TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 43-guruh: Tabiiy va sun'iy mo'yna va undan tayyorlangan mahsulotlar

Guruhga izohlar, 4301–4304 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Tabiiy va sun'iy mo'yna va undan tayyorlangan mahsulotlar.

VIII bo'lim. Ishlov berilmagan teri, charm, tabiiy mo'yna va ulardan tayyorlangan mahsulotlar; egar-jabduq mahsulotlari va yuganlar; safar uchun anjomlar, sumkalar va shunga o'xshash mahsulotlar; hayvon ichki organlaridan tayyorlangan mahsulotlar (ipak qurtinig ipak hosil qiluvchi bezlaridan tashqari)

43-guruhga izohlar

Izohlar:

1. Butun nomenklatura bo'yicha 4301-pozitsiyadagi momiq mo'ynali xomashyodan tashqari “tabiiy mo'yna” atamasi jun qoplamining barcha hayvonlarning oshlangan terilariga nisbatan qo'llaniladi.

2. Ushbu guruhga quyidagilar kirmaydi:

(a) qushlarning terilari yoki ularning patlari (0505 yoki 6701 tovar pozitsiyasi);

(b) soch yoki jun bilan ishlov berilmagan terilar, 41-guruh (ushbu guruhning 1(v) izohiga qarang);

(v) tabiiy charmdan yoki mo'ynadan qo'lqoplar (4203-pozitsiya);

(g) 64-guruh mahsulotlari;

(d) bosh kiyimlar yoki ularning qismlari 65 guruh; yoki

(ye) 95 guruh mahsulotlari (masalan, o'yinchoqlar, o'yinlar, sport anjomlari).

3. Mo'ynali terilar va boshqa materiallar qo'shilgan holda oshlangan mo'yna terilari va ularning qismlari, kiyim-kechak yoki uning qismlari yoki aksessuarlari yoki boshqa buyumlar sifatida tikilgan mo'ynali terilar va ularning qismlari 4303-pozitsiyaga kiradi.

4. Astar tabiiy yoki sun'iy mo'yna bilan qoplangan yoki tashqi tomondan tabiiy yoki sun'iy mo'yna bilan qoplangan qiyim buyumlari va kiyim-kechak uchun aksessuarlar (yuqorida 2-bandda ko'rsatilganidan tashqari) tasniflanishiga ko'ra 4303- yoki 4304-guruh.

5. Butun nomenklatura bo'yicha “sun'iy mo'yna” atamasi tabiiy mo'ynaning to'qilgan yoki trikotaj taqlidlaridan tashqari charm, gazlama yoki boshqa materiallarga yopishtirilgan yoki tikilgan jun, soch yoki boshqa tolalarning har qanday biriktirilganini bildiradi (5801 yoki 6001 tovar pozitsiyalari).

Pozitsiyalar

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.