TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 35-guruh: Oqsil moddalari

Guruhga izohlar, 3501–3507 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Oqsil moddalari; modifikatsiyalangan kraxmallar; yelim; fermentlar.

VI bo'lim. Kimyo va unga bog'liq bo'lgan sanoat tarmoqlari mahsulotlari

VI bo'limga izohlar

Izohlar:

11. (A) 2844- va 2845-tovar pozitsiyalarining izohlariga mos keladigan mahsulotlar

.(radioaktiv rudalardan farqli ravishda), tovar pozitsiyalariga kiritilishi va boshqa tovarlar pozitsiyalarining Nomenklaturasiga kiritilmasligi lozim. (B) Yuqoridagi 1 (A) izoh qoidalariga rioya qilgan holda, 2843, 2846 yoki 2852-tovar pozitsiyalari izohlariga mos keladigan mahsulotlar mazkur tovarlar pozitsiyalariga kiritilishi va ushbu bo'limning xech qaysi boshqa tovar pozitsiyalariga kiritilmasligi lozim.

22. Yuqoridagi 1-izoh qoidalariga rioya qilgan holda, o'lchangan dozalarda yoki chakana sotuv

.asosida yetkazib beriladigan 3004, 3005, 3006, 3212, 3303, 3304, 3305, 3306, 3307, 3506, 3707 yoki 3808-tovar pozitsiyalariga tegishli mazkur tovarlar pozitsiyasiga kiritilishi va Nomenklaturaning boshqa tovar pozitsiyalariga kiritilmasligi lozim.

33. Ikki va undan ortiq alohida yig'ilgan komponentlardan iborat bo'lgan tovarlar,

.ularning ayrimlari yoki barchasi ushbu bo'limga kiritiladi va VI yoki VII bo'limga tegishli mahsulotlarni olish maqsadida aralashtirish uchun mo'ljallangan. Ular bo'lim tovar mahsulotlari pozitsiyasining quyidagi shartlariga mos kelganida kiritilishi lozim:

(a) ularni dastlabki qayta qadoqlash yoki qayta joylashtirib o'rashlarsiz usullaridan aniq foydalanishni hisobga olgan holda ishlatish uchun mo'ljallanganligi;

(b) birgalikda yetkazib berilishi; va

(v) bir-birini to'ldirib turuvchi komponent sifatida tabiiy xususiyati yoki nisbiy nisbat proporsiyalariga qarab identifikatsiya qilinadi.

44. Agar mahsulot nomi yoki uni bajaradigan vazifasi bo'yicha VI bo'limning bir yoki bir

.nechta tovar pozitsiyalari izohiga mos kelsa va 3827-tovar pozitsiyasining matniga ko'ra, u holda bu tovar mahsulot 3827-tovar pozitsiyasiga emas, balki o'zining berilgan izohlari yoki funksiyasidan kelib chiqib, mos tovar pozitsiyasiga kiritiladi.

35-guruhga izohlar

Izohlar:

1. Mazkur guruhga kiritilmaydi:

(a) xamirturush (2102-tovar pozitsiyasi);

(b) qon fraksiyalari (albumindan tashqari qon zardobidan ajratib olingan davolash yoki profilaktik maqsadlarda ishlatish uchun tayyorlanmagan), davolash vositalari yoki 30-guruhning boshqa mahsulotlari;

(v) dastlabki oshlash uchun ajratilgan fermentli preparatlar (3202-tovar pozitsiyasi);

(g) yuvish yoki ho'llash uchun fermentli preparatlar va 34-guruhning boshqa mahsulotlari;

(d) qotirilgan proteinlar (3913-tovar pozitsiyasi); yoki

(ye) poligrafiya sanoati uchun jelatindan tayyorlangan mahsulotlar (49-guruh).

2. 3505-tovar pozitsiyasidagi “dekstrinlar” atamasida - dekstroza sifatida aks etgan, tarkibida pasaygan (reduksiyalashgan) shakar bilan kraxmali parchalangan mahsulotlarga tegishli quruq modda tarkibida 10%dan ko'p bo'lmagan mahsulotlarni ichiga oladi . Tarkibida pasaygan (reduksiyalashgan) shakar 10% dan ko'p bo'lmagan bunday mahsulotlar 1702-tovar pozitsiyasiga kiritiladi.

Qo'shimcha izoh:

1. 3504 00 100 0-subpozitsiyaga quruq mahsulotga qayta hisobda tarkibidagi oqsil 85 mas%dan ko'p bo'lgan konsentratsiyalangan sut oqsillari kiritiladi.

Pozitsiyalar

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.