TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 68-guruh: Tosh, gips, sement, asbest, slyuda yoki o'xshash materiallardan tayyorlangan buyumlar

Guruhga izohlar, 6801–6815 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Tosh, gips, sement, asbest, slyuda yoki o'xshash materiallardan tayyorlangan buyumlar.

XIII bo'lim. Tosh, gips, sement, asbest, slyuda yoki shu kabi materiallardan tayyorlangan buyumlar; keramika buyumlar; shisha va undan tayyorlangan buyumlar

68-guruhga izohlar

Izohlar:

1. Mazkur guruhga quyidagilar kiritilmaydi:

(a) 25-guruhning tovarlari;

(b) 4810- yoki 4811-tovar pozitsiyasining shimdirilgan yoki qoplamali qog'ozi va kartoni (masalan, slyuda yoki grafit kukuni bilan qoplangan, bitumlashtirilgan yoki asfaltlashtirilgan qog'oz va karton);

(v) 56- yoki 59-guruhning shimdirilgan yoki qoplangan to'qimachilik matolari (masalan, slyuda kukuni bilan qoplangan, bitumli yoki asfaltlangan mato);

(g) 71-guruhning buyumlari;

(d) 82-guruhning asboblari yoki ularning qismlari;

(ye) 8442-tovar pozitsiyasining litografik toshlari;

(j) elektr izolyatorlar (8546-tovar pozitsiyasi) yoki 8547-tovar pozitsiyasining izolyatsion materiallaridan armaturalar;

(z) tish burg'ilari (9018-tovar pozitsiyasi);

(i) 91-guruhning buyumlari (masalan, o'zida va o'zi bilan olib yurish uchun mo'ljallanmagan soatlar va ular uchun korpuslar);

(k) 94-guruhning buyumlari (masalan, mebel, chiroqlar va yoritish uskunalari, yig'ma qurilish konstruksiyalari);

(l) 95-guruhning buyumlari (masalan, o'yinchoqlar, o'yinlar va sport inventari);

(m) 96-guruhning 2(b)-izohida ko'rsatilgan materiallardan tayyorlangan 9602-tovar pozitsiyasining buyumlari, yoki 9606-tovar pozitsiyasining buyumlari (masalan, tugmalar), 9609-tovar pozitsiyasining buyumlari (masalan, qalamlarning grifellari), 9610-tovar pozitsiyasining buyumlari (masalan, grifel taxtalar) yoki 9620-tovar pozitsiyasining buyumlari (masalan, yakka tayanchlilar, ikki oyoqlilar, uch oyoqlilar va shu kabi buyumlar); yoki

(n) 97-guruhning buyumlari (masalan, san'at asarlari)

2. 6802-tovar pozitsiyasida “yodgorlik yoki qurilish uchun ishlov berilgan tosh” termini nafaqat 2515- yoki 2516-tovar pozitsiyasining turli toshlarini, balki shu kabi tarzda ishlov berilgan tabiiy toshlarning barcha turlarini (masalan, kvarsit, kremen, dolomit va steatit) anglatadi, slansdan tashqari.

Qo'shimcha izoh:

1. 6815 91 000 2 va 6815 99 000 2-podsubpozitsiyalarida “kimyoviy bog'lanish” termini olovga bardoshli materialning shunday noorganik komponentini anglatadiki (fosfatlar, xloridlar, sulfatlar, ishqor silikatlari va boshqa tuzlar eritmasi), u bilan olovga bardoshli materialning boshqa komponentlarini 800°S dan past haroratda o'zaro ta'sirlashuvi natijasida, tayyorlash jarayonida buyumga pishiqlik beriladi.

Pozitsiyalar

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.