TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 30-guruh: Farmatsevtika mahsulotlari

Guruhga izohlar, 3001–3006 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Farmatsevtika mahsulotlari.

VI bo'lim. Kimyo va unga bog'liq bo'lgan sanoat tarmoqlari mahsulotlari

VI bo'limga izohlar

Izohlar:

11. (A) 2844- va 2845-tovar pozitsiyalarining izohlariga mos keladigan mahsulotlar

.(radioaktiv rudalardan farqli ravishda), tovar pozitsiyalariga kiritilishi va boshqa tovarlar pozitsiyalarining Nomenklaturasiga kiritilmasligi lozim. (B) Yuqoridagi 1 (A) izoh qoidalariga rioya qilgan holda, 2843, 2846 yoki 2852-tovar pozitsiyalari izohlariga mos keladigan mahsulotlar mazkur tovarlar pozitsiyalariga kiritilishi va ushbu bo'limning xech qaysi boshqa tovar pozitsiyalariga kiritilmasligi lozim.

22. Yuqoridagi 1-izoh qoidalariga rioya qilgan holda, o'lchangan dozalarda yoki chakana sotuv

.asosida yetkazib beriladigan 3004, 3005, 3006, 3212, 3303, 3304, 3305, 3306, 3307, 3506, 3707 yoki 3808-tovar pozitsiyalariga tegishli mazkur tovarlar pozitsiyasiga kiritilishi va Nomenklaturaning boshqa tovar pozitsiyalariga kiritilmasligi lozim.

33. Ikki va undan ortiq alohida yig'ilgan komponentlardan iborat bo'lgan tovarlar,

.ularning ayrimlari yoki barchasi ushbu bo'limga kiritiladi va VI yoki VII bo'limga tegishli mahsulotlarni olish maqsadida aralashtirish uchun mo'ljallangan. Ular bo'lim tovar mahsulotlari pozitsiyasining quyidagi shartlariga mos kelganida kiritilishi lozim:

(a) ularni dastlabki qayta qadoqlash yoki qayta joylashtirib o'rashlarsiz usullaridan aniq foydalanishni hisobga olgan holda ishlatish uchun mo'ljallanganligi;

(b) birgalikda yetkazib berilishi; va

(v) bir-birini to'ldirib turuvchi komponent sifatida tabiiy xususiyati yoki nisbiy nisbat proporsiyalariga qarab identifikatsiya qilinadi.

44. Agar mahsulot nomi yoki uni bajaradigan vazifasi bo'yicha VI bo'limning bir yoki bir

.nechta tovar pozitsiyalari izohiga mos kelsa va 3827-tovar pozitsiyasining matniga ko'ra, u holda bu tovar mahsulot 3827-tovar pozitsiyasiga emas, balki o'zining berilgan izohlari yoki funksiyasidan kelib chiqib, mos tovar pozitsiyasiga kiritiladi.

30-guruhga izohlar

Izohlar:

1. Ushbu guruhga kirmaydi:

(a) venatomiri ichiga yuboriladigan ozuqaviy preparatlardan tashqari, oziq-ovqat yoki ichimliklar (masalan parhez, diabet yoki ozuqaviy qo'shimchalar bilan boyitilgan oziq ovqatlar, ozuqaviy qo'shimchalar, organizmning tonusini oshiruvchi ichimliklar va mineral suvlar) (IV bo'lim);

(b) nikotin saqlovchi va tamaki chekishni tashlashga yordam berish uchun mo'ljallangan tabletkalar, saqichlar yoki plastirlar (transdermal tizimlar (sistemalar) kabi mahsulotlar (2404-tovar pozitsiyasi);

(v) stomatologiyada ishlatish uchun maxsus kalsiylashtirilgan yoki maydalangan gipslar (2520-tovar pozitsiyasi);

(g) tibbiy maqsadda qo'llanilishiga mo'ljallangan efir moylarining suvli eritmalari yoki suvli distillyatlari (3301-tovar pozitsiyasi)

(d) 3303–3307-tovar pozitsiyalaridagi preparatlar, garchi terapevtik yoki profilaktik xususiyatlarga ega bo'lgan bo'lsa ham;

(ye) 3401-tovar pozitsiyasidagi dorivor qo'shimchalarni saqlovchi sovun va boshqa mahsulotlar;

(j) stomatologiyada ishlatish uchun gips asosidagi vositalar (3407-tovar pozitsiyasi);

(z) terapevtik yoki profilaktik maqsadlarda ishlatish uchun mo'ljallanmagan qon albumini (3502-tovar pozitsiyasi); yoki

(i) 3822-tovar pozitsiyasidagi diagnostik reagentlar tovar pozitsiyasi – 3822.

2. 3002-tovar pozitsiyasidagi, monoklonal antitelolar (MAV), antitelo fragmentlari, antitelo konyugatlari va antitelolar fragmentlari konyugatlari, interleykinlar, interferonlar (IFN), xemokinlar va o'simta nekrozi faktorlarining ba'zilari (TNF), o'sish faktori (GF), gematopoetinlar va koloniyastimullovchi faktorlar (CSF) kabi bevosita immunologik jarayonlarni tartibga solishda ishtirok etadigan “immunobiologik preparatlar” tushunchasi peptidlar va oqsillarga tegishli (2937-tovar pozitsiyasidan tashqari)

3. Ushbu guruhda 3003- va 3004-tovar pozitsiyalari va 4 (g) izohida quyidagilar tushunilishi kerak:

(a) aralashmagan mahsulotlar deb: (1) suvda eriydigan aralashmagan mahsulotlar; (2) 28- yoki 29-guruhlaridagi barcha mahsulotlar; (3) faqat har qanday erituvchida eritilgan va standartlashtirilgan 1302 tovar pozitsiyasidagi oddiy o'simlik ekstraktlari;

(b) aralashgan mahsulotlar: (1) kolloid eritmalar va suspenziyalar (kolloid oltingugurtdan tashqari); (2) o'simlik xom ashyosi aralashmasini qayta ishlash natijasida olingan o'simlik; (3) tabiiy mineral suvlarni bug'lantirish orqali olingan tuzlar va konsentratlar.

4. 3006-tovar pozitsiyasiga faqat ushbu guruhga kiritilishi kerak bo'lgan va Nomenklatura tovar pozitsiyasining boshqa hech qanday guruhga kiritilmaydigan quyidagi mahsulotlar kiradi:

(a) steril jarrohlik ketgutitikish uchun shunga o'xshash steril materiallar (jumladan steril so'rilib ketuvchi jarrohlik yoki stomatologik iplar) va jarohatlarni jarrohlik yo'li bilan yopish uchun steril adgeziv matolar ;

(b) steril laminariya va laminariyadan steril tamponlar;

(v) steril so'rilib ketuvchi jarrohlik yoki stomatologik qon to'xtatuvchi vositalar (gemostatiklar), so'rilib ketuvchi yoki so'rilmaydigan steril jarrohlik yoki stomatologik adgezion baryerlar;

(g) bemorlarga yuborish uchun mo'ljallangan, dozalangan shakldagi aralashmagan moddalar hisoblanuvchi yoki ikki yoki undan ko'p komponentlardan tashkil topgan, shunga o'xshash ishlatishga mo'ljallangan aralashgan moddalar rentgenografik tekshirish uchun kontrast preparatlar va diagnostik reagentlar;

(d) ma'qullangan klinik tadqiqotlarni oddiy yashirin (yoki ikki tomonlama yashirin) usul bilan o'tkazish uchun dozalangan shakllar ko'rinishida qadoqlangan platsebo va klinik tadqiqotlar uchun atayin tayyorlangan preparatlar to'plami, agar hatto ular faol (ta'sir etuvchi) dori moddalari saqlashi mumkin bo'lsa ham;

(ye) tish sementlari va tishlarni plombalash uchun boshqa materiallar, suyak rekonstruksiyasi uchun sementlar;

(j) sanitar sumkalar va birinchi tibbiy yordam ko'rsatish uchun to'plamlar;

(z) gormonlar asosidagi kimyoviy kontratsevtik vositalar, 2937-tovar pozitsiyasidagi boshqa birikmalar yoki spermitsidlar;

(i) tibbiyotda yoki veterinariyada jarrohlik operatsiyalari yoki fizik tadqiqotlarda tana qismlariga surtish uchun mo'ljallangan yoki tana va tibbiy asbob-uskuna o'rtasida biriktiruvchi agent sifatida qo'llaniladigan gel shaklidagi preparatlar;

(k) yaroqsiz farmatsevtika vositalari, ya'ni birlamchi ko'rsatmasiga asosan qo'llashga yaroqsiz, masalan, yaroqlilik muddati tugagan, farmatsevtika mahsuloti;

(l) stomik ishlatish uchun moslamalar, ya'ni shakliga ko'ra kesilgan, kolostom, ileostom va urostom qoplar, ularning yopishqoq plastinalari yoki yuz qismlari deb identifikatsiyalangan moslamalar.

Subpozitsiyalarga izohlar:

1. 3002 13- va 3002 14-subpozitsiyalarda tushunilish kerak:

(a) aralashmagan mahsulotlar – yot moddalar saqlovchi yoki saqlamagan toza moddalar;

(b) aralashgan mahsulotlar: (1) suvda yoki boshqa erituvchilarda eritilgan (a) punktda keltirilgan mahsulotlar; (2) (a) va (b) (1) punktlarda keltirilgan, saqlash va tashish uchun zarur bo'lgan stabilizatorlar qo'shilgan mahsulotlar; hamda (3) yuqoridagi (a), (b) (1) i (b) (2) bandlarda keltirilgan, boshqa har qanday qo'shimchalar bilan mahsulotlar.

2. 3003 60- va 3004 60-subpozitsiyalarga boshqa farmatsevtik faol moddalar bilan majmuaviy tarkibda yoki boshqa quyidagi faol (ta'sir etuvchi) moddalar bilan majmuaviy yoki alohida tarkibda: amodiaxin (INN); artelinat kislotasi yoki uning tuzlari; artenimol (INN); artemotil (INN); artemeter (INN); artesunat (INN); xloroxin (INN); digidroartemizinin (INN); lumefantrin (INN); mefloxin (INN); piperaxin (INN); pirimetamin (INN) yoki sulfadoksin (INN), ichga qabul qilish uchun mo'ljallangan artemizinin (INN) saqlovchi dori vositalari.

Pozitsiyalar

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.