TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 44-guruh: Yog'och va undan tayyorlangan mahsulotlar

Guruhga izohlar, 4401–4421 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Yog'och va undan tayyorlangan mahsulotlar; pista ko'mir.

IX bo'lim. Yog'och va undan tayyorlanadigan buyumlar: pista ko'mir; po'kak va undan tayyorlangan buyumlar; somondan, alfdan va boshqa to'qish materiallaridan tayyorlangan buyumlar; savat va boshqa to'qilgan buyumlar

44-guruhga izohlar

Izohlar:

1.Ushbu guruhga kiritilmaydi:

(a) asosan parfyumeriyada, farmatsevtikada yoxud insektitsid, fungitsid yoki analogik maqsadlarda ishlatiladigan payraha, qirindi, strujka yoki kukun ko'rinishidagi yog'och (1211-tovar pozitsiyasi);

(b) asosan to'qishda ishlatiladigan bambuk yoki yog'och tabiatli boshqa materiallar, ishlov berilmaganlar, titilgan yoki titilmagan, bo'ylama arralanmagan yoki arralangan yoxud uzunasiga kesilgan yoki kesilmagan (1401-tovar pozitsiyasi);

(v) asosan bo'yash yoki oshlash uchun ishlatiladigan payraha, qirindi, strujka yoki kukun ko'rinishidagi yog'och ( 1404-tovar pozitsiyasi);

(g) faollashtirilgan pista ko'mir (3802-tovar pozitsiyasi);

(d) 4202-tovar pozitsiyasining buyumlari;

(ye) 46-guruh tovarlari;

(j) 64-guruhning poyabzallari yoki uning qismlari;

(z) 66-guruh tovarlari (masalan, soyabonlar, trostlar va ularning qismlari);

(i) 6808-tovar pozitsiyasining tovarlari;

(k) 7117-tovar pozitsiyasining bijuteriyalari;

(l) XVIII yoki XVII bo'lim tovarlari (masalan: mashinalarning qismlari, qoplamalar, qopqoqlar, mashina va apparaturalarning korpuslari va arava-soyabon ustalarining mahsulotlari);

(m) XVIII bo'lim tovarlari (masalan, soat korpuslari, musiqa asboblari va ularning qismlari);

(n) o'qotar qurollarning qismlari (9305-tovar pozitsiyasi);

(o) 94-guruh buyumlari (masalan, mebel, chiroqlar va yoritish uskunalari, yig'iladigan qurilish konstruksiyalari

(p) 95-guruh buyumlari (masalan, o'yinchoqlar, o'yinlar, sport inventari);

(r) 96-guruh buyumlari (masalan, chekish trubkalari va ularning qismlari, tugmalar, qalamlar, bir oyoqli, ikki oyoqli, uch oyoqli tirgovuchlar va analogik buyumlar), 9603 tovar pozitsiyasi buyumlari uchun yog'ochli korpuslar va ushlagichlardan tashqari;

(s) 97-guruh buyumlari (masalan, san'at asarlari).

2.Ushbu guruhda “zichlangan yog'och” atamasi kimyoviy yoki fizikaviy usulda ishlov berilgan (qatlamlar bir-biriga bog'lanadigan holatda, oddiy yelimlashga qaraganda, ishlov berish kuchliroq bo'lishi lozim), va natijada yuqori zichlikka yoki qattiqlikka erishgan, shu bilan birga mexanik mustahkamligi, kimyoviy yoki elektr ta'sirga qarshiligi yaxshilangan yog'och tushuniladi.

3.4414–4421-tovar pozitsiyalariga tegishli tavsifli yog'och-qirindi yoki analogik plitalar, yog'och-tolali plitalar, yog'och qatlamlaridan yoki yog'och buyumlarga analogik presslangan yog'ochdan tayyorlangan buyumlar kiritiladi.

4.4410-, 4411- yoki 4412-tovar pozitsiyalari buyumlariga, 4409-tovar pozitsiyasidagi buyumlar uchun xos bo'lgan, shakl-profil berilishi mumkin. Ular buralishi, gofrirovka va perfarovka qilinishi, to'g'ri to'rtburchak yoki kvadrat shaklidan boshqa shaklda kesilishi yoki shakllantirilishi, yoki boshqa har qanday usulda ishlov berilishi mumkin, shu shart bilan, bunday ishlov berish ushbu tovarlarga boshqa tovar pozitsiyalarining xususiyatlarini bermaydi.

5.Tig'i, ishchi qirrasi, ishchi yuzasi yoki boshqa ish qismi 82-guruhning 1-izohida ko'rsatib o'tilgan materiallarning har qanday turidan tayyorlangan asboblar 4417-tovar pozitsiyasiga kiritilmaydi.

6.Yuqoridagi 1-izoh talablariga rioya etish sharti bilan va kontekstdan boshqa narsa talab etilmagan bo'lmasa, mazkur guruhning tovar pozitsiyalaridagi “yog'och” atamasi bambuk va yog'och tabiatli boshqa materiallarga ham taalluqli bo'ladi.

Subpozitsiyalarga izohlar:

1.4401 31-subpozitsiyasida “yog'och granulalari” atamasi yog'ochni qayta ishlash sanoati, mebel sanoati yoki yog'ochga ishlov berish bo'yicha boshqa sanoatning qo'shimcha mahsuloti bo'lgan, to'g'ridan to'g'ri presslab yoki 3 mas.% dan oshmaydigan miqdorda bog'lovchi modda qo'shgan holda presslab aglomeratsiyalangan kesilgan strujka, payraha va qirindilarni anglatadi. Ushbu granulalar diametri 25 mm dan ortiq bo'lmagan va uzunligi 100 mm dan ortiq bo'lmagan silindr shakliga ega.

2.4401 32-subpozitsiyasida “yog'och briketlari” iborasi yog'ochni qayta ishlash sanoati, mebel sanoati yoki yog'ochga ishlov berish bo'yicha boshqa sanoatning qo'shimcha mahsuloti bo'lgan, to'g'ridan to'g'ri presslab yoki 3 mas.% dan oshmaydigan miqdorda bog'lovchi modda qo'shgan holda presslab aglomeratsiyalangan kesilgan strujka, payraha va qirindilarni anglatadi. Ushbu briketlar ko'ndalang kesimining eng kichik o'lchami 25 mm dan ortiq bo'lgan kub, ko'pyoqlik yoki silindr shakliga ega.

3.4407 13-subpozitsiyasida “S-P-F” abbreviaturasi aralash ekilgan qarag'ay, qoraqarag'ay va oqqarag'aydan olingan yog'ochni anglatadi, va bunda har bir daraxt turining miqdori o'zgarib turadi va aniq emas.

4.4407 14-subpozitsiyasida “Hem-fir” abbreviaturasi aralash ekilgan g'arb tsugasi va oqqarag'aydan olingan yog'ochni anglatadi, va bunda har bir daraxt turining miqdori o'zgarib turadi va aniq emas.

Qo'shimcha izohlar:

1.4405-tovar pozitsiyasida “yog'och uni” atamasi 0,65 mm teshikli elakda 8 mas.% dan ortiq bo'lmagan miqdori ushlanib qoladigan yog'och kukunini anglatadi.

2.4418 11 100 0, 4418 21 100 0 va 4420 90 910 0-subpozitsiyalarda “tropik turdagi daraxtlar yog'ochi” atamasi quyidagi turdagi daraxtlar yog'ochini anglatadi: Klayn aukumeyasi, qattiq qatronli triploxiton, silindirik entandrofragma foydali entandrofragma, ivorenzis kayya, Gekkel mimuzopsi, baland xlorofora yoki Afrika tik daraxti, Angola entandrofragmaasi, baland mansoniya, ilomba yoki angolez piknantusi, lovoa (turlari), sershox terminaliya, qanotli lofira, to'q qizil yog'ochli shoreya, och qizil yog'ochli shorea, bakau shoreyasi, turli xil turdagi shoreya daraxtlarining yog'ochlari, parashoreya, pentakme, shoreya daraxtining turli turlarining zabolon yog'ochi, parashoreya, fagutsin shoreyasi va shoreyaning boshqa turlari, xushbo'y frogrea, qo'sh qanot meva, Varburg gonistilyusi, xushbo'y dreabalanops yoki kamfara daraxti, tik, jongkong (jongkong), Beyker intsiyasi, yupqa qovurg'ali diyera, koompasiya, surinam virolasi, maxagoniy yoki qizil daraxt yoki (Swietenia spp.), g'ovakli feba, balza, Rio polikandri, Para polisandri va Braziliya pushti daraxti.

3.4403 49 950 2, 4407 29 150 2, 4407 29 830 1, 4407 29 850 1, 4407 29 950 1, 4408 39 550 1, 4408 39 550 5, 4408 39 550 8, 4408 39 700 1, 4408 39 850 1, 4408 39 850 5, 4408 39 850 8, 4408 39 950 1, 4408 39 950 5, 4408 39 950 8, 4412 10 000 1, 4412 10 000 4, 4412 31 900 1, 4412 41 000 1, 4412 51 000 1, 4412 91 000 1-subpozitsiyalarda “tropik turdagi daraxtlar yog'ochi” atamasi quyidagi turdagi daraxtlar yog'ochini anglatadi: tagbargli mitragin, ivorenzis kayyasi, afrormoziya (turlari), braxistegiya (turlari), xushbo'y fragreya, Gviana karapasi, yoki qisqichbaqa daraxti, aningreya (aningré), Afrika turreantusi, qanotli lofira, balau (balau), balsa, och pushti yog'ochli xushbo'y gvareya, pushti-qo'ng'ir yog'ochli xushbo'y gvareya, kopanfera prioriyasi, sedrela (turlari), Afrika piptadeniyasi, shoreya (turlari), lovoa (turlari), afzeliya, ivoren terminoliyasi, Goeld kordiyasi, pishloq daraxti, fuma (fuma), daraxtsimon kratoksilon, ilomba, yoki angolez piknantusi, g'ovaksimon feba, paratekoma, baland xlorofora, yoki Afrika tik daraxti, Braziliya kopali, yupqaqovurg'ali diyera, legalis kariniana, jongkong (jongkong), xushbo'y driabalanops, yoki kamfora daraxti, koompassiya, qo'shqanot meva (turlari), Kandoll entandrofragmasi, qizg'aldoqgulli sistantera, koto (koto), och-qizil yog'ochli shoreya, sershox terminaliya, kordiya (turlari), plantimissium (turlari), maxagoniy, yoki qizil daraxt, Gekkel mimuzopsi (turlari), kvaleya (turlaridan biri), baland mansoniya, tarriyetiya (turlari), bakau shoreyasi, xopeya (turlari), Beyker intsiyasi, merpaux (merpauh), anizoptera (turlari), moabi (moabi), foydali tarriyetiya, qattiq qatronli triploxiton, Klayn aukumeyasi, onzabyoki (onzabili), orey (orey), ovengkoy (ovengkol), ozigo yoki paxilobus, gibon pterokarpusi, dao dranontomelumi, Gvatemala polisandri, Para polisandri, Rio polisandri, Braziliya pushti daraxti, euksiflora parenzis, pau marfim (pau marfim), alstoniya kongenzis, yalang'och tetramerista, Gonduras voxiziyasi, Varburg gonistilyusi, silindrsimon entandrofragma, bombakopsis, botqoq psevdosindorasi, foydali entandrofragma, sukupira (sucupira), suren (suren) tauari (tauari), tik, Angola entandrofragmasi, balzamli gossveylerodendron, Surinam virolasi, shoreya daraxtining turli turlarining yog'ochi, parashoreya va pentakme, shoreyaning hamma turlarining (zabolon) yog'ochi, parashoreya, fagutsin shoreyasi.

Pozitsiyalar

4401Xoda, to'nka, shox, bog'langan shox-shabba yoki analogik ko'rinishdagi o'tinbop yog'och0% 4402Pista ko'mir0% 4403Ishlov berilmagan yog'och-taxta materiallari, po'stlog'i shilingan yoki shilinmagan yoki zaboloni bilan yoki yog'och qatlamining cheti…0% 4404Bochkasozlik yog'ochi0% 4405Yog'och juni0% 4406Temir yo'l va tramvay yo'llari uchun yog'och shpallar5% 4407Uzunasiga arralash yoki yorish, yo'nish yoki archish yo'li bilan olingan yog'och-taxta materiallari, randalash, shlifovkalash ishlovlari…0% 4408Qoplash uchun listlar0% 4409Arralangan yog'och-taxta materiallari0% 4410Yog'och-qirindili plitkalar, oriyentatsiyalangan qirindili plitkalar10% 4411Yog'ochdan yoki boshqa yog'ochlashgan materiallardan qatron yoki boshqa organik moddalar qo'shib yoki qo'shmasdan tayyorlangan…10% 4412Yelimlangan fanera, faneralangan panellar va analogik qatlamli yog'och10% 4413Blok, plita, brus yoki profillangan shakllarda preslangan yog'och10% 4414Rasmlar, fotografiyalar, ko'zgular va analogik predmetlar uchun yog'ochdan tayyorlangan ramalar20% 4415Yog'ochdan yasalgan yashiklar, quti, qadoqlash idishlari, barabanlar va analogik taralar20% 4416Bochkalar, bochkachalar, chanlar, kadkalar i boshqa bochkachali buyumlar va ularni qismlari, yog'ochdan10% 4417Yog'och asbob-uskunalar, ularning korpuslari va soplari, supurgi yoki cho'tkalarning qismlari va soplari, yog'ochdan15% 4418Duradgorlik buyumlari, yog'ochdan, qurilishga oid15% 4419Oshxona jihozlari, yog'ochdan20% 4420Yog'ochdan naqsh va qadama naqsh qilib tayyorlangan buyumlar20% 4421Boshqa yog'och buyumlar20%

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.