TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 49-guruh: Bosma kitoblar, gazetalar, reproduksiyalar va poligrafiya sanoatining boshqa buyumlari

Guruhga izohlar, 4901–4911 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Bosma kitoblar, gazetalar, reproduksiyalar va poligrafiya sanoatining boshqa buyumlari; qo'lyozmalar, mashinkada yozilgan matnlar va tarhlar eslatma:.

X bo'lim. Yog'ochdan yoki boshqa tolali sellyuloza materiallaridan massa; qayta tiklanuvchan qog'oz yoki karton (makulatura va chiqindilar); qog'oz, karton va ulardan ashyolar

49-guruhga izohlar

1. Ushbu guruhga quyidagilar kirmaydi:

(a) fotosuratlarning asosi shaffof bo'lgan negativlari va pozitivlari (37-guruh);

(b) chop etilgan yoki chop etilmagan relyefli jo'g'rofiy xaritalar, tarhlar yoki globuslar, (9023-tovar pozitsiyasi);

(v) o'yin qartalari yoki 95-guruhdagi boshqa mahsulotlar;

(g) gravyuralar, estamplar yoki litografiyalarning asl nusxalari (9702-tovar pozitsiyasi), pochta markalari yoki davlat boji markalari, pochta to'lovi belgilari, shu jumladan, hisobdan chiqarishning birinchi kuni belgisi, pochta kanselyariya ashyolari yoki 9704-tovar pozitsiyasidagi o'xshash buyumlar, yoshi 100 yildan oshgan antikvariatlar yoki 97-guruhdagi boshqa buyumlar;

2. 49-guruhda “bosma” atamasi ko'paytiruv mashinalarida qayta ishlab chiqarilgan, hisoblash mashinalari yordamida, shuningdek, bosma naqsh solish, rasmga olish, fotonusxa olish, termo nusxa ko'chirish yoki mashinkada yozish yo'li bilan olingan materiallarga ham tatbiq etiladi.

3. Qog'oz bilan muqovalanganlaridan tashqari, gazetalar, jurnallar va boshqa jildlangan davriy nashrlar hamda bitta muqova ostida bittadan ko'p nusxasi bo'lgan gazetalar, jurnallar va boshqa davriy nashrlar to'plami (podshivkasi) ularda reklama materiali borligidan qat'iy nazar 4901-tovar pozitsiyasiga kiradi.

4. 4901-tovar pozitsiyasiga quyidagilar ham kiradi:

(a) nashr qilingan reproduksiyalar to'plami, masalan, izohlovchi matni bo'lgan, sahifalari bir yoki bir nechta tomda taxlash qulay tarzda raqamlangan san'at asarlari yoki rasmlar to'plami;

(b) illyustratsiyali ilovalar, qo'shimcha yoki to'ldiruvchi muqovalangan tomlar;

(v) kitob yoki broshyuralarning butun asarni yoki uning qismini tashkil qiladigan va muqovalashga mo'ljallangan tanlangan yoki alohida varaqlar yoki signaturalar ko'rinishidagi qismi. Biroq izohlovchi matni bo'lmagan signaturalar yoki alohida varaqlar shaklidagi kartinalar yoki illyustratsiyalar reproduksiyalari 4911-tovar pozitsiyasiga kiritiladi.

5. Basharti ushbu guruhga 3-eslatma qoidalariga rioya etilsa, mazmunan reklamaga bag'ishlangan nashrlar (masalan, savdo uyushmalari va sayyohlik prospektlari tomonidan chop etiladigan broshyuralar, savdo-sotiq ma'lumotnomalari (prospektlar), varaqalar, savdo kataloglari, yillik to'plamlar) 4901-tovar pozitsiyasiga kiritilmaydi. Bunday nashrlar 4911-tovar pozitsiyasiga kiritiladi.

6. 4903-tovar pozitsiyasida “bolalar uchun rasm-kitoblar” atamasi bolalar uchun mo'ljallangan va asosiy material rasmlar bo'lib, matnlar esa yordamchi material hisoblanuvchi kitoblarni anglatadi.

Pozitsiyalar

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.