TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 31-guruh: O'g'itlar

Guruhga izohlar, 3101–3105 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: O'g'itlar.

VI bo'lim. Kimyo va unga bog'liq bo'lgan sanoat tarmoqlari mahsulotlari

VI bo'limga izohlar

Izohlar:

11. (A) 2844- va 2845-tovar pozitsiyalarining izohlariga mos keladigan mahsulotlar

.(radioaktiv rudalardan farqli ravishda), tovar pozitsiyalariga kiritilishi va boshqa tovarlar pozitsiyalarining Nomenklaturasiga kiritilmasligi lozim. (B) Yuqoridagi 1 (A) izoh qoidalariga rioya qilgan holda, 2843, 2846 yoki 2852-tovar pozitsiyalari izohlariga mos keladigan mahsulotlar mazkur tovarlar pozitsiyalariga kiritilishi va ushbu bo'limning xech qaysi boshqa tovar pozitsiyalariga kiritilmasligi lozim.

22. Yuqoridagi 1-izoh qoidalariga rioya qilgan holda, o'lchangan dozalarda yoki chakana sotuv

.asosida yetkazib beriladigan 3004, 3005, 3006, 3212, 3303, 3304, 3305, 3306, 3307, 3506, 3707 yoki 3808-tovar pozitsiyalariga tegishli mazkur tovarlar pozitsiyasiga kiritilishi va Nomenklaturaning boshqa tovar pozitsiyalariga kiritilmasligi lozim.

33. Ikki va undan ortiq alohida yig'ilgan komponentlardan iborat bo'lgan tovarlar,

.ularning ayrimlari yoki barchasi ushbu bo'limga kiritiladi va VI yoki VII bo'limga tegishli mahsulotlarni olish maqsadida aralashtirish uchun mo'ljallangan. Ular bo'lim tovar mahsulotlari pozitsiyasining quyidagi shartlariga mos kelganida kiritilishi lozim:

(a) ularni dastlabki qayta qadoqlash yoki qayta joylashtirib o'rashlarsiz usullaridan aniq foydalanishni hisobga olgan holda ishlatish uchun mo'ljallanganligi;

(b) birgalikda yetkazib berilishi; va

(v) bir-birini to'ldirib turuvchi komponent sifatida tabiiy xususiyati yoki nisbiy nisbat proporsiyalariga qarab identifikatsiya qilinadi.

44. Agar mahsulot nomi yoki uni bajaradigan vazifasi bo'yicha VI bo'limning bir yoki bir

.nechta tovar pozitsiyalari izohiga mos kelsa va 3827-tovar pozitsiyasining matniga ko'ra, u holda bu tovar mahsulot 3827-tovar pozitsiyasiga emas, balki o'zining berilgan izohlari yoki funksiyasidan kelib chiqib, mos tovar pozitsiyasiga kiritiladi.

31-guruhga izohlar

Izohlar:

1. Ushbu guruhga quyidagilar kiritilmaydi:

(a) 0511-tovar pozitsiyasidagi hayvonlar qoni;

(b) ma'lum kimyoviy tarkibga ega bo'lgan alohida birikmalar (2 (a), 3 (a), 4 (a) yoki 5-bandlarda ko'rsatilganlar bundan mustasno); yoki

(v) 3824-tovar pozitsiyasi kiritiladigan, har birining og'irligi 2,5 g dan kam bo'lmagan, kaliy xloridning sun'iy ravishda o'stirilgan kristallari (optik elementlardan tashqari); kaliy xloridning optik elementlari (9001 tovar pozitsiyasi).

2. 3102-tovar pozitsiyasiga faqat quyidagi mahsulotlar kiradi: agar ular 3105-tovar pozitsiyasida nazarda tutilgan o'ramlar yoki shakllariga qadoqlanmagan bo'lsa:

(a) quyida keltirilgan tavsiflarning biriga yoki boshqasiga mos keladigan mahsulotlar:

(i) natriy nitrati, qo'shimcha aralashmalar bilan yoki qo'shimcha aralashmalarsiz;

(ii) ammoniy nitrati, qo'shimcha aralashmalar bilan yoki qo'shimcha aralashmalarsiz;

(iii) ammoniy sulfati va ammoniy nitratining qo'sh tuzlari, qo'shimcha aralashmalar bilan yoki qo'shimcha aralashmalarsiz;

(iv) ammoniy sulfati, qo'shimcha aralashmalar bilan yoki qo'shimcha aralashmalarsiz;

(v) qo'sh tuzlar (qo'shimcha aralashmalar bilan yoki qo'shimcha aralashmalarsiz) yoki kalsiy nitrati va ammoniy nitrati aralashmalari;

(vi) qo'sh tuzlar (qo'shimcha aralashmalar bilan yoki qo'shimcha aralashmalarsiz) yoki kalsiy nitrati va magniy nitrati aralashmalari;

(vii) qo'shimcha aralashmalar bilan yoki qo'shimcha aralashmalarsiz, yog' bilan ishlov berilgan yoki ishlov berilmagan kalsiy sianamidi;

(viii) qo'shimcha aralashmalar bilan yoki qo'shimcha aralashmalarsiz, mochevina (karbamid);

(b) 2 (a) izohida ko'rsatilgan har qanday moddalarning aralashmalaridan tashkil topgan o'g'itlar;

(v) ammoniy xlorididan tarkib topgan yoki 2 (a) yoki 2 (b) izohlarda ko'rsatilgan, o'g'it bo'lmagan bo'r, gips yoki boshqa noorganik moddalar bilan aralashtirilgan har qanday boshqa moddadan iborat bo'lgan o'g'itlar;

(g) 2 (a) (ii) yoki 2 (a) (viii) izohlarida ko'rsatilgan mahsulotlardan yoki ushbu mahsulotlarning suvli yoki ammiak eritmasidagi aralashmalaridan tashkil topgan suyuq o'g'itlar.

3. 3103-mahsulot pozitsiyaga faqat quyidagi mahsulotlar kiradi‚ agar ular 3105-tovar pozitsiyada nazarda tutilgan shakllar yoki o'ramlarga qadoqlanmagan bo'lsa:

(a) quyida keltirilgan tavsiflardan biriga yoki boshqasiga mos keladigan mahsulotlar:

(i) asosiy shlak;

(ii) kalsinatsiyalangan yoki qo'shimcha aralashmalarni olib tashlash uchun zarur bo'lgandan yuqoriroq haroratda ishlov berilgan, 2510-tovar pozitsiyasidagi tabiiy fosfatlar;

(iii) superfosfatlar (oddiy, ikki yoki uch hissali);

(iv) quruq suvsiz mahsulotga qayta hisoblanganda ftorning kamida 0,2% massa ulushini o'z ichiga olgan kalsiy vodorodfosfati;

(b) 3(a) izohda ko'rsatilgan har qanday mahsulotlarning aralashmalaridan tashkil topgan o'g'itlar, lekin ftorning maksimal miqdorini hisobga olmaganda;

(v) 3 (a) yoki 3 (b) izohlarda ko'rsatilgan har qanday mahsulotlardan tashkil topgan, lekin ftorning maksimal miqdorini hisobga olmagan, o'g'it bo'lmagan bo'r, gips yoki boshqa noorganik moddalar bilan aralashtirilgan o'g'itlar.

4. 3104-tovar pozitsiyaga faqat quyidagi mahsulotlar kiradi: agar ular 3105-tovar pozitsiyasida nazarda tutilgan shakllar yoki o'ramlarga qadoqlanmagan bo'lmasa:

(a) quyidagi tavsiflardan biriga yoki boshqasiga mos keladigan mahsulotlar:

(i) ishlov berilmagan kaliy tuzlari (masalan, karnallit, kainit va silvit);

(ii) kaliy xloridi, qo'shimcha aralashmalar bilan yoki qo'shimcha aralashmalarsiz, yuqoridagi 1 (v) izohda ko'rsatilganlar bundan mustasno;

(iii) kaliy sulfati, qo'shimcha aralashmalar bilan yoki qo'shimcha aralashmalarsiz;

(iv) kaliy–magniy sulfati, qo'shimcha aralashmalar bilan yoki qo'shimcha aralashmalarsiz;

(b) yuqorida 4(a) izohda ko'rsatilgan har qanday moddalar aralashmasidan tashkil topgan o'g'itlar.

5. Ammoniy divodorodfosfat (monoammoniy fosfat) va diammoniy vodorod fosfat (diammoniy fosfat), qo'shimcha aralashmalar bilan yoki qo'shimcha aralashmalarsiz, shuningdek ularning aralashmalari 3105-tovar pozitsiyasiga kiritilishi kerak.

6. 3105-tovar pozitsiyasida “boshqa o'g'itlar” atamasi faqat o'g'it sifatida ishlatiladigan va asosiy tarkibiy qism sifatida quyidagi ozuqaviy moddalardan kamida bittasini o'z ichiga olgan mahsulotlarni anglatadi: azot, fosfor yoki kaliy.

Pozitsiyalar

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.