TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 86-guruh: Temir yo'l lokomotivlari yoki tramvay motor vagonlari, harakatdagi tarkib va ularning…

Guruhga izohlar, 8601–8609 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Temir yo'l lokomotivlari yoki tramvay motor vagonlari, harakatdagi tarkib va ularning qismlari; temir yo'l uskunalari va temir yo'l yoki tramvay yo'llari moslamalari va ularning qismlari; barcha turdagi mexanik (shu jumladan elektromexanik) signalizatsiya uskunalari.

XVII bo'lim. Yer usti transporti, uchish apparatlari, suzuvchi vositalar hamda transportga tegishli moslamalar va uskunalar

XVII bo'limga izohlar

Izoh:

1. Ushbu bo'limga 9503 yoki 9508-tovar pozitsiyasi mahsulotlari, shuningdek, bobsley chanalari, tobogganlar yoki 9506-tovar pozitsiyasining shunga o'xshash mahsulotlari kiritilmaydi.

2. “Qismlar” hamda “qismlar va tegishli jihozlar” atamalari ushbu bo'lim tovarlari uchun mo'ljallangan deb topilishi mumkinligidan qat'i nazar, quyidagi mahsulotlarga nisbatan qo'llanilmaydi:

(a) birikmalar, shaybalar, prokladkalar va har qanday materialdan ishlab chiqarilgan shunga o'xshash mahsulotlar (ishlab chiqarilgan materialiga ko'ra tasniflanadigan yoki 8484-tovar pozitsiyasida) yoxud vulkanizatsiyalangan rezinadan tayyorlangan boshqa mahsulotlar, qattiq rezinadan tashqari (4016-tovar pozitsiyasi);

(b) XV bo'lim 2-izohiga muvofiq qimmatbaho bo'lmagan metallardan (XV bo'lim) tayyorlangan umumiy maqsadlar uchun mo'ljallangan qismlar yoki plastmassalardan tayyorlangan shunga o'xshash tovarlar (39-guruh);

(v) 82-guruh mahsulotlari (asboblar);

(g) 8306-tovar pozitsiyasi mahsulotlari;

(d) 8401 - 8479-tovar pozitsiyasining mashinalari va uskunalari yoki ularning qismlari, ushbu bo'lim mahsulotlari uchun radiatorlardan tashqari; 8481 yoki 8482-tovar pozitsiyasi mahsulotlari yoxud ular dvigatellar yoki kuchlanish qurilmalarining tarkibiy qismlari bo'lsa, 8483-tovar pozitsiyasi mahsulotlari;

(ye) elektr mashina yoki uskunalar (85-guruh);

(j) 90-guruh mahsulotlari;

(z) 91-guruh mahsulotlari;

(i) qurollar (93-guruh);

(k) yoritgichlar va yoritish uskunalari hamda ularning 9405-tovar pozitsiyasi qismlari; yoki

(l) transport vositalarida qism sifatida ishlatiladigan cho'tkalar (9603-tovar pozitsiyasi).

3. 86-88 guruhlarda “qismlar” yoki “tegishli jihozlar” atamalari ushbu guruhlarning mahsulotlari bilan umuman yoki asosan ishlatilmaydigan qismlar yoki tegishli jihozlarga nisbatan qo'llanilmaydi. Ushbu guruhlarning ikkita yoki undan ortiq tovar pozitsiyasiga tegishli deb topish mumkin bo'lgan qismlar yoki tegishli jihozlar, ushbu qismlar yoki tegishli jihozlarning asosiy ishlatilish doirasiga mos keladigan tovar pozitsiyasiga kiritilishi kerak.

4. Ushbu bo'limda:

(a) yo'llarda ham, relslarda ham harakatlanish uchun maxsus ishlab chiqarilgan transport vositalari 87-guruhning tegishli tovar pozitsiyasiga kiritiladi;

(b) amfibiya-avtomobillari 87-guruhning tegishli tovar pozitsiyasiga kiritiladi;

(v) yo'l transport vositalari sifatida ishlatilishi mumkin bo'ladigan tarzda maxsus ishlab chiqarilgan uchish apparatlari 88-guruhning tegishli tovar pozitsiyasiga kiritiladi.

5. Havo yostig'ida bo'shlig'ida harakatlanadigan transport vositalari ushbu bo'limda transport vositalari ko'proq mos keladigan guruhlarga kiritilishi kerak, ya'ni:

(a) 86 guruhga, ular yo'naltiruvchi yo'lda harakatlanish uchun mo'ljallangan bo'lsa (havo yostig'ida harakatlanadigan poyezdlar);

(b) 87 guruhga, ular faqat quruqlik yoki quruqlik va suvda harakatlanish uchun mo'ljallangan bo'lsa;

(v) 89-guruhga, qirg'oqqa kelib turishi yoki prichalga kelib to'xtashi hamda muz ustida harakatlanishi mumkinligidan qat'i nazar, suv ustida harakatlanish uchun mo'ljallangan bo'lsa. Havo yostig'ida harakatlanadigan transport vositalari qismlari va tegishli jihozlari yuqoridagi izohlarga muvofiq ushbu havo yostig'ida harakatlanadigan transport vositalari kiritilgan tovar pozitsiyasi transport vositalarining qismlari va tegishli jihozlari bilan bir xil tarzda tasniflanishi kerak. Havo yostig'ida harakatlanadigan poyezdlar uchun temir yo'l uskunalari va ularning moslamalari temir yo'l tarmog'ining uskunalari va moslamalari sifatida, signalizatsiya uskunalari, bunday tizimlarda xavfsizlikni ta'minlash va harakatni boshqarish moslamalari esa - signal uskunalari, temir yo'llarda xavfsizlikni ta'minlash va harakatni boshqarish moslamalari sifatida tasniflanishi kerak.

Qo'shimcha izohlar:

1 89-guruhning qo'shimcha 3 izohi qoidalariga amal qilish shartlariga ko'ra, yer usti transporti,

uchish apparatlari yoki suzuvchi vositalarga texnik xizmat ko'rsatish yoki ta'mirlash uchun zarur

bo'lgan asboblar va mahsulotlar yer usti transportining ushbu vositalari, uchish apparatlari yoki

suzuvchi vositalar bilan birga taqdim etilganda ular bilan birga tasniflanishi kerak. Yer usti

transporti, uchish apparatlari yoki suzuvchi vositalar bilan birgalikda taqdim etiladigan

boshqa tegishli jihozlar, odatdagi komplektatsiyaning bir qismi hisoblansa va odatda birga

sotilsa, ular bilan birga tasniflanishi kerak.

2Deklarantning talabiga binoan va vakolatli organlar tomonidan belgilangan shartlarga

. muvofiq Nomenklaturaning talqin qilish bo'yicha asosiy qoidasi 2 (a) talablari alohida

partiyalarda olib kiriladigan 8608, 8805, 8905 va 8907-tovar pozitsiyalari mahsulotlariga

nisbatan ham qo'llaniladi.

86-guruhga izohlar

Izohlar:

1. Quyidagilar ushbu guruhga kiritilmaydi:

(a) yog'och yoki betondan tayyorlangan temir yo'l yoki tramvay shpallari yoxud havo yostig'ida harakatlanadigan poyezdlar uchun yo'nalish yo'li beton seksiyalari (4406 yoki 6810-tovar pozitsiyasi);

(b) 7302-tovar pozitsiyasi temir yo'l yoki tramvay yo'llari uchun ishlatiladigan qora metalldan tayyorlangan mahsulotlar; yoki

(v) 8530-tovar pozitsiyasi signalizatsiya elektr moslamalari, xavfsizlikni ta'minlash yoki harakatni boshqarishni moslamalari.

2. 8607-tovar pozitsiyasiga, inter alia, quyidagilar kiritiladi:

(a) g'ildiraklar o'qlari, g'ildiraklar, g'ildirak juftlari (harakat qismi), g'ildirak metall bandajlari, g'ildiraklar to'g'ini, gupchagi va boshqa detallari;

(b) ramalar, rama qismlari, aravachalar;

(v) g'ildiraklar o'qi buksalari; tormoz mexanizmlari;

(g) harakatdagi tarkib uchun buferlar; ilgaklar va shatakka olish uchun boshqa moslamalar, shuningdek, vagonlarni o'zaro bog'lovchi moslamalar;

(d) kuzovlar.

3. 1-izoh qoidalariga amal qilish shartiga ko'ra 8608-tovar pozitsiyasiga, inter alia, quyidagilar kiritiladi:

(a) yig'ilgan temir yo'l polotnosi, burilish doiralari, to'xtatish tirgaklari, gabaritni tekshirish arkalari;

(b) semaforlar, mexanik signal diskalari, temir yo'l kesishmalarida harakatni mexanik boshqarish moslamalari, signallar va o'tkazgichlarni boshqarish mexanizmlari va elektr yoritish bilan jihozlangan yoki jihozlanmagan bo'lishidan qat'i nazar temir yo'llar, tramvay yo'llari, avtomobil yo'llari, ichki suv yo'llari, to'xtab turish inshootlari, portlar yoki aerodromlar uchun boshqa mexanik (shu jumladan elektromexanik) signal uskunalari, xavfsizlikni ta'minlash yoki harakatni boshqarish moslamalari + 8607 91 900 0 - - - boshqalar - + 8607 99 800 0 - - - boshqalar -

Pozitsiyalar

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.