TIF TN ma'lumotnomasi

TIF TN 22-guruh: Alkogolli va alkogolsiz ichimliklar hamda sirka

Guruhga izohlar, 2201–2209 tovar pozitsiyalari va import boj stavkalari. Pozitsiyani oching — u yerda barcha 10 xonali kodlar va hisob namunasi.

Guruhning nomenklaturadagi nomi: Alkogolli va alkogolsiz ichimliklar hamda sirka.

IV bo'lim. Tayyor oziq-ovqat mahsulotlari; alkogolli va alkogolsiz ichimliklar va uksus (sirka); tamaki va sanoatda uning o'rnini bosuvchilar; tarkibida nikotin bo'lgan yoki bo'lmagan, nafas olish uchun mo'ljallangan yondirilmaydigan mahsulotlar; tarkibida nikotin bo'lgan va nikotinni inson organizmiga qabul qilish uchun mo'ljallangan boshqa mahsulotlar

IV bo'limga izohlar

Izoh:

1. Ushbu bo'limda “granulalar” atamasi to'g'ridan-to'g'ri siqish yo'li bilan yoki og'irligi 3% dan ko'p

bo'lmagan miqdorda bog'lovchi qo'shilgan holda aglomeratsiyalangan mahsulotlarni anglatadi.

22-guruhga izohlar

Izoh:

1. Ushbu guruhga quyidagilar kirmaydi:

(a) shu guruhning mahsulotlari (2209-tovar pozitsiyadagi mahsulotlardan tashqari), pazandalik maqsadlar uchun tayyorlangan va shu bilan birga ichimlik sifatida iste'mol uchun yaroqsiz (asosan 2103-tovar pozitsiyasi);

(b) dengiz suvi (2501-tovar pozitsiyasi);

(v) distillangan yoki konduktometrik suv yoki shunga o'xshash tozalikdagi suv (2853-tovar pozitsiyasi);

(g) 10 % ko'p konsentratsiyali sirka kislotasi (2915-tovar pozitsiyasi);

(d) 3003- yoki 3004-tovar pozitsiyadagi dorivor vositalar;

(ye) parfyumeriya yoki yuvish vositalari (33-guruh).

2. Ushbu guruhda, shuningdek, 20- va 21-guruhlarda, spirtning konsentratsiyasi hajmi bo'yicha 20°C haroratida aniqlanadi.

3. 2202-tovar pozitsiyasida “alkogolsiz ichimliklar” atamasi spirt konsentratsiyasi hajmi bo'yicha massa ulushi 0,5% dan kam ichimliklarni anglatadi. Alkogolli ichimliklar 2203 dan 2206 gacha yoki 2208-tovar pozitsiyalariga kiradi.

Subpozitsiyalarga izohlar:

1. 2204 10-tovar pozitsiyasida “ko'piklanadigan vinolar” atamasi 20°C haroratida 3 bardan kam

bo'lmagan keragidan ortiq bosimga ega yopiq rezervuarlardagi vinolarni anglatadi.

Qo'shimcha izohlar:

1. 2202 10 000 0-subpozitsiyasiga, agar ular bevosita ichimlik sifatida iste'mol qilinadigan bo'lsa, shakar yoki boshqa shirinlanadigan yoki ta'm xushbo'ylashtiruvchi moddalar qo'shilgan suvlar, shu jumladan, mineral va gazlangan suvlarni o'z ichiga oladi.

2. 2204- va 2205-tovar pozitsiyalarda va 2206 00 100 0-podsubpozitsiyada:

(a) “hajm bo'yicha haqiqiy spirt konsentratsiyasi” - bu haroratdagi 100 hajmdagi mahsulotdagi 20°C haroratdagi sof spirtning hajmlari sonini anglatadi;

(b) "hajm bo'yicha potensial spirt konsentratsiyasi" – 100 hajmli mahsulot tarkibidagi qandlarni shu haroratda to'liq achitish natijasida olinishi mumkin bo'lgan 20°C haroratda sof spirtning hajmlari sonini anglatadi;

(v) “hajm” bo'yicha umumiy spirt konsentratsiyasi" – hajm bo'yicha haqiqiy spirt konsentratsiyasi va hajm bo'yicha potensial spirt konsentratsiyasi yig'indisini anglatadi;

(g) “hajm bo'yicha tabiiy spirt konsentratsiyasi” — uni biron-bir boyitilgan mahsulotdagi hajm bo'yicha spirtning umumiy konsentratsiyasini anglatadi;

(d) “%” spirtning hajm bo'yicha konsentratsiyasini anglatadi.

3. 2204 30 100-kichik pozitsiyada “achitish jarayonidagi uzum shirasi” – uzum shirasini achitish yo'li bilan olingan, haqiqiy spirt konsentratsiyasi hajmi bo'yicha 1 % dan ko'p va umumiy spirt konsentratsiyasining beshdan uch qismidan kam bo'lgan mahsulotni anglatadi.

4. 2204 21, 2204 22 va 2204 29-kichik pozitsiyalarda: (A) “Jami quruq ekstrakt” – ma'lum fizik sharoitlarda mahsulotda uchmaydigan barcha moddalarning grammdagi miqdorini anglatadi. Umumiy quruq ekstrakt 20°C haroratda detsimetr bilan aniqlanishi kerak. (B) (a) 2204 21 110 0 – 2204 21 980 0, 2204 22 110 0 – 2204 22 980 0 va 2204 29 110 – 22 04 298 kichik pozitsiyalardagi mahsulotlarda 1, 2, 3 va 4-bandlarda ko'rsatilgan litrga bo'lgan umumiy quruq ekstraktning aniq sonini mavjudligi ularning tasnifiga ta'sir qilmaydi: (1) haqiqiy spirt konsentratsiyasi 13 % dan ko'p bo'lmagan mahsulotlar: 1 litr uchun umumiy quruq ekstraktdan 90 g yoki undan kam; (2) haqiqiy spirt konsentratsiyasi massa ulushi 13 % dan ko'p, lekin massa ulushi 15 % dan ko'p bo'lmagan mahsulotlar: 1 litr uchun umumiy quruq ekstraktdan 130 g yoki undan kam; (3) haqiqiy spirt konsentratsiyasi 15 % dan ko'p, lekin 18 % dan ko'p bo'lmagan mahsulotlar: 1 litr uchun umumiy quruq ekstraktdan 130 g yoki undan kam; (4) haqiqiy spirt konsentratsiyasi 18 ayl.% dan ko'p, lekin 22 ayl.% dan ko'p bo'lmagan mahsulotlar: 1 litr uchun umumiy quruq ekstraktdan 330 g yoki undan kam; Har bir toifa uchun yuqorida ko'rsatilgan maksimal darajadan yuqori umumiy quruq ekstraktga ega bo'lgan mahsulotlar, agar umumiy quruq ekstrakt 330 g/l dan oshgan holda, keyingi toifaga kiritilishi kerak, bu holda mahsulotlar 2204 21 980 0, 2204 22 980 0 va 2204 29 980-kichik pozitsiyalariga kiritilishi kerak.

(b) Yuqoridagi qoidalarga ko'ra, podsubpozitsiyaga kiritilmaydigan mahsulotlar: 2204 21 230 0, 2204 22 110 0 va 2204 29 110.

5. 2204 21 110 0 – 2204 21 980 0, 2204 22 110 0 – 2204 22 980 0 i 2204 29 110 – 2204 29 980-kichik pozitsiyalariga quyidagilar kiradi:

(a) Spirt qo'shish yo'li bilan achitishi to'xtatilgan uzum shirasi, ya'ni bu mahsulot: – 12 % kam bo'lmagan, lekin massa ulushi 15 % kam bo'lgan haqiqiy spirt konsentratsiyasiga ega; – tabiiy spirt konsentratsiyasi kamida 8,5 % bo'lgan uzum shirasiga qo'shib olingan vinoni disterlash yo'li bilan olingan mahsulot;

(b) Qayta haydash uchun spirt qo'shilgan vino, ya'ni bu mahsulot: – massa ulushi 18 % kam bo'lmagan, lekin 24 % kam bo'lgan haqiqiy spirt konsentratsiyasiga ega; – qoldiq shakari mavjud emas vinoga istisno qo'shish yo'li bilan olingan, vinoni qayta haydash yo'li bilan olingan va maksimal 86 % haqiqiy spirt konsentratsiyasiga ega rektifikatsiyalanmagan mahsulot; – sirka kislotasiga qayta hisoblaganda maksimal 1,5 g/l bo'lgan uchuvchi kislotalarga ega;

(v) likyor vinosi, ya'ni bu mahsulot: – massa ulushi 17,5 % kam bo'lmagan umumiy spirt konsentratsiyasiga va 15 % kam bo'lmagan, lekin 22 % kam bo'lgan haqiqiy spirt konsentratsiyasiga ega; – likyor vinolarini ishlab chiqarish uchun uchinchi mamlakatda ma'qullangan uzum shirasidan yoki uzum navlaridan bo'lgan vinodan olingan va 12 % kam bo'lmagan hajm bo'yicha tabiiy spirt konsentratsiyasiga ega; – muzlatish yo'li bilan yoki; – achitish jarayonida yoki achitishdan keyin qo'shish yo'li bilan: – vinoni qayta haydash yo'li bilan olingan mahsulot; – konsentratsiyalangan uzum shirasi yoki bu amaliyot an'anaviy bo'lgan ba'zi yuqori sifatli likyor vinolarida uzum shirasi to'g'ridan-to'g'ri issiqlik bilan konsentratsiyalangan, bu esa ushbu operatsiyadan tashqari konsentratsiyalangan uzum shirasi ta'rifiga muvofiq, yoki – shu mahsulotlarning aralashmasi. Biroq kelib chiqishi yoki geografik ko'rsatkichi bo'lgan ba'zi likyor vinolarni yangi uzum shirasidan olish mumkin, bu esa 12 % minimal tabiiy spirt konsentratsiyasiga ega bo'lishi shart emas.

6. 2204 30 920 0 va 2204 30 960 0-kichik pozitsiyalarida “konsentratsiyalangan vino shirasi” 20°C haroratda refraktometr ko'rsatkichi 50,9% dan kam bo'lmagan vino shirasini anglatadi.

7. Faqat vermut va o'simliklar yoki xush bo'y ta'm beradigan moddalar bilan ziravorlangan, haqiqiy alkogol konsentratsiyasi kamida 7 % bo'lgan yangi uzumdan tayyorlangan, 2205-tovar pozitsiyasiga kiritiladi.

8. 2206 00 100 0-kichik pozitsiyasidagi “piket” atamasi suvda ivitilgan qayta ishlatilmagan uzum siqmalarini achitish bilan yoki suv bilan achitilgan uzum siqmalarini sug'urib olish bilan olingan mahsulotni anglatadi.

9. 2206 00 310 0 va 2206 00 390-podsubpozitsiyalari uchun quyidagi ichimliklar “gazlangan” deb hisoblanadi: – Shishaga solingan achitilgan ichimliklar, “qo'ziqorin” tiqinlari iplar yoki mahkamlagichlar bilan mahkamlangan. – 20°C haroratda o'lchangan 1,5 bar keragidan ortig'i bilan boshqa idishda achitilgan ichimliklar.

10. 2209 00 110 0 va 2209 00 190 0-kichik pozitsiyalarda “vino sirkasi” atamasi vinoni istisno ravishda sirkali nordon achitish bilan olingan va sirka kislotasiga hisoblangan holda 60 g/l dan kam bo'lmagan umumiy kislota miqdoriga ega bo'lgan sirkani anglatadi.

11. 2208 90 560 2 va 2208 90 770 2-kichik pozitsiyalarda “shochu” atamasi achitilgan guruch shirasini distillyatsiya qilish natijasida olingan, 25 ayl.% kam bo'lmagan, lekin 45 ayl.% ko'p bo'lmagan haqiqiy spirt konsentratsiyali, ta'm qo'shimchalarsiz mahsulotni anglatadi.

Pozitsiyalar

Barcha TIF TN guruhlari

Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.

Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.

Hujjatlarni yuboring — to'lovlar va muddatlarni hisoblaymiz

Ish vaqtida javob beramiz: Dushanba–Shanba, 9:00–18:00.