TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 80-guruh: QALAY VA UNDAN TAYYORLANGAN BUYUMLAR Subpozitsiyalarga izoh

Guruhga izohlar, 8001–8007 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: QALAY VA UNDAN TAYYORLANGAN BUYUMLAR Subpozitsiyalarga izoh:.

XV bo'lim. Noqimmatbaho metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar

XV bo'limga izohlar

Izohlar:

1. Mazkur bo'limga kiritilmaydi:

(a) tayyor bo'yoqlar, siyoh yoki metall qoplamalari yoki kukuni asosidagi boshqa buyumlar (3207 – 3210, 3212, 3213 yoki 3215-tovar pozitsiyalari);

(b) ferrotseriy yoki pirofor qotishmalar, boshqalari (3606-tovar pozitsiyasi);

(v) 6506 yoki 6507-tovar pozitsiyasining bosh kiyimlari va ularning qismlari;

(g) soyabon karkasi yoki 6603-tovar pozitsiyasining boshqa buyumlari;

(d) 71-gurux tovarlari (masalan, qimmatbaho metallar qotishmalari, qimmatbaho metallar bilan qoplangan noqimmatbaho metallar, bijuteriya);

(ye) XVI bo'lim buyumlari (mashinalar, uskunalar, mexanizmlar va elektr tovarlari);

(j) temir yo'l yoki tramvay yo'llarining yig'ilgan zvenolari (8608-tovar pozitsiyasi) yoki XVII bo'limning boshqa buyumlari (transport vositalari, kemalar va qayiqlar, uchish apparatlari);

(z) XVIII bo'limning asboblari yoki apparaturasi, shu jumladan soatlarning barcha turlari uchun prujinalar;

(i) o'q dorilar uchun qo'rg'oshinli pitra (9306-tovar pozitsiyasi) yoki ili XIX bo'limning boshqa buyumlari (qurol va o'q dorilar);

(k) 94-gurux buyumlari (masalan, mebel, matratsli asoslar, chiroqlar va yoritish uskunalari, chiroqli darpardalar, yig'ma qurilish konstruksiyalari);

(l) 95-gurux buyumlari (masalan, o'yinchoqlar, o'yinlar, sport inventari);

(m) qo'l elaklari, tugmachalar, xatlar uchun ruchkalar, qalamlar uchun tutqichlar, avtoruchkalar uchun perolar, monotirgaklar, ikkioyoqlar, uchoyoqlar va shu kabi buyumlar yoki 96-guruxning boshqa buyumlari (turli tayyor buyumlar); yoki

(n) 97-gurux buyumlari (masalan, san'at asarlari).

2. Butun Nomenklatura bo'yicha “umumiy maqsaddagi qismlar” atamasi quyidagilarni anglatadi:

(a) 7307, 7312, 7315, 7317 yoki 7318-tovar pozitsiyasining buyumlari va boshqa noqimmatbaho metallardan shu kabi buyumlar, faqat tibbiyotda, jarrohlikda, stomatologiyada yoki veterinariyada qo'llaniladigan implantlarda ishlatish uchun maxsus mo'ljallangan buyumlardan tashqari (9021-tovar pozitsiyasi);

(b) prujinalar, ressorlar va ular uchun noqimmatbaho metallardan listlar, barcha turdagi soatlar uchun prujinalardan tashqari (9114-tovar pozitsiyasi); va

(v) 8301, 8302, 8308, 8310-tovar pozitsiyalarining buyumlari, shuningdek, 8306-tovar pozitsiyasining noqimmatbaho metallardan romlari va ko'zgulari. 73 – 76 va 78 – 82-guruxlarda (7315-tovar pozitsiyasidan tashqari) tovarlar qismlariga havolalar yuqorida belgilangan umumiy maqsaddagi qismlar havolalarini o'z ichiga olmaydi. Avvalgi xatboshidagi va 83-guruxning 1-izohidagi belgilanganlarga rioya qilingan taqdirda, 82-chi yoki 83-guruxga kiritiladigan buyumlar 72-76 va 78-81-guruxlardan chiqariladi.

3. Butun Nomenklatura bo'yicha “noqimmatbaho metallar” atamasi quyidagini anglatadi: qora metallar (temir, cho'yan, po'lat), mis, nikel, alyuminiy, qo'rg'oshin, rux, qalay, volfram, molibden, tantal, magniy, kobalt, vismut, kadmiy, titan, sirkoniy, surma, marganets, berilliy, xrom, germaniy, vanadiy, galliy, gafniy, indiy, niobiy (kolumbiy), reniy va talliy.

4. Butun Nomenklatura bo'yicha “metallokeramika” atamasi mikroskopik metall va keramik komponentlarning geterogen aralashmasidan tashkil topgan materiallarni anglatadi. Ushbu atama, shuningdek, qizdirib biriktirilgan metallarning karbidlarini (metall bilan qizdirib biriktirilgan metallarning karbidlari) ham anglatadi.

5. Qotishmalar tasnifi (72-chi va 74-guruxlarda ko'rsatilgan ferroqotishmalar va ligaturlardan tashqari):

(a) noqimmatbaho metallar qotishmasi undagi istalgan boshqa metalldan massasi bo'yicha ko'p bo'lgan metallning qotishmasi sifatida tasniflanadi;

(b) ushbu bo'limga kiritilgan noqimmatbaho metallarning va mazkur bo'limga kiritilmagan elementlarning qotishmasi mazkur bo'limning noqimmatbaho metallarining qotishmasi sifatida tasniflanadi, agar tegishli metallar massasi mazkur qotishmadagi boshqa elementlar massasiga teng yoki ulardan ortiq bo'lsa;

(v) mazkur bo'limdagi “qotishmalar” atamasi qizdirib yaxlitlangan metall kukunlar, eritish bilan olingan bir jinsli geterogenlar aralashmalarga (metallokeramikadan tashqari), va intermetall birikmalarni anglatadi.

6. Agar kontekstda boshqa narsa ko'rsatilmagan bo'lsa, Nomenklaturadagi u yoki bu noqimmatbaho metallga har qanday havola, yuqoridagi 5-izohga muvofiq, ushbu metallning qotishmasi sifatida tasniflanishi lozim bo'lgan qotishmalarni ham qamrab oladi.

7. Kompozitsiyali buyumlarning tasniflanishi: tarkibida ikki yoki ko'proq noqimmatbaho metall bo'lgan noqimmatbaho metaldan tayyorlangan buyumlar (shu jumladan, Talqin etishning asosiy qoidalariga muvofiqlik noqimmatbaho metaldan tayyorlangan buyum sifatida qaraladigan aralash materiallardan) massasi bo'yicha ko'proq bo'lgan, noqimmatbaho metaldan tayyorlangan buyum sifatida tasniflanadi, maxsus ko'rsatib o'tilgan holatlar bundan mustasno. Mazkur izoh maqsadlari uchun:

(a) har xil turdagi qora metallarni bir metall sifatida qarash lozim;

(b) ushbu bo'limning 5-izohiga muvofiq, qotishma bir metall bo'yicha tavsiflanadi;

(v) 8113-tovar pozitsiyasiga kiritilgan metallokeramika noqimmatbaho metall sifatida tasniflanadi.

8. Mazkur bo'limda quyidagi atamalar anglatadi:

(a) “chiqindilar va lom”:

(i) barcha metall chiqindilari va lom;

(ii) buzilish, kesilish, eskirish oqibati yoki boshqa sabablarga ko'ra ishlatilishi bo'yicha mo'ljallangan maqsadlar uchun umuman yaroqsiz bo'lgan metall buyumlar.

(b) “kukunlar” – 90 mas.% qismi kataklarining o'lchamlari 1 mm bo'lgan elakdan o'tadigan buyumlar.

9. 74 – 76 va 78 – 81-guruxlarda quyida keltirilgan atamalar anglatadi:

(a) “prutoklar” – buxtalarga o'ralmagan va butun uzunligi bo'yicha doimiy bo'lgan doiralar, ovallar, to'g'ri to'rtburchaklar (shu jumladan, kvadratlar), teng tomonli uchburchaklar yoki to'g'ri bo'rtgan ko'pburchaklar (shu jumladan, “ichiga botgan doiralar” hamda ikki qarama-qarshi tomoni qavariq yoylar, qolgan ikki tomoni to'g'ri chiziq bo'ylab yo'nalgan, uzunligi bo'yicha teng va parallel bo'lgan “ko'rinishi o'zgargan to'g'ri to'rtburchaklar”) shakllaridagi uzluksiz ko'ndalang kesimga ega bo'lgan, prokatka qilingan, presslangan, cho'zilgan yoki bolg'ada urib yasalgan buyumlar. To'g'ri to'rtburchakli (shu jumladan, kvadrat), uchburchakli yoki ko'pburchakli ko'ndalang kesimli buyumlar butun uzunlik bo'yicha dumaloqlashtirilgan burchakka ega bo'lishi mumkin. To'g'ri to'rtburchakli (shu jumladan, “ko'rinishi o'zgargan to'g'ri to'rtburchaklar”) ko'ndalang kesimga ega bo'lgan bunday buyumlarning qalinligi ular enining 0,1 dan oshadi. Mazkur atama, shuningdek, tayyorlab bo'lingandan so'ng ishlov berilgan (chetlari shunchaki kesilgan yoki to'poni tushirilgandan tashqari), o'sha shakl va o'lchamdagi quyilgan yoki qizdirib tayyorlangan buyumlarni anglatadi, shu shart bilanki, ular bunda boshqa tovar pozitsiyalari uchun xarakterli bo'lgan farq qiluvchi belgilarga ega bo'lmasin. Biroq, keyinchalik ishlov berish, masalan simni cho'zish yoki quvur ishlab chiqarish uchun agregatga kiritishni yengillashtirish maqsadida uchlari konus shakliga keltirilgan yoki qandaydir boshqa usulda ishlov berilgan, 74-guruxning sim va prokatkalarini ishlab chiqarish uchun zagotovkalar 7403-tovar pozitsiyasiga kiritiladigan ishlov berilmagan misga tegishli. Mazkur qoidalar 81-guruxning buyumlariga mutatis mutandis qo'llaniladi

(b) “profillar” – buxtalarga o'ralgan yoki o'ralmagan va butun uzunligi bo'yicha doimiy ko'ndalang kesimga ega hamda prutoklar, simlar, plitalar, listlar, tasmalar yoki lentalar, folga, quvurlar yoki quvurchalarning ta'riflariga nomuvofiq bo'lgan, prokatka qilingan, presslangan, cho'zilgan, bolg'alangan yoki shakl berilgan buyumlar. Mazkur atama, shuningdek, tayyorlab bo'lingandan so'ng ishlov berilgan (chetlari shunchaki kesilgan yoki to'poni tushirilgandan tashqari), o'sha shakl va o'lchamdagi quyilgan yoki qizdirib tayyorlangan buyumlarni anglatadi, shu shart bilanki, ular bunda boshqa tovar pozitsiyalari uchun xarakterli bo'lgan farq qiluvchi belgilarni olmagan.

(v) “sim” – buxtalarga o'ralgan va butun uzunligi bo'yicha doimiy bo'lgan doiralar, ovallar, to'g'ri to'rtburchaklar (shu jumladan, kvadratlar), teng tomonli uchburchaklar yoki to'g'ri bo'rtgan ko'pburchaklar (shu jumladan, “ichiga botgan doiralar” hamda ikki qarama-qarshi tomoni qavariq yoylar, qolgan ikki tomoni to'g'ri chiziq bo'ylab yo'nalgan, uzunligi bo'yicha teng va parallel bo'lgan “ko'rinishi o'zgargan to'g'ri to'rtburchaklar”) shakllaridagi uzluksiz ko'ndalang kesimga ega bo'lgan, prokatka qilingan, presslangan yoki cho'zilgan buyumlar. To'g'ri to'rtburchakli (shu jumladan, kvadrat), uchburchakli yoki ko'pburchakli ko'ndalang kesimli buyumlar butun uzunlik bo'yicha dumaloqlashtirilgan qirraga ega bo'lishi mumkin. To'g'ri to'rtburchakli (shu jumladan, “ko'rinishi o'zgargan to'g'ri to'rtburchaklar”) ko'ndalang kesimga ega bo'lgan bunday buyumlarning qalinligi ular enining 0,1 dan oshadi.

(g) “plitalar, listlar, tasmalar yoki lentalar va folgalar” – rulonlarga o'ralgan yoki o'ralmagan va to'g'ri to'rtburchakli (kvadratdan tashqari) uzluksiz ko'ndalang kesimga ega, dumaloqlashtirilgan yoki dumaloqlashtirilmagan qirrali (shu jumladan, ikki qarama-qarshi tomoni qavariq yoylar, qolgan ikki tomoni to'g'ri chiziq bo'ylab yo'nalgan, uzunligi bo'yicha teng va parallel bo'lgan “ko'rinishi o'zgargan to'g'ri to'rtburchaklar”), qalinligi doimiy bo'lgan, quyidagi shakllardagi yassi buyumlar: – qalinligi enining 0,1 dan oshmaydigan to'g'ri to'rtburchak (shu jumladan, kvadrat); – to'g'ri to'rtburchak yoki kvadratdan farq qiluvchi, istalgan o'lchamdagi shakl, shu shart bilanki, ular boshqa tovar pozitsiyalariga kiritiladigan buyumlar uchun xarakterli bo'lgan belgilarni olmagan. Plitalar, listlar, tasmalar yoki lentalar va folgalar uchun tovar pozitsiyalariga relyef yuzasiga ega bo'lgan (masalan, jo'yaklar, bo'rtiqlar, kataklar, romblar), shuningdek, perforator bilan teshilgan, gofralangan, silliqlangan yoki qoplamga ega bo'lgan inter alia, plitalar, listlar, tasmalar yoki lenta va folgalar kiritiladi, shu shart bilanki, bunda ular boshqa tovar pozitsiyalariga kiritiladigan buyumlar uchun xarakterli bo'lgan belgilarni olmagan.

(d) “quvurlar va quvurchalar” – buxtalarga o'ralgan yoki o'ralmagan va faqat bitta berk bo'shliq bilan butun uzunligi bo'yicha doiralar, ovallar, to'g'ri to'rtburchaklar (shu jumladan, kvadratlar), teng tomonli uchburchaklar yoki to'g'ri bo'rtgan ko'pburchaklar shaklidagi doimiy ko'ndalang kesimga ega va devorning doimiy qalinligiga ega ichi kovak buyumlar. Ko'ndalang kesimi to'g'ri burchak (shu jumladan, kvadrat), teng tomonli uchburchak yoki qirralari dumaloqlashtirilgan to'g'ri bo'rtgan ko'pburchak shaklidagi buyumlar ham quvurlar va quvurchalar deb hisoblanishi kerak, shu shart bilanki, ularning ichki va tashqi ko'ndalang kesimlari konsentrik va aynan bitta shaklga hamda yo'nalishga ega bo'lsa. Yuqorida ko'rsatilgan ko'ndalang kesimga ega bo'lgan quvurlar va quvurchalar silliqlangan, qoplamaga ega, bukilgan, rezba bilan ta'minlangan, parmalab teshilgan, qisqartirilgan, kengaytirilgan, konus shakliga keltirilgan bo'lishi yoki uchlarida flanetslar, manjetlar yoki halqaga ega bo'lishi mumkin.

80-guruhga izohlar

1. Mazkur guruhda ishlatiladigan atamalar quyidagilarni anglatadi:

(a) “legirlanmagan qalay” - tarkibdagi vismut yoki mis massasi umumiy massaga nisbatan quyi jadvalda ko'rsatilgan chegaralardan oshmasligi sharti bilan, 99% dan kam bo'lmagan qalaydan iborat metall: Boshqa elementlar Element Tarkibdagi cheklangan miqdori, mas.% Bi vismut 0,1 Cu mis 0,4

(b) “qalay qotishmalari” - tarkibdagi qalay massasi tarkibdagi boshqa har bir elementning massasidan ortiq bo'lgan metall qotishma, agar:

(i) boshqa elementlarning umumiy miqdori 1% dan ortiq bo'lsa; yoki

(ii) tarkibdagi vismut yoki mis massasi yuqorida ko'rsatilgan jadvaldagi cheklangan miqdorga teng yoki undan yuqori bo'lsa. cha

Pozitsiyalar

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.