TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 28-guruh: Noorganik kimyo mahsulotlari

Guruhga izohlar, 2801–2853 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Noorganik kimyo mahsulotlari; qimmatbaho metallar, nodir metallar, radioaktiv elementlar yoki izotoplarning noorganik yoki organik birikmalari.

VI bo'lim. Kimyo va unga bog'liq bo'lgan sanoat tarmoqlari mahsulotlari

VI bo'limga izohlar

Izohlar:

11. (A) 2844- va 2845-tovar pozitsiyalarining izohlariga mos keladigan mahsulotlar

.(radioaktiv rudalardan farqli ravishda), tovar pozitsiyalariga kiritilishi va boshqa tovarlar pozitsiyalarining Nomenklaturasiga kiritilmasligi lozim. (B) Yuqoridagi 1 (A) izoh qoidalariga rioya qilgan holda, 2843, 2846 yoki 2852-tovar pozitsiyalari izohlariga mos keladigan mahsulotlar mazkur tovarlar pozitsiyalariga kiritilishi va ushbu bo'limning xech qaysi boshqa tovar pozitsiyalariga kiritilmasligi lozim.

22. Yuqoridagi 1-izoh qoidalariga rioya qilgan holda, o'lchangan dozalarda yoki chakana sotuv

.asosida yetkazib beriladigan 3004, 3005, 3006, 3212, 3303, 3304, 3305, 3306, 3307, 3506, 3707 yoki 3808-tovar pozitsiyalariga tegishli mazkur tovarlar pozitsiyasiga kiritilishi va Nomenklaturaning boshqa tovar pozitsiyalariga kiritilmasligi lozim.

33. Ikki va undan ortiq alohida yig'ilgan komponentlardan iborat bo'lgan tovarlar,

.ularning ayrimlari yoki barchasi ushbu bo'limga kiritiladi va VI yoki VII bo'limga tegishli mahsulotlarni olish maqsadida aralashtirish uchun mo'ljallangan. Ular bo'lim tovar mahsulotlari pozitsiyasining quyidagi shartlariga mos kelganida kiritilishi lozim:

(a) ularni dastlabki qayta qadoqlash yoki qayta joylashtirib o'rashlarsiz usullaridan aniq foydalanishni hisobga olgan holda ishlatish uchun mo'ljallanganligi;

(b) birgalikda yetkazib berilishi; va

(v) bir-birini to'ldirib turuvchi komponent sifatida tabiiy xususiyati yoki nisbiy nisbat proporsiyalariga qarab identifikatsiya qilinadi.

44. Agar mahsulot nomi yoki uni bajaradigan vazifasi bo'yicha VI bo'limning bir yoki bir

.nechta tovar pozitsiyalari izohiga mos kelsa va 3827-tovar pozitsiyasining matniga ko'ra, u holda bu tovar mahsulot 3827-tovar pozitsiyasiga emas, balki o'zining berilgan izohlari yoki funksiyasidan kelib chiqib, mos tovar pozitsiyasiga kiritiladi.

28-guruhga izohlar

Izohlar:

1. Agar kontekstda boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa, ushbu guruh tovar pozitsiyasiga quyidagilar kiritiladi:

(a) tarkibida alohida kimyoviy elementlar va ma'lum bir kimyoviy tarkibdagi aralashma birikmalarni saqlovchi yoki saqlamagan qo'shimchalar;

(b) yuqoridagi (a) bandda ko'rsatilgan, suvda eriydigan mahsulotlar;

(v) yuqoridagi (a) bandda ko'rsatilgan mahsulotlar, boshqa erituvchilarda erigan agar eritish ularni saqlash va tashish uchun normal va zarur shart bo'lsa, bu mahsulotlarning boshqa maqsadlarda foydalanishga imkon bermaydigan xususiyatlarini saqlab qolgan holda an'anaviydan oddiyroq bo'lishi;

(g) ularni saqlash va tashish uchun barqarorlashtiruvchi moddalar qo'shilgan (shu jumladan qotishga (yopishqoqlikka) qarshi vosita) yuqoridagi (a), (b) yoki (v) bandda keltirilgan mahsulotlar;

(d) changlanishga qarshi vositalar yoki ularni indentifikatsiya qilishni osonlashtirish uchun bo'yash moddalari qo'shilgan yoki ushbu mahsulotlar xususiyatlarini saqlab turish uchun boshqa maqsadlarda foydalanilmagan xavfsizlik nuqtai nazaridan qo'shilgan yuqoridagi (a), (b), (v) yoki (g) bandlaridagi mahsulotlar.

2. Ditionit va sulfoksilatlardan tashqari organik moddalar (2831-tovar pozitsiyasi), noorganik asosli karbonat va peroksokarbonatlar (2836-tovar pozitsiyasi), noorganik asosli sianidlar, sianid oksidi va murakkab tarkibli sianidlar (2837-tovar pozitsiyasi), noorganik asosli fulminatlar, sianidlar va tiotsianatlar (2842-tovar pozitsiyasi), 2843– 2846 va 2852-tovar pozitsiyasiga kiritilgan organik mahsulotlar hamda karbidlar (2849-tovar pozitsiyasi) bilan barqarorlashtirilganlar bilan bir qatorda ushbu guruhga quyidagi uglerod birikmalari kiritiladi:

(a) uglerod oksidlari, vodorod sianidi, portlovchi, izotsianli, tiotsianli va boshqa oddiy yoki sian kislotasining murakkab birikmalari (2811-tovar pozitsiyasi);

(b) uglerodning galogenli oksidlari (2812-tovar pozitsiyasi);

(v) uglerod disulfidi (2813-tovar pozitsiyasi);

(g) tiokarbonatlar, selenokarbonatlar, tellurokarbonatlar, selenotsianatlar, tellurotsianatlar, tetratiotsianatodiamminoxromatlar (reynekatlar) va boshqa noorganik asosli sianatlar majmuasi (2842-tovar pozitsiyasi);

(d) toza yoki qo'shimchalar bilan aralashgan sianamiddan tashqari (31-guruh) mochevina bilan qotirilgan vodorod peroksidi (2847-tovar pozitsiyasi), uglerod oksisulfidi, tiokarbonilgallogenlar, sian, sian gallogenlar, sianamid va uning metall bilan hosil qilgan birikmalari (2853-tovar pozitsiyasi).

3. VI bo'limning 1-bandida keltirilgan holatlarga amal qilinganda, ushbu guruhga quyidagilar kiritilmaydi:

(a) sof yoki aralashgan xlorid natriysi yoki magniy oksidi hamda V bo'limga tegishli boshqa mahsulotlar;

(b) Ushbu guruhning 2-izohida keltirilgandan tashqari organik-noorganik birikmalar;

(v) 31-guruhga tegishli bo'lgan 2-,3-,4- yoki 5-izohlarda keltirilgan mahsulotlar;

(g) 3206-tovar pozitsiyasidagi lyuminofor sifatida foydalaniladigan noorganik mahsulotlar; 3207-tovar pozitsiyasidagi shishasimon fritta va boshqa shisha kukunlari, granulalari yoki parchalari;

(d) sun'iy grafit (3801-tovar pozitsiyasi); 3813-tovar pozitsiyasidagi yong'inga qarshi zaryad sifatida ishlatiladigan mahsulotlar yoki yong'inni o'chirishda ishlatiladigan granatalar tarkibidagi mahsulotlar; 3824-tovar pozitsiyasidagi siyoh dog'laridan tozalaydigan, chakana savdo uchun qadoqlangan tarkiblar (sostav); 3824-tovar pozitsiyasidagi har biri 2,5 grammdan kam bo'lmagan og'irlikdagi ishqorli yoki ishqor-yer metallari galogenidlarining sun'iy yetishtirilgan kristallari (optik elementlardan tashqari);

(ye) qimmatbaho yoki yarim qimmatbaho toshlar (tabiiy, sun'iy, qayta tiklangan), shu jumladan, ushbu toshlarning parchalari yoki kukunlari (7102–7105-tovar pozitsiyalari), yoki 71-guruhning qimmatbaho metallari yoki qimmatbaho metallarning qotishmasi;

(j) XV bo'limdagi toza yoki aralashmali metallar, ularning qotishmasi yoki metallokeramika, shu jumladan, metallarning qizdirilgan karbidlari (metall karbidlari, metall bilan qizdirilgan), yoki

(z) optik elementlar, misol uchun ishqorli yoki ishqor-yer metallarning galogenidlari (9001-tovar pozitsiyasi).

4. II kichik guruh nometallardan hosil bo'lgan kislotalardan tashkil topgan kislotalar kompleksi va IV kichik guruh metallaridan hosil bo'lgan kislotalar 2811-tovar pozitsiyasiga kiritiladi.

5. 2826–2842-tovar pozitsiyalariga faqat metall yoki ammoniy tuzlari yoki perekso tuzlari kiritiladi. Agar kontekstda boshqa talablar qo'yilmasa qo'sh tuzlar yoki kompleks tuzlar 2842-tovar pozitsiyasiga kiritiladi. 2826–2842-tovar pozitsiyalariga faqat metall yoki ammoniy tuzlari yoki perekso tuzlari kiritiladi. Agar kontekstda boshqa talablar qo'yilmasa qo'sh tuzlar yoki kompleks tuzlar 2842-tovar pozitsiyasiga kiritiladi.

6. 2844-tovar pozitsiyasiga faqat quyidagilar kiritiladi:

(a) texnetsiy (tartib raqami – 43), prometiy (tartib raqami – 61), poloniy (tartib raqami – – 84) va tartib raqami – 84 baland bo'lgan barcha elementlar;

(b) aralashma yoki alohida bo'lgan tabiiy yoki sunn'iy radioaktiv izotoplar (shu jumladan XIV va XV bo'limlarda ko'rsatilgan qimmatbaho yoki qimmatbaho bo'lmagan metallarning izotoplar);

(v) ushbu elementlar va izotoplarning birikmalari, organik yoki noorganik, aniqlangan yoki aniqlanmagan kimyoviy tarkib, aralashma yoki alohida;

(g) qotishmalar, dispersiyalar (shu jumladan, metallokeramika), ushbu elementlardan yoki ularning izotopidan tashkil topgan keramika mahsulotlari va aralashmalar, shu jumladan, nomi keltirilgan elementlar va radioaktivlik darajasi 0,002 mkKi/g (74 Bk/g) dan ortiq bo'lgan izotoplarning noorganik va organik birikmalari;

(d) yadro reaktorlarining ishlatilgan (nurlangan) o'zidan issiqlik chiqaruvchi (tvel) elementlari;

(ye) foydalanishga yaroqli va yaroqsiz yadro chiqindilari. Ushbu izohlarda va 2844- hamda 2845-tovar pozitsiyalarida keltirilgan nomlarda “izotoplar” quyidagi ma'noni anglatadi: – Individual nuklidlar (tabiatda monoizotop holatda uchraydigan nuklidlar bundan mustasno); – Yuqorida ko'rsatilgan, ya'ni tabiiy izotoplar tarkibi sun'iy ravishda o'zgartirilgan, bir yoki bir necha izotoplar bilan boyitilgan, bir element izotoplari aralashmasi. 2852-tovar pozitsiyasiga tarkibining massa ulushi 15% fosfordan iborat bo'lgan mis fosfidi kiritiladi.

8. Elektronika sohasida foydalaniladigan kimyoviy elementlar (masalan kremniy va selen) agar ular qayta ishlanmagan cho'zilgan yoki silindr shaklda yoki sterjen shaklida bo'lsa. Agar ular disk, plastina va boshqa shunday formalarda bo'lsa, 3818-tovar pozitsiyasiga kiritiladi.

Subpozitsiyalarga izoh:

1. 285210 subpoizsiyadagi “ma'lum kimyoviy tarkib” iborasi 28–guruhning 1(a)–1(d) va 29 guruhning 1(a)–1(z) izohlari talablariga javob beradigan barcha organik va noorganik simob birikmalarini anglatadi.

Qo'shimcha izoh:

1. Agar boshqa ma'noda ko'zda tutilmagan bo'lsa, subpozitsiyalarda keltirilgan tuzlar o'z ichiga kislota tuzlari va asosiy tuzlarni anglatadi.

Pozitsiyalar

I. Kimyoviy elementlar
2801Ftor, xlor, brom i yod0% 2802Cho'ktirilgan yoki sublimatsiyalangan oltingugurt0% 2803Uglerod0% 2804Vodorod, inert gazlar va boshqa nometallar0% 2805Ishqoriy yoki gidrooksidli– tuproq metallari0%
II. Noorganik kislotalar va nometallarning kislorod bilan noorganik birikmalari
2806Vodorod xloridi0% 2807Sulfat kislotasi0% 2808Azot kislotasi0% 2809Difosfor pentaoksidi0% 2810Bor oksidlari0% 2811Boshqa noorganik kislotalar va nometallarning kislorod bilan boshqa noorganik birikmalari0%
III. Nometallarning oltingugurt yoki galogenlar bilan birikmalari
2812Nometallarning galogenli birikmalari va galogenli oksidlari0% 2813Nometallarning sulfidlari0%
IV. Metallarning noorganik asoslari, oksidlari, gidroksidlari va peroksidlari
2814Suvsiz yoki suvli eritmadagi ammiak0% 2815Natriy gidroksidi5% 2816Magniy gidroksidi va peroksidi0% 2817Rux oksidi0% 2818Aniq yoki noaniq kimyoviy tarkibga ega suniy korund0% 2819Xrom oksidlari va gidroksidlari0% 2820Marganets oksidlari0% 2821Temir oksidlari va gidroksidlari0% 2822Kobalt oksidlari va gidroksidlari0% 2823Titan oksidlari0% 2824Qo'rg'oshin oksidlari0% 2825Gidrazin va gidroksilamin va ularning noorganik tuzlari0%
V. Noorganik kislota va metallarning peroksotuzlari va tuzlari
2826Ftoridlar0% 2827Xloridlar, xlorid oksidlari va xlorid gidroksidlari0% 2828Gipoxloritlar0% 2829Xloratlar va perxloratlar0% 2830Sulfidlar0% 2831Ditionitlar va sulfoksilatlar0% 2832Sulfitlar0% 2833Sulfatlar0% 2834Nitritlar0% 2835Fosfinatlar0% 2836Karbonatlar0% 2837Sianidlar, sianid oksidlar, murakkab sianidlar0%
2838pozitsiya chiqarilgan
2839Silikatlar0% 2840Boratlar0% 2841Oksometalik yoki peroksometalik kislotalarning tuzlari0% 2842Azidlardan boshqa, noorganik kislotalarning yoki peroksokislotalarning tuzlari0%
VI. Turli noorganik mahsulotlar
2843Kolloid holatdagi qimmatbaho metallar0% 2844Radioaktiv kimyoviy elementlar va radioaktiv izotoplar0% 28452844-tovar pozitsiyasidagi izotoplardan boshqa izotoplar0% 2846Nodir yer metallari, ittriy yoki skandiy, yoki ushbu metallarning aralashmalari, organik yoki noorganik birikmalari0% 2847Mochevina bilan qotirilgan yoki qotirilmagan vodorod peroksidi0%
2848pozitsiya chiqarilgan
2849Karbidlar, kimyoviy tarkibi aniq yoki noaniq10% 28502849-tovar pozitsiyasiga taalluqli karbid birikmalaridan boshqa, aniq yoki noaniq kimyoviy tarkibga ega gidridlar, nitridlar, azidlar…0%
2851pozitsiya chiqarilgan
2852Amalgamalardan boshqa, simobning aniq yoki noaniq kimyoviy tarkibga ega, organik yoki noorganik birikmalari0% 2853Ferrofosfordan boshqa, aniq yoki noaniq kimyoviy tarkibga ega fosfidlar0%

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.