Guruhning nomenklaturadagi nomi: Tabiiy yoki sun'iy yetishtirilgan marvarid, qimmatbaho yoki yarim qimmatbaho toshlar, qimmatbaho metallar, qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar: bijuteriya, tangalar.
71-guruhga izohlar
Izohlar:
1. VI bo'limga tegishli 1 (A) izoh talablariga va quyida keltirilgan istisnolarga rioya qilgan
holda, ushbu guruhga to'liq yoki qisman iborat barcha buyumlar kiradi:
(a) tabiiy yoki sun'iy ravishda yetishtirilgan marvaridlar yoki qimmatbaho yoki yarim qimmatbaho toshlar (tabiiy, sun'iy yoki rekonstruksiya qilingan) yoki
(b) qimmatbaho metallar yoki qimmatbaho metallar bilan qoplangan.
2. (A) 7113, 7114 va 7115-tovar pozitsiyalariga quyidagi buyumlar kirmaydi: tarkibida qimmatbaho metall yoki qimmatbaho metall bilan qoplangan metall faqat ikkinchi darajali tarkib sifatida mavjud bo'lganida, ya'ni mayda furnitura yoki ikkilamchi pardoz (masalan, monogrammalar, gardishlar, hoshiyalar) hamda ushbu buyumlarga 1 (b) izoh talablari tatbiq etilmaydi.
(B) 7116-tovar pozitsiyasiga tarkibida qimmatbaho metallar yoki qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallar bo'lgan (mayda tarkibiy qismlardan tashqari) buyumlar kirmaydi.
3. Bu guruh o'z ichiga olmaydi:
(a) kolloid holatidagi qimmatbaho metallar yoki qimmatbaho metallarning amalgamalari (2843-tovar pozitsiyasi);
(b) jarrohlik choklari, tish plombalari yoki 30-guruh buyumlariga kiruvchi boshqa sterillangan materiallar;
(v) 32-guruh buyumlari (masalan, silliq, yaltiroq);
(g) tashuvchi katalizatorlar (3815-tovar pozitsiyasi);
(d) 4202 yoki 4203-tovar pozitsiyasiga kiruvchi buyumlar (42-guruhga kiruvchi 3 (B) izohga qaralsin);
(ye) 4303 yoki 4304-tovar pozitsiyasiga kiruvchi buyumlar;
(j) XI bo'lim mahsulotlari (to'qimachilik buyumlari va to'qimachilik materiallari);
(z) 64 yoki 65 guruhi buyumlariga kiruvchi poyabzal, bosh kiyimlari yoki boshqa buyumlar;
(i) soyabonlar, hassalar yoki 66-guruhning boshqa buyumlari;
(k) qimmatbaho yoki yarim qimmatbaho (tabiiy yoki sun'iy) toshlarning kichik bo'lagi yoki kukunidan tarkib topgan 6804 yoki 6805-tovar pozitsiyasidagi abraziv materiallari yoki 82-guruh buyumlariga kiruvchi ishchi qismi qimmatbaho yoki yarim qimmatbaho toshlardan (tabiiy, sun'iy yoki rekonstruksiya qilingan) buyumlar; XVI bo'limiga oid mashinalar, uskunalar, mexanizmlar, elektr tovarlari yoki ularning qismlari. Lekin, to'liq qimmatbaho yoki yarim qimmatbaho toshlardan (tabiiy, sun'iy yoki rekonstruksiya qilingan) buyumlar va ularning qismlari ushbu bobga taalluqli, ovozni yetkazuvchi ignalar uchun o'rnatilmagan ishlov berilgan sapfirlar va olmoslar bundan mustasno (8522-tovar pozitsiyasi);
(l) 90, 91 yoki 92-guruh buyumlari (ilmiy asboblar, barcha turdagi soatlar, musiqa asboblari);
(m) qurol yoki uning qismlari (93-guruh);
(n) 95-guruhiga kiruvchi 2-izohda ko'rsatilgan buyumlar;
(o) 96-guruhi buyumlari, yoki 4-izohga muvofiq 96-guruhga taalluqli buyumlar; yoki
(p) asl haykaltaroshliklar yoki haykalchalar (9703-tovar pozitsiyasi), kolleksiya buyumlari (9705-tovar pozitsiyasi) yoki yoshi yuz yoshdan oshgan antikvar buyumlar (9706-tovar pozitsiyasi), tabiiy yoki sun'iy ravishda yetishtirilgan marvaridlar, qimmatbaho yoki yarim qimmatbaho toshlardan tashqari.
4. (A) “Qimmatbaho metall” atamasi kumush, oltin va platina degan ma'noni anglatadi.
(B) “Platina” atamasi platina, iridiy, osmiy, palladiy, rodiy va ruteniyni anglatadi.
(V) “Qimmatbaho yoki yarim qimmatbaho toshlar” atamasi 96-guruhiga kiruvchi 2(b) izohda ko'rsatilgan materiallarga taalluqli emas.
5. Ushbu guruhdagi tarkibida qimmatbaho metall bo'lgan har qanday qotishmani (aglomerirlangan
aralashma va intermetall birikmalar bilan birgalikda), agar qimmatbaho metallning
qotishma tarkibidagi og'irlik nisbati 2% dan kam bo'lmasa, qimmatbaho metall qotishmasi deb
hisoblash mumkin. Qimmatbaho metallar qotishmalari quyidagi qoidalarga muvofiq
tasniflanadi:
(a) tarkibida og'irlik nisbati 2% va undan ortiq platina bo'lgan qotishma – platina qotishmasi sifatida;
(b) tarkibida og'irlik nisbati 2% yoki undan ortiq oltin bo'lgan, lekin platina bo'lmagan yoki og'irlik nisbati 2 % dan kam bo'lgan qotishma – oltin qotishmasi sifatida;
(v) tarkibida og'irlik nisbati 2% yoki undan ortiq kumush bo'lgan boshqa qotishmalar – kumush qotishmalari sifatida.
6. Agar kontekstda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, Nomenklaturadagi qimmatbaho
metallarga yoki muayyan qimmatbaho metallga har qanday havola yuqoridagi 5-izohda
ko'rsatilgan qoidalarga muvofiq, qimmatbaho metallarning yoki muayyan metall qotishmalariga
havolani o'z ichiga oladi. Ammo, bu qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallarga,
galvanik usulda qimmatbaho metall bilan qoplangan noqimmatbaho metallar yoki
nometallarga taalluqli emas.
7. Butun Nomenklaturada “qimmatbaho metall bilan qoplangan metall” atamasi, metall asosida
tayyorlangan kavsharlash, payvandlash, issiq holda prokatka qilish (jo'valash, yoyish) yo'li bilan
yoki shu kabi mexanik usulda bir yoki bir necha sirtlarni qimmatbaho metall bilan qoplangan
materialni anglatadi. Agar kontekstda boshqa holat ko'rsatilmagan bo'lsa, bu atama, shuningdek,
qimmatbaho metall bilan naqshinkor bezak berilgan noqimmatbaho metallarni ham
anglatadi.
8. VI bo'limga tegishli 1(A) izoh talablariga rioya qilgan holatda 7112-tovar pozitsiyasiga kiruvchi
tovarlar tasnifiga muvofiq, aynan ushbu tovar pozitsiyasiga kiritilishi shart va
Nomenklaturaning boshqa hech qanday pozitsiyasiga kiritilmaydi.
9. 7113-tovar pozitsiyasidagi “zargarlik buyumlari” atamasi quyidagilarni bildiradi:
(a) shaxsiy zeb-ziynatning har qanday kichik buyumlari (masalan, uzuklar, bilaguzuklar (brasletlar), bo'yin bezaklari, to'g'nog'ichlar, sirg'alar, soat uchun zanjirlar, breloklar, kulonlar, bo'yinbog' uchun qisqichlar, ilma tugmalar, diniy yoki boshqa medallar va nishonlar); va
(b) shaxsiy foydalanish uchun, odatda hamyonlarda, ayollar yoki erkaklar sumkalarida yoki tanada olib yuriladigan buyumlar (masalan, portsigarlar, tamakidonlar, tabletkalar uchun qutichalar, upadonlar, zanjirli hamyonlar yoki tasbehlar).
Ushbu buyumlar, masalan, tabiiy yoki sun'iy ravishda yetishtirilgan marvaridlar, qimmatbaho
yoki yarim qimmatbaho toshlar, sun'iy yoki rekonstruksiya qilingan qimmatbaho yoki yarim
qimmatbaho toshlar, toshbaqa kosasi, sadaf, fil suyagi, natural yoki rekonstruksiya qilingan
kahrabo, gagat yoki koral bilan birlashtirilishi yoki bezatilgan bo'lishi mumkin.
10. 7114-tovar pozitsiyasidagi “oltin yoki kumush buyumlari ustalarining ishi” atamasi zeb-ziynat,
idish-tovoq, pardoz, chekish vositalari va boshqa ro'zg'or yoki muassasa uchun buyumlar yoki diniy
buyumlarni anglatadi.
11. 7117-tovar pozitsiyasidagi “bijuteriya” atamasi yuqorida 9 (a) izohda keltirilgan zargarlik
buyumlarini bildiradi (9606-pozitsiyadagi tugmalar va boshqa buyumlar yoki 9615-pozitsiyadagi
taroqlar, va soch qisqichlaridan tashqari) tabiiy yoki madaniy marvaridlarsiz, qimmatbaho
yoki yarim qimmatbaho toshlarsiz (tabiiy, sun'iy yoki rekonstruksiya qilingan), qimmatbaho
metallarsiz yoki qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallarsiz (qimmatbaho metallar
yoki qimmatbaho metallar bilan galvanika usulida qoplangan yoki ikkilamchi qismlari
qimmatbaho metalldan yoki qimmatbaho metall bilan qoplangan metallni hisobga olmaganda).
Subpozitsiyalariga izohlar:
1. 7106 10, 7108 11, 7110 11, 7110 21, 7110 31 va 7110 41-subpozitsiyalardagi “kukun” atamasi va “kukun shaklida” iborasi og'irlik nisbati bo'yicha 90% yoki undan ko'prog'i 0,5 mm li elakdan o'tuvchi mahsulotlarni bildiradi.
2. Ushbu nizomning 4(B) izoh qoidalariga qaramasdan, ushbu guruhning 7110 11 va 7110 19-subpozitsiyalaridagi “platina” atamasi iridiy, osmiy, palladiy, rodiy yoki ruteniyni anglatmaydi.
3. 7110-pozitsiyadagi har bir qotishma platina, palladiy, rodiy, iridiy, osmiy yoki ruteniy bo'lsin, massasi bo'yicha ustun bo'lgan metallga ko'ra tasniflanadi.
Qo'shimcha izohlar:
1. 7106 91 000 1, 7108 12 000 1, 7108 20 000 1, 7110 11 000 1, 7110 21 000 1-podsubpozitsiyalaridagi “yombi” atamasi kesik piramida, konus, prizma (kvadratli, to'g'ri burchakli yoki ko'ndalang kesikli ko'pburchakli) yoki silindr shaklida quyilgan va boshqa tarzda qayta ishlanmagan metall buyumni bildiradi. cha + 7112 91 000 0 – – oltin, shu jumladan oltin bilan qoplangan metall, lekin – + 7112 92 000 0 – – platina, shu jumladan platina bilan qoplangan metall, lekin – + 7112 99 000 0 – – boshqalar –
Pozitsiyalar
Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.
Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.