Guruhning nomenklaturadagi nomi: Keramika buyumlar.
69-guruhga izohlar
Izohlar:
1. Ushbu guruhga faqat shakl berilgandan keyin pishirilgan keramika buyumlari kiritiladi:
(a) 6904 – 6914-tovar pozitsiyalariga faqat shunday buyumlar kiritiladiki, ular 6901 – 6903-tovar pozitsiyalariga kiritilmaydi;
(b) qatronni qattiqlashtirish, gidratatsiya reaksiyasini tezlashtirish maqsadida yoki suvni yoki boshqa uchuvchi komponentlarni tarkibdan chiqarib tashlash uchun 800 S dan past haroratgacha qizdirilgan buyumlar pishirilgan hisoblanmaydi. Bunday mahsulotlar 69-guruhdan chiqarib tashlanadi; va
(v) odatda, xona haroratida avvaldan tayyorlangan va shakl berilgan noorganik metall bo'lmagan materiallarni qizdirish natijasida olingan keramika buyumlar. Xomashyo materiallariga, inter alia, loy, tarkibida kremniy oksidi bo'lgan materiallar, shu jumladan eritilgan kremniy oksidi, yuqori erish haroratiga ega materiallar, ya'ni oksidlar, karbidlar, nitridlar, grafit yoki uglerodning boshqa shakllari kabi va ba'zi hollarda olovga chidamli loy yoki fosfatlar kabi bog'lovchi moddalar kiradi.
2. Ushbu guruhga quyidagilar kiritilmaydi:
(a) 2844-tovar pozitsiyasining tovarlari;
(b) 6804-tovar pozitsiyasining buyumlari;
(v) 71-guruhning buyumlari (masalan, bijuteriya);
(g) 8113-tovar pozitsiyasining metaollokeramikasi;
(d) 82-guruh buyumlari;
(ye) elektr izolyatorlari (8546-tovar pozitsiyasi) yoki 8547-tovar pozitsiyasining izolyatsion materiallardan armaturalar;
(j) sun'iy tishlar (9021-tovar pozitsiyasi);
(z) 91-guruhning buyumlari (masalan, o'zida va o'zi bilan olib yurish uchun mo'ljallanmagan soatlar va ular uchun korpuslar);
(i) 94-guruhning buyumlari (masalan, mebel, chiroqlar va yoritish uskunalari, yig'ma qurilish konstruksiyalari);
(k) 95-guruhning buyumlari (masalan, o'yinchoqlar, o'yinlar va sport inventari);
(l) 9606-tovar pozitsiyasining buyumlari (masalan, tugmalar) yoki 9614-tovar pozitsiyasining buyumlari (masalan, chekish trubkalari); yoki
(m) 97-guruhning buyumlari (masalan, san'at asarlari).
Pozitsiyalar
Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.
Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.