Guruhning nomenklaturadagi nomi: Poxol, somon va boshqa to'qish materiallaridan buyumlar; savatsimon va to'qilgan buyumlar.
46-guruhga izohlar
Izohlar:
1. Ushbu guruhdagi “to'quv materiallari” atamasi to'qish, qayta to'qish yoki shu kabi jarayonlar uchun yaraydigan ko'rinishda yoki holatda bo'lgan materiallarni anglatadi; bu materiallarga somon, tol, bambuk, rotang palmasi, qamish, yog'och tasmalar, boshqa o'simlik materiallaridan yasalgan tasmalar (masalan, po'stlog'ining tasmalari, ingichka barglar va rafiya yoki keng barglardan kesilgan tasmalar), yigirilmagan tabiiy to'qimachilik tolalari, plastmassadan tayyorlangan mono ip va tasma yoki lenta va shu kabi shakllar hamda qog'ozdan tayyorlangan tasma yoki lenta kiradi, lekin tabiiy teridan yoki kompozitsion teridan, kigiz yoki fetrdan yoki noto'qima materiallardan tayyorlangan tasma va lentalar, inson sochlari, ot sochi, to'qimachilik xom ipi yoki yigirilgan ip, yoki 54-guruhdagi monoip va yassi ip va shu kabi iplar kirmaydi.
2. Ushbu guruhga kiritilmaydi:
(a) 4814-tovar pozitsiyasidagi devor qoplamalari;
(b) chilvirlar, arqonlar, kanatlar va troslar, o'rilgan yoki o'rilmagan(5607-tovar pozitsiyasi);
(v) 64- va 65-guruhning poyabzallari yoki bosh kiyimlari yoki ularning detallari yoki qismlari;
(g) to'quv materiallaridan transport vositalari yoki ularning kuzovlari (87-guruh);
(d) 94-guruhning buyumlari (masalan, mebel, chiroqlar va yoritish uskunalari).
3. 4601-tovar pozitsiyasida “to'qish uchun materiallar, to'qilgan va to'qish uchun materiallardan parallel yigirilgan iplarga bog'langan shu kabi buyumlar” atamasi to'qish uchun materiallarni, to'qilgan buyumlarni va to'qimachilik materialiga birlashtirish uchun ishlatilishi yoki ishlatilmasligidan qat'iy nazar, to'qish uchun materiallardan parallel yigirilgan iplarga bog'langan shu kabi buyumlarni anglatadi.
Pozitsiyalar
Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.
Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.