Guruhning nomenklaturadagi nomi: Ipak.
XI bo'lim. To'qimachilik materiallari va to'qimachilik buyumlari
XI bo'limga izohlar
Izohlar:
1. Ushbu bo'limga quyidagilar kiritilmaydi:
(a) cho'tkalar tayyorlash uchun hayvonlarning jun va tuklari (0502-tovar pozitsiyasi); ot sochi yoki uning chiqindilari (0511-tovar pozitsiyasi);
(b) odam sochi va undan tayyorlangan buyumlar (0501-, 6703- yoki 6704-tovar pozitsiyasi), filtrlovchi matodan yoki odatda moyni siqib olish presslarida yoxud shu kabi maqsadlarda qo'llaniluvchi suzgich matolaridan tashqari (5911-tovar pozitsiyasi);
(v) paxta linti yoki 14-guruxning kelib chiqishi o'simlikka oid bo'lgan boshqa materiallari;
(g) 2524-tovar pozitsiyasiga kiruvchi asbest yoki ushbu asbestdan yoxud 6812- yoki 6813-tovar pozitsiyasining boshqa materiallaridan tayyorlangan buyumlar;
(d) 3005- yoki 3006-tovar pozitsiyasining buyumlari; 3306-tovar pozitsiyasining chakana savdo uchun mo'ljallangan alohida qadoqda, tish oralig'ini tozalashda ishlatiladigan iplari;
(ye) 3701 –3704-tovar pozitsiyalarining sensibilizatsiyalangan (yorug'likka ta'sirchan material bilan qoplangan) to'qimachilik materiallari;
(j) ko'ndalang kesimi 1 mm dan katta bo'lgan monoiplar yoki eni 5 mm dan katta bo'lgan yassi iplar yoxud shu kabi shakllar (masalan, sun'iy somoncha), plastmassadan tayyorlangan (39-guruh), yoki to'qilgan buyumlar, yoki mato, yoki mono ipdan yoxud yassi ipdan to'qilgan boshqa savatchali yoki to'qilgan buyumlar (46-guruh);
(z) 39-guruhning plastmassa shimdirilgan, qoplangan yoki yuzasi dublirinlangan matolari, qo'lda yoki dastgohda to'qilgan trikotaj matolari, namat yoki fetr yoxud noto'qima materiallari yoki ulardan tayyorlangan buyumlari;
(i) 40-guruhning rezina shimdirilgan, qoplangan yoki yuzasi dublirinlangan matolari, qo'lda yoki dastgohda to'qilgan trikotaj matolari, namat yoki fetr yoxud noto'qima materiallari yoki ulardan tayyorlangan buyumlari;
(k) 4303- yoki 4304-tovar pozitsiyasidagi tuk yoki jun qoplamali teri (41- yoki 43-guruh) yoki tabiiy mo'ynadan buyumlar, sun'iy mo'yna yoki ulardan tayyorlangan buyumlar;
(l) 4201- yoki 4202-tovar pozitsiyadagi to'qimachilik materiallaridan tayyorlangan buyumlar;
(m) 48-guruhdagi tovarlar va buyumlar (masalan, sellyuloza vatasi);
(n) 64-guruhdagi poyabzal va uning detallari, getrilar yoki gamashlar yoxud shu kabi buyumlar;
(o) 65-guruhdagi soch uchun to'r yoki bosh kiyimlar yoki ularning qismlari;
(p) 67-guruh tovarlari;
(r) abraziv qoplamali to'qimachilik materiallari (6805 tovar pozitsiyasi), hamda 6815 tovar pozitsiyasidagi uglerod tolalar yoki ulardan tayyorlangan buyumlar;
(s) shisha tola yoki ulardan tayyorlangan mahsulotlar, shisha ipdan ishlanib, tagidagi fon ko'rinib turadigan kashtadan tashqari (70-guruh);
(t) 94-guruh buyumlari (masalan, mebel, ko'rpa-to'shak jihozlari, yoritkichlar va yoritish uskunalari);
(u) 95-guruh buyumlari (masalan, o'yinchoqlar, o'yinlar, sport inventarlari va to'rlar);
(f) 96-guruh mahsulotlari (masalan, cho'tkalar, tikish uchun yo'l jamlanmasi, qistirg'ich-taqilma, yozuv mashinkasi uchun lenta, ayollar gigiyenik tagligi va tamponlari, plyonka va tagliklar); yoki
(x) 97-guruh buyumlari.
2. (A) 50 – 55-guruhlarga yoki 5809- yoki 5902-tovar pozitsiyasiga kiritilgan va ikki yoki undan ortiq to'qimachilik materiallari aralashmasidan tashkil topgan tovarlar, mazkur tovardagi barcha to'qimachilik materiallari solishtirilganda, massa bo'yicha boshqalaridan ortiq bo'lgan to'qimachilik materiali bo'yicha tasniflanishi lozim. Agar, birorta ham to'qimachilik materiali massa bo'yicha ustunlik qilmasa, bunday tovarlar ko'rib chiqilayotgan tovar pozitsiyalari orasidan, kodlarning o'sish tartibida oxirgisiga to'g'ri keladigan to'qimachilik materialiga ko'ra tasniflanishi lozim. (B) Yuqoridagi qoida qo'llanilganda:
(a) ot sochidan tayyorlangan pozument ip (5110-tovar pozitsiyasi) va metallashtirilgan ip (5605-tovar pozitsiyasi) yagona to'qimachilik materiali sifatida qaralishi lozim bo'lib, uning massasi uni tashkil etuvchi komponentlar massalari yig'indisiga teng deb hisoblanadi; matolar tasniflanganda metallashtirilgan ip to'qimachilik materiali sifatida qaralishi lozim;
(b) maqbul tovar pozitsiyasini tanlashda avval guruh, so'ngra ushbu guruh ichidagi tegishli tovar pozitsiyasi aniqlanadi, mazkur guruhga kiritilmaydigan materiallarni inobatga olmagan holatda;
(v) 54- va 55-guruhlarning ikkalasi boshqa ixtiyoriy guruh bilan bog'liq bo'lgan holatlarda, ular bir yagona guruh sifatida qaralishi lozim;
(g) guruh yoki tovar pozitsiyasiga turli to'qimachilik materiallaridan tayyorlangan tovarlar kirgan holatlarda, ular yagona to'qimachilik materiali sifatida qaralishi lozim. (V) Yuqoridagi 2 (A) va 2 (B) izohlarda keltirilgan qoidalar quyidagi 3 (A, B), 4 (A, B), 5 yoki 6 izohlarda qayd etilgan yigirilgan ipni tasniflashda ham qo'llanadi.
3. (A) Ushbu bo'lim doirasida, quyida keltirilgan 3 (B) izohlarda ko'rsatilgan istisnolarga rioya qilgan holda, quyida tavsifi keltirilgan yigirilgan ipni (bir ipli, ko'p buramli (eshilgan) yoki bir buramli) “bechevkalar, arqonlar, kanatlar va troslar” sifatida qarash kerak:
(a) 20 000 dteks dan yuqori chiziqli zichlikdagi ipak iplaridan yoki ipak chiqindilaridan tayyorlangan;
(b) 10 000 dteks dan yuqori chiziqli zichlikdagi kimyoviy iplardan tayyorlangan (shu jumladan, 54-guruhdagi ikki yoki undan ortiq monoiplardan iborat iplar);
(v) kanoptola yoki zig'ir tolalardan tayyorlangan:
(i) sayqallangan 1429 dteks yoki undan yuqori chiziqli zichlikdagi; yoki
(ii) sayqallanmagan 20 000 dteks dan yuqori chiziqli zichlikdagi;
(g) kokos yong'og'i tolalaridan uch va undan ortiq taxlanib olingan;
(d) boshqa o'simlik tolalaridan olingan 20 000 dteks dan yuqori chiziqli zichlikdagi; yoki
(ye) metallashtirilgan ip bilan armirlangan. (B) Istisno:
(a) hayvonlarning junidan yoki boshqa yunglardan yigirilgan ip va qog'izdan yigirilgan ip, metal iplar bilan armirlangan yigirilgan ipdan tashqari;
(b) 55-guruhdagi kimyoviy iplarning jguti va 54-guruhdagi buramsiz yoki buramasi 5 br/m dan kam bo'lgan kompleks ip;
(v) 5006-tovar pozitsiyasidagi ipak qurtining ipak ishlab chiqaruvchi bezlaridan tolalar va 54-guruhdagi monoiplar;
(g) 5605-tovar pozitsiyasidagi metallashtirilgan iplar; yigirilgan ip, metal iplar bilan armirlangan, yuqorida ko'rsatilgan 3 (A) (ye) izohlarga asoslanib kiritiladi.
(d) 5606-tovar pozitsiyasidagi sinel yigirilgan ip, pozument ip va shakldor halqali yigirilgan ip.
4. (A) 50-, 51-, 52-, 54- va 55-guruhlarda quyidagi 4 (B) izohda ko'rsatilgan istisnolarga rioya etgan holda, “chakana savdo uchun qadoqlangan” atamasi yigirilgan ipni (bir ipli, ko'p buramli (eshilgan) yoki bir buramli) anglatadi:
(a) karton plastinalar, g'altaklar, patronlar yoki shu kabi tashuvchilarda massasi (tashuvchisi bilan birga):
(i) 85 g – ipak iplar, ipak chiqindilar yoki kimyoviy iplar uchun; yoki
(ii) 125 g – boshqa yigirilgan iplar uchun;
(b) kalava, pasma yoki motok shaklda, massasi quyidagidan yuqori bo'lmagan:
(i) 85 g – ipak iplari yoki ipak chiqindilari, chiziqli zichligi 3000 dteksdan kam kimyoviy iplar uchun;
(ii) 125 g – chiziqli zichligi 2000 dteks dan kam boshqa yigirilgan iplar uchun; yoki
(iii) 500 g – boshqa yigirilgan iplar uchun;
(v) bir-biridan iplar bilan ajratilib, ushbu ajratilish ularni bir-biriga bog'liq bo'lmasligini ta'minlovchi bir nechta kichikroq pasmalar yoki motoklardan iborat pasmalar yoki motoklar, shu bilan birga kichikroq pasmalar yoki motoklarning har birining massasi quyidagidan ortiq emas:
(i) 85 g – ipak iplar, ipak chiqindilar yoki kimviy iplar uchun; yoki
(ii) 125 g – boshqa yigirilgan iplar uchun. (B) Istisno:
(a) har qanday to'qimachilik mahsulotidan tayyorlangan bir iplik yigirilgan ip, quyidagidan tashqari:
(i) hayvonlarning junidan yoki ingichka tolasidan yigirilgan bir iplik oqartirilmagan ip; va
(ii) hayvonlarning junidan yoki ingichka tolasidan tayyorlangan bir iplik yigirilgan ip, oqartirilgan, bo'yalgan yoki gul bosilgan, chiziqli zichligi 5000 dteks dan yuqori;
(b) ko'p buramli (eshilgan) yoki bir buramli yigirilgan ip, oqartirilmagan:
(i) ipak iplaridan yoki ipak chiqindilaridan, qadoqlangan; yoki
(ii) boshqa to'qimachilik materiallaridan tayyorlangan, hayvonlarning juni yoki ingichka tolasidan tashqari, pasmalarda yoki motoklarda;
(v) ipak iplaridan yoki ipak chiqindilaridan ko'p buramli (eshilgan) yoki bir buramli yigirilgan ip, oqartirilgan, bo'yalgan yoki gul bosilgan, chiziqli zichligi 133 dteks yoki kam bo'lgan; va
(g) har qanday to'qimachilik materialidan bir ipli, ko'p buramli (eshilgan) yoki bir buramli yigirilgan ip:
(i) xochsimon o'rilishga ega pasma yoki motokda; yoki
(ii) tashuvchilarga o'ralgan yoki uning to'qimachilik sanoatida ishlatilishini ko'rsatadigan boshqa usulda o'ralgan (masalan, pachatkalarda, eshish patronlarida va naychalarda, konussimon bobinlarda yoki urchuqlarda yoki shpindellarda yoki pilla shaklidagi kashta tikish mashinalarida).
5. 5204-, 5401- va 5508-tovar pozitsiyalarida “tikuv iplari” ko'p buramli yoki bir buramli quyidagi yigirilgan ipni anglatadi:
(a) tashuvchiga qadoqlangan (masalan, naychalar, patronlar), massasi 1000 g (tashuvchining massasi qo'shilganda) dan ortiq emas;
(b) tikuv iplari sifatida qo'llash uchun appretlangan; va
(v) oxirida o'ng tomonga buram berilgan.
6. Mazkur bo'limda “yuqori mustahkamlikka ega yigirilgan ip” atamasi sN/teks da (santinyuton taqsim tekss) o'lchanadigan, quyidagidan ortiq nisbiy uzilish kuchiga ega yigirilgan ipni anglatadi: neylon yoki boshqa poliamidlar yoxud poliefirlardan tayyorlangan bitta iplik yigirilgan ip – 60 sN/teks; neylon yoki boshqa poliamidlar yoki poliefirlardan tayyorlangan ko'p buramli (eshilgan) yoki bir buramli ip – 53 sN/teks; viskoza tolasidan tayyorlangan bitta iplik, ko'p buramli (eshilgan) yoki bir buramli yigirilgan ip – 27 sN/teks.
7. Mazkur bo'limda quyidagilar “tayyor” termini anglatadi:
(a) qirqilgan, lekin kvadratlar yoki to'g'riburchaklar shaklida emas;
(b) foydalanishga yaroqli bo'lgan yakuniy ko'rinishda (yoki faqatgina ajratuvchi iplarni qirqish yo'li bilan ajratishni talab qiluvchi) taqdim etilgan va tikish yoki boshqa ishlov berishlar (masalan, salfetkalar, sochiqlar, dasturxonlar, sharflar, adyollar) talab qilmaydigan;
(v) o'lcham bo'yicha qirqilgan va eng kamida bitta ko'tarilgan yoki presslangan ko'rinishli termik payvandlangan chetki tomonga ega va boshqa chetki tomonlari mazkur izohning istalgan boshqa bandida tavsiflangandek ishlov berilgan, lekin kesilgan chetki tomonlarini to'kilishdan saqlash faqat chatish yoki boshqa oddiy usulda ishlov berilgan materiallar bundan mustasno;
(g) kesilgan yoki bukilgan kromkali yoki istalgan chetki tomonlari halqali baxromali, lekin kesilgan chetki tomonlarini to'kilishdan saqlash faqat chatish yoki boshqa oddiy usulda ishlov berilgan materiallar bundan mustasno;
(d) berilgan o'lcham bo'yicha kesilgan va chetki tomonlari iplarni chiqarish yo'li bilan ishlov berilgan;
(ye) tikilgan, yelimlangan yoki boshqa usul bilan birlashtirilgan (ikki yoki undan ortiq bir turdagi materiallar polotnosidan iborat bo'lgan, chetki tomonlari bir-biriga tikilgan donali buyumlar va ikki va undan ortiq to'qimachilik materiallaridan iborat bo'lgan, qavatli shaklda birlashtirilgan, yumshoq qavatli yoki usiz, donali buyumlar);
(j) to'qish mashinalarida yoki qo'l usulida shakli bo'yicha alohida buyumlar ko'rinishida yoki bir nechta birlashtirilgan buyumlar ko'rinishida to'qilgan.
8. 50 – 60-guruhlarga:
(a) 50 – 55 va 60-guruhlarga va, agarda konteksda boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa, 56 – 59-guruhlarga 7-izohga muvofiq tayyor hisoblanuvchi tovarlar kiritilmaydi; va
(b) 50 – 55 va 60-guruhlarga 56 – 59-guruh tovarlari kiritilmaydi.
9. 50-55-guruh matolari bir-biriga o'tkir yoki to'g'ri burchaklar ostida joylashgan parallel to'qimachilik iplari qavatlaridan iborat matolarni qamrab oladi. Bu qavatlar iplar kesishadigan joylarda yelim moddalar yoki termobirlashish bilan mahkamlangan.
10. Tarkibida rezina iplari bo'lgan to'qimachilik materiallaridan iborat bo'lgan elastik buyumlar mazkur bo'limga kiritiladi.
11. Mazkur bo'limdagi “shimdirilgan” atamasi bo'ktirish usuli bilan ishlov berishni ham anglatadi.
12. Mazkur bo'limdagi “poliamidlar” atamasi “aramidlar”ga ham taalluqli.
13. Mazkur bo'limda va, qayerda qo'llash mumkin bo'lsa, butun Nomenklaturada “elastomer ip” atamasi kopleks ipni anglatadi, shu jumladan, teksturlangan ipdan boshqacha bo'lgan sun'iy to'qimachilik materialidan tayyorlangan monoipni anglatadi. Bunda teksturlangan ip dastlabki uzunligiga nisbatan uch barobar cho'zilganda, uzilmaydi va dastlabki uzunligiga nisbatan ikki barobar cho'zilib besh daqiqa ushlab turilganda, o'zining dastlabki uzunligining bir yarim barobaridan ortiq bo'lmagan uzunlikkacha qaytadi.
14. Agar konteksda boshqacha aytilmagan bo'lsa, turli tovar pozitsiyalilarga taalluqli bo'lgan to'qimachilik materiallaridan kiyim predmetlari chakana savdoga mo'ljallangan to'plamlarda taqdim etilsa ham mos keluvchi tovarlar pozitsiyalariga kiritilishlari shart. Shu izohdagi “to'qimachilik materiallaridan kiyimlar predmetlari” atamasi 6101 – 6114 va 6201 – 6211-tovarlar pozitsiyalarida nomlari ko'rsatilgan kiyimlar predmetlarini anglatadi.
15. Mazkur bo'limdagi 1-izoh qoidalariga amal qilgan holda qo'shimcha funksiyalarni bajaruvchi, kimyoviy, mexanik yoki elektron komponentlari bo'lgan, ushbu komponentlar tolaga yoki material ichiga o'rnatilgan yoki o'rnatilmaganligidan qat'iy nazar, to'qimachilik materiallari, kiyimlar predmetlari va boshqa to'qimachilik buyumlari XI bo'limning tegishli tovarlar pozitsiyalarida tasniflanadi, agar ular mazkur bo'lim tovarlarining asosiy xususiyatlarini saqlab qolayotgan bo'lsa.
Subpozitsiyalarga izohlar:
1. Mazkur bo'limda va qayerda qo'llash mumkin bo'lsa, butun nomenklaturada quyida keltirilgan atamalar quyidagilarni anglatadi:
(a) “oqartirilmagan yigirilgan ip”:
(i) uning tolalari hosil qiluvchi tabiiy rangga ega va oqartirish, bo'yash (massada yoki massada emas) yoki gul bosishdan o'tmagan; yoki
(ii) titilgan xomashyodan tayyorlangan noaniq rangga (“xom ip”) ega. Bunday yigirilgan ip rangsiz appret yoki barqaror bo'lmagan bo'yoq (sovun bilan oddiy yuvilganda yo'q bo'ladigan) bilan ishlov berilgan, kimyoviy tolalar bo'lganda esa, massada matirlovchi vosita (masalan, dioksid titan) bilan ishlov berilgan bo'lishi mumkin.
(b) “oqartirilgan yigirilgan ip”:
(i) oqartirish jarayonidan o'tgan, oqartirilgan tolalardan tayyorlangan yoki agar konteksda boshqa narsa ko'rsatilmagan bo'lsa, oq rangga bo'yalgan (massada yoki massada emas) yoki oq appret bilan ishlov berilgan;
(ii) oqartirilmagan va oqartirilgan tolalar aralashmasidan iborat iborat; yoki
(iii) oqartirilmagan va oqartirilgan iplardan iborat bo'lgan, bir nechta buramli (eshilgan) yoki bitta buramli yigirilgan ip.
(v) “rangli (bo'yalgan yoki gul bosilgan) yigirilgan ip”:
(i) oq yoki barqaror bo'lmagan rangdan boshqa ranglarga bo'yalgan (massada yoki massada emas), yoki gul bosilgan, yoki bo'yalgan yoki gul bosilgan tolalardan tayyorlangan;
(ii) turli rangda bo'yalgan tolalar aralashmasidan yoxud oqartirilmagan yoki oqartirilgan tolalarni bo'yalgan tolalar bilan aralashmasidan (ikki rangli pilikdan yigirilgan ip yoki melanj yigirilgan ipi) yoki nuqtalar ko'rinishini yaratish uchun oraliqlarda bir yoki bir nechta ranglarda gul bosilgan yigirilgan ip;
(iii) gul bosilgan lenta yoki pilikdan olingan; yoki
(iv) oqartirilmagan yoki oqartirilgan va bo'yalgan yigirilgan iplardan iborat bo'lgan ko'p buramli (eshilgan) yoki bir buramli yigirilgan ip. Yuqorida keltirilgan belgilashlar, tegishli o'zgartirishlar kiritilganda, 54-guruhdagi monoiplar va yassi yoki shu kabi iplarga qo'llaniladi.
(g) “oqartirilmagan matolar”: oqartirilmagan yigirilgan iplardan tayyorlangan va oqartirish, bo'yash yoki gul bosish ishlovidan o'tmagan. Bunday matolar rangsiz appretlash yoki barqaror bo'lmagan bo'yoqlarda bo'yalishi mumkin.
(d) “oqartirilgan matolar”:
(i) oqartirilgan, yoki konteksda boshqa narsa ko'rsatilmagan bo'lsa, oq rangga bo'yalgan yoki oq appret bilan ishlov berilgan, bo'lakda;
(ii) oqartirilgan yigirilgan ipdan tayyorlangan; yoki
(iii) oqartirilmagan yoki oqartirilgan yigirilgan iplardan tayyorlangan.
(ye) “bo'yalgan matolar”:
(i) oq rangga (agar konteksda boshqa narsa ko'rsatilmagan bo'lsa) bo'yalgandan tashqari, sidirg'a bo'yalgan matolar, yoki oq rangdan boshqa (agar konteksda boshqa narsa ko'rsatilmagan bo'lsa) rangli appretlashdan o'tgan bo'lakda; yoki
(ii) bir tusli bo'yalgan yigirilgan iplardan tayyorlangan.
(j) “turli rangdagi (gul bosilgan matolardan tashqari) yigirilgan iplardan tayyorlangan matolar”:
(i) turli rangdagi yigirilgan iplar yoki bir rangning turli tusidagi yigirilgan iplardan (uning tolalarining tabiiy rangidan tashqari) tayyorlangan;
(ii) oqartirilmagan yoki oqartirilgan yigirilgan iplar va bo'yalgan yigirilgan iplardan tayyorlangan; yoki
(iii) ikki rangli yoki melanj yigirilgan iplardan tayyorlangan. (Barcha holatlarda matoning kromkasini yoki oxirini xosil qiluvchi iplar e'tiborga olinmaydi.)
(z) “gul bosilgan matolar”: Iplari turli rangli iplardan tayyorlangan yoki tayyorlanmaganligidan qat'iy nazar, gul bosilgan matolar, bo'lakda. (Gul bosilgan matolarga, shuningdek, mo'yqalam yoki pulverizator bilan, trafaret, flokirovkalash usuli yoki batik usuli yordamida surat tushirilgan matolar ham kiradi.) Yuqorida keltirilgan belgilashlar bo'yicha yigirilgan ip yoki matolarning tasnifiga merserizatsiyalash ta'sir qilmaydi. Yuqorida keltirilgan subpozitsiyalarga izohlarning 1 (g) – 1 (z) bandlarida bayon etilgan belgilashlar, tegishli o'zgartirishlar kiritilgani holda, mashinada yoki qo'lda to'qilgan trikotaj matolarga qo'llaniladi.
(i) “polotno o'rilishli matolar”: strukturasida har bir arqoq ipi navbatma-navbat tanda iplari ustidan va tagidan ketma-ket o'tuvchi va har bir tanda ipi navbatma-navbat arqoq iplari ustidan va tagidan ketma-ket o'tuvchi matodir.
2. (A) Ikki yoki undan ortiq to'qimachilik materialidan iborat bo'lgan 56-63-guruhlardagi buyumlar, mazkur bo'limdagi 2-izohga muvofiq keladigan to'qimachilik materialidan butunlay iborat bo'lgan mahsulot sifatida ko'rib chiqiladi va 50-55-guruhlarga yoki 5809-tovarlar pozitsiyalaridagi to'qimachilik materiallaridan iborat bo'lgan mahsulotlarga taalluqli deb tanlanishi kerak. (B) Yuqorida keltirilgan qoidalar qo'llanilganda:
(a) qo'llash mumkin bo'lgan joyda, faqatgina Talqin etishning asosiy qoidalarining 3-qoidasiga muvofiq tasniflashni belgilaydigan qismi hisobga olinadi;
(b) agar to'qimachilik buyumi fon matosidan iborat bo'lsa va vorsli yoki ilmoqli sirtga ega bo'lsa, fon matosi e'tiborga olinmaydi;
(v) 5810-tovar pozitsiyadagi kashtalar va ulardan tayyorlangan buyumlar uchun faqat fon matolari e'tiborga olinadi. Biroq, ko'rinadigan fonsiz kashta va undan tayyorlangan buyumlar faqat kashtado'zlik iplari bo'yicha tasniflanishi kerak.
Pozitsiyalar
Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.
Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.