Guruhning nomenklaturadagi nomi: Foto va kino mahsulotlari.
VI bo'lim. Kimyo va unga bog'liq bo'lgan sanoat tarmoqlari mahsulotlari
VI bo'limga izohlar
Izohlar:
11. (A) 2844- va 2845-tovar pozitsiyalarining izohlariga mos keladigan mahsulotlar
.(radioaktiv rudalardan farqli ravishda), tovar pozitsiyalariga kiritilishi va boshqa tovarlar pozitsiyalarining Nomenklaturasiga kiritilmasligi lozim. (B) Yuqoridagi 1 (A) izoh qoidalariga rioya qilgan holda, 2843, 2846 yoki 2852-tovar pozitsiyalari izohlariga mos keladigan mahsulotlar mazkur tovarlar pozitsiyalariga kiritilishi va ushbu bo'limning xech qaysi boshqa tovar pozitsiyalariga kiritilmasligi lozim.
22. Yuqoridagi 1-izoh qoidalariga rioya qilgan holda, o'lchangan dozalarda yoki chakana sotuv
.asosida yetkazib beriladigan 3004, 3005, 3006, 3212, 3303, 3304, 3305, 3306, 3307, 3506, 3707 yoki 3808-tovar pozitsiyalariga tegishli mazkur tovarlar pozitsiyasiga kiritilishi va Nomenklaturaning boshqa tovar pozitsiyalariga kiritilmasligi lozim.
33. Ikki va undan ortiq alohida yig'ilgan komponentlardan iborat bo'lgan tovarlar,
.ularning ayrimlari yoki barchasi ushbu bo'limga kiritiladi va VI yoki VII bo'limga tegishli mahsulotlarni olish maqsadida aralashtirish uchun mo'ljallangan. Ular bo'lim tovar mahsulotlari pozitsiyasining quyidagi shartlariga mos kelganida kiritilishi lozim:
(a) ularni dastlabki qayta qadoqlash yoki qayta joylashtirib o'rashlarsiz usullaridan aniq foydalanishni hisobga olgan holda ishlatish uchun mo'ljallanganligi;
(b) birgalikda yetkazib berilishi; va
(v) bir-birini to'ldirib turuvchi komponent sifatida tabiiy xususiyati yoki nisbiy nisbat proporsiyalariga qarab identifikatsiya qilinadi.
44. Agar mahsulot nomi yoki uni bajaradigan vazifasi bo'yicha VI bo'limning bir yoki bir
.nechta tovar pozitsiyalari izohiga mos kelsa va 3827-tovar pozitsiyasining matniga ko'ra, u holda bu tovar mahsulot 3827-tovar pozitsiyasiga emas, balki o'zining berilgan izohlari yoki funksiyasidan kelib chiqib, mos tovar pozitsiyasiga kiritiladi.
37-guruhga izohlar
Izohlar:
1. Ushbu guruhga chiqindilar yoki parchalar kiritilmaydi.
2. Ushbu guruhdagi “fotografik” atamasi yorug'lik nurlari yoki boshqa nurlanishlar ta'sirida
to'g'ridan to'g'ri yoki bilvosita ko'rinadigan tasvirlarni fotosezgir, jumladan termosezgir
yuzada olish jarayonini anglatadi.
Qo'shimcha izohlar:
1. Ikki lentali import qilingan ovozli filmlarda (bir lentada faqat tasvir mavjud,
ikkinchi lentada ovoz) har bir lenta tegishli mahsulot raqamiga muvofiq kelishi kerak.
2. “Axborot filmlari” atamasi (3706 90 520 0 podsubpozitsiyasi) deganda uzunligi 330 metrdan
kam bo'lgan va hozirgi siyosiy, sport, harbiy, ilmiy, adabiy, folklor, turistik, ijtimoiy va
boshqa voqealarni aks ettiruvchi kinolentalar tushuniladi.
Pozitsiyalar
Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.
Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.