Guruhning nomenklaturadagi nomi: Yer usti transport vositalari: temir yo'l yoki tramvay harakatlanuvchi tarkibidan tashqari, ularning qismlari va asbob-uskunalari.
XVII bo'limga izohlar
Izoh:
1. Ushbu bo'limga 9503 yoki 9508-tovar pozitsiyasi mahsulotlari, shuningdek, bobsley chanalari, tobogganlar yoki 9506-tovar pozitsiyasining shunga o'xshash mahsulotlari kiritilmaydi.
2. “Qismlar” hamda “qismlar va tegishli jihozlar” atamalari ushbu bo'lim tovarlari uchun mo'ljallangan deb topilishi mumkinligidan qat'i nazar, quyidagi mahsulotlarga nisbatan qo'llanilmaydi:
(a) birikmalar, shaybalar, prokladkalar va har qanday materialdan ishlab chiqarilgan shunga o'xshash mahsulotlar (ishlab chiqarilgan materialiga ko'ra tasniflanadigan yoki 8484-tovar pozitsiyasida) yoxud vulkanizatsiyalangan rezinadan tayyorlangan boshqa mahsulotlar, qattiq rezinadan tashqari (4016-tovar pozitsiyasi);
(b) XV bo'lim 2-izohiga muvofiq qimmatbaho bo'lmagan metallardan (XV bo'lim) tayyorlangan umumiy maqsadlar uchun mo'ljallangan qismlar yoki plastmassalardan tayyorlangan shunga o'xshash tovarlar (39-guruh);
(v) 82-guruh mahsulotlari (asboblar);
(g) 8306-tovar pozitsiyasi mahsulotlari;
(d) 8401 - 8479-tovar pozitsiyasining mashinalari va uskunalari yoki ularning qismlari, ushbu bo'lim mahsulotlari uchun radiatorlardan tashqari; 8481 yoki 8482-tovar pozitsiyasi mahsulotlari yoxud ular dvigatellar yoki kuchlanish qurilmalarining tarkibiy qismlari bo'lsa, 8483-tovar pozitsiyasi mahsulotlari;
(ye) elektr mashina yoki uskunalar (85-guruh);
(j) 90-guruh mahsulotlari;
(z) 91-guruh mahsulotlari;
(i) qurollar (93-guruh);
(k) yoritgichlar va yoritish uskunalari hamda ularning 9405-tovar pozitsiyasi qismlari; yoki
(l) transport vositalarida qism sifatida ishlatiladigan cho'tkalar (9603-tovar pozitsiyasi).
3. 86-88 guruhlarda “qismlar” yoki “tegishli jihozlar” atamalari ushbu guruhlarning mahsulotlari bilan umuman yoki asosan ishlatilmaydigan qismlar yoki tegishli jihozlarga nisbatan qo'llanilmaydi. Ushbu guruhlarning ikkita yoki undan ortiq tovar pozitsiyasiga tegishli deb topish mumkin bo'lgan qismlar yoki tegishli jihozlar, ushbu qismlar yoki tegishli jihozlarning asosiy ishlatilish doirasiga mos keladigan tovar pozitsiyasiga kiritilishi kerak.
4. Ushbu bo'limda:
(a) yo'llarda ham, relslarda ham harakatlanish uchun maxsus ishlab chiqarilgan transport vositalari 87-guruhning tegishli tovar pozitsiyasiga kiritiladi;
(b) amfibiya-avtomobillari 87-guruhning tegishli tovar pozitsiyasiga kiritiladi;
(v) yo'l transport vositalari sifatida ishlatilishi mumkin bo'ladigan tarzda maxsus ishlab chiqarilgan uchish apparatlari 88-guruhning tegishli tovar pozitsiyasiga kiritiladi.
5. Havo yostig'ida bo'shlig'ida harakatlanadigan transport vositalari ushbu bo'limda transport vositalari ko'proq mos keladigan guruhlarga kiritilishi kerak, ya'ni:
(a) 86 guruhga, ular yo'naltiruvchi yo'lda harakatlanish uchun mo'ljallangan bo'lsa (havo yostig'ida harakatlanadigan poyezdlar);
(b) 87 guruhga, ular faqat quruqlik yoki quruqlik va suvda harakatlanish uchun mo'ljallangan bo'lsa;
(v) 89-guruhga, qirg'oqqa kelib turishi yoki prichalga kelib to'xtashi hamda muz ustida harakatlanishi mumkinligidan qat'i nazar, suv ustida harakatlanish uchun mo'ljallangan bo'lsa. Havo yostig'ida harakatlanadigan transport vositalari qismlari va tegishli jihozlari yuqoridagi izohlarga muvofiq ushbu havo yostig'ida harakatlanadigan transport vositalari kiritilgan tovar pozitsiyasi transport vositalarining qismlari va tegishli jihozlari bilan bir xil tarzda tasniflanishi kerak. Havo yostig'ida harakatlanadigan poyezdlar uchun temir yo'l uskunalari va ularning moslamalari temir yo'l tarmog'ining uskunalari va moslamalari sifatida, signalizatsiya uskunalari, bunday tizimlarda xavfsizlikni ta'minlash va harakatni boshqarish moslamalari esa - signal uskunalari, temir yo'llarda xavfsizlikni ta'minlash va harakatni boshqarish moslamalari sifatida tasniflanishi kerak.
Qo'shimcha izohlar:
1 89-guruhning qo'shimcha 3 izohi qoidalariga amal qilish shartlariga ko'ra, yer usti transporti,
uchish apparatlari yoki suzuvchi vositalarga texnik xizmat ko'rsatish yoki ta'mirlash uchun zarur
bo'lgan asboblar va mahsulotlar yer usti transportining ushbu vositalari, uchish apparatlari yoki
suzuvchi vositalar bilan birga taqdim etilganda ular bilan birga tasniflanishi kerak. Yer usti
transporti, uchish apparatlari yoki suzuvchi vositalar bilan birgalikda taqdim etiladigan
boshqa tegishli jihozlar, odatdagi komplektatsiyaning bir qismi hisoblansa va odatda birga
sotilsa, ular bilan birga tasniflanishi kerak.
2Deklarantning talabiga binoan va vakolatli organlar tomonidan belgilangan shartlarga
. muvofiq Nomenklaturaning talqin qilish bo'yicha asosiy qoidasi 2 (a) talablari alohida
partiyalarda olib kiriladigan 8608, 8805, 8905 va 8907-tovar pozitsiyalari mahsulotlariga
nisbatan ham qo'llaniladi.
87-guruhga izohlar
Izohlar:
1. Faqat relslar bo'ylab harakatlanish uchun mo'ljallangan temir yo'l yoki tramvayga oid harakatlanuvchi tarkib ushbu guruhga kiritilmaydi.
2. Ushbu guruhda “traktorlar” atamasi, asosan boshqa transporti vositalari, qurilmalar yoki yuklarni shatakka olib tortish yoki itarish uchun mo'ljallangan transport vositalarini anglatadi, bunda traktorning asosiy maqsadi bilan birga, ular asbob-uskunalar, urug'lik, o'g'it yoki boshqa yuklarni tashish uchun mo'ljallangan qo'shimcha moslamalarga ega yoki ega emasligidan qat'i nazar. Almashtiriladigan uskunalar sifatida 8701 tovar pozitsiyasidagi traktorlarga o'rnatish uchun loyihalashtirilgan mexanizmlar va ishchi asboblar tegishli tovar pozitsiyalariga kiritiladi, hatto ular traktorlar bilan birga taqdim etilgan hollarda ham, traktorlarga o'rnatilgan yoki o'rnatilmaganligidan qat'i nazar.
3. Kabinasi bilan birga bo'lgan avtomobil shassilari 8702 – 8704 tovar pozitsiyalariga kiritiladi, 8706 tovar pozitsiyasiga emas.
4. 8712 tovar pozitsiyasiga barcha ikki g'ildirakli bolalar velosipedlari kiritiladi. Boshqa turdagi bolalar velosipedlari 9503 tovar pozitsiyasiga kiritiladi.
Subpozitsiyaga izoh:
1. 8708 22 subpozitsiyasiga quyidagilar kiritiladi:
(a) shamolga qarshi old taraf oynalari (“peshona” oynalari), ramka ichiga o'rnatilgan orqa taraf va boshqa oynalar; va
(b) shamolga qarshi old taraf oynalari (“peshona” oynalari), ramka ichiga o'rnatilgan va o'rnatilmagan, isitish qurilmalari yoki boshqa elektr yoki elektron qurilmalari bo'lgan orqa taraf va boshqa oynalar; faqat yoki asosan 8701 – 8705 tovar pozitsiyalaridagi motorli transport vositalarida ishlatiladiganlar.
Qo'shimcha izohlar:
1. 8701, 8702, 8703, 8704, 8705 va 8716 tovar pozitsiyalarida “ekspluatatsiyada bo'lganlar” atamasi ishlab chiqarilgan paytidan 3 yoki undan ko'proq yil o'tgan transport vositalariga qo'llanadi. Transport vositasining ishlab chiqarilgan payti, ya'ni tayyorlangan sanasi hujjatlar bilan tasdiqlanmagan holatda, ishlab chiqarilgan yil transport vositasining identifikatsiya raqamida ko'rsatilgan tayyorlanish kodi bo'yicha aniqlanadi, bunda to'liq ishlab chiqarilish yili tayyorlanish yilining 1 iyulidan boshlab hisoblanadi.
2. 8702 va 8703 tovar pozitsiyalarida “tibbiy maqsadlar uchun maxsus mo'ljallangan avtomobillar” atamasi maxsus ajratish belgilari, tovushli va yorug'lik signalizatsiyasi mavjud bo'lgan, bemorlarni tashish uchun mo'ljallangan zambillar, bemorni tashish jarayonida zambillarni mahkamlab qo'yadigan va shunday mahkamlangan zambillarda bemorning tashilishini ta'minlaydigan moslamalar bilan jihozlangan avtomobillarni anglatadi.
3. Ushbu guruh qo'shimcha izohlarining 6-bandida va 8704 tovar pozitsiyasida “transport vositasining to'liq massasi” atamasi transport vositasining o'z massasi, yukning maksimal massasi, haydovchi massasi va to'liq yoqilg'i baki massasining yig'indisiga teng bo'lgan, ishlab chiqaruvchi tomonidan transport vositasining loyiha bo'yicha maksimal massasi sifatida ko'rsatilgan yo'l massasini anglatadi.
4. 8716 39 300 1, 8716 39 500 2, 8716 39 800 3 va 8716 39 800 6 podsubpozitsiyalarida “to'liq massa” atamasi yarim tirkama yoki tirkamaning o'z massasi va yukning maksimal massasi yig'indisiga teng bo'lgan, ishlab chiqaruvchi tomonidan yarim tirkama yoki tirkamaning loyiha bo'yicha maksimal massasi sifatida ko'rsatilgan yo'l massasini anglatadi.
5. Ushbu guruhda “ekologik toifa” atamasi ichki yonuv dvigatellarining tarkibida zararli (ifloslantiruvchi) moddalar (uglerod oksidi, uglevodorodlar, azot oksidlari va dispers zarrachalar) mavjud bo'lgan ishlatilgan gazlari va avtomobil texnika yoqilg'isi bug'lari kabi chiqindi gazlari darajasiga bog'liq ravishda zararli (ifloslantiruvchi) moddalar chiqarish darajasiga bog'liq ravishda motorli transport vositalarini tavsiflab keladigan tasniflanish kodini anglatadi.
6. 8703 tovar pozitsiyasida “yo'l tanlamas (o'tuvchan) avtomobil” atamasi quyidagi barcha shartlarga muvofiq keladigan motorli transport vositalarini anglatadi:
(a) transport vositasining to'liq massasi 5 000 kg dan kamroqni tashkil etadi;
(b) yagona yopiq ichki bo'shliq haydovchi hududidan va haydovchi bilan bir qatorda joylashgan bitta yoki ikkita yo'lovchi uchun mo'ljallangan hududdan (1-hudud), ham odamlar, ham yuklarni tashish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan hududdan (2-hudud) tashkil topadi;
(v) har ikki hudud ham mahkamlash uchun doimiy joylar hamda o'rindiqlarni o'rnatish uchun moslamalar va har bir odamga mo'ljallangan xavfsizlik qurilmalari bilan jihozlangan, o'rindiqlar qo'zg'almas qilib qotirilgan, yig'iladigan yoki yechib olinadigan bo'lishi mumkin;
(g) ikki hududda o'rnatilishi mumkin bo'lgan o'rindiqlar soni ko'pi bilan, haydovchini qo'shib hisoblaganda, 9 ta odamni tashish imkoniyatini ta'minlashi shart;
(d) 2-hududning yon devorlari derazalar bilan jihozlangan;
(ye) 2-hudud, kami bilan, yon devori yoki orqa tarafida, derazasi bo'lgan bitta eshigiga ega;
(j) transport vositasining ishlab chiqaruvchisi tomonidan ko'zda tutilgan yo'lni yoritish kengligi (shu jumladan rostlanadigan) kamida 210 mm ni tashkil qiladi;
(z) barcha g'ildiraklarni harakatga keltiradigan, 2 g'ildirakka o'tkazilishi mumkin bo'lgan yoki holati o'zgartirilmaydigan yuritma mavjud.
7. 8703 21 109 2, 8703 21 109 5, 8703 40 109 3, 8703 40 109 4, 8703 60 109 3, 8703 60 109 4 podsubpozitsiyalarida:
(a) “yuqori o'tkazuvchanlik xususiyatiga ega motorli transport vositalari” atamasi umumiy foydalanish yo'llaridan harakatlanish uchun mo'ljallanmagan motorli transport vositalariga nisbatan qo'llanadi;
(b) “yo'lsiz joylar uchun mo'ljallangan shinalar” atamasi yo'ldan chekkada harakatlanganda nominal bosimi 100 kPa dan yuqori bo'lmagan, bir xildagi yoki turli konfiguratsiyali, o'yiqchalar bilan ajratilgan grunt tutkichlardan iborat protektor suratiga ega bo'lgan shinalarni anglatadi.
8. Ushbu guruhda “elektr dvigateli”ga berilgan har qanday havola shuningdek bir nechta elektr dvigatellariga ham tegishli bo'lib hisoblanadi.
9. 8704 10 10 podsubpozitsiyasiga faqat siqilish (dizel yoki yarim dizel) yordamida yoki uchqunli o't oldiriladigan porshenli ichki yonuv dvigateli bilan harakatga keltiriladigan transport vositalari kiritiladi. + 8714 10 900 0 – – boshqalar - + 8714 20 000 0 – harakatlana olmaydigan odamlar uchun aravachalar - + 8714 99 900 0 – – – boshqalar; qismlar - + 8716 90 900 0 – – boshqa qismlar -
Pozitsiyalar
Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.
Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.