TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 33-guruh: Efir moylari va rezinoidlar

Guruhga izohlar, 3301–3307 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Efir moylari va rezinoidlar; attorlik, kosmetika yoki pardoz vositalari.

VI bo'lim. Kimyo va unga bog'liq bo'lgan sanoat tarmoqlari mahsulotlari

VI bo'limga izohlar

Izohlar:

11. (A) 2844- va 2845-tovar pozitsiyalarining izohlariga mos keladigan mahsulotlar

.(radioaktiv rudalardan farqli ravishda), tovar pozitsiyalariga kiritilishi va boshqa tovarlar pozitsiyalarining Nomenklaturasiga kiritilmasligi lozim. (B) Yuqoridagi 1 (A) izoh qoidalariga rioya qilgan holda, 2843, 2846 yoki 2852-tovar pozitsiyalari izohlariga mos keladigan mahsulotlar mazkur tovarlar pozitsiyalariga kiritilishi va ushbu bo'limning xech qaysi boshqa tovar pozitsiyalariga kiritilmasligi lozim.

22. Yuqoridagi 1-izoh qoidalariga rioya qilgan holda, o'lchangan dozalarda yoki chakana sotuv

.asosida yetkazib beriladigan 3004, 3005, 3006, 3212, 3303, 3304, 3305, 3306, 3307, 3506, 3707 yoki 3808-tovar pozitsiyalariga tegishli mazkur tovarlar pozitsiyasiga kiritilishi va Nomenklaturaning boshqa tovar pozitsiyalariga kiritilmasligi lozim.

33. Ikki va undan ortiq alohida yig'ilgan komponentlardan iborat bo'lgan tovarlar,

.ularning ayrimlari yoki barchasi ushbu bo'limga kiritiladi va VI yoki VII bo'limga tegishli mahsulotlarni olish maqsadida aralashtirish uchun mo'ljallangan. Ular bo'lim tovar mahsulotlari pozitsiyasining quyidagi shartlariga mos kelganida kiritilishi lozim:

(a) ularni dastlabki qayta qadoqlash yoki qayta joylashtirib o'rashlarsiz usullaridan aniq foydalanishni hisobga olgan holda ishlatish uchun mo'ljallanganligi;

(b) birgalikda yetkazib berilishi; va

(v) bir-birini to'ldirib turuvchi komponent sifatida tabiiy xususiyati yoki nisbiy nisbat proporsiyalariga qarab identifikatsiya qilinadi.

44. Agar mahsulot nomi yoki uni bajaradigan vazifasi bo'yicha VI bo'limning bir yoki bir

.nechta tovar pozitsiyalari izohiga mos kelsa va 3827-tovar pozitsiyasining matniga ko'ra, u holda bu tovar mahsulot 3827-tovar pozitsiyasiga emas, balki o'zining berilgan izohlari yoki funksiyasidan kelib chiqib, mos tovar pozitsiyasiga kiritiladi.

33-guruhga izohlar

Izoh:

1. Mazkur guruhga kiritilmaydi:

(a) 1301- yoki 1302-tovar pozitsiyasining ignabargli daraxtlarning qatronli tabiiy yelimi yoki o'simlik ekstraktlari;

(b) 3401-tovar pozitsiyasining sovun yoki boshqa mahsulotlari; yoki

(v) 3805-tovar pozitsiyaning , yog'och yoki sulfat skipidar yoxud boshqa mahsulotlari.

2. 3302 tovar pozitsiyasidagi “xushbo'y vositalar” atamasi faqat 3301-tovar pozitsiyasining moddalariga, ushbu moddalardan ajratib olingan xushbo'y komponentlarga, yoki sintetik xushbo'y moddalarga tegishli.

3. 3303 – 3307-tovar pozitsiyalariga, interalia ushbu tovar pozitsiyalarining tovari sifatida foydalanishga yaroqli bo'lgan va shunday maqsadlar uchun odatiy shaklda chakana savdo uchun qadoqlangan, aralashtirilgan yoki aralashtirilmagan mahsulotlar (efir moylarining suvli eritmalari va suvli distillyatlaridan tashqari) kiritiladi.

4. 3307-tovar pozitsiyasidagi “attorlik, kosmetika yoki pardoz vositalari” atamasi, interalia quyidagi mahsulotlarni bildiradi: hidli moddalari bor paketchalar; yonganda hid taratuvchi xushhidlilar; xushbo'y hidli qog'oz va kosmetik vositalar shimdirilgan yoki qoplangan qog'oz; kontakt linzalarni va ko'z protezlarini saqlash uchun eritmalar; attorlik yoki kosmetika vositalari shimdirilgan, qoplangan paxta (vata), kigiz yoki namat va noto'qima materiallar; jonivorlar uchun pardoz vositalari.

Pozitsiyalar

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.