TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 32-guruh: Ko'nchilik yoki rang beruvchi ekstraktlar

Guruhga izohlar, 3201–3215 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Ko'nchilik yoki rang beruvchi ekstraktlar; taninlar va ularning hosilalari; bo'yoqlar, pigmentlar va boshqa rang beruvchi moddalar; bo'yoqlar va laklar; shpatlyovka va boshqa mastikalar; poligrafik bo'yoq, siyoh, tushlar.

VI bo'lim. Kimyo va unga bog'liq bo'lgan sanoat tarmoqlari mahsulotlari

VI bo'limga izohlar

Izohlar:

11. (A) 2844- va 2845-tovar pozitsiyalarining izohlariga mos keladigan mahsulotlar

.(radioaktiv rudalardan farqli ravishda), tovar pozitsiyalariga kiritilishi va boshqa tovarlar pozitsiyalarining Nomenklaturasiga kiritilmasligi lozim. (B) Yuqoridagi 1 (A) izoh qoidalariga rioya qilgan holda, 2843, 2846 yoki 2852-tovar pozitsiyalari izohlariga mos keladigan mahsulotlar mazkur tovarlar pozitsiyalariga kiritilishi va ushbu bo'limning xech qaysi boshqa tovar pozitsiyalariga kiritilmasligi lozim.

22. Yuqoridagi 1-izoh qoidalariga rioya qilgan holda, o'lchangan dozalarda yoki chakana sotuv

.asosida yetkazib beriladigan 3004, 3005, 3006, 3212, 3303, 3304, 3305, 3306, 3307, 3506, 3707 yoki 3808-tovar pozitsiyalariga tegishli mazkur tovarlar pozitsiyasiga kiritilishi va Nomenklaturaning boshqa tovar pozitsiyalariga kiritilmasligi lozim.

33. Ikki va undan ortiq alohida yig'ilgan komponentlardan iborat bo'lgan tovarlar,

.ularning ayrimlari yoki barchasi ushbu bo'limga kiritiladi va VI yoki VII bo'limga tegishli mahsulotlarni olish maqsadida aralashtirish uchun mo'ljallangan. Ular bo'lim tovar mahsulotlari pozitsiyasining quyidagi shartlariga mos kelganida kiritilishi lozim:

(a) ularni dastlabki qayta qadoqlash yoki qayta joylashtirib o'rashlarsiz usullaridan aniq foydalanishni hisobga olgan holda ishlatish uchun mo'ljallanganligi;

(b) birgalikda yetkazib berilishi; va

(v) bir-birini to'ldirib turuvchi komponent sifatida tabiiy xususiyati yoki nisbiy nisbat proporsiyalariga qarab identifikatsiya qilinadi.

44. Agar mahsulot nomi yoki uni bajaradigan vazifasi bo'yicha VI bo'limning bir yoki bir

.nechta tovar pozitsiyalari izohiga mos kelsa va 3827-tovar pozitsiyasining matniga ko'ra, u holda bu tovar mahsulot 3827-tovar pozitsiyasiga emas, balki o'zining berilgan izohlari yoki funksiyasidan kelib chiqib, mos tovar pozitsiyasiga kiritiladi.

32-guruhga izohlar

Izohlar:

1. Ushbu guruhga quyidagilar kiritilmaydi:

(a) ma'lum kimyoviy tarkibga ega bo'lgan alohida elementlar yoki birikmalar (3203- yoki 3204-tovar pozitsiyasidagi mahsulotlar, fosforlar sifatida ishlatiladigan noorganik mahsulotlar (3206-pozitsiya), 3207-tovar pozitsiyasidagi shakllarda ko'rsatilgan eritilgan kvars yoki boshqa eritilgan silikalardan olingan shisha, shuningdek, 3212-tovar pozitsiyasining chakana savdoga chiqarish uchun shakllarda yoki o'ramlarda qadoqlangan bo'yoqlar va boshqa rang beruvchi moddalar bundan mustasno);

(b) 2936 – 2939, 2941- yoki 3501 – 3504-tovar pozitsiyalarining tannatlar yoki boshqa tanin moddasi hosilalari; yoki

(v) asfalt yoki boshqa bitumli mastikalar (2715-tovar pozitsiyasi).

2. 3204-tovar pozitsiyasiga barqarorlashtirilgan diazoniy tuzlari aralashmalari va azo-rang beruvchilar olish uchun mo'ljallangan komponentlar kiritiladi.

3. 3203– 3206-tovar pozitsiyalariga shuningdek, rang beruvchi moddalar (jumladan, 3206-tovar pozitsiyasidagi holatlar, 2530-tovar pozitsiyasi yoki 28-guruhdagi rang beruvchi pigmentlar, metall parchalari yoki metall kukunlari) asosida ishlab chiqarilgan, har qanday materialni bo'yash uchun komponent sifatida foydalaniladigan mahsulotlar kiradi. Ushbu mahsulot pozitsiyalariga bo'yoqlar ishlab chiqarishda foydalaniladigan, suvsiz muhitda dispergirlangan, suyuq yoki pasta shaklida tarqalgan pigmentlar, shu jumladan, emallar (3212-tovar pozitsiyasi) yoki 3207–3210, 3212-, 3213-, 3215-tovar pozitsiyalaridagi boshqa mahsulotlar kiritilmaydi.

4. 3208-tovar pozitsiyasiga 3901–3913-tovar pozitsiyalarining har qanday mahsulotidan tashkil topgan eritmalar (kolloid birikmalardan tashqari) uchuvchan organik erituvchilar, agar tarkibidagi erituvchining miqdori eritmaning umumiy massasiga nisbatan 50% dan oshgandagina kiritiladi.

5. Mazkur guruhdagi “rang beruvchi modda” atamasi yelimli bo'yoqlar uchun yaroqli yoki yaroqsizligidan qat'i nazar, yog'li bo'yoqlar uchun to'ldiruvchi sifatida ishlatiladigan mahsulotlarga taalluqli emas.

6. 3212-tovar pozitsiyasidagi “bo'rttirma uchun folga” atamasi faqat kitob muqovasi yoki shlyapa bosh kiyimi lentalariga naqsh bosish uchun ishlatiladigan yupqa qatlamli materiallarni anglatadi va ular quyidagilardan iborat:

a) yelim, jelatin yoki boshqa bog'lovchi modda bilan aglomeratsiyalangan metall kukuni (shu jumladan, qimmatbaho metallar kukuni) yoki pigment; yoxud:

(b) har qanday materialdan tayyorlangan list ko'rinishdagi taglikka tushirilgan metall (shu jumladan, qimmatbaho metallar) yoki pigment. + 3204 19 000 0 – – boshqalar, shu jumladan, 3204 11 – 3204 19-–

Pozitsiyalar

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.