Guruhning nomenklaturadagi nomi: Mineral yoqilg'i, neft va uni qayta ishlash mahsulotlari; bitumlashgan moddalar; mineral mumlar.
27-guruhga izohlar
Izohlar:
1. Mazkur guruhga quyidagilar kiritilmaydi:
(a) ma'lum kimyoviy tarkibga ega bo'lgan organik birikmalar, tovar pozitsiyasi 2711 bo'lgan sof metan va propandan tashqari;
(b) tovar pozitsiyasi 3003 yoki 3004 bo'lgan dori vositalari;
(v) tovar pozitsiyasi 3301, 3302 yoki 3805 bo'lgan aralash to'yinmagan uglevodorodlar.
2. Tovar pozitsiyasi 2710 bo'lgan “bitumlashgan jinslardan olingan, neft va neft mahsulotlari” atamasi faqat bitumlashgan jinslardan olingan, neft va neft mahsulotlarini emas, balki, asosan, aralash to'yinmagan uglevodorodlardan tashkil topgan, noaromatik massasi aromatik massasidan yuqori bo'lishi sharti bilan har qanday usulda olingan shu kabi neft mahsulotlarini ham anglatadi. Ammo bu yerga 60 % massa ulushi kam miqdori, 1013 Mbar bosimga keltirilgan past bosimda, 300°S haroratgacha distillash usulida distillangan sintetik suyuq poliolefinlar kiritilmaydi (39-guruh).
3. Tovar pozitsiyasi 2710 bo'lgan “chiqindi (ishlatilgan) neft mahsulotlar” iborasi, suv bilan aralashgan yoki aralashmagan, asosi “bitumlashgan jinslardan olingan” (mazkur guruhning 2 k izohida keltirilgan) neft yoki neft mahsulotlari bo'lgan chiqindilarni anglatadi. Bularga quyidagilar kiradi:
(a) kelgusida asosiy (birlamchi) mahsulot sifatida foydalanishga yaroqsiz neft mahsulotlari (masalan, ishlatilgan (chiqindi) moylovchi moylar, ishlatilgan gidravlik va transformator moylari);
(b) neft mahsulotlarini saqlash uchun ishlatiladigan idish(bak)lardan olingan, tarkibi asosan mazkur neft mahsulotlari va asosiy (birlamchi) mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalanilgan yuqori konsentratsiyali qo'shimchalar (masalan, kimyoviy moddalar) bo'lgan shlam ko'rinishidagi neft mahsulotlari;
(v) neft mahsulotlarini saqlash uchun ishlatiladigan idish(bak)larni yuvish vaqtida sizib chiqadigan neft mahsulotlari yoki mexanik ishlov berish jarayonida ishlatiladigan sovutish-moylash suyuqliklaridan hosil bo'ladigan suv emulsiyalari yoki suv aralashmalari shaklidagi neft mahsulotlari.
Subpozitsiyalarga izoh:
1. 2701 11-subpozitsiyasidagi “antratsit” iborasi uchuvchi moddalar miqdori (quruq kulsiz asosga hisoblangan) 14 % dan yuqori bo'lmagan ko'mirni anglatadi.
2. 2701 12-subpozitsiyasidagi “bitumlashgan ko'mir” atamasi uchuvchi moddalar miqdori (quruq kulsiz asosga hisoblangan) 14 % dan yuqori va yonishdagi maksimal issiqligi (nam kulsiz asosga hisoblangan) 5 833 kkal/kg dan kam bo'lmagan ko'mirni anglatadi.
3. 2707 10, 2707 20, 2707 30 va 2707 40-subpozitsiyalardagi “benzol”, “toluol”, “ksilol” va “naftalin” iboralari tarkibida mos ravishda 50 % hajm miqdoridan yuqori benzol, toluol, ksilol yoki naftalin bo'lgan mahsulotlarni anglatadi.
4. 2710 12 “yengil distillyat va mahsulotlar” iborasi massa ulushi 90 % (yo'qotishlar bilan) yoki undan yuqori ISO 3405 (ASTM D 86 ekvivalent usulda) usulida 210 S haroratgacha distillangan neft mahsulotlarini anglatadi.
5. Tovar pozitsiyasi 2710 bo'lgan subpozitsiyalardagi “biodizel” iborasi ishlatilgan yoki ishlatilmagan, yoqilg'i sifatida foydalaniladigan, kelib chiqishi hayvon, o'simlik yoki mikrobiologik yog' va moylardan olinadigan yog'li kislotalarni monoalkil murakkab efirlarini anglatadi.
Qo'shimcha izohlar:
1. 2707 99 800 0-podsubpozitsiyasidagi “fenollar” iborasi, tarkibida fenollar miqdori 50 % massa ulushi yuqori bo'lgan mahsulotlarni anglatadi.
2. Tovar pozitsiyasi 2710:
(a) “maxsus benzinlar” (2710 12 210 0 va 2710 12 250-podsubpozitsiyalar) iborasi yengil distillyatlarni va yuqorida, 4-subpozitsiya izohida ko'rsatilgan, hech qanday detonatsiyaga qarshi qo'shimchalar foydalanmagan holda haroratlar farqi 60 C haroratdan oshmagan holda massa ulushi 5 % va 90 % (yo'qotishlar bilan) distillangan mahsulotlarlarni anglatadi;
(b) “uayt-spirit” (2710 12 2100-podsubpozitsiyasi) atamasi yuqoridagi (a) bandda ko'rsatilgan, EN ISO 13736 usuli bo'yicha chaqnash harorati 21 °C dan yuqori bo'lgan maxsus benzinlarni anglatadi;
(v) “o'rta distillyatlar” (2710 19 110 0 – 2710 19 290 0-podsubpozitsiyalar) atamasi ISO 3405 (ASTM D 86 ekvivalent usulda) usulida massa ulushi 90 % (yo'qotishlar bilan)dan kam bo'lgan miqdori 210°C haroratda va massa ulushi 65 % yoki ko'proq (yo'qotishlar bilan) miqdori 250 C haroratda distillanadigan neft fraksiyalari va boshqa neft mahsulotlarini anglatadi;
(g) “og'ir distillyatlar” (2710 19 310 0 – 2710 19 980 0 va 2710 20 110 0 – 2710 20 9000-podsubpozitsiyalar) atamasi ISO 3405 (ASTM D 86 ekvivalent usulda) usulida massa ulushi 65 % (yo'qotishlar bilan)dan kam bo'lgan miqdori 250 C haroratda distillanadigan neft fraksiyalari va boshqa neft mahsulotlarini yoki 250 C haroratda mazkur usul bilan distillanish foizini aniqlab bo'lmaydigan fraksiyalarni anglatadi;
(d) “gazoyllar” (2710 19 310 0–2710 19 480 0 va 2710 20 110 0–2710 20 190 0-podsubpozitsiyalar) atamasi ISO 3405 (ASTM D 86 ekvivalent usulda) usulida massa ulushi 85% (yo'qotishlar bilan) yoki undan ko'p miqdori 350°C haroratda distillanadigan yuqoridagi (g) bandda ko'rsatilgan og'ir distillyatlarni anglatadi;
(ye) “suyuq yoqilg'i” (2710 19 510 –2710 19 680 va 2710 20 310 – 2710 20 390-podsubpozitsiya-lar) atamasi yuqoridagi (d) bandda ko'rsatilgan gazoyllardan tashqari, (g) bandda ko'rsatilgan, eritmadagi tegishli K kolorimetrik xarakteristikalarida quyushqoqligi V bo'lgan og'ir distillyatlarni anglatadi: – ISO 3987 usulida sulfat kulining miqdori 1%dan kam va ISO 6293-1 yoki 6293-2 usulida sovunlanish indeksi 4 dan kam bo'lganda, quyida keltirilgan jadvalning I qatorida ko'rsatilgandan yuqori bo'lmagan; – ISO 3016 usulida oquvchanlik yo'qotilishi harorati 10 C kam bo'lmaganda, II qatorda ko'rsatilgandan ko'ra yuqori; – agar massa ulushi 25 % yoki undan ko'proq qismi ISO 3405 (ASTM D 86 ekvivalent usulda) usulida 300°C haroratda distillanadigan yoki massa ulushi 25 % kam bo'lib 300 C haroratda distillanadigan va ISO3016 usuli bo'yicha qovushqoqlikning yo'qotilishi harorati minus 10 C dan yuqori bo'lganda I qatorda ko'rsatilgandan yuqori, lekin II qatorda ko'rsatilgandan yuqori bo'lmagan holda. Mazkur ko'rsatkichlar eritmadagi kolorimetrik xarakteristikasi 2 dan kam bo'lgan fraksiya va mahsulotlarga ham tatbiq etiladi. Eritmadagi K kalorimetrik xarakteristika va quyushqoqlik K ko'rsatkichlarning muvofiqlik jadvali
Kolorimet0 0,5 1 1,5 2 2,5 3 3,5 4 4,5 5 5,5 6 6,5 7 7,5 va
rik undan
xarakterisyuqor
tika i
V quyush-I 4 4 4 5,4 9 15,1 25,3 42,4 71,1 119 200 335 562 943 1580 2650
qoqlik II 7 7 7 7 9 15,1 25,3 42,4 71,1 119 200 335 562 943 1580 2650 “V qovushqoqlik” iborasi EN ISO 3104 usuli bo'yicha 50 C haroratda 0,000001 m2/s ko'rsatkichda o'lchanadigan kinematik qovushqoqlikni anglatadi. “K eritmadagi kolorimetrik xarakteristika” iborasi ISO 2049 (ekvivalent usul ASTM D
1500) usulida 1 birlik (hajm bo'yicha) mahsulotni 100 birlik (hajm bo'yicha) ksilol, toluol yoki boshqa to'g'ri keladigan eritkich bilan aralashtirilgandagi hosil bo'lgan mahsulot rangini anglatadi. Mahsulot rangini eritma hosil bo'lgan zahoti aniqlash kerak bo'ladi. 2710 19 510 – 2710 19 680 va 2710 20 310–2710 20 390-podsubpozitsiyalariga faqat tabiiy rangli suyuq yoqilg'ilar kiradi. Bu podsubpozitsiyalarga yuqoridagi (g) punktda belgilangan, quyidagilarni aniqlab bo'lmaydigan og'ir distillyatlar kirmaydi: – ISO 3405 (ASTM D 86 ekvivalent usulda) usulida 250 C haroratda distillangan mahsulot hajmining foiz miqdori (mahsulot chiqishining nol miqdorini nol foiz sifatida qaralishi kerak); – EN ISO 3104 usuli bo'yicha 50 °C haroratdagi kinematik qovushqoqlik; – ISO 2049 (ASTM D 1500 ekvivalent usulda) usulida K kolorimetrik xarakteristikasi. Bunday mahsulotlar 2710 19 710 0 –2710 19 980 0 yoki 2710 20 900 0-podsubpozitsiya-larga kiritiladi.
3. Tovar pozitsiyasi 2712 bo'lgan “xom neft vazelini” (2712 10 100 0-podsubpozitsiya) iborasi ISO 2049 (ASTM D 1500 ekvivalent usulda) usulidagi K kolorimetrik xarakteristikasining tabiiy rangi 4,5 dan yuqori bo'lgan neft vazelinini anglatadi.
4. 2712 90 310 0 – 2712 90 390 0-podsubpozitsiyalardagi “xom” iborasi quyidagi mahsulotlarga qo'llaniladi:
(a) agar EN ISO 3104 usuli bo'yicha 100 C haroratda qovushqoqligi 0,000009 m2/s dan kam miqdori massa ulushi 3,5 % yoki undan yuqori bo'lgan;
(b) Agar EN ISO 3104 usulida100 C haroratda qovushqoqligi 0,000009 m2/s ga teng yoki yuqori bo'lganda, ISO 2049 (ASTM D 1500 ekvivalent usulda) usulida kolorimetrik xarakteristikasining tabiiy rangi 3 dan yuqori bo'lgan neft fraksiyalari.
5. 2710, 2711 va 2712 tovar pozitsiyalardagi “muayyan jarayon” iborasi quyidagi jarayonlarga qo'llaniladi:
(a) vakuumli distillash;
(b) chuqur fraksiyalash bilan ikkilamchi distillash jarayoni;
(v) kreking;
(g) riforming;
(d) selektiv erituvchilar bilan ekstraksiyalash;
(ye) quyidagi operatsiyalarning hammasini o'z ichiga oluvchi jarayon: konsentrlangan oltingugurt kislotasi, oleum yoki oltingugurt angidridi bilan ishlov berish; ishqor agentlari bilan neytralizatsiyalash; rangsizlantirish (oqlash) va tabiiy faol tuproq, faollashtirilgan ko'mir yoki boksit bilan tozalash;
(j) polimerizatsiyalash;
(z) alkillash;
(i) izomerizatsiyalash;
(k) qayta ishlanayotgan mahsulotlarning tarkibidagi oltingugurtni kamida 85% tiklashga olib keluvchi, vodorod bilan oltingugurtdan tozalash (EN ISO 20846, EN ISO 20884 yoki EN ISO 14596, yoki EN ISO 24260, EN ISO 20847 va EN ISO 8754 usullarida) (faqat 2710 19 310 0 – 2710 19 980 0 podsupozitsiyalaridagi mahsulotlar uchun);
(l) filtrlashdan farqli bo'lgan, har qanday jarayon orqali parafindan tozalash (faqat 2710 tovar pozitsiyasidagi mahsulotlar uchun);
(m) vodorod kimyoviy reaksiyalardagi faol modda sifatida ishlatilganda, 20 bar bosim 250°C haroratdan yuqori holatlarda katalizatorlardan foydalanilgan (oltingugurtdan tozalash katalizatoridan tashqari) holda vodorod bilan ishlov berish (faqat 2710 19 310 0 – 2710 19 980 0-podsubpozitsiyasidagi mahsulotlar uchun). Maxsus jarayonlarga kirmaydigan, jumladan, mahsulot rangini yoki stabil holatini yaxshilash uchun, 2710 19 710 0 – 2710 19 980 0-podsubpozitsiyasidagi moylovchi moylarga vodorod bilan keyingi ishlov berish (masalan, gidrotozalash yoki rangsizlantirish);
(n) ISO 3405 (ASTM D 86 ekvivalent usuli) usulida 300°C haroratda mazkur mahsulotlar 30 % massa ulushi (yo'qotishlarni hisobga olgan holda) kam bo'lgan qismi distillanadigan holdagi shartlarda, atmosfera bosimi ostida distillash (faqat 2710 19 510 – 2710 19 680 podsubpozitsiyasi mahsulotlari uchun);
(o) yuqori chastotali elektr razryadi bilan ishlov berish (faqat 2710 19 710 0 – 2710 19 980 0 podsubpozitsiyasi mahsulotlari uchun);
(p) Fraksiyalarga ajratib kristallanish usuli bilan yog'sizlantirish: aynan 2712 90 310 0 podsubpozitsiyasi mahsulotlari uchun.
6. 2710 19 510 1, 2710 19 550 1, 2710 19 620 1, 2710 19 640 1, 2710 19 660 1, 2710 19 680 1, 2710 20 310 1, 2710 20 350 1, 2710 20 370 1, 2710 20 390 1-podsubpozitsiyalardagi “mazutlar” iborasi, ASTM D 86 usuli bo'yicha qaynash harorati 200 S yoki undan yuqori, ASTM D 1160 usuli bo'yicha 350°S haroratgacha distillashda kerosin-gazoylfraksiyasi miqdori 17 % massa ulushi oshmagan og'ir distillyatlarni anglatadi. Bunga, mazkur fraksiyalar miqdori 22 % hajm miqdoridan yuqori bo'lmagan, GOST 10585 bo'yicha ishlab chiqarilgan F5 markali flot (dengiz floti) mazuti kirmaydi. Flot mazutining yopiq tigldagi chaqnash harorati ASTM D 93 usuli bo'yicha harorati 80 S dan kam emas, boshqa mazutlarning ochiq tigldagi chaqnash harorati ASTM D 92 usuli bo'yicha harorati 90 S dan kam emas.
7. 2710 12 250 1-podsubpozitsiyasi mahsulotlarining n-geksan miqdori ASTM D 5134 usuli bilan aniqlanadi, qaynash boshlanishi va tugashi haroratlari EN ISO 3405 usulida aniqlanadi.
Pozitsiyalar
Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.
Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.