TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 70-guruh: Shisha va shishadan tayyorlangan buyumlar

Guruhga izohlar, 7001–7020 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Shisha va shishadan tayyorlangan buyumlar.

XIII bo'lim. Tosh, gips, sement, asbest, slyuda yoki shu kabi materiallardan tayyorlangan buyumlar; keramika buyumlar; shisha va undan tayyorlangan buyumlar

70-guruhga izohlar

Izohlar:

1. Ushbu guruhga quyidagilar kiritilmaydi:

(a) 3207-tovar pozitsiyasining tovarlari (masalan, shishasimon emallar va sirlar (glazur), shishasimon fritlar, boshqa shishalarning kukuni, granulalari yoki pag'asimon parchalari);

(b) 71-guruh buyumlari (masalan, bijuteriya);

(v) 8544-tovar pozitsiyasining optik tolali kabellari, elektr izolyatorlari (8546-tovar pozitsiyasi) yoki 8547-tovar pozitsiyasining izolyatsion materiallaridan armaturalar;

(g) 86 – 88-guruhlar transport vositalari uchun oldingi shamolga qarshi oynalar, orqa va boshqa oynalar, ramkaga o'rnatilgan;

(d) 86 – 88-guruhlar transport vositalari uchun oldingi shamolga qarshi oynalar, orqa va boshqa oynalar, ramkaga o'rnatilgan yoki o'rnatilmagan, tarkibida isitish yoki boshqa elektr yoki elektron qurilmalarni o'z ichiga olgan;

(ye) optik tolalar, optik qayta ishlangan optik elementlar, teri osti in'yeksiyasi uchun shpritslar, sun'iy ko'zlar, termometrlar, barometrlar, gidrometrlar yoki 90-guruhning boshqa buyumlari;

(j) 9405-tovar pozitsiyasining chiroqlari va yoritish uskunalari, yorug'likli viveskalar, ism yoki nom yoki manzil ko'rsatilgan yorug'likli tablichkalar yoki o'rnatilgan yorug'lik manbaiga ega shu kabi buyumlar yoki ularning qismlari;

(z) o'yinchoqlar, o'yinlar, sport inventari, yangi yil archa bezaklari yoki 95-guruhning boshqa tovarlari (qo'g'irchoqlar uchun yoki 95-guruhning boshqa buyumlari uchun mo'ljallangan mexanizmsiz shisha ko'zlar bundan mustasno); yoki

(i) tugmalar, yig'ilgan holatdagi vakuum idishlar, changlatgichlar yoki shu kabi purkagichlar yoki 96-guruhning boshqa buyumlari.

2. 7003-, 7004- va 7005- tovar pozitsiyalarida:

(a) qanday jarayonlardan o'tgan bo'lishidan qat'i nazar termik ishlov berilgunga qadar shisha “ishlov berilgan” deb hisoblanmaydi;

(b) shishani shaklga solib kesish uni list shaklidagi shisha sifatida tasniflanishini o'zgartirmaydi;

(v) “yutuvchi, qaytaruvchi yoki qaytarmaydigan qatlam” atamasi, masalan, infraqizil nurlanishni yutadigan yoki shishaning shaffoflik yoki o'tkazuvchanlik darajasini saqlab qolgan holda uning qaytarish xususiyatini yaxshilaydigan metall yoki kimyoviy birikmaning (masalan, metall oksidi) mikroskopik yupqa qoplamasini anglatadi.

3. 7006-tovar pozitsiyasiga kiritiladigan buyumlar, ular tayyor buyum xususiyatiga ega bo'lgan taqdirda ham shu tovar pozitsiyasiga kiritiladi.

4. 7019-tovar pozitsiyasidagi “shisha vata” atamasi:

(a) tarkibida kremniy oksidi (SiO2)60 mas.% dan kam bo'lmagan mineral vatani;

(b) tarkibida kremniy oksidi(SiO2)60 mas.% dan kam, ishqorli metall oksidi (K2O yoki Na2O) 5 mas.% dan ortiq yoki bor oksidi (B2O3) 2 mas.% dan ortiq bo'lgan mineral vatani anglatadi. Mineral vataning boshqa turlari 6806-tovar pozitsiyasiga kiritiladi.

5. Butun nomenklaturada “shisha” atamasi eritilgan kvars va boshqa eritilgan kremnozyomlarni anglatadi.

Subpozitsiyalarga izoh:

1. 7013 22, 7013 33, 7013 41 va 7013 91-subpozitsiyalarda “qo'rg'oshinli xrustal” atamasi faqat tarkibidagi qo'rg'oshin monoksidining (PbO) miqdori 24 mas.% dan kam bo'lmagan shishani anglatadi. + 7001 00 100 0 – shisha siniqlari, parchalari va boshqa shisha chiqindilari -

Pozitsiyalar

7001Shisha siniqlari, parchalari va boshqa shisha chiqindilari, 8549-tovar pozitsiyasining elektron-nur trubkalarining shishalari yoki boshqa…0% 7002Shar10% 7003Quyma va prokat shisha, list yoki profil shaklli, yutuvchi, qaytaruvchi yoki qaytarmaydigan qatlamga ega yoki ega bo'lmagan, lekin boshqa…5% 7004Cho'zilgan va puflangan shisha, yutuvchi, qaytaruvchi yoki qaytarmaydigan qatlamga ega yoki ega bo'lmagan listlar shaklida, lekin boshqa…5% 7005Issiqlik bilan polirovkalangan shisha va yuzasi shlifovkalangan yoki polirovkalangan shisha, yutuvchi, qaytaruvchi yoki qaytarmaydigan…10% 70067003-, 7004- yoki 7005-tovar pozitsiyasining shishalari, egilgan, qirralangan, o'yilgan, burg'ulangan, sirlangan yoki boshqa usulda ishlov…10% 7007Xavfsiz shishalar5% 7008Shishadan tayyorlangan ko'p qatlamli izolyatsiyalovchi buyumlar10% 7009Shisha ko'zgular, ramada yoki ramasiz10% 7010Tovarlarni tashish yoki qadoqlash uchun butillar, butilkalar, flakonlar, ko'zalar, tuvaklar, bankalar, ampulalar va boshqa shisha idishlar10% 7011Shisha ballonlar0%
7012pozitsiya chiqarilgan
7013Oshxona va oshxona idish-tovoqlari, hojatxona va kanselyariya jihozlari, uy saranjomligi yoki shu kabi maqsadlar uchun buyumlar, shishadan15% 7014Signal qurilmalari uchun shisha buyumlar va optik ishlov berilmagan shishadan tayyorlangan optik elementlar15% 7015Soat uchun shisha va shu kabi shishalar, ko'rish qobiliyatini tuzatuvchi yoki tuzatmaydigan ko'zoynaklar uchun shishalar, qavariq, botiq…0% 7016Yo'lga yotqizish uchun bloklar, plitalar, g'ishtlar, plitkalar va bosma yoki quyma shishadan yasalgan boshqa buyumlar, mustahkamlangan yoki…15%, lekin 1 kg uchun $0,3 dan kam emas 7017Laboratoriya, gigiyena yoki farmatsevtika maqsadlari uchun shisha idishlar, darajalangan yoki darajalanmagan, kalibrovkalangan yoki…0% 7018Shisha munchoqlar, marvaridlar, qimmatbaho yoki yarim qimmatbaho toshlarni imitatsiyalovchi buyumlar va shu kabi katta bo'lmagan…10% 7019Shisha tolalar10% 7020Boshqa shisha buyumlar10%

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.