TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 40-guruh: Kauchuk, rezina va ulardan tayyorlangan buyumlar

Guruhga izohlar, 4001–4017 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Kauchuk, rezina va ulardan tayyorlangan buyumlar.

VII bo'lim. Plastmassalar va ulardan tayyorlangan tovarlar, kauchuk, rezina va ulardan tayyorlangan tovarlar

VII bo'limga izohlar

Izohlar:

1. Ikki yoki undan ortiq alohida komponentlardan tashkil topgan to'plamlarda taqdim etilgan mahsulotlar, ularning ba'zilari yoki barchasi ushbu bo'limga kiritilgan va VI yoki VII bo'limga kiritilgan mahsulotni olish uchun aralashtirish uchun mo'ljallangan bo'lib, ushbu mahsulotga mos keladigan tovar pozitsiyasiga kiritilishi kerak, agar bu komponentlar quyidagi shartlarni bajarsa:

(a) qadoqlash usulini hisobga olgan holda, ularni qayta qadoqlamasdan birgalikda ishlatish uchun mo'ljallangan bo'lsa;

(b) qadog'i bilan birgalikda taqdim etiladi; va

(v) ularning asli qanday usulda tayyorlanishi yoki bir-birini to'ldiruvchi sifatida qanday nisbatda berilganligi bilan belgilanadi.

2. 3918- yoki 3919-tovar pozitsiyasidagi tovarlardan tashqari, ularning asosiy maqsadlari uchun maxsus qo'llaniladigan bosma naqshlar, chizmalar yoki tasvirlar bo'lgan plastmassalar, kauchuk va ulardan tayyorlangan mahsulotlar 49-guruhga kiradi.

40-guruhga izohlar

Izohlar:

1. Agar kontekstda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, unda “kauchuk” va “rezina” atamalari vulkanizatsiyalangan yoki vulkanizatsiyalanmagan, qattiq yoki qattiq bo'lmagan quyidagi mahsulotlarni anglatadi: tabiiy kauchuk, balatu, guttapercha, gvayula, chikl va shunga o'xshash tabiiy smolalar, sintetik kauchuk, yog'lardan olingan faktik va shu kabi materiallar qayta tiklangan shakli.

2. Ushbu guruhga kiritilmaydi:

(a) XI bo'lim mahsulotlari (to'qimachilik materiallari va to'qimachilik mahsulotlari);

(b) 64-guruhdagi poyabzal yoki uning qismlari;

(v) 65-guruhdagi bosh kiyimlar yoki ularning qismlari (jumladan, cho'milish qalpoqchalari);

(g) XVI bo'limdagi mexanik yoki elektr qurilmalari yoki ularning qismlari (barcha turdagi elektr texnika) qattiq rezinadan;

(d) 90-, 92-, 94- yoki 96-guruh mahsulotlari;

(ye) 95-guruhdagi mahsulotlar (sport qo'lqoplari, qo'lqop va 4011-4013tovar pozitsiyadagi mahsulotlar bundan mustasno).

3. 4001–4003 va 4005-tovar pozitsiyalardagi "birlamchi shakl" atamalar quyidagilarni bildiradi:

(a) suyuqlik va pastalar (vulkanizatsiyalangan va vulkanizatsiyalanmagan va boshqalar dispersiya va eritmalar);

(b) tartibsiz shakldagi bloklar, qismlar, kiplar, kukunlar, granulalar, burmalar va shunga o'xshash ommaviy shakllar.

4. Ushbu guruhga berilgan 1-izoh va 4002-tovar pozitsiyasidagi “sintetik kauchuk” atamasi quyidagilarni anglatadi:

(a) 18 – 29 °S haroratda, uning asl cho'zilishi 3 martadan oshganda ham uzilmagan, balki termoplastik moddalar, oltingugurt bilan vulkanizatsiyalangan qaytmas holatga to'yinmagan sintetik moddalar va 5 daqiqa davomida avvalgi uzunligidan ko'pi bir yarim marta kattaroq, uzunlikka qaytadi. Ushbu sinovda ko'ndalang aloqalarni, xususan, faollashtiruvchi yoki vulkanizatsiya tezlatkichlarini shakllantirish uchun zarur bo'lgan moddalar qo'shilishi mumkin. 5 (B) (ii) va (iii) izohlarda ko'rsatilgan moddalarning mavjud bo'lishi ham mumkin. Shu bilan birga suyultiruvchilar, plastifikatorlar va tikuvchi moddalar va to'ldiruvchilar kabi bo'lmasligi kerak;

(b) tioplastlar( TM); va

(v) tabiiy kauchuk, payvandlash yoki plastmassa bilan aralashtirish tomonidan o'zgartirilgan, depolimerizatsiyalangan tabiiy kauchuk, to'yingan sintetik yuqori molekulyar og'irligi polimer bilan to'yinmagan sintetik moddalar aralashmasi, vulkanizatsiya, bo'shliqqa va o'lchamlarni tiklash bilan bog'liq yuqorida ko'rsatilgan barcha mahsulotlar 4 (a) bandda ko'rsatilgan talablarga muvofiq keladi.

5. (A) (A) 4001- va 4002-tovar pozitsiyalarida kauchuk yoki kauchuk aralashmasi, agar ular koagulyatsiyadan oldin yoki keyin aralashtirilsa:

(i) vulkanizatsiya agentlari, tezlatkichlar, sekinlashtiruvchi yoki avtivatorlar (vulkanizatsiya qilingan kauchuk lateksni tayyorlash uchun qo'shilganlar bundan mustasno);

(ii) pigmentlar yoki boshqa bo'yoqlar, faqat identifikatsiyalash uchun ishlatiladiganlardan tashqari;

(iii) plastifikatorlar yoki to'ldiruvchi moddalar (mineral yog'lar bilan to'ldirilgan kauchuk uchun mineral moydan tashqari), agentlarni, organik erituvchilarni yoki 5 (B) bandida ko'satilganlardan tashqari boshqa moddalarni kuchaytiradi. (B) Kauchuk yoki kauchuk aralashmasida quyidagi moddalarning mavjudligi, bunday kauchuk yoki kauchuk aralashmasi xom ashyoning asosiy xususiyatini saqlab qolishi sharti bilan, ularning 4001- yoki 4002-tovar pozitsiyasiga kiritilishiga ta'sir qilmaydi:

(i) emulgatorlar yoki antiadgeziflar;

(ii) parchalangan emulgatorlarning kichik miqdori;

(iii) issiqlikka sezgir agentlari juda kichik miqdorda (asosan issiqlik-sezgir rezina lateks ishlab chiqarish uchun), kation sirt faol moddalar (odatda elektr musbat kauchuk lateks ishlab chiqarish uchun), antioksidantlar, koagulyantlar, kauchukni maydalashga yordam beruvchi moddalar, sovuqqa chidamliligi, peptizatorlar, antikoagulyantlar, stabilizatorlar, qovushoqlikni tartibga soluvchi moddalar, yoki shunga o'xshash maxsus qo'shimchalar.

6. 4004-tovar pozitsiyasida "chiqindilar, qoldiqlar" atamasi kauchuk va undan tayyorlangan mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki qayta ishlash jarayonida hosil bo'lgan chiqindilar, qoldiqlar va skrablarni anglatadi, ular kesish, kiyish yoki boshqalar sabablarga ko'ra foydalanishga mutlaqo mos kelmaydi.

7. To'liq vulkanizatsiyalangan kauchukdan iborat to'liq ko'ndalang kesimi 5 mm dan ortiq bo'lgan iplar 4008-tovar pozitsiyasiga chiziqlar yoki lentalar, tayoqchalar yoki shaklli profillar sifatida kiritilgan.

8. 4010-tovar pozitsiyasiga konveyer bantlari, uzatma remenlari yoki kauchuk bilan qoplangan yoki ikkilangan mato yoki to'qimachilik ipidan yoki kauchuk bilan qoplangan yoki ikkilangan ipdan tayyorlangan matolar kiradi.

9. 4001-, 4002-, 4003-, 4005- va 4008-tovar pozitsiyalarida “plastinalar”, “listlar” va “tasma yoki lentalar” so'zlari faqat tekis geometrik shakldagi plitalar, plitalar va chiziqlar yoki chiziqlar va bloklar degan ma'noni anglatadi, kesilmagan yoki to'rtburchak (kvadrat, shu jumladan) shakllarga bo'linadi, ular tayyor bo'lmagan kesma mahsulotlar‚ tasma yoki boshqalar ishlov berilmagan sirt, boshqa shakldagi bo'laklarga kesilgan yoki qayta ishlangan materiallardan tashqari. 4008-savdo pozitsiyasida “tayoqchalar” va “fason profillar” atamalari faqat ishlov berilgan yoki ishlov berilmagan sirt bilan kesilgan, ammo keyinchalik qayta ishlanmagan mahsulotlarni anglatadi.

Qo'shimcha izoh:

1. Qo'lqoplar‚ rukovitsa va mityonkalar shimdirilgan yoki g'ovakli kauchuk bilan qoplangan, to'qimachilik materiallari, mashinada yoki qo'lda to'qilgan, namat yoki to'qilmagan materiallar shunchaki mustahkamlash maqsadida taqdim yetilganda, 40-guruhga kiradi, hatto ular: – mato yoki mashina yoki qo'lda to'qilgan to'qimachilik materiallaridan (tovar pozitsiyasiga tegishli 5906 tadan tashqari), g'ovakli kauchuk bilan ishlangan yoki qoplangan namat yoki noto'qima materiallardan tayyorlangan yoki – mato yoki mashina yoki qo'lda to'qilgan, shimdirilgan namat yoki noto'qima va keyinchalik singdirilgan yoki g'ovakli kauchuk bilan qoplangan yoki shimdirilgan to'qimachilik materiallari. (56-guruhga berilgan 3(v) izoh, 59-guruhga berilgan 5-izohning so'ngi xatboshisi) + 4015 19 000 0 – – boshqalar juft

Pozitsiyalar

4001Kauchuk tabiiy, balata, guttapercha, gvayula, chikl va shunga o'xshash tabiiy smolalar, birlamchi shakllarda yoki plastinalar, plitalar…0% 4002Yog'lardan olingan sintetik kauchuk yoki faktis, birlamchi shakllarda yoki plitalar, listlar yoki tasmalar yoki lentalar shaklida0% 4003Reginiratsiya qilingan kauchuk birlamchi shakllarda yoki plitalar, listlar yoki tasmalar yoki lentalar shaklida0% 4004Rezina chiqindilar, kesiklari va skrap5% 4005Vulkanizatsiyalanmagan rezina aralashmasi, birlamchi shakllarda yoki plastinalar, listlar yoki tasmalar yoki lentalar shaklida0% 4006Boshqa shakldagi10% 4007Vulkanizatsiya qilingan kauchuk iplar va kordlar10% 4008Qattiq rezinadan tashqari vulkanizatsiyalangan rezinadan tayyorlangan plitalar, tasmalar, lentalar yoki plastinalar, prutoklar va shaklli…20% 4009Vulkanizatsiyalangan rezinadan tayyorlangan quvurlar, trubkalar va shlanglar, qattiq kauchukdan tashqari, armatura yoki armatura bo'lmagan20% 4010Vulkanizatsiyalangan rezinadan konver lentalari yoki ular uchun remenlar yoki beltinglar10% 4011Yangi shinalar pnevmatik pokrishkalar yangi rezinadan20%, lekin 1 kg uchun $0,7 dan kam emas 4012Pnevmatik shinalari va pokrishkalar uchun rezinadan, qayta tiklangan yoki ishlatilgan30%, lekin 1 kg uchun $1 dan kam emas 4013Rezina kameralar5% 4014Vulkanizatsiyalangan rezinadan tayyorlangan gigiyenik yoki farmatsevtika mahsulotlari5% 4015Turli maqsadlar uchun qattiq rezinadan tashqari vulkanizatsiyalangan rezinadan tayyorlangan kiyim-kechak jumladan10% 4016Vulkanizatsiyalangan rezinadan tayyorlangan boshqa buyumlar, qattiq rezinadandan tashqari10% 4017Qattiq rezina10%

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.