Guruhning nomenklaturadagi nomi: Sovun, sirt-faol organik moddalar, yuvish vositalari, moylash materiallari, sun'iy va tayyor mum, tozalash va pardozlash uchun tarkiblar, sham va o'xshash buyumlar, yopishtirish uchun lepkalar, plastilin, "tish davolash mumi" va gips asosida tish davolash uchun tarkiblar.
VI bo'lim. Kimyo va unga bog'liq bo'lgan sanoat tarmoqlari mahsulotlari
VI bo'limga izohlar
Izohlar:
11. (A) 2844- va 2845-tovar pozitsiyalarining izohlariga mos keladigan mahsulotlar
.(radioaktiv rudalardan farqli ravishda), tovar pozitsiyalariga kiritilishi va boshqa tovarlar pozitsiyalarining Nomenklaturasiga kiritilmasligi lozim. (B) Yuqoridagi 1 (A) izoh qoidalariga rioya qilgan holda, 2843, 2846 yoki 2852-tovar pozitsiyalari izohlariga mos keladigan mahsulotlar mazkur tovarlar pozitsiyalariga kiritilishi va ushbu bo'limning xech qaysi boshqa tovar pozitsiyalariga kiritilmasligi lozim.
22. Yuqoridagi 1-izoh qoidalariga rioya qilgan holda, o'lchangan dozalarda yoki chakana sotuv
.asosida yetkazib beriladigan 3004, 3005, 3006, 3212, 3303, 3304, 3305, 3306, 3307, 3506, 3707 yoki 3808-tovar pozitsiyalariga tegishli mazkur tovarlar pozitsiyasiga kiritilishi va Nomenklaturaning boshqa tovar pozitsiyalariga kiritilmasligi lozim.
33. Ikki va undan ortiq alohida yig'ilgan komponentlardan iborat bo'lgan tovarlar,
.ularning ayrimlari yoki barchasi ushbu bo'limga kiritiladi va VI yoki VII bo'limga tegishli mahsulotlarni olish maqsadida aralashtirish uchun mo'ljallangan. Ular bo'lim tovar mahsulotlari pozitsiyasining quyidagi shartlariga mos kelganida kiritilishi lozim:
(a) ularni dastlabki qayta qadoqlash yoki qayta joylashtirib o'rashlarsiz usullaridan aniq foydalanishni hisobga olgan holda ishlatish uchun mo'ljallanganligi;
(b) birgalikda yetkazib berilishi; va
(v) bir-birini to'ldirib turuvchi komponent sifatida tabiiy xususiyati yoki nisbiy nisbat proporsiyalariga qarab identifikatsiya qilinadi.
44. Agar mahsulot nomi yoki uni bajaradigan vazifasi bo'yicha VI bo'limning bir yoki bir
.nechta tovar pozitsiyalari izohiga mos kelsa va 3827-tovar pozitsiyasining matniga ko'ra, u holda bu tovar mahsulot 3827-tovar pozitsiyasiga emas, balki o'zining berilgan izohlari yoki funksiyasidan kelib chiqib, mos tovar pozitsiyasiga kiritiladi.
34-guruhga izohlar
Izoh:
1. Mazkur guruhga kiritilmaydi:
(a) shakllarni moylash uchun ishlatiladigan, kelib chiqishi hayvon yog'i yoki moyidan, o'simlik yoki mikrobioologik bo'lgan tayyor mahsulotlar yoki ovqatga ishlatish uchun yaroqli aralashmalar (1517-tovar pozitsiyasi);
(b) ma'lum kimyoviy tarkibdagi alohida birikmalar; yoki
(v) tarkibida sovun yoki boshqa organik sirt-faol moddalar – shampunlar, tish tozalash vositalari, soqol olish uchun krem va ko'piklar yoki vanna qabul qilish uchun aralashmalar (3305-, 3306- yoki 3307-tovar pozitsiyalari).
2. 3401-tovar pozitsiyasida “sovun” atamasi deganda faqat suvda eriydigan sovun tushuniladi. 3401-tovar pozitsiyasining sovun va boshqa mahsulotlari qo'shilmalarga (masalan, dezinfeksiyalovchi vositalar, abraziv kukunlar, to'ldiruvchi yoki davolovchi vositalar) ega bo'lishi mumkin. Tarkibida abraziv kukunlar bo'lgan mahsulotlar faqat bo'lak, parcha shaklida yoki qoliplangan buyum ko'rinishidagina 3401-tovar pozitsiyasiga kiritiladi. Xuddi shu mahsulotlar boshqa shakllarda “tozalovchi kukunlar va o'xshash vositalar” sifatida 3405-tovar pozitsiyasiga kiritiladi
3. 3402-tovar pozitsiyasida “sirt-faol organik moddalar” 20 S haroratda 0‚5% konsentratsiyada suv bilan aralashtirilganda va 1 soat mobaynida shu haroratda ushlab turiladigan mahsulotlarni anglatadi:
(a) erimaydigan modda to'kilmasdan tiniq yoki yarim tiniq suyuqlik yoki barqaror emulsiya beradi; va
(b) suvning yuza tortilishini 4,5 x 10– 2 N/m (45 din/sm) gacha yoki kamroq pasaytiradi.
4. 3403-tovar pozitsiyasida “bitumsimon jinslardan olingan neft va neft mahsulotlari” atamasi 2-izohdagi 27-guruhda ko'rsatilgan mahsulotlarni anglatadi.
5. 3404-tovar pozitsiyasida “sun'iy mum yoki tayyor mum” atamasini quyida ko'rsatilgan istisnolarni hisobga olib, faqat quyidagilarni anglatadi:
(a) kimyoviy yo'l bilan olingan, suvda eriydigan yoki erimaydigan mumsimon xarakterdagi organik mahsulotlar;
(b) mumning turli xillarini aralashtirishdan olingan mahsulotlar;
(v) tarkibida yog'lar, smola, mineral moddalar yoki boshqa materiallar bo'lgan mumning bir yoki bir necha turlari asosidagi mumsimon xarakterdagi mahsulotlar Mazkur tovar pozitsiyasiga kiritilmaydi:
(a) 1516-, 3402- yoki 3823-tovar pozitsiyasidagi mahsulotlar, garchi ular mumsimon xarakterga ega bo'lsa ham;
(b) 1521-tovar pozitsiyasining aralashtirilmagan jonivorlar yoki o'simlik, tozalangan yoki tozalanmagan, bo'yalgan yoki bo'yalmagan mumlari;
(v) 2712-tovar pozitsiyasining mineral mumlari yoki o'xshash mahsulotlari, aralashtirilgan yoki aralashtirilmagan yoxud shunchaki bo'yalgan yoki bo'yalmagan; yoki
(g) suyuqliklar bilan aralashtirilgan, unda dispergiratsiyalangan yoki eritilgan mumlar (3405-, 3809- va boshqa tovar pozitsiyalari).
Pozitsiyalar
Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.
Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.