TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 42-guruh: Charm buyumlari

Guruhga izohlar, 4201–4206 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Charm buyumlari: egar-jabduq mahsulotlari va yuganlar; safar uchun anjomlar, sumkalar va shunga o'xshash mahsulotlar; hayvon ichki organlaridan tayyorlangan mahsulotlar (ipak qurtinig ipak hosil qiluvchi bezlaridan tashqari).

VIII bo'lim. Ishlov berilmagan teri, charm, tabiiy mo'yna va ulardan tayyorlangan mahsulotlar; egar-jabduq mahsulotlari va yuganlar; safar uchun anjomlar, sumkalar va shunga o'xshash mahsulotlar; hayvon ichki organlaridan tayyorlangan mahsulotlar (ipak qurtinig ipak hosil qiluvchi bezlaridan tashqari)

42-guruhga izohlar

Izohlar:

1. Ushbu guruhda “tabiiy charm” atamasi zamsh (shu jumladan, kombinatsiyalangan zamsh), laklangan, laminatlangan va metall tuzlari bilan ishlov berilgan charmni o'z ichiga oladi.

2. Ushbu guruhga quyidagilar kirmaydi:

(a) sterillangan jarrohlik ketguti yoki shunga o'xshash jarrohlik choklarida qo'llaniladigan boshqa steril materiallar (3006-tovar pozitsiyasi);

(b) astarlik qismi tabiiy yoki sun'iy mo'ynadan, yoki ayrimlarda ustki tomoni tabiiy yoki sun'iy mo'yna bilan qoplangan hamda mo'ynadan faqat pardozlovchi sifatida foydalanilgan kiyim-kechak va unga oid buyumlar (tovar pozitsiyasi – 4303 yoki 4304)

(v) to'rdan yasalgan buyumlar (tovar pozitsiyasi – 5608);

(g) 64-guruh buyumlari;

(d) 65-guruh oid bosh kiyimlar yoki ularning qismlari;

(ye) tovar pozitsiyasi 6602 bo'lgan qamchi, xivchin va boshqa buyumlar;

(j) tugma, bilaguzuk yoki boshqa bijuteriyalar (tovar pozitsiyasi – 7117);

(z) ot abzallari uchun pardozlovchi detallar, masalan uzangilar, suvluq, egar-jabduq uchun metall attorlik buyumlari va tasmalar alohida keltirilgan (asosan XV bo'limda);

(i) torlar, barabanlar uchun xom charm yoki boshqa musiqa asboblari uchun qo'llaniladigan shu kabi buyumlar (tovar pozitsiyasi – 9209);

(k) 94-guruhga oid buyumlar (masalan, mebel, yoritkichlar va yorituvchi jihozlar);

(l) 95-guruhga oid buyumlar (masalan, o'yinchoqlar, o'yinlar, sport anjomlari);

(m) tugmalar, knopka, ilgaklar, tugmalar uchun shakl yoki ular uchun qo'llaniladigan boshqa buyumlar, tovar pozitsiyasi 9606 bo'lgan tugmalar uchun yarim mahsulotlar;

3. (A) 2– izohning qoidalariga qo'shimcha ravishda, 4202-pozitsiya quyidagilarni istisno qiladi:

(a) plastmassadan tayyorlangan, rasmsiz va rasm tushirilgan, dastakli va uzoq muddat foydalanish uchun mo'ljallanmagan sumkalar (tovar pozitsiyasi – 3923)

(b) to'qilgan materiallardan tayyorlangan buyumlar (tovar pozitsiyasi – 4602). (B) Tovar pozitsiyasi 4202 va 4203 bo'lgan, qimmatbaho metall va metall saqlagan qismlardan, qimmatbaho metallar, tabiiy va sun'iy marvaridlar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar (tabiiy, sun'iy yoki qayta ishlangan) qoplangan buyumlar bilan bezatilgan va bu orqali buyumning asosiy qismlarini o'zgartirmagan buyumlar kiritiladi. Aks holda mazkur buyumlar 71-guruhga kiritiladi.

4. 4203-tovar pozitsiyasi bo'yicha “kiyim va kiyimga tegishli narsalar” interalia atamasi, qo'lqoplar va maxsus qo'lqoplar (himoya va sportda qo'llaniladiganlar ham kiradi), fartuklar va boshqa himoya kiyimlari, ilgaklar, kamarlar, soat bog'ichlaridan tashqari buyumlar kiradi (tovar pozitsiyasi – 9113).

Qo'shimcha izoh:

1. 4202-pozitsiyaning “yuza qismi” atamasi buyumning yuzasini ifodalaydi, qurollanmagan ko'z

bilan ko'rsa bo'ladigan kombinatsiyalashgan materiallardan iborat buyumlarni ifodalaydi, ya'ni

ko'rinadigan narsaning yuza qismi materiallariga nisbatan qo'llanilishi kerak, hatto bu

material ushbu materialni tashkil etuvchi materiallar birikmasining yuqori qatlami bo'lsa ham.

Pozitsiyalar

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.