TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 24-guruh: Tamaki va sanoatda uning o'rnini bosuvchilar

Guruhga izohlar, 2401–2404 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Tamaki va sanoatda uning o'rnini bosuvchilar; yondirmasdan nafas olish uchun mo'ljallangan, tarkibida nikotin bo'lgan yoki bo'lmagan mahsulot; tarkibida nikotin bo'lgan va nikotinni inson organizmiga kiritish uchun mo'ljallangan boshqa mahsulotlar.

IV bo'lim. Tayyor oziq-ovqat mahsulotlari; alkogolli va alkogolsiz ichimliklar va uksus (sirka); tamaki va sanoatda uning o'rnini bosuvchilar; tarkibida nikotin bo'lgan yoki bo'lmagan, nafas olish uchun mo'ljallangan yondirilmaydigan mahsulotlar; tarkibida nikotin bo'lgan va nikotinni inson organizmiga qabul qilish uchun mo'ljallangan boshqa mahsulotlar

IV bo'limga izohlar

Izoh:

1. Ushbu bo'limda “granulalar” atamasi to'g'ridan-to'g'ri siqish yo'li bilan yoki og'irligi 3% dan ko'p

bo'lmagan miqdorda bog'lovchi qo'shilgan holda aglomeratsiyalangan mahsulotlarni anglatadi.

24-guruhga izohlar

Izohlar:

1. Ushbu guruhga dorivor sigaretalar kiritilmagan (30-guruh).

2. 2404-tovar pozitsiyasiga ham, ushbu guruhning boshqa har qanday pozitsiyasiga kiritilishi

mumkin bo'lgan har qanday mahsulot, 2404-tovar pozitsiyasiga kiritilishi kerak.

3. 2404-pozitsiyadagi “yonmasdan nafas olish uchun” iborasi isitish yordamida yoki boshqa usullar

bilan yonmasdan nafas olishni anglatadi.

Subpozitsiyasiga izoh:

1. 2403-subpozitsiyada “chilim uchun tamaki” atamasi kalyan orqali chekish uchun mo'ljallangan

hamda tamaki va glitserin aralashmasidan tashkil topgan, tarkibida aromatik moylar va

ekstraktlar, melassu yoki shakar bo'lgan yoki bo'lmagan, mevali yoki mevali bo'lmagan, xushbo'y hidga

ega bo'lgan yoki bo'lmagan tamakini anglatadi. Biroq kalyan yordamida chekish uchun mo'ljallangan

tamakisiz bo'lgan mahsulotlar ushbu subpozitsiyadan chiqarib tashlanadi. + 2403 91 000 0 – – “gomogeniziralangan” yoki “tiklangan” tamaki –

Pozitsiyalar

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.