; 8539–pozitsiyadagi muhrlangan yo'nalishli lampalar; 8544 tovar pozitsiyasidagi optik tolali kabellar;
(i) 9405 tovar pozitsiyasidagi projektorlar yoki faralar;
(k) 95–guruhning moddalari;
(l) 9620 tovar pozitsiyasidagi yakka tayanchlar, ikki oyoqlar, uch oyoqlar va shunga o'xshash buyumlar:
(m) o'zi tayyorlangan materialga qarab tasniflanadigan hajmni o'lchash uchun idishlar; yoki
(n) g'altaklar, bobinalar yoki shunga o'xshash tashuvchilar (ular o'zi tayyorlangan materialga ko'ra tasniflanishi kerak, masalan, 3923 tovar pozitsiyasida yoki XV bo'limda).
2. 1–izoh talablariga rioya etilgan holda, ushbu guruhga kiritilgan mashinalar, apparatlar, asboblar yoki buyumlarning qismlari va jixozlari quyidagi qoidalarga muvofiq tasniflanadi:
(a) ushbu guruhning yoki 84, 85 yoki 91–guruhlarning (8487, 8548 yoki 9033 tovar pozitsiyalaridan tashqari) tovar pozitsiyalaridan biriga kiritilgan tovar hisoblanuvchi qismlar va jihozlar barcha hollarda tegishli tovar pozitsiyalarida tasniflanadi;
(b) eksklyuziv yoki, asosan, ma'lum turdagi mashinalar, asboblar yoki qurilmalarda yoki bir tovar pozitsiyasining bir nechta mashinalari, asboblari yoki apparatlarida (jumladan, 9010, 9013 yoki 9031 tovar pozitsiyasidagi mashinalar, asboblar yoki apparatlar) foydalanish uchun mo'ljallangan boshqa qismlar va jihozlari, ushbu mashinalar, asboblar yoki qurilmalarga kiritilgan;
(v) barcha boshqa qismlar va jihozlar 9033 tovar pozitsiyasiga kiritilgan.
3. XVI bo'limdagi izoxlarning 3–chi va 4–bandlari talablari ushbu guruhga ham tatbiq etiladi.
4. 9005 tovar pozitsiyasiga qurollarga o'rnatish uchun teleskopik nishonlar, suv osti kemalari yoki tanklar uchun teleskopik periskoplar yoki ushbu guruhning yoki XVI bo'limning mashinalari, qurilmalari, moslamalari yoki asboblariga o'rnatilgan aniqlovchi ob'yektlar kirmaydi; bunday teleskopik nishonlar va ko'rish quvurlari 9013 tovar pozitsiyaga kiritiladi.
5. Agar ushbu izoh bo'lmagan taqdirda, ham 9013 tovar pozitsiyasiga ham 9031 tovar pozitsiyasiga kiritish mumkin bo'lgan o'lchash yoki tekshirish optik asboblari, moslamalar yoki mashinalar 9031 tovar pozitsiyasiga kiritiladi.
6. 9021 tovar pozitsiyasidagi “ortopediya moslama” atamasi quyidagilar uchun moslamani anglatadi: – tana deformatsiyasining oldini olish yoki tuzatish; yoki – kasallik, jarrohlik yoki jarohatlardan keyin tana qismlarini qo'llab–quvvatlash yoki tuzatish. Ortopedik moslamalarga, agar ular (1) buyurtma asosida ishlab chiqarilgan yoki (2) ommaviy ishlab chiqarilgan bo'lsa, juft bo'lib emas, bir bo'lakda taqdim etilgan va har qanday oyoq uchun bir xil darajada mos keladigan tarzda ishlab chiqarilgan bo'lsa, ortopedik sharoitlarni tuzatish uchun tayyorlangan poyabzal va maxsus ichki tagliklarni o'z ichiga oladi. 9032 tovar pozitsiyasiga faqat quyidagilar kiradi:
(a) suyuqliklar yoki gazlarning oqimini, darajasini, bosimini yoki boshqa o'zgaruvchan parametrlarini avtomatik boshqarish, yoki haroratni avtomatik boshqarish uchun asboblar va qurilmalar, ularning ishlashini nazorat qiladigan parametrga muvofiq o'zgaruvchan elektr hodisasiga asoslanganmi yoki yo'qmi, bu parametrni kerakli qiymatga yetkazish va uni ushlab turish, barqarorlashtirish, doimiy yoki buzilishlarga qarshi barqarorlashtirish, doimiy yoki vaqti–vaqti bilan haqiqiy qiymatni o'lchash uchun mo'ljallangan; va
(b) elektr kattaliklarining avtomatik regulyatorlari va elektr bo'lmagan kattaliklarni avtomatik tartibga solish uchun asboblar yoki qurilmalar, ularning ishlashi boshqariladigan parametrga qarab o'zgarib turadigan elektr hodisasiga asoslangan bo'lib, ular ushbu parametrni kerakli qiymatga yetkazish uchun mo'ljallangan va doimiy yoki vaqti–vaqti bilan haqiqiy qiymatni o'lchab, buzilishlarga qarshi barqarorlikni saqlash.
Qo'shimcha izohlar:
1. 9015 10 100 0, 9015 20 100 0, 9015 30 100 0, 9015 40 100 0, 9015 80 110 0, 9015 80 190 0, 9024 10 110 0, 9024 10 130 0, 9024 10 190 0, 9024 80 110 0, 9024 80 190 0, 9025 19 200 0, 9025 80 400, 9026 10 210 0, 9026 10 290 0, 9026 20 200 0, 9026 80 200 0, 9027 10 100 0, 9030 20 910 0, 9030 33 100, 9030 89 300 0, 9031 80 320 0, 9031 80 340 0, 9031 80 380 0 i 9032 10 200, podsubpozitsiyalardagi “elektron” atamasi deganda 8540, 8541 yoki 8542 tovar pozitsiyasining bir yoki bir nechta buyumlarini o'z ichiga olgan asbob–uskunalar va qurilmalar tushuniladi. Ammo, vazifasi faqat tokni to'g'rilash yoxud jihozlar yoki ta'minlash bloki asbobning yoki apparatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladigan 8540, 8541 yoki 8542 tovar pozitsiyasining buyumlariga taalluqli emas. + 9005 90 000 0 – ehtiyot qismlar va jihozlar (shu jumladan armatura) – + 9006 59 000 1 – – – hujjatlarning tasvirini plyonkalarda dona + 9006 91 000 0 – – fotokameralar uchun – + 9006 99 000 0 – – boshqalar – + 9007 91 000 0 – – kinokameralar uchun – + 9007 92 000 0 – – kinoproyektorlar uchun – + 9008 90 000 0 – qismlar va jihozlar – + 9010 90 000 – qismlar va jihozlar: + 9011 90 100 0 – – 9011 10 100 yoki 9011 20 100 podsubpozitsiyadagi asboblar – + 9011 90 900 0 – – boshqalar – + 9012 90 100 0 – – 9012 10 100 0 podsubpozitsiyadagi apparatlar – + 9012 90 900 0 – – boshqalar – + 9014 90 000 0 – qismlar va jixozlar – + 9015 90 000 0 – qismlar va jihozlar – + 9017 90 000 1 – – 9017 10 100 0, 9017 20 050 0 podsubpozitsiyalarning – + 9017 90 000 9 – – boshqalar – + 9018 11 000 0 – – elektrokardiograflar dona + 9018 12 000 0 – – ultratovushli skanerlash apparaturasi dona + 9018 13 000 0 – – magnit–rezonans tomograflar dona + 9018 14 000 0 – – ssintigrafik apparatura dona + 9018 19 100 0 – – – ikki yoki undan ortiq parametrlarni bir vaqtda nazorat dona + 9018 19 900 0 – – – boshqalar dona + 9018 20 000 0 – ultrabinafsha yoki infraqizil nurlanishdan foydalanishga – + 9018 41 000 0 – – boshqa stomatologik uskunalarga asoslangan birgalikda yoki dona + 9018 49 900 0 – – – boshqalar dona + 9018 50 100 0 – – optik bo'lmaganlar – + 9018 50 900 0 – – optik bo'lganlar – + 9018 90 100 0 – – qon bosimini o'lchash uchun asbob va uskunalar dona + 9018 90 200 0 – – endoskoplar dona + 9018 90 300 0 – – gemodializ uskunalar (sun'iy buyraklar, sun'iy buyrak dona + 9018 90 400 0 – – diatermik uskunalar dona + 9018 90 500 9 – – – boshqalar dona + 9018 90 600 0 – – anesteziya uchun apparatura va qurilmalar dona + 9018 90 750 0 – – nerv stimulyatsiyasi uchun apparatura dona + 9018 90 840 1 – – – ultratovush litotripterlar dona + 9018 90 840 9 – – – boshqalar dona + 9019 10 100 0 – – elektrik vibro–uqalash apparatlari – + 9019 10 900 1 – – – gidro–uqalash vannalar va dush xonalar – + 9019 10 900 9 – – – boshqalar – + 9019 20 000 0 – ozon, kislorod va aerozol davolash uchun apparatura, sun'iy – + 9021 90 100 0 – – eshitish apparatlariga qism va jihozlar – + 9021 90 900 9 – – – boshqalar – + 9022 21 000 0 – – tibbiyotda, jarrohlikda, stomatologiyada yoki veterinariyada dona + 9022 29 000 0 – – boshqa qo'llash uchun dona + 9022 90 000 – boshqalar, shu jumladan qismlar va jihozlar:
Pozitsiyalar
Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.
Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.