TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 88-guruh: Uchish apparatlari, kosmik apparatlar va ularning qismlari

Guruhga izohlar, 8801–8807 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Uchish apparatlari, kosmik apparatlar va ularning qismlari.

XVII bo'lim. Yer usti transporti, uchish apparatlari, suzuvchi vositalar hamda transportga tegishli moslamalar va uskunalar

XVII bo'limga izohlar

Izoh:

1. Ushbu bo'limga 9503 yoki 9508-tovar pozitsiyasi mahsulotlari, shuningdek, bobsley chanalari, tobogganlar yoki 9506-tovar pozitsiyasining shunga o'xshash mahsulotlari kiritilmaydi.

2. “Qismlar” hamda “qismlar va tegishli jihozlar” atamalari ushbu bo'lim tovarlari uchun mo'ljallangan deb topilishi mumkinligidan qat'i nazar, quyidagi mahsulotlarga nisbatan qo'llanilmaydi:

(a) birikmalar, shaybalar, prokladkalar va har qanday materialdan ishlab chiqarilgan shunga o'xshash mahsulotlar (ishlab chiqarilgan materialiga ko'ra tasniflanadigan yoki 8484-tovar pozitsiyasida) yoxud vulkanizatsiyalangan rezinadan tayyorlangan boshqa mahsulotlar, qattiq rezinadan tashqari (4016-tovar pozitsiyasi);

(b) XV bo'lim 2-izohiga muvofiq qimmatbaho bo'lmagan metallardan (XV bo'lim) tayyorlangan umumiy maqsadlar uchun mo'ljallangan qismlar yoki plastmassalardan tayyorlangan shunga o'xshash tovarlar (39-guruh);

(v) 82-guruh mahsulotlari (asboblar);

(g) 8306-tovar pozitsiyasi mahsulotlari;

(d) 8401 - 8479-tovar pozitsiyasining mashinalari va uskunalari yoki ularning qismlari, ushbu bo'lim mahsulotlari uchun radiatorlardan tashqari; 8481 yoki 8482-tovar pozitsiyasi mahsulotlari yoxud ular dvigatellar yoki kuchlanish qurilmalarining tarkibiy qismlari bo'lsa, 8483-tovar pozitsiyasi mahsulotlari;

(ye) elektr mashina yoki uskunalar (85-guruh);

(j) 90-guruh mahsulotlari;

(z) 91-guruh mahsulotlari;

(i) qurollar (93-guruh);

(k) yoritgichlar va yoritish uskunalari hamda ularning 9405-tovar pozitsiyasi qismlari; yoki

(l) transport vositalarida qism sifatida ishlatiladigan cho'tkalar (9603-tovar pozitsiyasi).

3. 86-88 guruhlarda “qismlar” yoki “tegishli jihozlar” atamalari ushbu guruhlarning mahsulotlari bilan umuman yoki asosan ishlatilmaydigan qismlar yoki tegishli jihozlarga nisbatan qo'llanilmaydi. Ushbu guruhlarning ikkita yoki undan ortiq tovar pozitsiyasiga tegishli deb topish mumkin bo'lgan qismlar yoki tegishli jihozlar, ushbu qismlar yoki tegishli jihozlarning asosiy ishlatilish doirasiga mos keladigan tovar pozitsiyasiga kiritilishi kerak.

4. Ushbu bo'limda:

(a) yo'llarda ham, relslarda ham harakatlanish uchun maxsus ishlab chiqarilgan transport vositalari 87-guruhning tegishli tovar pozitsiyasiga kiritiladi;

(b) amfibiya-avtomobillari 87-guruhning tegishli tovar pozitsiyasiga kiritiladi;

(v) yo'l transport vositalari sifatida ishlatilishi mumkin bo'ladigan tarzda maxsus ishlab chiqarilgan uchish apparatlari 88-guruhning tegishli tovar pozitsiyasiga kiritiladi.

5. Havo yostig'ida bo'shlig'ida harakatlanadigan transport vositalari ushbu bo'limda transport vositalari ko'proq mos keladigan guruhlarga kiritilishi kerak, ya'ni:

(a) 86 guruhga, ular yo'naltiruvchi yo'lda harakatlanish uchun mo'ljallangan bo'lsa (havo yostig'ida harakatlanadigan poyezdlar);

(b) 87 guruhga, ular faqat quruqlik yoki quruqlik va suvda harakatlanish uchun mo'ljallangan bo'lsa;

(v) 89-guruhga, qirg'oqqa kelib turishi yoki prichalga kelib to'xtashi hamda muz ustida harakatlanishi mumkinligidan qat'i nazar, suv ustida harakatlanish uchun mo'ljallangan bo'lsa. Havo yostig'ida harakatlanadigan transport vositalari qismlari va tegishli jihozlari yuqoridagi izohlarga muvofiq ushbu havo yostig'ida harakatlanadigan transport vositalari kiritilgan tovar pozitsiyasi transport vositalarining qismlari va tegishli jihozlari bilan bir xil tarzda tasniflanishi kerak. Havo yostig'ida harakatlanadigan poyezdlar uchun temir yo'l uskunalari va ularning moslamalari temir yo'l tarmog'ining uskunalari va moslamalari sifatida, signalizatsiya uskunalari, bunday tizimlarda xavfsizlikni ta'minlash va harakatni boshqarish moslamalari esa - signal uskunalari, temir yo'llarda xavfsizlikni ta'minlash va harakatni boshqarish moslamalari sifatida tasniflanishi kerak.

Qo'shimcha izohlar:

1 89-guruhning qo'shimcha 3 izohi qoidalariga amal qilish shartlariga ko'ra, yer usti transporti,

uchish apparatlari yoki suzuvchi vositalarga texnik xizmat ko'rsatish yoki ta'mirlash uchun zarur

bo'lgan asboblar va mahsulotlar yer usti transportining ushbu vositalari, uchish apparatlari yoki

suzuvchi vositalar bilan birga taqdim etilganda ular bilan birga tasniflanishi kerak. Yer usti

transporti, uchish apparatlari yoki suzuvchi vositalar bilan birgalikda taqdim etiladigan

boshqa tegishli jihozlar, odatdagi komplektatsiyaning bir qismi hisoblansa va odatda birga

sotilsa, ular bilan birga tasniflanishi kerak.

2Deklarantning talabiga binoan va vakolatli organlar tomonidan belgilangan shartlarga

. muvofiq Nomenklaturaning talqin qilish bo'yicha asosiy qoidasi 2 (a) talablari alohida

partiyalarda olib kiriladigan 8608, 8805, 8905 va 8907-tovar pozitsiyalari mahsulotlariga

nisbatan ham qo'llaniladi.

88-guruhga izohlar

Izoh:

1. Ushbu guruhda “uchuvchisiz uchish apparati” iborasi, 8801 tovar pozitsiyasida ko'rsatilganidan tashqari, bortida uchuvchisiz parvoz qilish uchun mo'ljallangan har qanday uchish apparatini anglatadi. Bunday apparatlar foydali yuklarni tashish uchun mo'ljallangan bo'lishi yoki statsionar raqamli kameralar yoxud parvoz jarayonida utilitar vazifalarni bajarish imkonini beradigan boshqa uskunalar bilan jihozlangan bo'lishi mumkin. Biroq, “uchuvchisiz uchish apparati” iborasi, faqat o'yin uchun mo'ljallangan uchadigan o'yinchoqlarga taalluqli emas (9503 tovar pozitsiyasi).

Subpozitsiyalarga izohlar:

1. 8802 11 – 8802 40 subpozitsiyalarida “bo'sh jihozlangan apparat massasi” atamasi ekipaj, yoqilg'i va uskunalar, doimiy ravishda o'rnatilgan uskunalardan tashqari, massasi chiqarib tashlangan, parvozga tayyor holatda bo'lgan apparat massasini anglatadi.

2. 8806 21 – 8806 24 va 8806 91 – 8806 94 subpozitsiyalarida “maksimal uchish massasi” iborasi ko'tarilishda parvozning normal rejimidagi apparatning maksimal massasini, shu jumladan foydali yuklanish, uskunalar va yoqilg'ining massasini anglatadi.

Qo'shimcha izohlar:

1. 8802 40 00 podsubpozitsiyasida “maksimal uchish massasi” atamasi samolyotning parvoz ekspluatatsiyasi qo'llanmasida ishlab chiqaruvchi tomonidan ko'rsatilgan tegishli massani anglatadi.

2. 8802 40 00 pozitsiyasida “yuk rampasi” atamasi yuklarni samolyot ichki qismiga va undan tashqariga tashishda harakatlanish uchun samolyot ichki qismini yer sathi bilan qulay tarzda bog'laydigan, samolyot konstruksiyasining bir qismi hisoblangan moslamani anglatadi.

3. 8802 tovar pozitsiyasida:

(a) “keng fyuzelyajli samolyotlar” atamasi fyuzelyajining maksimal tashqi kengligi kamida 5 m bo'lgan samolyotlarni anglatadi (bunda, chiqib turadigan qismlar, masalan, shassini joylashtirish qismi hisobga olinmaydi);

(b) “uzoq magistralli samolyotlar” atamasi qo'shimcha yoqilg'i baklarisiz, ko'zda tutilgan maksimal yuklanish bilan va qo'shimcha yoqilg'i quymasdan, yo'lovchi samolyotlari uchun kamida 8000 km masofaga va yuk samolyotlari uchun kamida 6000 km masofaga qo'nishsiz parvozlarni amalga oshirishga qodir samolyotlarni anglatadi;

(v) “o'rindiqlar qatorlari orasida ikkita yo'lak” atamasi eng ko'p miqdorda yo'lovchi o'rindiqlari joylashtirilgan salonning boshidan oxirigacha ochiq bo'lgan ikkita yo'lak mavjudligini anglatadi. + 8802 11 000 2 – – – – bo'sh jihozlangan apparatning massasi 1000 kg dan ortiq4)dona + 8802 11 000 3 – – – – boshqalar4)dona + 8802 11 000 9 – – – boshqalar dona + 8802 12 000 1 – – – fuqaro aviatsiyasi4)dona + 8802 12 000 9 – – – boshqalar dona + 8802 20 000 1 – – fuqaro aviatsiyasi4)dona + 8802 20 000 8 – – boshqalar dona + 8802 30 000 2 – – yo'lovchi o'rindiqlari soni 50 nafardan ko'p bo'lmagan kishiga dona + 8802 30 000 7 – – boshqalar dona + 8802 40 001 1 – – – yo'lovchi o'rindiqlari soni 50 nafardan ko'p bo'lmagan dona + 8802 40 001 5 – – – – keng fyuzelyajli, o'rindiqlar qatorlari orasida ikkita dona + 8802 40 001 6 – – – – boshqalar4)dona + 8802 40 001 7 – – – – keng fyuzelyajli, uzoq magistralli fuqaro aviatsiyasi yuk dona + 8802 40 001 9 – – – – boshqalar dona + 8802 40 003 2 – – – – keng fyuzelyajli, o'rindiqlar qatorlari orasida ikkita dona + 8802 40 003 3 – – – – boshqalar4)dona + 8802 40 003 4 – – – – keng fyuzelyajli, o'rindiqlar qatorlari orasida ikkita dona + 8802 40 003 5 – – – – boshqalar4)dona + 8802 40 003 6 – – – yo'lovchi o'rindiqlari soni 300 nafardan ortiq kishiga dona + 8802 40 003 7 – – – – keng fyuzelyajli, uzoq magistralli fuqaro aviatsiyasi yuk dona + 8802 40 003 9 – – – – boshqalar dona + 8802 40 004 3 – – – – keng fyuzelyajli, o'rindiqlar qatorlari orasida ikkita dona + 8802 40 004 4 – – – – boshqalar4)dona + 8802 40 004 5 – – – yo'lovchi o'rindiqlari soni 50 nafardan ortiq kishiga, ammo dona + 8802 40 004 6 – – – yo'lovchi o'rindiqlari soni 300 nafardan ortiq kishiga dona + 8802 40 004 7 – – – – keng fyuzelyajli, uzoq magistralli, fuqaro aviatsiyasi yuk dona + 8802 40 004 9 – – – – boshqalar dona + 8802 40 009 1 – – – bo'sh jihozlangan apparatning massasi 120 000 kg dan ortiq dona + 8802 40 009 4 – – – – keng fyuzelyajli, uzoq magistralli, bo'sh jihozlangan dona + 8802 40 009 5 – – – – boshqalar4)dona + 8802 40 009 6 – – – yuk rampasi bilan jihozlanmagan, maksimal uchish massasi dona + 8802 40 009 7 – – – – keng fyuzelyajli, uzoq magistralli, bo'sh jihozlangan dona + 8802 40 009 9 – – – – boshqalar dona + 8805 21 000 0 – – havodagi jang imitatorlari va ularning qismlari – + 8805 29 000 2 – – – fuqaro aviatsiyasi havo kemalarida parvozni imitatsiya dona + 8805 29 000 8 – – – boshqalar –

Pozitsiyalar

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.