TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 41-guruh: Xom terilar

Guruhga izohlar, 4101–4115 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Xom terilar (tabiiy mo'ynadan tashqari) va qayta ishlangan charm.

VIII bo'lim. Ishlov berilmagan teri, charm, tabiiy mo'yna va ulardan tayyorlangan mahsulotlar; egar-jabduq mahsulotlari va yuganlar; safar uchun anjomlar, sumkalar va shunga o'xshash mahsulotlar; hayvon ichki organlaridan tayyorlangan mahsulotlar (ipak qurtinig ipak hosil qiluvchi bezlaridan tashqari)

41-guruhga izohlar

Izoh:

1. Ushbu guruhga quyidagilar kirmaydi:

a) teri xomashyosining bo'lak qiyqimlari yoki shunga o'xshash teri xomashyosi chiqindilari (0511-

tovar pozitsiyasi);

(b) 0505- yoki 6701-tovar pozitsiyali qush terilari, patli va momiqli qismlari bilan;

v) ishlov berilmagan, oshlangan va qayta ishlangan terilar soch va jun qoplamli terilar (43-

guruh); biroq ishlov berilmagan soch va jun qoplamli yirik shoxli mol terilari (jumladan,

buyvollar),shu bilan birga, otlar, qo'ylar yoki qo'zilarning (qorako'l, fors yoki shunga o'xshash zotli

qo'zilar, shuningdek, hind, xitoy, mo'g'ul yoki tibet qo'zilaridan tashqari), echkilar yoki uloqchalari

(yaman, mo'g'ul yoki tibet zotlaridan tashqari), cho'chqalar (jumladan, amerika yovvoyi pekari

cho'chqalari), jayron, tuyalar (jumladan, bir o'rkachli), bug'ular, shimol bug'usi, kiyiklar yoki itlar

yoki itlarning xom terilari 41-guruhda tasniflanadi.

2. (A) 4104-4106-tovar pozitsiyasiga qayta oshlashga yo'naltirilgan (shu jumladan, oldindan

ko'llangan) terilar kirmaydi (4101-4103-tovar pozitsiyalari muayyan holatga bog'liq).

(B) 4104-4106-tovar pozitsiyalarida “krast” atamasi quritishdan oldingi oshga to'yintirish, bo'yash

va yog'lantirish jarayonlaridan o'tgan terilar ma'nosini anglatadi.

3. Butun Nomenklatura bo'yicha faqat “kompozitsion charm” atamasi 4115-tovar pozitsiyasiga

tegishli charmlar kiritiladi.

Pozitsiyalar

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.