Guruhning nomenklaturadagi nomi: Tuz; oltingugurt; tuproqlar va tosh; suvoq materiallari, ohak va sement.
25-guruhga izohlar
Izohlar:
1. Kontekst yokiushbu guruhning 4-izohida boshqa ma'lumotlar uchramasa, ushbu guruhga faqat xom yoki yuvilgan (shu jumladan, mahsulot tuzilishini o'zgartirmasdan zararli aralashmalarni yo'q qiladigan kimyoviy moddalardan foydalangan holda), parchalangan, tuyilgan, kukunga aylantirilgan, elakdan o'tkazilgan, flotatsiya yo'li bilan, magnitli ajratish yoki boshqa mexanik va fizik jarayonlarni ishlatgan holda boyitilgan mahsulotlar kiritiladi. Qizdirish yoki aralashtirish yo'li bilan bilan olingan, kalsinatsiyalangan yoki har bir mahsulot pozitsiyalarida ko'rsatilmagan usullar bilan ishlovlar berilgan mahsulotlar mazkur guruhga kiritilmaydi. Mazkur guruh mahsulotlari chang bostiradigan agentlarning qo'shimchalarini, mahsulotni an'anaviy qo'llashdan ko'ra, o'ziga xos holatlarda qo'llashga moslashtirib, uning xususiyatlarini o'zgartirmaslik sharti bilan o'z ichiga olishi mumkin.
2. Mazkur guruhga quyidagilar kiritilmaydi:
(a) sublimatsiyalangan, tindirilgan yoki kolloid oltingugurt (tovar pozitsiyasi – 2802);
(b) Fe2O3ga qayta hisoblaganda tarkibida massa ulushi 70% yoki yanada kimyoviy bog'langan temiri bo'lgan mineral bo'yoqlar (tovar pozitsiyasi – 2821);
(v) dorivor vositalar yoki 30-guruhning boshqa mahsulotlari;
(g) parfyumeriya, kosmetik yoki yuvish vositalari (33-guruh);
(d) dolomit to'ldirish uchun aralashmasi (tovar pozitsiyasi – 3816);
(ye) bruschatka, bordyur toshlari yoki ko'chaga yotqiziladigan plitalar (tovar pozitsiyasi –
6801); mozaikalar uchun kubiklar yoki o'xshash buyumlar (tovar pozitsiyasi – 6802); tom yopadigan slanetslar, qoplamalar yoki gidroizolyatsiyalar (tovar pozitsiyasi – 6803);
(j) qimmatbaho yoki yarimqimmatbaho toshlar (tovar pozitsiyasi – 7102 yoki 7103);
(z) har birining og'irligi 2,5 grammdan kam bo'lmagan, sun'iy yo'l bilan yetishtirilgan natriy xloridi yoki magniy oksidi kristallari (optik elementlardan tashqari), (tovar pozitsiyasi – 3824); natriy xloridi yoki magniy oksididan bo'lgan optik elementlar (tovar pozitsiyasi – 9001);
(i) bilyard uchun bo'rlar (tovar pozitsiyasi – 9504);
(k) yozish yoki chizish uchun bo'rlar, tikuvchilar uchun bo'rlar (tovar pozitsiyasi – 9609).
3. 2517-tovar pozitsiyasiga ham va mazkur guruhning har qanday boshqa tovar pozitsiyasiga ham qo'shilishi mumkin bo'lgan har qanday mahsulot 2517-tovar pozitsiyasiga kiritilishi lozim.
4. 2530-tovar pozitsiyasiga quyidagilar kiritiladi, inter alia: ko'piklanmagan vermikulit, perlit va xloratlar; tabiiy pigmentlar, kalsinatsiyalangan va kalsinatsiyalanmagan, aralashtirilgan yoki aralashtirilmagan; tabiiy slyudalangan temir oksidi; sepiolit (polirovkalangan yoki polirovkalanmagan qismlar ko'rinishida); qahrabo; quyilganidan so'ng qayta ishlanmagan plastinkalar, novdalar, shoxchalar yoki shunga o'xshash shakllardagi aglomerlashtirilgan sepiolit va aglomerlashtirilgan qahrabo, gagat (qora qahrabo); stronsianit (kalsinatsiyalangan yoki kalsinatsiyalanmagan), stronsiy oksididan, keramika, g'isht yoki betondan tashqari.
Pozitsiyalar
Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.
Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.