TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 36-guruh: Portlovchi moddalar, pirotexnika vositalari, gugurtlar, pirofor qotishmalari, ba'zi…

Guruhga izohlar, 3601–3606 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Portlovchi moddalar, pirotexnika vositalari, gugurtlar, pirofor qotishmalari, ba'zi yonuvchi moddalar.

VI bo'lim. Kimyo va unga bog'liq bo'lgan sanoat tarmoqlari mahsulotlari

VI bo'limga izohlar

Izohlar:

11. (A) 2844- va 2845-tovar pozitsiyalarining izohlariga mos keladigan mahsulotlar

.(radioaktiv rudalardan farqli ravishda), tovar pozitsiyalariga kiritilishi va boshqa tovarlar pozitsiyalarining Nomenklaturasiga kiritilmasligi lozim. (B) Yuqoridagi 1 (A) izoh qoidalariga rioya qilgan holda, 2843, 2846 yoki 2852-tovar pozitsiyalari izohlariga mos keladigan mahsulotlar mazkur tovarlar pozitsiyalariga kiritilishi va ushbu bo'limning xech qaysi boshqa tovar pozitsiyalariga kiritilmasligi lozim.

22. Yuqoridagi 1-izoh qoidalariga rioya qilgan holda, o'lchangan dozalarda yoki chakana sotuv

.asosida yetkazib beriladigan 3004, 3005, 3006, 3212, 3303, 3304, 3305, 3306, 3307, 3506, 3707 yoki 3808-tovar pozitsiyalariga tegishli mazkur tovarlar pozitsiyasiga kiritilishi va Nomenklaturaning boshqa tovar pozitsiyalariga kiritilmasligi lozim.

33. Ikki va undan ortiq alohida yig'ilgan komponentlardan iborat bo'lgan tovarlar,

.ularning ayrimlari yoki barchasi ushbu bo'limga kiritiladi va VI yoki VII bo'limga tegishli mahsulotlarni olish maqsadida aralashtirish uchun mo'ljallangan. Ular bo'lim tovar mahsulotlari pozitsiyasining quyidagi shartlariga mos kelganida kiritilishi lozim:

(a) ularni dastlabki qayta qadoqlash yoki qayta joylashtirib o'rashlarsiz usullaridan aniq foydalanishni hisobga olgan holda ishlatish uchun mo'ljallanganligi;

(b) birgalikda yetkazib berilishi; va

(v) bir-birini to'ldirib turuvchi komponent sifatida tabiiy xususiyati yoki nisbiy nisbat proporsiyalariga qarab identifikatsiya qilinadi.

44. Agar mahsulot nomi yoki uni bajaradigan vazifasi bo'yicha VI bo'limning bir yoki bir

.nechta tovar pozitsiyalari izohiga mos kelsa va 3827-tovar pozitsiyasining matniga ko'ra, u holda bu tovar mahsulot 3827-tovar pozitsiyasiga emas, balki o'zining berilgan izohlari yoki funksiyasidan kelib chiqib, mos tovar pozitsiyasiga kiritiladi.

36-guruhga izohlar

Izohlar:

1. Ushbu guruh quyida 2(a) yoki 2(b) izohlarida tavsiflanganlardan boshqa aniqlangan kimyoviy

tarkibga ega bo'lgan alohida birikmalarni o'z ichiga olmaydi.

2. 3606-pozitsiyadagi “yonuvchi materiallardan yasalgan buyumlar” atamasi faqat quyidagi

mahsulotlarga nisbatan qo'llaniladi:

a) metaldegid, geksametilentetramin va yoqilg'i sifatida foydalanish uchun shakllarda (masalan, tabletkalar, tayoqchalar yoki shunga o'xshash shakllarda) qo'yilgan shunga o'xshash moddalar; spirtli yoqilg'i va shunga o'xshash qattiq yoki yarim qattiq yoqilg'i;

b) tamaki mahsulotlari yoki shunga o'xshash zajigalkalarni to'ldirish yoki to'ldirish uchun mo'ljallangan, sig'imi 300 sm3 ortiq bo'lmagan idishlardagi suyuq yoki suyultirilgan gazsimon yoqilg'i; va

(s) smolali mash'alalar, tayoqchalar va shunga o'xshashlar.

Pozitsiyalar

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.