TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 29-guruh: Organik kimyoviy birikmalar

Guruhga izohlar, 2901–2942 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Organik kimyoviy birikmalar.

VI bo'lim. Kimyo va unga bog'liq bo'lgan sanoat tarmoqlari mahsulotlari

VI bo'limga izohlar

Izohlar:

11. (A) 2844- va 2845-tovar pozitsiyalarining izohlariga mos keladigan mahsulotlar

.(radioaktiv rudalardan farqli ravishda), tovar pozitsiyalariga kiritilishi va boshqa tovarlar pozitsiyalarining Nomenklaturasiga kiritilmasligi lozim. (B) Yuqoridagi 1 (A) izoh qoidalariga rioya qilgan holda, 2843, 2846 yoki 2852-tovar pozitsiyalari izohlariga mos keladigan mahsulotlar mazkur tovarlar pozitsiyalariga kiritilishi va ushbu bo'limning xech qaysi boshqa tovar pozitsiyalariga kiritilmasligi lozim.

22. Yuqoridagi 1-izoh qoidalariga rioya qilgan holda, o'lchangan dozalarda yoki chakana sotuv

.asosida yetkazib beriladigan 3004, 3005, 3006, 3212, 3303, 3304, 3305, 3306, 3307, 3506, 3707 yoki 3808-tovar pozitsiyalariga tegishli mazkur tovarlar pozitsiyasiga kiritilishi va Nomenklaturaning boshqa tovar pozitsiyalariga kiritilmasligi lozim.

33. Ikki va undan ortiq alohida yig'ilgan komponentlardan iborat bo'lgan tovarlar,

.ularning ayrimlari yoki barchasi ushbu bo'limga kiritiladi va VI yoki VII bo'limga tegishli mahsulotlarni olish maqsadida aralashtirish uchun mo'ljallangan. Ular bo'lim tovar mahsulotlari pozitsiyasining quyidagi shartlariga mos kelganida kiritilishi lozim:

(a) ularni dastlabki qayta qadoqlash yoki qayta joylashtirib o'rashlarsiz usullaridan aniq foydalanishni hisobga olgan holda ishlatish uchun mo'ljallanganligi;

(b) birgalikda yetkazib berilishi; va

(v) bir-birini to'ldirib turuvchi komponent sifatida tabiiy xususiyati yoki nisbiy nisbat proporsiyalariga qarab identifikatsiya qilinadi.

44. Agar mahsulot nomi yoki uni bajaradigan vazifasi bo'yicha VI bo'limning bir yoki bir

.nechta tovar pozitsiyalari izohiga mos kelsa va 3827-tovar pozitsiyasining matniga ko'ra, u holda bu tovar mahsulot 3827-tovar pozitsiyasiga emas, balki o'zining berilgan izohlari yoki funksiyasidan kelib chiqib, mos tovar pozitsiyasiga kiritiladi.

29-guruhga izohlar

Izohlar:

1.Agar kontekstda boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa, ushbu guruhning mahsulot pozitsiyalariga faqat quyidagilar kiradi:

(a) tarkibida aralashmalar bo'lgan yoki bo'lmagan aniq bir kimyoviy tarkibdagi alohida organik birikmalar;

(b) bir xil organik birikmaning ikki yoki undan ortiq komponentli izomer aralashmalari (tarkibida aralashmalar bo'lgan yoki bo'lmagan), to'yingan yoki to'yinmagan (27-guruh) atsiklik uglevodorodlar (lekin stereoizomerlar emas), izomerlarining aralashmalari bundan mustasno;

(v) 2936 – 2939-tovar pozitsiyalari yoki oddiy shakar efirlari, shakar atsetallari, murakkab shakar efirlari va ularning tuzlari, aniq yoxud noaniq kimyoviy tarkibdagi 2940-tovar pozitsiyasi yoki 2941-tovar pozitsiyasi mahsulotlari;

(g) yuqoridagi (a), (b) yoki (v) bandlarda ko'rsatilgan, suvda eriydigan mahsulotlar;

(d) yuqoridagi (a), (b) yoki (v) bandlarda ko'rsatilgan, boshqa eritmalarda eritilgan mahsulotlar, eritish faqat ushbu mahsulotlarni saqlash yoki tashish uchun ishlatiladigan oddiy va zarur usul bo'lgan va erituvchi mahsulotni an'anaviy foydalanishdan boshqacha ma'lum bir o'ziga xos qo'llash uchun yaroqli qilmaydigan shartlarda;

(ye) yuqorida ko'rsatilgan (a), (b), (v), (g) yoki (d) bandlardagi mahsulotlar, ularni saqlash yoki tashish uchun zarur bo'lgan barqarorlashtiruvchi modda (shu jumladan, yopishib qolishga qarshi agent) qo'shilgan holda;

(j) yuqorida ko'rsatilgan (a), (b), (v), (g), (d) yoki (ye)bandlardagi mahsulotlar changga qarshi vosita yoki bo'yovchi xushbo'y moddalar yoki qayd qildiradigan vosita qo'shilishi bilan ularni identifikatsiyalashni osonlashtirish uchun yoki xavfsizlik maqsadida, ushbu qo'shimchalar mahsulotni an'anaviy qo'llashdan boshqacha o'ziga xos qo'llash uchun yaroqli qilmaydigan shartlarda;

(z) azobo'yoqlarini ishlab chiqarish uchun standart konsentratsiyaga ega suyultirilgan quyidagi mahsulotlar: diazoniy tuzlari, ushbu tuzlar bilan birgalikda reaksiyaga kirishadigan moddalar, diazotlovchi aminlar va ularning tuzlarini.

2.Ushbu guruhga quyidagilar kirmaydi:

(a) 1504 tovar pozitsiyasi mahsulotlari yoki 1520-tovar pozitsiyasi xom glitserini;

(b) etil spirti (2207- yoki 2208-tovar pozitsiyasi);

(v) metan yoki propan (2711-tovar pozitsiyasi);

(g) 28-guruhga 2-izohda ko'rsatilgan uglerod birikmalari;

(d) 3002-tovar pozitsiyasining immunologik mahsulotlari;

(ye) mochevina (3102- yoki 3105-tovar pozitsiyasi);

(j) o'simlik yoki hayvonot manbalaridan kelib chiqqan bo'yovchi moddalar (3203-tovar pozitsiyasi), sintetik organik bo'yovchi moddalar, optik oqartiruvchi yoki lyuminoforlar sifatida ishlatiladigan sintetik organik mahsulotlar (3204-tovar pozitsiyasi) yoki chakana savdo uchun qoliplar yoki idishlarga qadoqlangan bo'yoqlar yoki bo'yovchi moddalar (3212-tovar pozitsiyasi);

(z) fermentlar (3507-tovar pozitsiyasi)

(i) yoqilg'i sifatida ishlatish uchun mo'ljallangan, qoliplarga(masalan, tabletka, tayoqchalar yoki shunga o'xshash shakllar) qadoqlangan metaldegid, geksametilenetramin yoki shunga o'xshash moddalar sigareta uchun zajigalkalarni to'ldirish yoki qayta to'ldirish uchun ishlatiladigan sig'imi 300 sm³ dan ortiq bo'lmagan konteynerlardagi suyuq yoki suyultirilgan gazsimon yoqilg'i (3606-tovar pozitsiyasi);

(k) 3813-tovar pozitsiyadagi yong'inlarni o'chirish uchun o't o'chirgich yoki granatalar uchun zaryad sifatida yetkazib beriladigan mahsulotlar; 3824-tovar pozitsiyali chakana sotuv uchun qadoqlangan siyoh dog'larini yo'qotish tarkiblari;

l) optik elementlar, masalan, etilendiamintratdan tayyorlangan (9001-tovar pozitsiyasi).

3.Ushbu guruhning ikki yoki undan ortiq mahsulot pozitsiyalariga kiritilishi mumkin bo'lgan mahsulotlar tovar pozitsiyasiga kiritiladi, oxirgisi ushbu Nomenklatura guruhidagi kodlarning o'sish tartibida kiritiladi.

4.2904 – 2906, 2908 – 2911 va 2913 – 2920-tovar pozitsiyalaridagi har qanday gallogenlangan, sulfolangan, nitrollangan yoki nitrozalangan hosilalarga tegishli bo'lgan sulfo-gallogenlangan, nitrogallogenlangan, nitrosulfinlangan yoki nitrosulfogallogenlangan kabi aralash hosilalarga ham tegishli. 2929- tovar pozitsiyasida nitro- yoki nitro guruhlari azotni o'z ichiga olgan funksional guruhlar sifatida ko'rib chiqilmaydi. 2911, 2912, 2914, 2918 va 2922-tovar pozitsiyalarida “kislorodli funksional guruh” atamasi ushbu mahsulot pozitsiyalarning xarakterli organik kislorodli guruhlari 2905-2920-tovar pozitsiyalarida ko'rsatilgan kislorodli funksional guruhlar bilan cheklanganligini anglatadi.

5.(A) I – VIIkichik guruhlarning kislotali funksional guruhlariga ega bo'lgan organik birikmalarning murakkab efirlari ushbu kichik guruhlar organik birikmalari bilan mahsulot pozitsiyadagilar bilan kiritilishi kerak, oxirgisi Nomenklaturaning ushbu kichik guruhlarida kodlarning o'sish tartibida kiritiladi. (B) I – VII kichik guruhlarning kislotali funksional guruhlariga ega bo'lgan organik birikmalarning etil spirti kislotali funksional guruhlariga ega bo'lgan tegishli organik birikmalar kabi o'sha mahsulot pozitsiyalarga kiritilishi kerak. (V) VI bo'limga 1-izoh va 28-guruhga 2-izoh qoidalariga rioya qilgan holda: (1) organik birikmalarning noorganik tuzlari, masalan, kislotali, fenol yoki yenol funksional guruhlarga ega bo'lgan birikmalar yoki I – X kichik guruhlariga yoxud 2942-tovar pozitsiyaga kiritilgan organik asoslar organik birikmalar uchun mo'ljallangan mahsulot pozitsiyalarga kiritilishi kerak; (2) I – X kichik guruhlariga yoki 2942-tovar pozitsiyasiga kiritilgan organik birikmalar o'rtasidagi kimyoviy reaksiyalar natijasida olingan tuzlar ushbu tuzlardan hosil bo'ladigan asoslar yoki kislotalar (shu jumladan, fenolik yoki yenolik funksional guruhlarga ega birikmalar) uchun mo'ljallangan tovar pozitsiyasiga kiritilishi kerak, oxirgisi guruhdagi kodlarning o'sish tartibida kiritiladi; (3) muvofiqlashtirish yoki kompleks birikmalar, XI kichik guruhiga mansub yoki 2941-tovar pozitsiyasiga tegishli moddalardan tashqari, oxirgisi 29-guruhdagi kodlarning o'sish tartibida, metall-uglerod bog'lanishlaridan tashqari barcha metall bog'lanishlarning “bo'linishi” natijasida hosil bo'lgan bo'laklarga mos keladigan tovar pozitsiyasiga kiritilgan. (G) Metall alkogolyatlari, etanoldan tashqari (2905-tovar pozitsiyasi), tegishli spirtlar kabi o'sha tovar pozitsiyasiga kiritilishi kerak. (D) Karbon kislota gallogenangidridlari tegishli kislotalar kabi o'sha tovar pozitsiyasiga kiritilishi kerak.

6.2930- va 2931-tovar pozitsiyalarining birikmalari organik birikmalar bo'lib, ularning molekulalari vodorod, kislorod yoki azot atomlaridan tashqari uglerod atomlari bilan bevosita bog'liq bo'lgan boshqa nometall yoki metallarning atomlarini (oltingugurt, mishyak yoki qo'rg'oshin kabi) o'z ichiga oladi. 2930- (seroorganik birikmalari) va 2931- (boshqa organo-noorganik kimyoviy birikmalar) tovar pozitsiyalari sulfinlangan yoki galogenlangan hosilalarni (shu jumladan, murakkab hosilalarni) o'z ichiga olmaydi, ular vodorod, kislorod va azotdan tashqari faqat uglerod bilan bevosita bog'liq bo'lgan hamda ularga sulfollash yoki galogenlangan hosilalarning xususiyatlarini beradigan (yoki murakkab hosilalar) oltingugurt yoki galogen atomlariga ega.

7.2932 – 2934-tovar pozitsiyalariga kiritilgan uch benzolhalqali epoksid, keton peroksidlari, aldegidlar yoki tioaldegidlarning siklik polimerlari, ko'p asosli karbon kislotalarning angidridlari, ko'p asosli kislotalar yoki ko'p asosli kislotalarning imidlari bilan polispirtlar yoki fenollarning siklik murakkab efirlari yoki fenollar kirmaydi.

8.2937-tovar pozitsiyasida:

(a) “gormonlar” atamasi ajraladigan gormonlar yoki garmonlar sereksiyasini kuchaytiruvchi moddalar, gormon ingibitorlari va gormon antagonistlarni (antigormonlar) rivojlanishini tezlashtiruvchi rilizing-gormonlarni o'z ichiga oladi

(b) “asosan gormonlar sifatida ishlatiladigan” atamasi, ayniqsa, gormonal ta'sir ko'rsatish uchun foydalaniladigan nafaqat gormon hosilalari va ularning tarkibiy analoglariga, balki ushbu mahsulot pozitsiya moddalarini sintez qilishda birinchi navbatda oraliq moddalar sifatida ishlatiladigan bunday hosilalar va tarkibiy analoglarga ham tegishli.

Subpozitsiyalarga izohlar:

1.Ushbu guruhning har qanday tovar pozitsiyasida kimyoviy birikmaning (yoki kimyoviy birikmalar guruhining) hosilalari birikmaning o'zi (yoki birikmalar guruhi) kiritilgan o'sha subpozitsiyasiga kiritilishi kerak,ular boshqa hech qanday subpozitsiyaga kiritilmagan va ko'rib chiqilayotgan subpozitsiyalar orasida “boshqalar” deb nomlangan qoldiq subpozitsiya mavjud bo'lmagan shartlarda.

2.29-guruhdagi 3k izohlari ushbu guruh subpozitsiyasiga taalluqli emas.

Qo'shimcha izohlar:

1.2901 10 000 1-podsubpozitsiyalarga 95% va undan ortiq tozaligi bilan alohida izomerlar ko'rinishidagi etan, butan va izobutan kiradi. Birikmalarning ko'rsatilgan foizli tarkibi mos ravishda gazsimon mahsulotlar uchun hajm yoki suyultirilgan mahsulotlar uchun massa bo'yicha hisoblanadi. Past darajadagi tozalikka ega bo'lgan etan, butan va izobutan 2711-tovar pozitsiyasiga tegishli.

2.2901 10 000 2-kichik subpozitsiyalarga tozaligi 95% va undan ortiq tozaligi bilan alohida izomerlar ko'rinishidagi pentan va izopentan kiritiladi. + 2909 60 000 0 – spirt, oddiy efir, atsetal, yarimatsetal va ketonlar peroksidlari – + 2911 00 000 0 Tarkibida boshqa kislorodli funksional guruh bo'lgan – + 2932 99 000 0 – – boshqalar – + 2939 49 000 0 – – boshqalar – + 2939 79 000 0 – – boshqalar –

Pozitsiyalar

I. Uglevodorodlar va ularning gallogenlangan, sulfatlangan, nitrotlangan yoki nitrozalangan hosila va birikmalari
2901Atsiklik uglevodorodlar0% 2902Siklik uglevodorodlar0% 2903Uglevodorodlarning gallogenlangan hosilalari0% 2904Uglevodorodlarning sulfirlangan, nitrolangan yoki nitrozirlangan hosilalari, galogenlashgan yoki galogenlashmagan0%
II. Spirtlar va ularning galogenlangan, sulfirlangan, nitrolangan yoki nitrozirlangan hosilalari
2905Atsiklik spirtlar va ularning spirtlar va ularning galogenlangan, sulfirlangan, nitrolangan yoki nitrozirlangan hosilalari0% 2906Siklik tuzilishdagi spirtlar va ularning gallogenlangan, sulfatlangan, nitratlangan yoki nitrozalangan hosilalari0%
III. Fenollar, fenolospirtlar va ularning gallogenlangan, sulfatlangan, nitrotangan yoki nitrozalangan hosila birikmalari
2907Fenollar0% 2908Fenol yoki fenolospirtlarning galogenlangan, sulfinlangan, nitrolangan yoki nitrozalangan hosilalari0%
IV. Oddiy efirlar, spirt, oddiy efir, atsetal, yarimatsetal, ketonlar peroksidlari, uch benzol xalqali epoksidlar, atsetal va yarimatsetallar hamda ularning gallogenlangan, sulfinlangan, nitrolangan yoki nitrozalangan hosila birikmalari
2909Oddiy efirlar, oddiy efirlarning, atsetallarning, yarimatsetallarning va ketonlarning0% 2910Tarkibida uch benzol halqa bo'lgan epoksidlar, epoksi spirtlar, epoksifenollar va epoksiefirlar va ularning gallogenlangan, sulfinlangan…0%
V. Funksional guruhli aldegid birikmalar
2912Tarkibida boshqa kislorodli funksional guruh bo'lgan yoki bo'lmagan aldegidlar0% 29132912 tovar pozitsiyasi, gallogenlangan, sulfinlangan, nitrolangan yoki nitrozalangan birikmalarning hosila birikmalari0%
VI. Ketonli va xinonli funksional guruhli birikmalar
2914Tarkibida boshqa kislorodli funksional guruh bo'lgan yoki bo'lmagan keton va xinonlar hamda ularning gallogenlangan, sulfinlangan…0%
Karbon kislotalar va ularning angidridlari, gallogenangidrid, peroksid, peroksikislotalar hamda ularning gallogenlangan, sulfinlangan, nitrolangan yoki nitrozalangan hosila birikmalari
2915Atsiklik ko'p karbonli to'yingan kislotalar va ularning angdrid, gallogenangidrid, peroksid hamda peroksikislotalari0% 2916Atsiklik ko'p karbonli to'yinmagan kislotalar, siklik ko'p karbonli kislotalar, ularning angidrid, gallogen angidrid, peroksid va…0% 2917Polikarbon kislotalar, ularning angidrid, gallogenangidrid, peroksid va peroksikislotalari0% 2918Tarkibida qo'shimcha kislorodli funksional guruh bo'lgan karbon kislotalar, ularning angdrid, gallogen angidrid, peroksid va…0%
VIII. Nometall noorganik kislotalar murakkab efirlari, ularning tuzlari va gallogenlangan, sulfinlangan, nitrolangan yoki nitrozalangan hosilalari
2919Murakkab fosfor kislota efirlari va ularning tuzlari laktofosfatlarni kiritgan holda0% 2920Nometallarning boshqa noorganik kislotalari murakkab efirlari0%
IX. Tarkibida azot bo'lgan funksional guruhli birikmalar
2921Tarkibida amino funksional guruh bo'lgan birikmalar0% 2922Kislorodli funksional guruhni o'z ichiga olgan aminobirikmalar0% 2923To'rtlamchi ammoniy asoslar tuzlari va gidroksidlari0% 2924Tarkibida karboksamid funksional guruhi bo'lgan birikmalar0% 2925Tarkibida karboksimid funksional guruh bo'lgan birikmalar0% 2926Tarkibida nitril funksional guruh bo'lgan birikmalar0% 2927Diazo-, azo- yoki azoksibirikmalar0% 2928Organik gidrazin yoki gidroksilamin hosilalari0% 2929Tarkibida boshqa azotli funksional guruhlar bo'lgan birikmalar0%
X. Organo-noorganik geterotsiklik birikmalar, nuklein kislotalar va ularning tuzlari, sulfonamidlari
2930Organiksulfid birikmalar0% 2931Organo-noorganik birikmalar boshqalar0% 2932Tarkibida faqat kislorod getero atom0% 2933Tarkibida faqat azot geteroatom0% 2934Aniq yoki noaniq kimyoviy tarkibdagi nuklein kislotalar va ularning tuzlari0% 2935Sulfonamidlar0%
XI. Provitaminlar, vitamin va gormonlar
2936Provitamin va vitaminlar, tabiiy yoki sintezlangan0% 2937Gormonlar, prostaglandin, tromboksan va leykotriyenlar, tabiiy yoki sintezlangan0%
XII. Glikozid va alkaloidlar, ularning tabiiy yoki sintez qilingan tuzlari, oddiy va murakkab efirlari hamda boshqa hosila birikmalar
2938Glikozidlar, tabiiy yoki sintez qilingan birikmalari0% 2939Alkaloidlar, tabiiy yoki sintez qilingan0%
XIII. Boshqa organik birikmalar
2940Kimyoviy toza shakarlar, saxaroza, laktoza, maltoza, glyukoza va fruktozadan tashqari0% 2941Antibiotiklar0% 2942Organik birikmalar boshqalar0%

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.