TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 26-guruh: Ruda, shlak va kul

Guruhga izohlar, 2601–2621 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Ruda, shlak va kul.

V bo'lim. Mineral mahsulotlar

26-guruhga izohlar

Izohlar:

1. Mazkur guruhga kiritilmaydi:

(a) shlak yoki makadama ko'rinishidagi shunga o'xshash bo'lgan sanoat chiqindilari (tovar pozitsiyasi – 2517);

(b) tabiiy magniy karbonati (magnezit), kalsiylashtirilgan yoki kalsiylashtirilmagan (tovar pozitsiyasi – 2519);

(v) neft mahsulotlarini saqlovchi baklardagi quyqalari (asosan mazkur neft mahsulotlaridan tashkil topgan) (tovar pozitsiyasi – 2710);

(g) 31-guruhning asosiy shlaki (toshqoli);

(d) shlakovata, mineral silikatli vata yoki o'xshash mineral vatalar (tovar pozitsiyasi – 6806);

(ye) qimmatbaho metallar bilan qoplangan qimmatbaho metallar yoki metallarning chiqindilari, parchalari; asosan qimmatbaho metallarni ajratib olish uchun foydalaniladigan, tarkibida qimmatbaho metall yoki qimmatbaho metallar birikmalari bo'lgan boshqa chiqindi yoki metall parchalari (tovar pozitsiyasi – 7112 yoki

8549); yoki

(j) eritishning istalgan usuli bilan olinadigan misli, nikelli yoki kobaltli shteyn, har qanday usullar bilan olingan eritmalar (plavki). (XV bo'lim).

2. 2601 – 2617-tovar pozitsiyalarida “ruda” atamasini odatda metallurgiya sanoatida simob, 2844-tovar pozitsiyasidagi metallar yoki XIV yoxud XV bo'limdagi metallarni (garchi ular nometallurgiya maqsadlari uchun mo'ljallangan bo'lsa ham) ajratib olishda foydalaniladigan minerallarni bildiradi. Biroq, 2601-2617-tovar pozitsiyalariga metallurgiya sanoati uchun xos bo'lmagan ishlov berilgan minerallar kiritilmaydi.

3. Faqat 2620-tovar pozitsiyasiga kiritiladi:

(a) sanoatda qo'llaniladigan yoxud metallarni ajratib (chiqarib) olish uchun, yoxud metallarning kimyoviy birikmalarini ishlab chiqarish uchun asos sifatida ishlatiladigan shlak, kul va qoldiqlar (shahar xo'jaligining yoqishdan hosil bo'ladigan kul va qoldiqlari bunga kiritilmaydi) (tovar pozitsiyasi – 2621); va

(b) tarkibida margimush bo'lgan va metallar bo'lgan yoki bo'lmagan yoxud margimush yoki metallar ajratib olish yoki ularning kimyoviy birikmalarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan kul va qoldiqlar.

Subpozitsiyalarga izohlar:

1. 2620 21-subpozitsiyasida “etillashtirilgan benzin quyqalari va etillashtirilgan antidetanatsion qorishma quyqalari” atamasini etillashtirilgan benzin va etillashtirilgan antidetanatsion qorishma (masalan, tetraetil qo'rg'oshin)ni saqlash baklaridan olingan va amalda qo'rg'oshin, qo'rg'oshin birikmalari hamda temir oksididan tashkil topgan quyqalarni bildiradi.

2. Margimush yoki simob, talliy kabi metallarni ajratib olish yoki ularning kimyoviy birikmalarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan, tarkibida margimush, simob, talliy yoki ularning qorishmalari bo'lgan quyqa, kul va qoldiqlar 2620 60-subpozitsiyasida tasniflanadi.

Pozitsiyalar

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.