TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 72-guruh: Qora metallar

Guruhga izohlar, 7201–7229 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Qora metallar.

XV bo'lim. Noqimmatbaho metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar

XV bo'limga izohlar

Izohlar:

1. Mazkur bo'limga kiritilmaydi:

(a) tayyor bo'yoqlar, siyoh yoki metall qoplamalari yoki kukuni asosidagi boshqa buyumlar (3207 – 3210, 3212, 3213 yoki 3215-tovar pozitsiyalari);

(b) ferrotseriy yoki pirofor qotishmalar, boshqalari (3606-tovar pozitsiyasi);

(v) 6506 yoki 6507-tovar pozitsiyasining bosh kiyimlari va ularning qismlari;

(g) soyabon karkasi yoki 6603-tovar pozitsiyasining boshqa buyumlari;

(d) 71-gurux tovarlari (masalan, qimmatbaho metallar qotishmalari, qimmatbaho metallar bilan qoplangan noqimmatbaho metallar, bijuteriya);

(ye) XVI bo'lim buyumlari (mashinalar, uskunalar, mexanizmlar va elektr tovarlari);

(j) temir yo'l yoki tramvay yo'llarining yig'ilgan zvenolari (8608-tovar pozitsiyasi) yoki XVII bo'limning boshqa buyumlari (transport vositalari, kemalar va qayiqlar, uchish apparatlari);

(z) XVIII bo'limning asboblari yoki apparaturasi, shu jumladan soatlarning barcha turlari uchun prujinalar;

(i) o'q dorilar uchun qo'rg'oshinli pitra (9306-tovar pozitsiyasi) yoki ili XIX bo'limning boshqa buyumlari (qurol va o'q dorilar);

(k) 94-gurux buyumlari (masalan, mebel, matratsli asoslar, chiroqlar va yoritish uskunalari, chiroqli darpardalar, yig'ma qurilish konstruksiyalari);

(l) 95-gurux buyumlari (masalan, o'yinchoqlar, o'yinlar, sport inventari);

(m) qo'l elaklari, tugmachalar, xatlar uchun ruchkalar, qalamlar uchun tutqichlar, avtoruchkalar uchun perolar, monotirgaklar, ikkioyoqlar, uchoyoqlar va shu kabi buyumlar yoki 96-guruxning boshqa buyumlari (turli tayyor buyumlar); yoki

(n) 97-gurux buyumlari (masalan, san'at asarlari).

2. Butun Nomenklatura bo'yicha “umumiy maqsaddagi qismlar” atamasi quyidagilarni anglatadi:

(a) 7307, 7312, 7315, 7317 yoki 7318-tovar pozitsiyasining buyumlari va boshqa noqimmatbaho metallardan shu kabi buyumlar, faqat tibbiyotda, jarrohlikda, stomatologiyada yoki veterinariyada qo'llaniladigan implantlarda ishlatish uchun maxsus mo'ljallangan buyumlardan tashqari (9021-tovar pozitsiyasi);

(b) prujinalar, ressorlar va ular uchun noqimmatbaho metallardan listlar, barcha turdagi soatlar uchun prujinalardan tashqari (9114-tovar pozitsiyasi); va

(v) 8301, 8302, 8308, 8310-tovar pozitsiyalarining buyumlari, shuningdek, 8306-tovar pozitsiyasining noqimmatbaho metallardan romlari va ko'zgulari. 73 – 76 va 78 – 82-guruxlarda (7315-tovar pozitsiyasidan tashqari) tovarlar qismlariga havolalar yuqorida belgilangan umumiy maqsaddagi qismlar havolalarini o'z ichiga olmaydi. Avvalgi xatboshidagi va 83-guruxning 1-izohidagi belgilanganlarga rioya qilingan taqdirda, 82-chi yoki 83-guruxga kiritiladigan buyumlar 72-76 va 78-81-guruxlardan chiqariladi.

3. Butun Nomenklatura bo'yicha “noqimmatbaho metallar” atamasi quyidagini anglatadi: qora metallar (temir, cho'yan, po'lat), mis, nikel, alyuminiy, qo'rg'oshin, rux, qalay, volfram, molibden, tantal, magniy, kobalt, vismut, kadmiy, titan, sirkoniy, surma, marganets, berilliy, xrom, germaniy, vanadiy, galliy, gafniy, indiy, niobiy (kolumbiy), reniy va talliy.

4. Butun Nomenklatura bo'yicha “metallokeramika” atamasi mikroskopik metall va keramik komponentlarning geterogen aralashmasidan tashkil topgan materiallarni anglatadi. Ushbu atama, shuningdek, qizdirib biriktirilgan metallarning karbidlarini (metall bilan qizdirib biriktirilgan metallarning karbidlari) ham anglatadi.

5. Qotishmalar tasnifi (72-chi va 74-guruxlarda ko'rsatilgan ferroqotishmalar va ligaturlardan tashqari):

(a) noqimmatbaho metallar qotishmasi undagi istalgan boshqa metalldan massasi bo'yicha ko'p bo'lgan metallning qotishmasi sifatida tasniflanadi;

(b) ushbu bo'limga kiritilgan noqimmatbaho metallarning va mazkur bo'limga kiritilmagan elementlarning qotishmasi mazkur bo'limning noqimmatbaho metallarining qotishmasi sifatida tasniflanadi, agar tegishli metallar massasi mazkur qotishmadagi boshqa elementlar massasiga teng yoki ulardan ortiq bo'lsa;

(v) mazkur bo'limdagi “qotishmalar” atamasi qizdirib yaxlitlangan metall kukunlar, eritish bilan olingan bir jinsli geterogenlar aralashmalarga (metallokeramikadan tashqari), va intermetall birikmalarni anglatadi.

6. Agar kontekstda boshqa narsa ko'rsatilmagan bo'lsa, Nomenklaturadagi u yoki bu noqimmatbaho metallga har qanday havola, yuqoridagi 5-izohga muvofiq, ushbu metallning qotishmasi sifatida tasniflanishi lozim bo'lgan qotishmalarni ham qamrab oladi.

7. Kompozitsiyali buyumlarning tasniflanishi: tarkibida ikki yoki ko'proq noqimmatbaho metall bo'lgan noqimmatbaho metaldan tayyorlangan buyumlar (shu jumladan, Talqin etishning asosiy qoidalariga muvofiqlik noqimmatbaho metaldan tayyorlangan buyum sifatida qaraladigan aralash materiallardan) massasi bo'yicha ko'proq bo'lgan, noqimmatbaho metaldan tayyorlangan buyum sifatida tasniflanadi, maxsus ko'rsatib o'tilgan holatlar bundan mustasno. Mazkur izoh maqsadlari uchun:

(a) har xil turdagi qora metallarni bir metall sifatida qarash lozim;

(b) ushbu bo'limning 5-izohiga muvofiq, qotishma bir metall bo'yicha tavsiflanadi;

(v) 8113-tovar pozitsiyasiga kiritilgan metallokeramika noqimmatbaho metall sifatida tasniflanadi.

8. Mazkur bo'limda quyidagi atamalar anglatadi:

(a) “chiqindilar va lom”:

(i) barcha metall chiqindilari va lom;

(ii) buzilish, kesilish, eskirish oqibati yoki boshqa sabablarga ko'ra ishlatilishi bo'yicha mo'ljallangan maqsadlar uchun umuman yaroqsiz bo'lgan metall buyumlar.

(b) “kukunlar” – 90 mas.% qismi kataklarining o'lchamlari 1 mm bo'lgan elakdan o'tadigan buyumlar.

9. 74 – 76 va 78 – 81-guruxlarda quyida keltirilgan atamalar anglatadi:

(a) “prutoklar” – buxtalarga o'ralmagan va butun uzunligi bo'yicha doimiy bo'lgan doiralar, ovallar, to'g'ri to'rtburchaklar (shu jumladan, kvadratlar), teng tomonli uchburchaklar yoki to'g'ri bo'rtgan ko'pburchaklar (shu jumladan, “ichiga botgan doiralar” hamda ikki qarama-qarshi tomoni qavariq yoylar, qolgan ikki tomoni to'g'ri chiziq bo'ylab yo'nalgan, uzunligi bo'yicha teng va parallel bo'lgan “ko'rinishi o'zgargan to'g'ri to'rtburchaklar”) shakllaridagi uzluksiz ko'ndalang kesimga ega bo'lgan, prokatka qilingan, presslangan, cho'zilgan yoki bolg'ada urib yasalgan buyumlar. To'g'ri to'rtburchakli (shu jumladan, kvadrat), uchburchakli yoki ko'pburchakli ko'ndalang kesimli buyumlar butun uzunlik bo'yicha dumaloqlashtirilgan burchakka ega bo'lishi mumkin. To'g'ri to'rtburchakli (shu jumladan, “ko'rinishi o'zgargan to'g'ri to'rtburchaklar”) ko'ndalang kesimga ega bo'lgan bunday buyumlarning qalinligi ular enining 0,1 dan oshadi. Mazkur atama, shuningdek, tayyorlab bo'lingandan so'ng ishlov berilgan (chetlari shunchaki kesilgan yoki to'poni tushirilgandan tashqari), o'sha shakl va o'lchamdagi quyilgan yoki qizdirib tayyorlangan buyumlarni anglatadi, shu shart bilanki, ular bunda boshqa tovar pozitsiyalari uchun xarakterli bo'lgan farq qiluvchi belgilarga ega bo'lmasin. Biroq, keyinchalik ishlov berish, masalan simni cho'zish yoki quvur ishlab chiqarish uchun agregatga kiritishni yengillashtirish maqsadida uchlari konus shakliga keltirilgan yoki qandaydir boshqa usulda ishlov berilgan, 74-guruxning sim va prokatkalarini ishlab chiqarish uchun zagotovkalar 7403-tovar pozitsiyasiga kiritiladigan ishlov berilmagan misga tegishli. Mazkur qoidalar 81-guruxning buyumlariga mutatis mutandis qo'llaniladi

(b) “profillar” – buxtalarga o'ralgan yoki o'ralmagan va butun uzunligi bo'yicha doimiy ko'ndalang kesimga ega hamda prutoklar, simlar, plitalar, listlar, tasmalar yoki lentalar, folga, quvurlar yoki quvurchalarning ta'riflariga nomuvofiq bo'lgan, prokatka qilingan, presslangan, cho'zilgan, bolg'alangan yoki shakl berilgan buyumlar. Mazkur atama, shuningdek, tayyorlab bo'lingandan so'ng ishlov berilgan (chetlari shunchaki kesilgan yoki to'poni tushirilgandan tashqari), o'sha shakl va o'lchamdagi quyilgan yoki qizdirib tayyorlangan buyumlarni anglatadi, shu shart bilanki, ular bunda boshqa tovar pozitsiyalari uchun xarakterli bo'lgan farq qiluvchi belgilarni olmagan.

(v) “sim” – buxtalarga o'ralgan va butun uzunligi bo'yicha doimiy bo'lgan doiralar, ovallar, to'g'ri to'rtburchaklar (shu jumladan, kvadratlar), teng tomonli uchburchaklar yoki to'g'ri bo'rtgan ko'pburchaklar (shu jumladan, “ichiga botgan doiralar” hamda ikki qarama-qarshi tomoni qavariq yoylar, qolgan ikki tomoni to'g'ri chiziq bo'ylab yo'nalgan, uzunligi bo'yicha teng va parallel bo'lgan “ko'rinishi o'zgargan to'g'ri to'rtburchaklar”) shakllaridagi uzluksiz ko'ndalang kesimga ega bo'lgan, prokatka qilingan, presslangan yoki cho'zilgan buyumlar. To'g'ri to'rtburchakli (shu jumladan, kvadrat), uchburchakli yoki ko'pburchakli ko'ndalang kesimli buyumlar butun uzunlik bo'yicha dumaloqlashtirilgan qirraga ega bo'lishi mumkin. To'g'ri to'rtburchakli (shu jumladan, “ko'rinishi o'zgargan to'g'ri to'rtburchaklar”) ko'ndalang kesimga ega bo'lgan bunday buyumlarning qalinligi ular enining 0,1 dan oshadi.

(g) “plitalar, listlar, tasmalar yoki lentalar va folgalar” – rulonlarga o'ralgan yoki o'ralmagan va to'g'ri to'rtburchakli (kvadratdan tashqari) uzluksiz ko'ndalang kesimga ega, dumaloqlashtirilgan yoki dumaloqlashtirilmagan qirrali (shu jumladan, ikki qarama-qarshi tomoni qavariq yoylar, qolgan ikki tomoni to'g'ri chiziq bo'ylab yo'nalgan, uzunligi bo'yicha teng va parallel bo'lgan “ko'rinishi o'zgargan to'g'ri to'rtburchaklar”), qalinligi doimiy bo'lgan, quyidagi shakllardagi yassi buyumlar: – qalinligi enining 0,1 dan oshmaydigan to'g'ri to'rtburchak (shu jumladan, kvadrat); – to'g'ri to'rtburchak yoki kvadratdan farq qiluvchi, istalgan o'lchamdagi shakl, shu shart bilanki, ular boshqa tovar pozitsiyalariga kiritiladigan buyumlar uchun xarakterli bo'lgan belgilarni olmagan. Plitalar, listlar, tasmalar yoki lentalar va folgalar uchun tovar pozitsiyalariga relyef yuzasiga ega bo'lgan (masalan, jo'yaklar, bo'rtiqlar, kataklar, romblar), shuningdek, perforator bilan teshilgan, gofralangan, silliqlangan yoki qoplamga ega bo'lgan inter alia, plitalar, listlar, tasmalar yoki lenta va folgalar kiritiladi, shu shart bilanki, bunda ular boshqa tovar pozitsiyalariga kiritiladigan buyumlar uchun xarakterli bo'lgan belgilarni olmagan.

(d) “quvurlar va quvurchalar” – buxtalarga o'ralgan yoki o'ralmagan va faqat bitta berk bo'shliq bilan butun uzunligi bo'yicha doiralar, ovallar, to'g'ri to'rtburchaklar (shu jumladan, kvadratlar), teng tomonli uchburchaklar yoki to'g'ri bo'rtgan ko'pburchaklar shaklidagi doimiy ko'ndalang kesimga ega va devorning doimiy qalinligiga ega ichi kovak buyumlar. Ko'ndalang kesimi to'g'ri burchak (shu jumladan, kvadrat), teng tomonli uchburchak yoki qirralari dumaloqlashtirilgan to'g'ri bo'rtgan ko'pburchak shaklidagi buyumlar ham quvurlar va quvurchalar deb hisoblanishi kerak, shu shart bilanki, ularning ichki va tashqi ko'ndalang kesimlari konsentrik va aynan bitta shaklga hamda yo'nalishga ega bo'lsa. Yuqorida ko'rsatilgan ko'ndalang kesimga ega bo'lgan quvurlar va quvurchalar silliqlangan, qoplamaga ega, bukilgan, rezba bilan ta'minlangan, parmalab teshilgan, qisqartirilgan, kengaytirilgan, konus shakliga keltirilgan bo'lishi yoki uchlarida flanetslar, manjetlar yoki halqaga ega bo'lishi mumkin.

72-guruhga izohlar

Izohlar:

1. Mazkur guruxda, 1 (g), 1 (d) va 1 (ye) izohlar holatida esa butun Nomenklatura bo'yicha quyida keltirilgan atamalar quyidagilarni anglatadi:

(a) “ishlovdan o'tgan cho'yan” – bolg'alash uchun yaroqsiz bo'lgan, tarkibida 2 mas.% dan ko'p uglerod bo'lgan va tarkibida quyidagi chegaralarda bir yoki undan ko'p elementlar bo'lishi mumkin bo'lgan temirning uglerod bilan qotishmasi: – xrom 10 mas.% dan ortiq emas, – marganets 6 mas.% dan ortiq emas, – fosfor 3 mas.% dan ortiq emas, – kremniy 8 mas.% dan ortiq emas, – boshqa elementlar, jami bo'lib 10 mas.% dan ortiq emas,;

(b) “ko'zgu cho'yan (shpigel)” – tarkibida 6 mas.% dan ko'p, lekin 30 mas.% dan ko'p bo'lmagan marganets bo'lgan, boshqa komponentlar bo'yicha yuqorida, mazkur izohning (a) punktida ko'rsatilgan shartlarga mos keladigan temirning uglerod bilan qotishmasi;

(v) “ferroqotishmalar” – uzluksiz quyish natijasida olingan quymalar, bolvankalar, bo'laklar yoki boshqa dastlabki shakllar ko'rinishidagi, shuningdek, aglomerlangan yoki aglomerlanmagan granulalar yoki kukunlar shaklidagi, odatda boshqa qotishmalarni ishlab chiqarishda qo'shimcha sifatida yoki oksidsizlantiruvchilar, desulfuratorlar sifatida yoki qora metallurgiyada boshqa shu kabi maqsadlarda qo'llaniluvchi, va odatda bolg'alash uchun yaroqsiz bo'lgan, tarkibida 4 mas.% yoki ortiqroq temir va quyida keltirilgan elementlardan ko'rsatilgan miqdorlarda biri yoki ko'prog'i bo'lgan, qotishmalar: – xrom 10 mas.% dan ko'p – marganets 30 mas.% dan ko'p – fosfor 3 mas.% dan ko'p – kremniy 8 mas.% dan ko'p – boshqa elementlar, jami bo'lib 10 mas.% dan ko'p, ugleroddan tashqari, shu shart bilanki, tarkibidagi mis 10 mas.%dan ko'p emas;

(g) “po'lat” – bolg'alash xususiyatiga ega va tarkibida 2 mas.% yoki kamroq uglerod mavjud bo'lgan temir asosidagi qotishmalar (quyma shaklida tayyorlanadigan ma'lum turlari bundan mustasno), 7203-tovar pozitsiyasida qayd etilganlardan tashqari. Biroq, xromlangan po'latlar uglerodning balandroq foiziga ega bo'lishi mumkin;

(d) “zanglashga bardoshli po'lat” – tarkibida 1,2 mas.% yoki kamroq uglerod va 10 mas.% yoki ko'proq xrom bo'lib, boshqa elementlar mavjud bo'lgan yoki mavjud bo'lmagan, legirlangan po'lat;

(ye) “legirlangan po'latlarning boshqa turlari” – zanglashga bardoshli po'lat tavsifiga mos kelmaydigan va tarkibida quyida keltirilgan elementlardan biri yoki ko'prog'i quyidagi miqdorlarda mavjud bo'lgan po'latlar: – alyuminiy 0,3 mas.% yoki ko'proq – bor 0,0008 mas.% yoki ko'proq, – xrom 0,3 mas.% yoki ko'proq, – kobalt 0,3 mas.% yoki ko'proq, – mis 0,4 mas.% yoki ko'proq, – qo'rg'oshin 0,4 mas.% yoki ko'proq, – marganets 1,65 mas.% yoki ko'proq, – molibden 0,08 mas.% yoki ko'proq, – nikel 0,3 mas.% yoki ko'proq, – niobiy 0,06 mas.% yoki ko'proq, – kremniy 0,6 mas.% yoki ko'proq, – titan 0,05 mas.% yoki ko'proq, – volfram 0,3 mas.% yoki ko'proq, – vanadiy 0,1 mas.% yoki ko'proq – sirkoniy 0,05 mas.% yoki ko'proq, – boshqa elementlar (oltingugurt, fosfor, uglerod va azotdan tashqari) alohida olinganda 0,1 mas.% yoki ko'proq;

(j) “qora metallarning qayta eritish uchun yombilari (shixta yombilar)” – yaqqol yuza nuqsonlariga ega bo'lgan va kimyoviy tarkibi ishlovdan o'tgan cho'yandan, ko'zgu cho'yandan yoki ferroqotishmalardan farq qiluvchi, quyish foydasiz yoki litniklarsiz yombilar shaklida qo'pol quyilgan buyumlar;

(z) “granulalar” – 90 mas.% dan kamrog'i kataklarining o'lchami 1 mm bo'lgan elakdan o'tadigan va 90 mas.% va undan ko'prog'i kataklarining o'lchami 5 mm bo'lgan elakdan o'tadigan buyumlar;

(i) “yarimfabrikatlar” – to'xtovsiz quyish natijasida olingan, dastlabki issiq prokatka qilinmagan yoki qilingan, kesimi uzluksiz bo'lgan buyumlar; va dastlabki issiq prokatkadan yoki bolg'alash usulida qo'pol shakllantirishdan boshqa usullardagi ishlovdan o'tmagan, kesimi uzluksiz bo'lgan boshqa buyumlar, shu jumladan burchak shaklidagi buyumlar (ugolok), fasonli yoki maxsus profillar uchun zagatovkalar. Bu buyumlar o'ramlarda yetkazib berilmaydi;

(k) “yassi prokat” – yuqorida ko'rsatilgan (i) band tavsifiga mos kelmaydigan, kesimi uzluksiz to'g'ri to'rtburchak (kvadratdan tashqari) bo'lgan, prokatka ishlovidan o'tgan va quyidagi ko'rinishlarda ishlab chiqariladigan buyumlar: – qatlamlari ketma-ket o'ralgan rulonlar, yoki – qalinligi 4,75 mm dan kamroq bo'lganda eni ushbu qalinlikdan kamida 10 barobar ortiq bo'ladigan, qalinligi 4,75 mm va undan ko'proq bo'lganda esa eni 150 mm dan ko'proq va hech bo'lmaganda ikkita qalinlikni tashkil etadigan listlar. Yassi prokatga prokatka natijasida olingan relyef yuzali buyumlar (masalan, jo'yaklar, bo'rtiqlar, kataklar, romblar) yoki perforatorda teshilgan, gofralangan yoki silliqlangan buyumlar kiritiladi, shu shart bilanki, bunda ular boshqa tovar pozitsiyalariga kiritiladigan buyumlar uchun xarakterli bo'lgan belgilarni olmagan. To'g'ri burchakli yoki kvadratdan farq qiluvchi shaklga ega bo'lgan, istalgan o'lchamdagi yassi prokat eni 600 mm yoki ko'proq bo'lgan buyum sifatida tasniflanadi, shu shart bilanki, u boshqa tovar pozitsiyalaridagi buyumlarning xususiyatlariga ega emas;

(l) "erkin o'rash buxtalaridagi issiq prokatka qilingan prutoklar” – doiralar, doira segmentlari, ovallar, to'g'ri burchaklar (shu jumladan, kvadratlar), uchburchaklar yoki boshqa bo'rtgan ko'pburchaklar (shu jumladan, “ichiga botgan doiralar” hamda ikki qarama-qarshi tomoni qavariq yoylar, qolgan ikki tomoni to'g'ri chiziq bo'ylab yo'nalgan, uzunligi bo'yicha teng va parallel bo'lgan “ko'rinishi o'zgargan to'g'ri to'rtburchaklar”) shaklida uzluksiz ko'ndalang kesimga ega bo'lgan erkin o'ralgan buxtalardagi issiq prokatka qilingan buyumlar. Ushbu buyumlar prokatka jarayonida olingan o'yiqlar, bo'rtiqlar, jo'yaklar yoki boshqa deformatsiyalarga (armatura sterjenlari) ega bo'lishi mumkin;

(m) "boshqa prutoklar” – yuqoridagi (i), (k) yoki (l) bandlarda keltirilgan ta'riflarning birontasiga yoki sim ta'rifiga mos kelmaydigan, butun uzunligi bo'yicha doiralar, doira segmentlari, ovallar, to'g'ri burchaklar (shu jumladan, kvadratlar), uchburchaklar yoki boshqa bo'rtgan ko'pburchaklar (shu jumladan, “ichiga botgan doiralar” hamda ikki qarama-qarshi tomoni qavariq yoylar, qolgan ikki tomoni to'g'ri chiziq bo'ylab yo'nalgan, uzunligi bo'yicha teng va parallel bo'lgan “ko'rinishi o'zgargan to'g'ri to'rtburchaklar”) shakllaridagi bir xil uzluksiz ko'ndalang kesimga ega bo'lgan buyumlar. Ushbu buyumlar: – prokatka jarayonida olingan o'yiqlar, bo'rtiqlar, jo'yaklar yoki boshqa deformatsiyalarga (armatura sterjenlari) ega bo'lishi; – prokatkadan so'ng buralgan bo'lishi mumkin.

(n) "ugoloklar, fasonli va maxsus profillar” – butun uzunligi bo'yicha bir xil uzluksiz ko'ndalang kesimga ega bo'lgan, (i), (k), (l) yoki (m) bandlardagi ta'riflarning birontasiga yoki sim ta'rifiga mos kelmaydigan buyumlar. Mazkur guruxga 7301 yoki 7302-tovar pozitsiyasining buyumlari kiritilmaydi;

(o) “sim” – buxtalardagi sovuq holda deformatsiyalangan, butun uzunligi bo'yicha istalgan bir xil uzluksiz ko'ndalang kesimga ega bo'lgan, yassi prokat ta'rifiga mos kelmaydigan buyumlar;

(p) "burg'ilash ishlari uchun kavak prutoklar” – istalgan ko'ndalang kesimdagi, burg'ilash ishlari uchun yaroqli bo'lgan, ko'ndalang kesimining maksimal tashqi o'lchami 15 mm dan ko'p, lekin 52 mm dan ko'p bo'lmagan, ichki maksimal o'lchami esa tashqi maksimal o'lchamning 1/2 qismidan oshmaydigan kavak prutoklar. Ushbu ta'rifga mos kelmaydigan qora metallardan kavak prutoklar 7304-tovar pozitsiyasiga kiritiladi.

2. Boshqa qora metall bilan qoplangan qora metallar qaysi qora metall massasi bo'yicha ko'proq bo'lsa, o'sha metalldan tayyorlangan buyum sifatida tasniflanadi.

3. Elektrolitik cho'ktirish, bosim ostida quyish yoki qizdirib pishirish usulida olingan buyumlar ularning shakli, tarkibi va tashqi ko'rinishi bo'yicha mazkur guruxning issiq prokatka qilingan buyumlar uchun nazarda tutilgan tovar pozitsiyalarida tasniflanadi.

Subpozitsiyalarga izohlar:

1. Mazkur guruxda pastda keltirilgan atamalar quyidagilarni anglatadi:

(a) “legirlangan ishlovdan o'tgan cho'yan” – tarkibida pastda keltirilgan elementlardan biri yoki ko'prog'i quyidagi miqdorlarda mavjud bo'lgan cho'yan: – xrom 0,2 mas.% dan ko'proq – mis 0,3 mas.% dan ko'proq – nikel 0,3 mas.% dan ko'proq – istalgan quyidagi elementlar 0,1 mas % dan ko'proq: alyuminiy, molibden, titan, volfram, vanadiy;

(b) “legirlanmagan avtomat po'lat” – tarkibida pastda keltirilgan elementlardan biri yoki ko'prog'i quyidagi miqdorlarda mavjud bo'lgan, legirlanmagan po'lat: – oltingugurt 0,08 mas.% yoki ko'proq, – qo'rg'oshin 0,1 mas.% yoki ko'proq, – selen 0,05 mas.% dan ko'proq, – tellur 0,01 mas.% dan ko'proq, – vismut 0,05 mas.% dan ko'proq;

(v) “kremniylashgan elektrotexnik po'lat” – tarkibida 0,6 mas.% dan kam bo'lmagan, lekin 6 mas.% dan ko'p bo'lmagan kremniy va 0,08 mas.% ko'p bo'lmagan uglerod bo'lgan legirlangan po'lat. Uning tarkibida, shuningdek, 1 mas.% ko'p bo'lmagan alyuminiy bo'lishi mumkin, lekin qandaydir boshqa elementlar, mazkur po'latga boshqa turdagi legirlangan po'latning xususiyatini berishi mumkin bo'lgan miqdorlarda, bo'lmasligi lozim;

(g) “tez kesadigan po'lat” – tarkibida quyidagi uch elementdan – molibden, volfram va vannadiydan kamida ikkitasi, umumiy 7 mas.% yoki ko'proq miqdorda bo'lgan, uglerod 0,6 mas.% yoki ko'proq va xrom 3 dan 6 mas.% gacha bo'lgan, boshqa elementlar bo'lgan yoki bo'lmagan legirlangan po'lat;

(d) “kremniy-marganetslashgan po'lat” – tarkibida quyidagilar bo'lgan, legirlangan po'lat: – uglerod 0,7 mas.% dan ko'p emas, – marganets 0,5 mas.% yoki ko'proq, lekin 1,9 mas.% dan ko'p emas, va – kremniy 0,6 mas.% yoki ko'proq, lekin 2,3 mas.% dan ko'p emas, lekin boshqa elementlar, mazkur po'latga boshqa turdagi legirlangan po'latning xususiyatini berishi mumkin bo'lgan miqdorlarda, mavjud emas.

2. 7202-tovar pozitsiyasining subpozitsiyasiga ferroqotishmalarni kiritishda quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim: ferroqotishma ikkitalik qotishma sifatida qaraladi va tegishli subpozitsiyaga kiritiladi (agar bunday subpozitsiya mavjud bo'lsa), agar qotishmadagi legirlovchi elementlardan faqat birining miqdori mazkur guruxning 1 (v) izohida o'rnatilgan minimal foizdan ko'proq bo'lsa; shu kabi tarzda, u uchtalik va to'rttalik deb hisoblanadi, agar mos ravishda, qotishmadagi legirlovchi elementlarning ikki yoki uchtasi ular uchun o'rnatilgan minimal foiz miqdoridan ko'proq bo'lsa. Bu qoida mazkur guruxning 1 (v) izohida keltirilgan, ko'rsatib o'tilmagan “boshqa elementlarga” nisbatan qo'llangan taqdirda, har bir element miqdori 10 mas.% dan ortiq bo'lishi lozim.

Qo'shimcha izohlar:

1. Quyida keltirilgan atamalar quyidagilarni anglatadi: – “elektrotexnik po'lat” (7209 16 100 0, 7209 17 100 0, 7209 18 100 0, 7209 26 100 0, 7209 27 100 0, 7209 28 100 0 va 7211 23 200 0 subpozitsiyalar) – 50 Gs chastotali o'zgaruvchan tokda va 1 T magnit oqimida, Eynshteyn usuli bo'yicha hisoblaganda, 1 kilogramm massaga quyidagicha quvvat yo'qotishiga ega bo'lgan yassi prokat: – 2,1 Vt yoki kamroq, agar uning qalinligi 0,20 mm dan kam bo'lsa, – 3,6 Vt yoki kamroq, agar uning qalinligi 0,20 mm dan kam emas, lekin 0,60 mm dan kam, – 6 Vt yoki kamroq, agar uning qalinligi 0,60 mm dan kam emas, lekin 1,50 mm dan ko'p emas; – “oq tunuka” (7210 12 200 0, 7210 70 100 0, 7212 10 100 0 va 7212 40 200 0 subpozitsiyalar) – tarkibida qalay 97 mas.% va undan ko'p bo'lgan metall qatlami bilan qoplangan yassi prokat (qalinligi 0,5 mm dan kam); – “asbob ishlab chiqariladigan po'lat” (7224 10 100 0, 7224 90 020 0, 7225 30 100 0, 7225 40 120, 7226 91 200 0, 7228 30 200 0, 7228 40 100 0, 7228 50 200 0 va 7228 60 200 0 subpozitsiyalar) – zanglashga bardoshli yoki tez kesadigan po'latdan farqlanuvchi, tarkibida quyidagi kompozitsiyalardan biri, boshqa elementlar bilan yoki ularsiz, bo'lgan legirlangan po'latlar: – 0,6 mas.% kam uglerod va 0,7 mas.% yoki ko'proq kremniy va 0,05 mas.% yoki ko'proq vanadiy yoki 4 mas.% yoki ko'proq volfram, – 0,8 mas.% yoki ko'proq uglerod va 0,05 mas.% yoki ko'proq vanadiy, – 1,2 mas.% ko'proq uglerod va 11 mas.% dan kam bo'lmagan, lekin 15 mas.% dan ko'p bo'lmagan xrom, – 0,16 mas.% yoki ko'proq, lekin 0,5 mas.% dan ko'p bo'lmagan uglerod va 3,8 mas.% yoki ko'proq, lekin 4,3 mas.% dan ko'p bo'lmagan nikel va 1,1 mas.% yoki ko'proq, lekin 1,5 mas.% dan ko'p bo'lmagan xrom va 0,15 mas.% yoki ko'proq, lekin 0,5 mas.% dan ko'p bo'lmagan molibden, – 0,3 mas.% yoki ko'proq, lekin 0,5 mas.% dan ko'p bo'lmagan uglerod va 1,4 mas.% yoki ko'proq, lekin 2,1 mas.% dan ko'p bo'lmagan xrom va 0,15 mas.% yoki ko'proq, lekin 0,5 mas.% dan ko'p bo'lmagan molibden va 1,2 mas.% dan kam nikel, – 0,3 mas.% yoki ko'proq uglerod va 5,2 mas.% dan kam xrom va 0,65 mas.% yoki ko'proq molibden yoki 0,4 mas.% yoki ko'proq volfram, – 0,5 mas.% yoki ko'proq, lekin 0,6 mas.% dan ko'p bo'lmagan uglerod va 1,25 mas.% yoki ko'proq, lekin 1,8 mas.% dan ko'p bo'lmagan nikel va 0,5 mas.% yoki ko'proq, lekin 1,2 mas.%dan ko'p bo'lmagan xrom va 0,15 mas.% yoki ko'proq, lekin 0,5 mas.% dan ko'p bo'lmagan molibden.

Pozitsiyalar

I. Birlamchi mahsulotlar; dona yoki kukun shaklidagi mahsulotlar
7201Quyma, bolvanka yoki boshqa birlamchi shakllardagi ishlovdan o'tgazish uchun cho'yan va ko'zgu cho'yan0% 7202Ferroqotishmalar0% 7203Temir rudasining to'g'ridan-to'g'ri tiklanadigan mahsulotlari va bo'lak, cho'zilgan yoki shu shakllardagi boshqa g'ovaksimon temir0% 7204Qora metallarning chiqindilari va lomi0% 7205Ishlovdan o'tgan va ko'zgu cho'yanning, qora metallarning granulalari va kukunlari0%
II. Temir va legirlanmagan po'lat
7206Temir va legirlanmagan po'lat yombilarda yoki boshqa birlamchi shakllarda0% 7207Temir yoki legirlanmagan po'latdan yarimfabrikatlar0% 7208Temirdan yoki legirlanmagan po'latdan yassi prokat, eni 600 mm yoki ko'p, issiq prokatka qilingan, plakirovkalanmagan, galvanik yoki…0% 7209Temirdan yoki legirlanmagan po'latdan yassi prokat, eni 600 mm yoki ko'p, sovuq prokatka qilingan0% 7210Temirdan yoki legirlanmagan po'latdan yassi prokat, eni 600 mm yoki ko'p, plakirovkalangan, galvanik yoki boshqacha qoplamali0% 7211Temirdan yoki legirlanmagan po'latdan yassi prokat, eni 600 mm dan kam, plakirovkalanmagan, galvanik yoki boshqacha qoplamasiz0% 7212Temirdan yoki legirlanmagan po'latdan yassi prokat, eni 600 mm dan kam, plakirovkalangan, galvanik yoki boshqacha qoplamali0% 7213Temirdan yoki legirlanmagan po'latdan erkin o'ralgan buxtalardagi issiq prokatka qilingan prutoklar0% 7214Temirdan yoki legirlanmagan po'latdan boshqa prutoklar, keyinchalik ishlov berilmagan, bolg'alashdan, issiq prokatkadan, issiq cho'zishdan…0% 7215Temirdan yoki legirlanmagan po'latdan boshqa prutoklar0% 7216Temirdan yoki legirlanmagan po'latdan ugoloklar, fasonli va maxsus profillar0% 7217Temirdan yoki legirlanmagan po'latdan sim0%
III. Zanglashga bardoshli po'lat
7218Yombilar yoki boshqa birlamchi shakllardagi zanglashga bardoshli po'lat0% 7219Zanglashga bardoshli po'latdan yassi prokat, eni 600 mm yoki ko'p0% 7220Zanglashga bardoshli po'latdan yassi prokat, eni 600 mm dan kam0% 7221Zanglashga bardoshli po'latdan issiq prokatka qilingan prutoklar, erkin o'ralgan buxtalarda0% 7222Zanglashga bardoshli po'latdan boshqa prutoklar0% 7223Zanglashga bardoshli po'latdan sim0%
IV. Legirlangan po'latlarning boshqa turlari: legirlangan yoki legirlanmagan po'latdan burg'ilash ishlari uchun kavak prutoklar
7224Yombilar yoki boshqa birlamchi shakllardagi legirlangan po'latlarning boshqa turlari0% 7225Legirlanmagan po'latning boshqa turlaridan yassi prokat, eni 600 mm yoki ko'p0% 7226Legirlangan po'latning boshqa turlaridan yassi prokat, eni 600 mm dan kam0% 7227Legirlangan po'latning boshqa turlaridan issiq prokatka qilingan prutoklar, erkin o'ralgan buxtalarda0% 7228Legirlangan po'latning boshqa turlaridan prutoklar0% 7229Legirlangan po'latning boshqa turlaridan sim0%

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.