Guruhning nomenklaturadagi nomi: Turli oziq-ovqat mahsulotlari.
IV bo'limga izohlar
Izoh:
1. Ushbu bo'limda “granulalar” atamasi to'g'ridan-to'g'ri siqish yo'li bilan yoki og'irligi 3% dan ko'p
bo'lmagan miqdorda bog'lovchi qo'shilgan holda aglomeratsiyalangan mahsulotlarni anglatadi.
21-guruhga izohlar
Izohlar:
1. Ushbu guruhga quyidagilar kirmaydi:
(a) 0712-tovar pozitsiyasining sabzavotli aralashmalari
(b) qovurilgan qahva o'rnini bosuvchi moddalar, tarkibida har qanday nisbatdagi qahva (0901-tovar pozitsiyasi);
(v) xushbo'y ta'm-hidli qo'shimchalari bo'lgan choy (0902-tovar pozitsiyasi);
(g) 0904 – 0910-tovar pozitsiyasining ziravorli, xushbo'y va boshqa mahsulotlari;
(d) tayyor oziq-ovqat mahsulotlari, 2103 yoki 2104-tovar pozitsiyadagilardan tashqari, tarkibida 20 mas% dan ortiq kolbasa, go'sht, go'sht yarim mahsulotlari, qon, hasharotlar, baliq yoki qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar yoki boshqa suvda yashovchi umurtqasizlar yoki ushbu mahsulotlarning har qanday kombinatsiyasi (16-guruh) );
(ye) 2404-tovar pozitsiyasi mahsuloti;
(j) xamirturushlar, dori vositalari sifatida foydalaniladigan 3003- yoki 3004- tovar pozitsiyasining boshqa mahsulotlari; yoki
(z) 3507-tovar pozitsiyasining fermentli preparatlari.
2. Tabiiy qahva o'rnini bosuvchilarining qovurilgan ekstraktlari yuqorida 1(b)-izohida aytib o'tilganidek, 2101-tovar pozitsiyasiga kiradi.
3. 2104-tovar pozitsiyasida “gomogenlashtirilgan tarkibli tayyor oziq-ovqat mahsulotlari” iborasi go'sht, baliq, sabzavotlar, mevalar yoki yong'oqlar kabi ikki yoki undan ortiq asosiy komponentlarning mayda bo'lingan aralashmasidan iborat bo'lgan, bolalarning ilk yoshidan yoki parhez ovqatlanish uchun mo'ljallangan ozuqaviy mahsulot sifatida chakana savdoga chiqarish uchun qadoqlangan, o'ramda sof massasi 250 g dan oshmagan tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini anglatadi. Bunda ziravorlar, konservantlar yoki boshqa maqsadlar uchun qo'shilgan har qanday ingrediyentlarning oz miqdori e'tiborga olinmaydi.
Qo'shimcha izohlar:
1. 2106 10 200 1, 2106 10 200 9, 2106 90 930 1 i 2106 90 930 9 -subpozitsiyalarda “kraxmal” atamasi kraxmalning parchalanish mahsulotlarini ham anglatadi.
2. 2106 90 200 0-subpozitsiyada “ichimliklar ishlab chiqarishda qo'llaniladigan, xushbo'y moddalar asosidagi mahsulotlardan tashqari, spirt tarkibli yarimmahsulotlar” - spirt xajm konsentratsiyasi 0,5 % dan ortiq bo'lgan spirtli yarimmahsulotlar tarkibini anglatadi.
3. 2106 90 400 0-subpozitsiya ostida “izoglyukoza” iborasi glyukoza yoki uning polimerlaridan olingan, quruq tarkibli kamida massa ulushi 10 % fruktoza bo'lgan mahsulot tushuniladi.
4. 2106 90 980 5-subpozitsiya ostida “pishloqli fondyu” iborasi pishloq, oq sharob, suv, kraxmal, gilos damlamasi, emulgatorlar aralashmasi ko'rinishidagi oziq-ovqat mahsulotini anglatadi. + 2106 90 980 1 – – – – shakarsiz saqich (saxarozalar) va /yoki shakar o'rnini –
Pozitsiyalar
Stavkalar — PQ-3818-son qarorga 1-ilova (PQ-58, 11.02.2026 tahririda), lex.uz, 17.11.2026 holatiga. Ma'lumot ma'lumotnoma uchun: aniq kod va stavkani broker tovar hujjatlari bo'yicha tasdiqlaydi.
Nomenklatura — PQ-181-son qarorga (14.05.2025) 1-ilova, 01.06.2025 dan kuchga kirgan (lex.uz). Rasmiy matn — o'zbek tilida (kirill yozuvida); saytda lotin yozuviga o'girilgan.