TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 38-guruh: Boshqa kimyoviy mahsulotlar

Guruhga izohlar, 3801–3827 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Boshqa kimyoviy mahsulotlar.

VI bo'lim. Kimyo va unga bog'liq bo'lgan sanoat tarmoqlari mahsulotlari

VI bo'limga izohlar

Izohlar:

11. (A) 2844- va 2845-tovar pozitsiyalarining izohlariga mos keladigan mahsulotlar

.(radioaktiv rudalardan farqli ravishda), tovar pozitsiyalariga kiritilishi va boshqa tovarlar pozitsiyalarining Nomenklaturasiga kiritilmasligi lozim. (B) Yuqoridagi 1 (A) izoh qoidalariga rioya qilgan holda, 2843, 2846 yoki 2852-tovar pozitsiyalari izohlariga mos keladigan mahsulotlar mazkur tovarlar pozitsiyalariga kiritilishi va ushbu bo'limning xech qaysi boshqa tovar pozitsiyalariga kiritilmasligi lozim.

22. Yuqoridagi 1-izoh qoidalariga rioya qilgan holda, o'lchangan dozalarda yoki chakana sotuv

.asosida yetkazib beriladigan 3004, 3005, 3006, 3212, 3303, 3304, 3305, 3306, 3307, 3506, 3707 yoki 3808-tovar pozitsiyalariga tegishli mazkur tovarlar pozitsiyasiga kiritilishi va Nomenklaturaning boshqa tovar pozitsiyalariga kiritilmasligi lozim.

33. Ikki va undan ortiq alohida yig'ilgan komponentlardan iborat bo'lgan tovarlar,

.ularning ayrimlari yoki barchasi ushbu bo'limga kiritiladi va VI yoki VII bo'limga tegishli mahsulotlarni olish maqsadida aralashtirish uchun mo'ljallangan. Ular bo'lim tovar mahsulotlari pozitsiyasining quyidagi shartlariga mos kelganida kiritilishi lozim:

(a) ularni dastlabki qayta qadoqlash yoki qayta joylashtirib o'rashlarsiz usullaridan aniq foydalanishni hisobga olgan holda ishlatish uchun mo'ljallanganligi;

(b) birgalikda yetkazib berilishi; va

(v) bir-birini to'ldirib turuvchi komponent sifatida tabiiy xususiyati yoki nisbiy nisbat proporsiyalariga qarab identifikatsiya qilinadi.

44. Agar mahsulot nomi yoki uni bajaradigan vazifasi bo'yicha VI bo'limning bir yoki bir

.nechta tovar pozitsiyalari izohiga mos kelsa va 3827-tovar pozitsiyasining matniga ko'ra, u holda bu tovar mahsulot 3827-tovar pozitsiyasiga emas, balki o'zining berilgan izohlari yoki funksiyasidan kelib chiqib, mos tovar pozitsiyasiga kiritiladi.

38-guruhga izohlar

Izohlar:

1. Ushbu guruhga kiritilmaydi:

(a) ma'lum bir kimyoviy tarkibga ega bo'lgan alohida elementlar yoki birikmalar, quyidagilar bundan mustasno: (1) sun'iy grafit (3801-tovar pozitsiyasi); (2) insektitsidlar, rodentitsidlar, fungitsidlar, gerbitsidlar, paydo bo'lishga qarshi vositalar va o'simliklarning o'sish regulyatorlari, dezinfeksiyalash vositalari va shunga o'xshash mahsulotlar 3808-tovar pozitsiyasida tasvirlanganidek qadoqlangan; (3) yong'inni o'chirish uchun o't o'chiruvchi zaryad yoki zaryadlangan granata sifatida ishlatiladigan tarkiblar (3813-tovar pozitsiyasi); (4) ushbu guruhdagi 2-izohda ko'rsatilgan sertifikatlangan etalon materiallar; (5) ushbu guruhdagi 3 (a) yoki 3 (b) izohda ko'rsatilgan tovarlar;

(b) oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashda ishlatiladigan, ozuqaviy qiymatga ega bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari yoki boshqa moddalar bilan kimyoviy moddalar aralashmalari (qoida tariqasida, 2106-tovar pozitsiyasi);

(v) 2404-tovar pozitsiyasi mahsuloti;

(g) 26-guruh 3 (a) yoki 3 (b) izoh talablariga javob beradigan shlak, kul va tarkibida metall bo'lgan qoldiqlar (shlam, oqova suvlar shlamidan tashqari), margimush yoki uning aralashmalari (2620-tovar pozitsiyasi);

(d) dori vositalari (3003- yoki 3004-tovar pozitsiyasi); yoki

(ye) qimmatbaho bo'lmagan metallarni qazib olish yoki ularning kimyoviy birikmalarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan katalizatorlar (2620-tovar pozitsiyasi), asosan qimmatbaho metallarni qazib olish uchun ishlatiladigan katalizatorlar (7112-tovar pozitsiyasi), metallar yoki metall qotishmalaridan iborat katalizatorlar, masalan, maydalangan kukun yoki skletli katalizatorlari (XIV yoki XV bo'lim).

2. (A) 3822-tovar pozitsiyasida “sertifikatlangan etalon materiallari” atamasi sertifikatlangan xususiyatlar ko'rsatkichlarida keltirilgan, sertifikat bilan ta'minlangan, ularni aniqlash uchun ishlatiladigan usullar, har bir ko'rsatkichning o'lchov xatosi va tahlillari, kalibrlash yoki etalon maqsadlar uchun yaroqli bo'lgan etalon materiallarini anglatadi. (B) 28- yoki 29-tovar guruhlari bundan mustasno, sertifikatlangan ma'lumot materiallarini tasniflashda 3822-tovar pozitsiyasi nomenklaturaning boshqa har qanday tovar mahsulotidan ustun turadi.

3. Nomenklaturaning boshqa birorta tovar pozitsiyasiga kiritilmagan 3824-tovar pozitsiyasiga quyidagi tovarlar kiritilgan:

(a) magniy oksidining sun'iy ravishda o'stirilgan kristallari (optik elementlardan tashqari) yoki har bir kristallning massasi kamida 2,5 g bo'lgan ishqoriy yoki ishqoriy-yer metallarining galogenidlari;

(b) sivush yog'lari; suyak smola yog'i;

(v) chakana savdo uchun qadoqlangan o'ramdagi, siyoh dog'larini yo'qotish uchun preparatlar,

(g) chakana savdo uchun qadoqlangan o'ramdagi bosma matnlarni, boshqa tuzatish suyuqliklarini va tuzatish lentalarini (9612-tovar pozitsiyada ko'rsatilganlardan tashqari) tuzatish uchun birikmalar; va

(d) sopol (keramik) piroelementlar, eruvchan (masalan, Zeger konuslari).

4. Jami Nomenklaturada “shahar chiqindilari” atamasi uylardan, mehmonxonalardan, restoranlardan, kasalxonalardan, do'konlardan, idoralardan, yo'l va yo'lka chiqindilari, shuningdek, binolarni qurish va buzish chiqindilari va hokazolardan yig'ilgan turdagi chiqindilarni anglatadi. Odatda kommunal chiqindilar tarkibida plastmassa, rezina, yog'och, qog'oz, matolar, shisha, metallar, oziq-ovqat chiqindilari, singan mebel va boshqa zararlangan yoki tashlab yuborilgan buyumlar kabi turli xil materiallar mavjud. Biroq, “shahar chiqindilari” atamasi quyidagilarga tegishli emas:

(a) chiqindilardan ajratilgan alohida materiallar yoki buyumlar, masalan, plastmassa, rezina, yog'och, qog'oz, matolar, shisha yoki metallarning chiqindilari, elektr va elektron mahsulotlarning chiqindilari va qoldiqlari (shu jumladan ishlatilgan batareyalar), ular nomenklaturaning tegishli tovar buyumlariga kiritilgan;

(b) sanoat chiqindilari;

(v) 30-guruhdagi 4 (k) izohda tasvirlangan yaroqsiz farmatsevtika mahsulotlari; yoki

(g) mazkur guruhning 6 (a) izohida tasvirlangan tibbiyot chiqindilari.

5. 3825-tovar pozitsiyasida “oqova suvlar shlami” atamasi shahar korxonalarida chiqindi suvlarni tozalash inshootlarida hosil bo'lgan shlamni anglatadi va oldindan ishlov beriladigan chiqindilarni, yuvish suvlari va barqaror bo'lmagan shlamni o'z ichiga oladi. Barqarorlashgan shlam, agar u o'g'it sifatida foydalanishga yaroqli bo'lsa, chiqarib tashlanadi (31-guruh).

6. 3825-tovar pozitsiyasida “boshqa chiqindilar” atamasi quyidgini anglatadi:

(a) tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlar, diagnostika, davolash yoki boshqa zararsizlantirish uchun maxsus protseduralarni talab etadigan (misol uchun, ifloslangan kiyim, ishlatilgan qo'lqop va shpritslar) odatda patogen va farmatsevtik moddalardan iborat bo'lgan tibbiyot, xirurgik, stomatologik yoki veterinar protseduralari natijasida hosil bo'ladigan klinik chiqindilar, ya'ni ifloslangan chiqindilar;

(b) ishlatib bo'lingan organik erituvchilar;

(v) metallarga ishlov berish ishlatilgan eritmalari, gidravlik suyuqliklar, tormoz suyuqliklari va antifrizlar; va

(g) sanoatda kimyoviy va unga bog'liq sohalarning boshqa chiqindilari. Biroq, “boshqa chiqindilar” atamasi asosan bitumli jinslardan olingan neft va neft mahsulotlarini o'z ichiga olgan chiqindilarga taalluqli emas (2710-tovar pozitsiyasi).

7. 3826-tovar pozitsiyasida “biodizel” atamasi yoqilg'i sifatida foydalaniladigan, kelib chiqishi hayvonot, o'simlik yoki mikrobiologik bo'lgan, ishlatilgan yoki qayta ishlanmagan yog'lardan olinadigan yog' kislotalarining monoalkil murakkab efirlarini anglatadi.

Subpozitsiyaga izohlar:

1. 3808 52- va 3808 59-subpozitsiyalariga faqat 3808-tovar pozitsiyalaridagi alaxlor (ISO); aldikarb (ISO); aldrin (ISO); azinfos metil (ISO); binapakril (ISO); kamfexlor (ISO) (toksafen); kaptafol (ISO); karbofuran (ISO); xlordan (ISO); xlordimeform (ISO); xlorobenzilat (ISO); DDT (ISO) (klofenotan(INN), 1,1,1–trixlor–2,2–bis (p– xlorofenil)etan); dieldrin (ISO, INN); 4,6–dinitro–o–kresol (DNOC (ISO)) yoki uning tuzlari; dinoseb (ISO), uning tuzlari yoki murakkab efirlari; endosulfan (ISO); etilendibromid (ISO) (1,2–dibromoetan); etilendixlorid (ISO) (1,2–dikloretan); ftoratsetamid (ISO); geptaxlor (ISO); geksaxlorbenzol (ISO); 1,2,3,4,5,6-geksaxlorsiklogeksan (HCh (ISO)), shu jumladan, lindan (ISO, INN); simob birikmalari; metamidofos (ISO); monokrotofos (ISO); oksiran (etilenoksid); paration (ISO); paration metil (ISO) (metilparation); pentaxlorfenol (ISO), uning tuzlari yoki murakkab efirlari; perftoroktansulfonik kislota va uning tuzlari; perftoroktansulfonamidlar; perftoroktansulfonilftorid; fosfamidon (ISO); 2,4,5–T (ISO) (2,4,5- trixlorfenoksisirka kislota), uning tuzlari yoki murakkab efirlari; tributilolova birikmalari; trixlorfon (ISO) kiradi.

2. 3808 61 – 3808 69- subpozitsiyada faqatgina 3808-tovar pozitsiyasidagi alfa–pipermetrin (ISO), bendiokarb (ISO), bifentrin (ISO), xlorfenapir (ISO), siflutrin (ISO), deltametrin (INN, ISO), etofenproks (INN), fenitrotion (ISO), lyambda–sigalotrin, malation (ISO), pirimifos–metil (ISO) yoki propoksur (ISO) tovarlari kiradi.

3. 3824 81- 3824 89 subpozitsiyalarga faqat quyidagi moddalarning bir yoki bir nechtasini o'z ichiga olgan aralashmalar va preparatlar kiradi: oksiran (yetilen oksidi); polibromobifenillar (PBB); poliklorli bifenillar (PCB); polikloroterfenillar (PCT); tris(2,3-dibromopropil)fosfat; aldrin (ISO); kamfexlor (ISO) (toksafen); xlordan (ISO); xlordekon (ISO); DDT (ISO) (klofenotan (INN), 1,1,1-trikloro-2,2-bis(p-klorofenil)yetan); diyeldrin (ISO, INN); endosulfan (ISO); endrin (ISO); heptaklor (ISO); mirex (ISO); 1,2,3,4,5,6-geksaxlorotsiklogeksan (HCh (ISO)), shu jumladan lindan (ISO), INN); pentaklorbenzol (ISO); geksaxlorbenzol (ISO); perftoroktansulfonik kislota, uning tuzlari; perftoroktansulfanilamidlar; perftoroktansulfonil ftorid; tetra-, penta-, heksa-, hepta- yoki oktabromodifenil efirlari; qisqa zanjirli xlorli parafinlar. Qisqa zanjirli xlorli kerosinlar – xlorlanish darajasi 48 mas.% dan ortiq bo'lgan birikmalar aralashmasi bo'lib, quyidagi molekulyar formulaga ega: CxH(2x-y+2) Cly, bu yerda x= 10 – 13 va y = 1 – 13.

4. 3825 41- 3825 49 subpozitsiyalaridagi “organik erituvchilar chiqindisi” atamasi erituvchini qayta tiklash uchun mo'ljallanmagan yoki mo'ljallangan holda birlamchi mahsulot sifatida keyingi foydalanish uchun hozirgi shaklda yaroqsiz bo'lgan, asosan, organik erituvchilarni o'z ichiga olgan chiqindilarni anglatadi. + 3808 59 000 5 – – – – alaxlor (ISO) yoki aldikarb (ISO) yoki azinofos metil (ISO) – + 3808 59 000 9 – – – – boshqalar – + 3816 00 000 0 3801-tovar pozitsiyasidan tashqari dolomit joylashtirish –

Pozitsiyalar

3801Sun'iy grafit5% 3802Faollashtirilgan ko'mir5% 3803Tozalangan yoki tozalanmagan qarag'ay yog'i5% 38043803-pozitsiyali tovar qarag'ay yog'idan tashqari, yog'och massasi tayyorlashda ortib qolgan ishqor, konsentratsiyalangan yoki…5% 3805Yog'och yoki sulfat skipidar va qarag'ay yog'i yoki haydash yoki nina bargli daraxtlar yog'ochini qayta ishlashning boshqa yo'li bilan…5% 3806Kanifol va qatron kislotalar, ularning hosilalari5% 3807Yog'och qatroni5% 3808Insektitsidlar, rodentitsidlar, fungitsidlar, gerbitsidlar, paydo bo'lishga qarshi vositalar va o'simliklarning o'sishi uchun…0% 3809To'qimachilik, qog'oz, charm yoki shunga o'xshash sanoatda qo'llaniladigan, boshqa joyda ko'rsatilmagan yoki kiritilmagan, yuvish…5% 3810Metall yuzalarga ishlov berish uchun preparatlar5% 3811Neft mahsulotlari5% 3812Tayyorlangan kauchuk vulkanizatsiya tezlashtirgichlari0% 3813Yong'inni o'chirish moslamalari uchun tarkibiy qo'shilmalar va zaryadlar0% 3814Murakkab organik erituvchilar va suyultiruvchilar, boshqa joyda nomlanmagan yoki kiritilmagan5% 3815Boshqa joyda nomlanmagan yoki kiritilmagan reaksiya tashabbuskorlari, reaksiya tezlashtirgichlari va katalizatorlari0% 3817Aralash alkilbenzollar va aralash alkilnaftalinlar, 2707- yoki 2902-pozitsiyalardagi tovarlardan tashqari5% 3818Elektronikada ishlatishga mo'ljallangan kimyoviy ligerlangan elementlari, disklar, plitalar shaklida yoki shunga o'xshash shakllarda0% 3819Gidravlik tormoz suyuqliklari va 70 massa ulushi % dan kam bo'lmagan yoki o'z ichiga olmagan gidravlik uzatmalar uchun boshqa tayyor…10%, lekin 1 kg uchun $0,2 dan kam emas 3820Antifriz va muzlashga qarshi tayyor suyuqliklar10%, lekin 1 kg uchun $0,2 dan kam emas 3821Tayyor madaniy muhit vositalari mikroorganizmlarning0% 3822Substratdagi diagnostika yoki laboratoriya reagentlari, substratda yoki bo'lmagan holda tayyor diagnostika yoki laboratoriya reagentlari…0% 3823Sanoat monokarboksilli moy kislotalari0% 3824Qoliplar yoki quyish yadrolarini ishlab chiqarish uchun tayyor bog'lovchilar0% 3825Boshqa joyda ko'rsatilmagan yoki kiritilmagan kimyo yoki sanoatning shunga o'xshash tarmog'idagi qoldiq mahsulotlar0% 3826Bitumli jinslardan olingan neft yoki neft mahsulotlaridan tarkib topgan yoki tarkib topmagan massa ulushi 70% dan kam bo'lmagan biodizel va…0% 3827Tarkibida metan, etan yoki propanning galogenli hosilalari mavjud bo'lgan aralashmalar, boshqa joyda nomlanmagan yoki kiritilmagan0%

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.