Guruhning nomenklaturadagi nomi: Kemalar, qayiqlar va suzuvchi qurilmalar.
XVII bo'limga izohlar
Izoh:
1. Ushbu bo'limga 9503 yoki 9508-tovar pozitsiyasi mahsulotlari, shuningdek, bobsley chanalari, tobogganlar yoki 9506-tovar pozitsiyasining shunga o'xshash mahsulotlari kiritilmaydi.
2. “Qismlar” hamda “qismlar va tegishli jihozlar” atamalari ushbu bo'lim tovarlari uchun mo'ljallangan deb topilishi mumkinligidan qat'i nazar, quyidagi mahsulotlarga nisbatan qo'llanilmaydi:
(a) birikmalar, shaybalar, prokladkalar va har qanday materialdan ishlab chiqarilgan shunga o'xshash mahsulotlar (ishlab chiqarilgan materialiga ko'ra tasniflanadigan yoki 8484-tovar pozitsiyasida) yoxud vulkanizatsiyalangan rezinadan tayyorlangan boshqa mahsulotlar, qattiq rezinadan tashqari (4016-tovar pozitsiyasi);
(b) XV bo'lim 2-izohiga muvofiq qimmatbaho bo'lmagan metallardan (XV bo'lim) tayyorlangan umumiy maqsadlar uchun mo'ljallangan qismlar yoki plastmassalardan tayyorlangan shunga o'xshash tovarlar (39-guruh);
(v) 82-guruh mahsulotlari (asboblar);
(g) 8306-tovar pozitsiyasi mahsulotlari;
(d) 8401 - 8479-tovar pozitsiyasining mashinalari va uskunalari yoki ularning qismlari, ushbu bo'lim mahsulotlari uchun radiatorlardan tashqari; 8481 yoki 8482-tovar pozitsiyasi mahsulotlari yoxud ular dvigatellar yoki kuchlanish qurilmalarining tarkibiy qismlari bo'lsa, 8483-tovar pozitsiyasi mahsulotlari;
(ye) elektr mashina yoki uskunalar (85-guruh);
(j) 90-guruh mahsulotlari;
(z) 91-guruh mahsulotlari;
(i) qurollar (93-guruh);
(k) yoritgichlar va yoritish uskunalari hamda ularning 9405-tovar pozitsiyasi qismlari; yoki
(l) transport vositalarida qism sifatida ishlatiladigan cho'tkalar (9603-tovar pozitsiyasi).
3. 86-88 guruhlarda “qismlar” yoki “tegishli jihozlar” atamalari ushbu guruhlarning mahsulotlari bilan umuman yoki asosan ishlatilmaydigan qismlar yoki tegishli jihozlarga nisbatan qo'llanilmaydi. Ushbu guruhlarning ikkita yoki undan ortiq tovar pozitsiyasiga tegishli deb topish mumkin bo'lgan qismlar yoki tegishli jihozlar, ushbu qismlar yoki tegishli jihozlarning asosiy ishlatilish doirasiga mos keladigan tovar pozitsiyasiga kiritilishi kerak.
4. Ushbu bo'limda:
(a) yo'llarda ham, relslarda ham harakatlanish uchun maxsus ishlab chiqarilgan transport vositalari 87-guruhning tegishli tovar pozitsiyasiga kiritiladi;
(b) amfibiya-avtomobillari 87-guruhning tegishli tovar pozitsiyasiga kiritiladi;
(v) yo'l transport vositalari sifatida ishlatilishi mumkin bo'ladigan tarzda maxsus ishlab chiqarilgan uchish apparatlari 88-guruhning tegishli tovar pozitsiyasiga kiritiladi.
5. Havo yostig'ida bo'shlig'ida harakatlanadigan transport vositalari ushbu bo'limda transport vositalari ko'proq mos keladigan guruhlarga kiritilishi kerak, ya'ni:
(a) 86 guruhga, ular yo'naltiruvchi yo'lda harakatlanish uchun mo'ljallangan bo'lsa (havo yostig'ida harakatlanadigan poyezdlar);
(b) 87 guruhga, ular faqat quruqlik yoki quruqlik va suvda harakatlanish uchun mo'ljallangan bo'lsa;
(v) 89-guruhga, qirg'oqqa kelib turishi yoki prichalga kelib to'xtashi hamda muz ustida harakatlanishi mumkinligidan qat'i nazar, suv ustida harakatlanish uchun mo'ljallangan bo'lsa. Havo yostig'ida harakatlanadigan transport vositalari qismlari va tegishli jihozlari yuqoridagi izohlarga muvofiq ushbu havo yostig'ida harakatlanadigan transport vositalari kiritilgan tovar pozitsiyasi transport vositalarining qismlari va tegishli jihozlari bilan bir xil tarzda tasniflanishi kerak. Havo yostig'ida harakatlanadigan poyezdlar uchun temir yo'l uskunalari va ularning moslamalari temir yo'l tarmog'ining uskunalari va moslamalari sifatida, signalizatsiya uskunalari, bunday tizimlarda xavfsizlikni ta'minlash va harakatni boshqarish moslamalari esa - signal uskunalari, temir yo'llarda xavfsizlikni ta'minlash va harakatni boshqarish moslamalari sifatida tasniflanishi kerak.
Qo'shimcha izohlar:
1 89-guruhning qo'shimcha 3 izohi qoidalariga amal qilish shartlariga ko'ra, yer usti transporti,
uchish apparatlari yoki suzuvchi vositalarga texnik xizmat ko'rsatish yoki ta'mirlash uchun zarur
bo'lgan asboblar va mahsulotlar yer usti transportining ushbu vositalari, uchish apparatlari yoki
suzuvchi vositalar bilan birga taqdim etilganda ular bilan birga tasniflanishi kerak. Yer usti
transporti, uchish apparatlari yoki suzuvchi vositalar bilan birgalikda taqdim etiladigan
boshqa tegishli jihozlar, odatdagi komplektatsiyaning bir qismi hisoblansa va odatda birga
sotilsa, ular bilan birga tasniflanishi kerak.
2Deklarantning talabiga binoan va vakolatli organlar tomonidan belgilangan shartlarga
. muvofiq Nomenklaturaning talqin qilish bo'yicha asosiy qoidasi 2 (a) talablari alohida
partiyalarda olib kiriladigan 8608, 8805, 8905 va 8907-tovar pozitsiyalari mahsulotlariga
nisbatan ham qo'llaniladi.
89-guruhga izohlar
Izoh:
1. Suzuvchi vositalar korpuslari, qurilishi tugallanmagan yoki chala komplektlangan, yig'ilgan, yig'ilmagan yoki qismlarga ajratilgan suzuvchi vositalar, shuningdek, komplektlab qo'yilgan, ammo yig'ilmagan yoki qismlarga ajratilgan suzuvchi vositalar, muayyan turdagi suzuvchi vositalarning asosiy xususiyatlariga ega bo'lmasa, 8906-tovar pozitsiyasiga kiritiladi.
Qo'shimcha izohlar:
1. 8901 10 00 0, 8901 20 100 0, 8901 30 100 0, 8901 90 100 0, 8902 00 100 0, 8903 32 100 0, 8903 33 100 0, 8904 00 910 0 va 8906 90 100 0 podsubpozitsiyalariga faqat dengizda foydalanish uchun mo'ljallangan va korpusining eng katta uzunligi kamida 12 m (chiqib turadigan qismlarini hisobga olmagan holda) bo'lgan suzuvchi vositalar kiritilishi kerak. Biroq, dengizda foydalanish uchun mo'ljallangan baliq ovlash va qutqarish kemalari, uzunligidan qat'i nazar, aynan shunday kemalar deb hisoblanishi kerak.
2. 8905 10 100 0 va 8905 90 100 0 podsubpozitsiyalariga faqat dengizda foydalanish uchun mo'ljallangan suzuvchi vositalar va suzuvchi doklar kiritilishi kerak.
3. 8908 tovar pozitsiyasida “buzishga mo'ljallangan kemalar va boshqa suzuvchi konstruksiyalar” iborasi quyidagi buyumlarni o'z ichiga oladi, agar ular avval odatdagi uskunalarining qismlari hisoblangan bo'lsa: - ehtiyot qismlar (masalan, eshkak vintlari), ishlatilgan yoki yangi; - avval ishlatilganligining aniq izlari mavjud bo'lgan, yechiladigan buyumlar (mebel, kambuz uskunalari, idish-tovoqlar va boshqalar.).
Pozitsiyalar
Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.
Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.