TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 48-guruh: Qog'oz va karton

Guruhga izohlar, 4801–4823 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Qog'oz va karton: qog'oz massasi, qog'oz yoki kartondan tayyorlangan buyumlar.

X bo'lim. Yog'ochdan yoki boshqa tolali sellyuloza materiallaridan massa; qayta tiklanuvchan qog'oz yoki karton (makulatura va chiqindilar); qog'oz, karton va ulardan ashyolar

48-guruhga izohlar

Izohlar:

1. Ushbu guruhda, agar matnda boshqa holatlar nazarda tutilmagan bo'lsa, “qog'oz” atamasi kartonga nisbatan qo'llaniladi (qalinligi yoki 1 m² ning massasidan qat'iy nazar).

2. Quyidagilar ushbu guruhga kirmaydi:

(a) 30-guruhdagi buyumlar;

(b) 3212-tovar pozitsiyasidagi bosib naqsh tushirish uchun folga;

(v) xushbo'ylashtirilgan qog'oz yoki kosmetika vositalari shimdirilgan yoki qoplangan qog'oz (33-guruh);

(g) sovun yoki tozalash vositasi (3401-tovar pozitsiyasi) yoki polirovkalovchi moddalar, kremlar yoki shunga o'xshash vositalar (3405-tovar pozitsiyasi) shimdirilgan yoki qoplangan qog'oz yoki sellyuloza vata;

(d) 3701 – 3704-tovar pozitsiyalaridagi ta'sirchanligi oshirilgan qog'oz yoki karton;

(ye) diagnostika yoki laboratoriya reagentlari (3822-tovar pozitsiyasi) shimdirilgan qog'oz;

(j) qog'oz to'ldirilgan listli qatma-qat plastmassa yoki agar materialning butun qalinligining yarmidan ko'pini plastmassa tashkil qilsa, plastmassa qatlami bilan qoplangan bir qavat qog'oz yoki karton yoxud shunga o'xshash materiallardan buyumlar, 4814-tovar pozitsiyasidagi (39-guruh) devorga ishlatiladigan qoplamalar bundan mustasno;

(z) 4202-tovar pozitsiyasidagi buyumlar (masalan, safar buyumlari);

(i) 46-guruh buyumlari (to'qish materiallaridan tayyorlangan buyumlar);

(k) qog'oz ip yoki undan tayyorlangan to'qimachilik buyumlari (XI bo'lim);

(l) 64- yoki 65-guruhdagi buyumlar;

(m) abraziv qog'oz yoki karton (6805-tovar pozitsiyasi) yoki asosi qog'oz yoki kartonli slyuda (6814-tovar pozitsiyasi) (biroq slyudali kukun bilan qoplangan qog'oz yoki karton ushbu guruhga kiradi);

(n) asosi qog'oz yoki karton bo'lgan metall folga (odatda XIV yoki XV bo'lim);

(o) 9209-tovar pozitsiyasidagi buyumlar;

(p) 95-guruh buyumlari (masalan, o'yinchoqlar, o'yinlar, sport anjomlari); yoki

(r) 96-guruh buyumlari (masalan, tugmalar, ayollar gigiyenik prokladka va tamponlari, bolalar yo'rgagi va tagliklar.

3. Ushbu guruhga 7-izoh qoidalariga amal qilingan taqdirda, 4801 – 4805-tovar pozitsiyalariga kalanderlangan (yoyilgan), super-kalanderlangan, pardoz berilgan yoki shunga o'xshash ishlov berilgan, suv belgisi tushirilgan yoki yuzasi yelimlangan qog'oz va karton, shuningdek, sellyuloza tolasidan tayyorlangan, har qanday usulda bo'yalgan yoki to'liq massasi marmar ko'rinishida ishlangan qog'oz, karton, sellyuloza momig'i hamda matosi kiradi. 4803-tovar pozitsiyasida alohida izoh berilgan hollardan tashqari ushbu tovar pozitsiyalariga boshqacha usulda ishlov berilgan qog'oz, karton, sellyuloza vatasi yoki matosi kirmaydi.

4. Ushbu guruhdagi “gazeta qog'ozi” atamasi tarkibidagi tola umumiy massasining kamida 50 foizi mexanik yoki kimyoviy-mexanik usul bilan olingan taxta tolasidan iborat bo'lgan, yelimlanmagan yoki yengil yelimlangan, har tarafdan dag'al yuzali, 1 m2ning massasi eng kamida 40 g, lekin 65 g dan ko'p bo'lmagan, Parker Print Surf (1MPa) apparatida o'lchangan, 2,5 mkm (mikron)dan ko'p bo'lgan, gazetalarni chop etishda foydalaniladigan, silliqlanmagan qog'oz hisoblanadi hamda faqat:

(a) polosali yoki lentali, yoki eni 28 smdan ko'p bo'lgan rulonlardagi; yoki

(b) yoyiq holdagi o'lchovi bir tomoni 28 smdan, boshqa tomoni esa 15 smdan ko'p bo'lgan to'g'ri to'rtburchakli (shuningdek, kvadrat) listlardagi qog'ozga nisbatan qo'llaniladi.

5. 4802-tovar pozitsiyasidagi “yozuv, bosma yoki boshqa grafik maqsadlarda foydalaniladigan qog'oz va karton” va “teshilmagan kartalar va teshilmagan qog'oz lentalar” atamalari asosan oqartirilgan massa yoki mexanik yoki kimyoviy-mexanik usul bilan olingan massadan tayyorlangan hamda quyidagi mezonlarning har qaysisiga mos keladigan qog'oz va kartonni anglatadi: (A) 1 m²ning massasi 150 g dan ko'p bo'lmagan qog'oz yoki karton uchun:

(a) tarkibida mexanik yoki kimyoviy-mexanik usul bilan olingan tola 10 foiz yoki undan ko'p bo'lgan, va (1) 1 m²ning massasi 80 g dan ko'p bo'lmagan, yoki (2) massasi bo'yalgan; yoki

(b) ohorlanganlik darajasi 8 foizdan ko'p bo'lgan, va (1) 1 m²ning massasi 80 g dan ko'p bo'lmagan, yoki (2) massasi bo'yalgan; yoki

(v) ohorlanganlik darajasi 3 foizdan ko'p va oqartirilganlik darajasi 60 foiz yoki undan ko'p bo'lgan; yoki

(g) ohorlanganlik darajasi 3 foizdan ko'p, lekin 8 foizdan ko'p bo'lmagan hamda bosilganlik indeksi 2,5 kPa·m²/g ga teng yoki undan kam bo'lgan; yoki

(d) ohorlanganlik darajasi 3 foizdan kam, oqartirilganlik darajasi 60 foiz yoki undan ko'p bo'lgan hamda 2,5 kPa·m²/g ga teng yoki undan kam bo'lgan. (B) 1 m²ning massasi 150 g dan ko'p bo'lgan qog'oz yoki karton uchun:

(a) massasi bo'yalgan; yoki

(b) oqartirilganlik darajasi 60 foiz yoki undan ko'p bo'lgan hamda (1) qalinligi 225 mkm (mikron) yoki undan kam bo'lgan, yoki (2) qalinligi 225 mkm (mikron) dan ko'p, lekin 508 mkm (mikron)dan ko'p bo'lmagan hamda ohorlanganlik darajasi 3 foizdan ko'p bo'lgan; yoki

(v) oqartirilganlik darajasi 60 foizdan kam, qalinligi 254 mkm (mikron) yoki undan kam va ohorlanganlik darajasi 8 foizdan ko'p bo'lgan. Biroq 4802-tovar pozitsiyasiga filtrlaydigan qog'oz yoki karton (jumladan paketchali choy uchun qog'ozlar) yoki tom yopishda ishlatiladigan qog'oz yoki karton kirmaydi.

6. Ushbu guruhda “kraft-qog'oz va kraft-karton” atamasi tarkibidagi umumiy tola massasining 80 foizi kimyoviy sulfatli yoki natron usul bilan olingan toladan iborat bo'lgan qog'oz va kartonni anglatadi.

7. 4801 dan 4811-pozitsiyagacha ikki yoki undan ortiq tovar pozitsiyalariga kiritilishi mumkin bo'lgan qog'oz, karton, sellyuloza momig'i hamda sellyuloza tolalaridan tayyorlangan mato tovar pozitsiyalarida alohida izoh berilgan holatlardan tashqari, aytib o'tilgan tovar pozitsiyalari orasida kodlar o'sib borishi tartibida oxirgi tovar pozitsiyasiga kiritiladi.

8. 4803 – 4809-tovar pozitsiyalariga faqat qog'oz, karton, sellyuloza momig'i va sellyuloza tolalaridan tayyorlangan matolarning quyidagilari kiritiladi:

(a) eni 36 smdan ko'p bo'lgan polosali yoki lentali, yoki rulonlarda bo'lgan; yoki

(b) yoyiq holda o'lchami bir tomoni 36 smdan, boshqa tomoni esa 15 smdan ko'p bo'lgan to'g'ri to'rtburchakli (shuningdek, kvadrat) listlarda.

9. 4814-tovar pozitsiyasidagi “gulqog'ozlar va shunga o'xshash devor qoplamalari” atamasi faqat quyidagilarni anglatadi:

(a) devor yoki shiftlarni bezatish uchun mo'ljallangan, eni 45 sm kam va 160 smdan ko'p bo'lmagan quyidagi rulonli qog'ozlar:

(i) dona-dona naqsh bosilgan, relyefli rasm solingan, sirti bo'yalgan, bosma rasm tushirilgan yoki yuzasi boshqacha usulda bezatilgan (masalan, tukli mato bilan), shaffof plastmassa himoya qatlami bilan qoplangan yoki qoplanmagan;

(ii) yog'och-taxta, poxol va boshqa zarralardan iborat bo'lgan dag'al yuzali;

(iii) yuza qismi plastmassa qoplamali, bunda ushbu qatlamga dona-dona naqsh bosilgan, relyefli rasm solingan, bo'yalgan, bosma rasm tushirilgan yoki boshqacha bezatilgan bo'lishi lozim; yoki

(iv) yuza tarafi to'qilgan yoki to'qilmagan, yoki yigirilgan ip bilan parallel ulangan yoki ulanmagan to'qish materiallari bilan qoplangan;

(b) yuqorida qayd etilgan usullar bilan ishlov berilgan, rulonlarda yoki rulonlarda bo'lmagan, devor va shiftlarni bezatish uchun yaroqli qog'oz bordyurlar va hoshiyalar;

(v) birgalikda devorda peyzaj, rasm yoki naqsh hosil qiluvchi, bosma tasvirli, rulonlar yoki listlardagi, bir nechta panellardan tayyorlangan qog'ozdan yasalgan devor qoplamalari. Ham pol qoplamasi, ham devor qoplamalari sifatida foydalanish uchun yaroqli, asosi qog'oz yoki karton bo'lgan buyumlar 4823-tovar pozitsiyasiga kiritiladi.

10. 4820-tovar pozitsiyasiga o'lcham bo'yicha kesilgan, bosilgan yoki bosilmagan, naqsh solingan yoki solinmagan, teshilgan yoki teshilmagan alohida listlar va kartalar kiritilmaydi.

11. 4823-tovar pozitsiyasiga, inter alia, jakkard yoki shunga o'xshash mashinalar uchun teshilgan qog'oz yoki karton perfokartalar va qog'ozdan yasalgan to'rlar kiritiladi.

12. 4814- yoki 4821-tovar pozitsiyasiga kiritilgan buyumlardan tashqari, asosiy maqsadiga ko'ra maxsus bosma naqsh, rasm yoki tasvir tushirilgan qog'oz, karton, sellyuloza qog'ozi va ulardan tayyorlangan buyumlar 49-guruhga kiritiladi.

Subpozitsiyalarga izoh:

1. 4804 11 va 4804 19-subpozitsiyalaridagi “kraft-layner” atamasi tarkibidagi umumiy tola massasining kamida 80 foizi kimyoviy sulfatli yoki natron usul bilan olingan yog'och-taxta toladan iborat, rulonlarda bo'lgan, mashina usulida bezak berilgan yoki pardozlangan qog'oz va kartonni anglatadi. Bunday buyumlarning 1 m² massasi 115 g dan oshadi hamda Myullen bo'yicha bosishga minimal qarshiligi quyida keltirilgan jadvaldagi ko'rsatkichlarga mos keladi. 1 m² massaning boshqa qiymatlarida bosishga qarshilik darajasi chiziqli interpolyatsiya yoki ekstrapolyatsiya orqali aniqlanadi. Massa, Myullen bo'yicha bosishga minimal g/m² qarshilik, kPa 115 393 125 417 200 637 300 824 400 961

2. 4804 21- va 4804 29-subpozitsiyalaridagi “kraft-layner” atamasi tarkibidagi umumiy tola massasining kamida 80 foizi kimyoviy sulfatli yoki natron usul bilan olingan yog'och-taxta toladan iborat, rulonlarda bo'lgan, mashina usulida pardozlangan qog'ozni anglatadi. 1 m² shunday qog'ozning massasi kamida 60 g va ko'pi bilan 115 g dan iborat; ushbu qog'oz quyida keltirilgan shartlardan biriga mos kelishi lozim:

(a) Myullen bo'yicha bosish indeksi kamida 3,7 kPa·m²/g, tortishish koeffitsiyenti ko'ndalang yo'nalishda 4,5 foizdan ko'p, uzunasiga yo'nalishda 2 foizdan ko'p bo'lishi;

(b) ezilishga minimal qarshiligi hamda uzilishga mustahkamligi quyida keltirilgan jadvalda ko'rsatilgan kattaliklarga muvofiq kelishi, 1 m² massaning boshqa ko'rsatkichlarida ular chiziqli interpolyatsiya usuli bilan aniqlanadi: Massa, Ezilishga minimal qarshilik, mN Uzilishga minimal mustahkamlik, kN/m g/m² Uzunasiga va Uzunasiga va Uzunasiga Ko'ndalang ko'ndalang ko'ndalang yo'nalishda yo'nalishda yo'nalishda yo'nalishda 60 700 1510 1,9 6 70 830 1790 2,3 7,2 80 965 2070 2,8 8,3 100 1230 2635 3,7 10,6 115 1425 3060 4,4 12,3

3. 4805 11-subpozitsiyasidagi “yarimsellyulozadan gofrirovka qilish uchun qog'oz” atamasi tola umumiy massasining 65 foizi yaproqli yog'och taxtaning oqlanmagan, mexanik va kimyoviy jarayonlar birikuvidan olingan tolalaridan tashkil topgan rulondagi qog'oz bo'lib, uning bosimga qarshiligi CMT 30 usuli bilan o'lchanganda (30 daqiqa saqlanadigan Corrugated Medium Test) 50 foiz nisbiy namlik va 23°S haroratda 1,8 N·m²/g dan oshadi.

4. 4805 12-subpozitsiyasiga asosan mexanik va kimyoviy jarayonlar birikuvidan olinuvchi poxol sellyulozadan ishlangan, 1 m² massasi 130 g va undan yuqori bo'lgan rulondagi qog'oz kiritiladi. Uning bosimga qarshiligi CMT 30 usuli bilan o'lchanganda (30 daqiqa saqlanadigan Corrugated Medium Test) 50 foiz nisbiy namlik va 23°S haroratda 1,4 N·m²/g dan oshadi.

5. 4805 24- va 4805 25-subpozitsiyalariga to'liq yoki asosan regeneratsiya qilinadigan qog'oz yoki kartondan (makulatura va chiqit) olingan massadan tayyorlanadigan qog'oz va karton kiritiladi. Test-layner, shuningdek, bo'yalgan yoki regeneratsiya qilinmagan oqlangan yoki oqlanmagan massadan olinuvchi qog'ozdan iborat yuza qatlamga ega bo'lishi mumkin. Bunday buyumlar Myullen bo'yicha 2 kPa·m²/g dan kam bo'lmagan bosim indeksiga ega bo'ladi.

6. 4805 30-subpozitsiyasida “sulfatli o'ram qog'ozi” atamasi mashina usulida bezak berilgan, tarkibidagi tola umumiy massasining 40 foizidan ortig'i kimyoviy sulfat yo'li bilan olinuvchi yog'och toladan iborat bo'lgan, ohorlanganlik darajasi 8 foizdan ko'p bo'lmagan va Myullen bo'yicha bosim indeksi 1,47 kPa·m²/g dan kam bo'lmagan qog'ozni anglatadi.

7. 481022-subpozitsiyasidagi “yengil oqlangan qog'oz” atamasi har ikki tomoni oqlangan, 1 m²ning umumiy massasi 72 g dan oshmaydigan hamda 1 m² massaning qoplama qavati har bir yuza uchun 15 g dan oshmaydigan va tola umumiy massasining kamida 50 foizi mexanik usul bilan olingan yog'och-taxta toladan iborat qog'ozni anglatadi.

Pozitsiyalar

4801Rulon yoki listlarda gazeta qog'ozi0% 4802Yozish, bosib chiqarish yoki boshqa grafik maqsadlarda ishlatiladigan oq silliq qog'oz va karton, har qanday o'lchamdagi rulonlarda yoki…0% 4803Qog'ozdan tayyorlangan tualet salfetkalari yoki yuz artish uchun salfetkalar, sochiqlar yoki xo'jalik-maishiy yoxud sanitariya-gigiyena…20% 4804Kraft qog'oz va kraft karton0% 4805Qog'oz va karton qoplamasiz boshqalar, rulonlarda yoki listlarda bo'lgan, ushbu guruhga 3-izohida ko'rsatilgan shaklda qo'shimcha ishlov…10% 4806O'simlik pergamenti, yog' o'tkazmaydigan qog'oz, kalka va pergamin hamda boshqa shaffof yoki yarim shaffof yaltiroq qog'oz, rulonlarda yoki…0% 4807Ko'p qatlamli qog'oz va karton10% 4808Gofrirovka qilingan qog'oz va karton10% 4809Nusxa ko'chirish qog'ozi, o'zidan va boshqa shaklda nusxa ko'chirish yoki kopirka qog'ozi0% 4810Qog'oz va karton, yuzasi bo'yalgan yoki bo'yalmagan, bir yoki ikkala tomoni kaolin0% 4811Qog'oz, karton, sellyuloza vatasi va sellyuloza tolali polotno, qoplamali, shimdirilgan, laminatlangan, yuzasi bo'yalgan yoki bezatilgan…0% 4812Qog'oz massasidan tayyorlangan bloklar, plitalar va filtrli plastinalar0% 4813Papiros qog'ozi, kesilmagan yoki o'lcham bo'yicha yoxud kitobcha yoki trubka shaklida kesilgan10% 4814Gulqog'ozlar va shunga o'xshash devor qoplamalari10%
4815pozitsiya chiqarilgan
4816Nusxa ko'chirish qog'ozi, o'zidan va boshqa shaklda nusxa ko'chirish yoki kopirka qog'ozi0% 4817Qog'oz yoki kartondan konvertlar, xatlar uchun kartochkalar, rasmsiz pochta otkritkalari va yozishma uchun kartochkalar20% 4818Tualet qog'ozi va shunga o'xshash qog'ozlar, sellyuloza vatasi yoki sellyuloza tolasidan mato eni 36 sm dan oshmaydigan rulonlarda yoki…20% 4819Qog'oz, karton, quti, qoplar, paketlar va boshqa qadoqlash taralari, sellyuloza vatasi yoki sellyuloza tolalardan tayyorlangan20% 4820Ro'yxatga olish jurnallari, buxgalteriya kitoblari, yozuv kitoblari, buyurtma yozish kitoblari, kvitansiya kitoblari, xatlar, eslatmalar…10% 4821Qog'ozdan yoki kartondan tayyorlangan barcha turdagi yorliqlar va etiketkalar, bosilgan yoki bosilmagan10% 4822Qog'oz massasidan, qog'ozdan yoki kartondan bobinalar, g'altaklar, naycha va shunga o'xshash ushlagichlar10% 4823Qog'oz, karton, sellyuloza vatasi va sellyuloza tolali mato, boshqa buyumlari o'lcham yoki shakl bo'yicha kesilgan15%

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.