TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 67-guruh: Ishlov berilgan patlar va parlar va pat yoki parlardan tayyorlangan mahsulotlar, sun'iy…

Guruhga izohlar, 6701–6704 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Ishlov berilgan patlar va parlar va pat yoki parlardan tayyorlangan mahsulotlar, sun'iy gullar, inson sochlaridan mahsulotlar.

XII bo'lim. Poyabzal, bosh kiyim, soyabon, quyosh soyabonlari, hassa, hassa-o'rindiqlar, qamchilar, xipchinlar va ularning qismlari, ishlov berilgan patlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar, sun'iy gullar, inson sochlaridan mahsulotlar

67-guruhga izohlar

Izohlar:

1. Mazkur guruhga quyidagilar kirmaydi:

(a) inson sochlaridan bo'lgan filtrlovchi matolar (5911-tovar pozitsiyasi);

(b) to'r, kashta yoki o'simlik naqshli boshqa to'qimachilik materiallari (XI bo'lim);

(v) poyabzal (64-guruh);

(g) bosh kiyimlar yoki soch to'rlari (65-guruh);

(d) o'yinchoqlar, sport anjomlari yoki karnaval uchun buyumlar (95-guruhd); yoki

(ye) patlardan supurgilar, upa uchun parlar yoki soch uchun to'rlar (96-guruh).

2. 6701 tovar pozitsiyaga quyidagilar kirmaydi:

(a) patlar yoki parlar faqat to'ldiruvchi sifatida ishlatiladigan mahsulotlar (masalan, 9404-pozitsiyadagi yotoq anjomlari)

(b) patlar yoki parlar faqat pardoz yoki to'ldiruvchi sifatida ishlatiladigan kiyim-kechaklar yoki kiyim-kechak anjomlari yoki

(v) sun'iy gul yoki barglar yoki ularning qismlari yoki 6702-tovar pozitsiyasidagi tayyor mahsulotlari

3. 6702-tovar pozitsiyaga quyidagilar kirmaydi:

(a) shishadan bo'lgan buyumlar (70-guruh) yoki

(b) quyish, bolg'alash, o'ymakorlik, shtamplash yoki boshqa yo'l bilan butun mahsulot sifatida olingan yoki to'qish, yelimlash, yig'ish va o'xshash usullardan tashqari boshqa usulda biriktirilgan va qismlardan iborat bo'lgan chinni, tosh, metall, yog'och yoki boshqa materiallardan sun'iy gullar, barglar yoki mevalar.

Pozitsiyalar

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.