TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 23-guruh: Oziq-ovqat sanoatining qoldiqlari va chiqindilari

Guruhga izohlar, 2301–2309 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Oziq-ovqat sanoatining qoldiqlari va chiqindilari; hayvonlar uchun tayyor ozuqalar.

IV bo'lim. Tayyor oziq-ovqat mahsulotlari; alkogolli va alkogolsiz ichimliklar va uksus (sirka); tamaki va sanoatda uning o'rnini bosuvchilar; tarkibida nikotin bo'lgan yoki bo'lmagan, nafas olish uchun mo'ljallangan yondirilmaydigan mahsulotlar; tarkibida nikotin bo'lgan va nikotinni inson organizmiga qabul qilish uchun mo'ljallangan boshqa mahsulotlar

IV bo'limga izohlar

Izoh:

1. Ushbu bo'limda “granulalar” atamasi to'g'ridan-to'g'ri siqish yo'li bilan yoki og'irligi 3% dan ko'p

bo'lmagan miqdorda bog'lovchi qo'shilgan holda aglomeratsiyalangan mahsulotlarni anglatadi.

23-guruhga izohlar

Izoh:

1. 2309-tovar pozitsiyasiga o'simlik yoki hayvonot xom ashyosini dastlabki materialning asosiy xususiyatlarini yo'qotish darajasigacha qayta ishlash natijasida olingan, boshqa joyda ko'rsatilmagan yoki kiritilmagan, hayvonlarni oziqlantirish uchun foydalaniladigan mahsulotlari kiradi, bunda o'simlik chiqindilari, o'simlik qoldiqlari va bunday qayta ishlashning qo'shimcha mahsulotlari mustasno

Subpozitsiyaga izoh:

1. 2306 41-subpozitsiyasidagi “tarkibida kam miqdorda eruk kislotasi bo'lgan raps yoki kolza urug'i” iborasi 12-guruhning 1-subpozitsiyasi izohida ko'rsatilganidek, tarkibida kam miqdorda eruk kislotasi bo'lgan raps yoki kolza urug'larini anglatadi.

Qo'shimcha izohlar:

1. 2303 10 110 0 va 2303 10 190 0-podsubpozitsiyalarga faqat makkajo'xori kraxmalini ishlab chiqarish qoldiqlari kiritiladi va bu qoldiqlarning boshqa o'simliklardan olingan mahsulotlar, yoki boshqa usullar bilan makkajo'xoridan olingan mahsulotlar aralashmalari kiritilmaydi, faqat kraxmalni nam presslash usulida ishlab chiqarishdan tashqari. Tarkibida kraxmal miqdori quruq mahsulotga nisbatan 28% dan oshmasligi kerak va undagi yog' miqdori quruq mahsulotga nisbatan hisoblaganda 4,5% dan oshmasligi kerak.

2. 2306 90 050 0-podsubpozitsiyaga faqat makkajo'xori doni urug'idan moy ajratib olishdan qolgan, tarkibida quruq mahsulotga nisbatan hisoblaganda ma'lum miqdorda bo'lgan quyidagi komponentlar qoldiqlari kiritiladi:

(a) tarkibida moy 3% dan (hajm) kam bo'lgan mahsulotlar: – kraxmal miqdori 45% dan (mass.) kam, – oqsil miqdori (azot miqdori x 6,25) 11,5% dan (hajm) kam bo'lmagan;

(b) tarkibida moy miqdori kamida 3% va 8% dan (hajm) ko'p bo'lmagan mahsulotlar: – kraxmal miqdori 45% dan (hajm) kam – oqsil miqdori (azot miqdori x 6,25) 13% dan (hajm) kam bo'lmagan; Bundan tashqari, bu qoldiqlar tarkibida makkajo'xori donidan olinmagan komponentlar bo'lmasligi kerak. Qayta ishlash jarayonidan keyin qo'shilgan va moy ajratib olish jarayonidan o'tmagan makkajo'xori doni qismlari komponentlari mavjud mahsulotlar kiritilmaydi.

3. 2307 00 110 0, 2307 00 190 0, 2308 00 110 0 va 2308 00 190 0-podsubpozitsiyalarda mazkur iboralar quyidagini anglatadi: – “massa bo'yicha spirtning haqiqiy konsentratsiyasi” – 100 kg mahsulotdagi toza spirtning kilogrammlar soni, – “massa bo'yicha spirtning potensial konsentratsiyasi” – 100 kg mahsulotdagi qandlarni to'liq achitish yo'li bilan olinishi mumkin bo'lgan toza spirtning kilogrammlar soni, – “massa bo'yicha spirtning umumiy konsentratsiyasi” – spirtning massa bo'yicha haqiqiy va potensial konsentratsiyalari yig'indisi – “hajm%” – spirtning massa bo'yicha konsentratsiyasi.

4. 2309 10 110 0 – 2309 10 700 0 va 2309 90 310 0 –2309 90 700 0-podsubpozitsiyalarda “sut mahsulotlari” iborasi 0401, 0402, 0404, 0405, 0406-tovar pozitsiyalariga va 0403 20 110 0 – 0403 20 390 0, 0403 90 110 0 – 0403 90 690 0, 1702 11 000 0, 1702 19 000 0 va 2106 90 520 0-podsubpozitsiyalariga kiritiladigan mahsulotlarni anglatadi.

5. 2309 90 200 0-podsubpozitsiyasiga faqat makkajo'xori kraxmalini ishlab chiqarish qoldiqlari kiritiladi va bu qoldiqlarning boshqa o'simliklardan olingan mahsulotlar, yoki makkajo'xoridan boshqa usullar bilan olingan mahsulotlar bilan aralashmalari kiritilmaydi, faqat nam presslash usuli orqali olingan kraxmaldan tashqari. – makkajo'xori urug'ini yuvish jarayonida og'irligi 15% (hajm) dan oshmaydigan nisbatda, qo'llaniladigan, va/yoki – makkajo'xorini yuvish jarayonida namlash uchun qo'llaniladigan suv qoldiqlari, shu jumladan, kraxmaldan spirt yoki boshqa mahsulotlarni olishda namlash uchun qo'llaniladigan suv qoldiqlari. Shuningdek, bu mahsulotlar tarkibida makkajo'xori donini nam usulda maydalash jarayoni orqali moy ajratib olishdagi qoldiqlar bo'lishi mumkin. Bu mahsulotlar tarkibida bo'lishi mumkin bo'lgan kraxmal miqdori quruq mahsulotga hisoblaganda 28% (hajm) dan oshmaydi, yog' miqdori quruq mahsulotga hisoblaganda 4,5%

(hajm) dan oshmaydi va oqsil miqdori, quruq mahsulotga hisoblaganda 40% (hajm) dan oshmaydi.

Pozitsiyalar

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.